Kimyo” faniga kirish. Kimyoning asosiy tushunchalari



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə3/16
tarix29.11.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#142879
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
1-M

Absolyut
massa, kg

Nisbiy
Massa a.m.b.

Elektron

e-

-1,6∙10-19

-1

9,11∙10-31



Proton

p

+1,6∙10-19

+1

1,6726∙10-27

1,007≈1

Neytron

n

0

0

1,6750∙10-27

1,009≈1

Kimyoviy elementning tartib raqamlari ularning yadrosidagi protonlar sonini (Z) ko’rsatadi.
Yadroning xossasi uning tarkibi (protonlar va neytronlar soni) bilan aniqlanadi.
Yadroning ikkinchi muhim xossasi massa sonidir. Massa soni (A) atom yadrosidagi protonlar (Z) bilan neytronlar sonining umumiy yig’indisinini ko’rsatadi:
A = Z + N; A- nisbiy atom massa,
Z – atomning yadro zaryadi = elementning tartib raqami = protonlar soni = elektronlar soni. Misol uchun natriy atomining tartib raqami 11, yadro zaryadi +11, yadrodagi protonlar soni 11 ta, yadro atrofidagi elektronlari soni 11 ta. Yoki xromning davriy sistemadagi tartib raqami 24, uning yadro zaryadi +24, yadrosidagi protonlar soni 24 ta, yadro atrofidagi elektronlar soni ham 24 va h.z.
Har qanday kimyoviy elementning atom yadrosidagi neytronlar soni
N = A - Z formula bilan topiladi.
Masalan: Aℓ ning tartib raqami 13 (Z = 13), Ar = 27 ga teng. Bunda Aℓ atomi yadrosidagi neytronlar soni: N = 27-13 = 14 ga teng bo’ladi. Yod atomidagi neytronlar 127-53=74 ta bo’ladi.
Aℓ yadrosi tarkibini Aℓ (13p;14n), yadrosi tarkibini esa I (53p; 74n) shaklida ifodalash mumkin.
• Kimyoviy elementlar atomlarining o’lchami (diametri) 10-10m (10-8sm), yadroning o’lchami 10-15 m (10-13 sm) ga teng bo’ladi.
Turli elementlarning atomlari turlicha massa va o’lchamga ega bo’ladi. Eng kichik atom vodorod atomidir. Uning diametri taxminan 1∙10-8sm (yoki 1 ∙ 10-10 m).
Xlor atomining diametri esa ≈1,8∙10-8sm va h.z. Bunday mayda zarrachalarning kattaligini ifodalash uchun uzunlik birligi angstrem (A0), nanometr (nm) va pikometr ishlatiladi:
1A0 = 10-10m; 1nm = 10-9 m; 1pkm = 10-12m;


Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə