Kimyo” faniga kirish. Kimyoning asosiy tushunchalari


Umuman «molyar massa» va «nisbiy molekulyar massa» tushunchalarini bir -



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə14/16
tarix29.11.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#142879
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
1-M

Umuman «molyar massa» va «nisbiy molekulyar massa» tushunchalarini bir - birining o’rnida qo’llash mumkin emas. Doimo ularni farqlay bilish zarur.
Molyar massa - bu 1 mol moddaning massasi yoki moddaning 6,02∙1023 ta strukturaviy birliklarining massasidir.
Nisbiy molekulyar massa esa - bu 1 ta molekula massasi atomning massa birligi (absolyut massasi (1,66∙ 10-24 g)) dan necha marta katta ekanligini ko’rsatuvchi son.
Molyar massaning o’lchov birligi mavjud: g/mol yoki kg/kmol, nisbiy molekulyar massa esa o’lchamsiz kattalik.
Modda massasi, modda miqdori va molyar massa orasidagi bog’lanishlar:
m = n ∙ M; n = M = ;
m-massa (g), n-miqdor (mol), M-molyar massa (g/mol).
Zarrachalar soni bo’yicha modda miqdori n = = formula yordamida topiladi. n = ligini inobatga olsak = kelib chiqadi. Bundan N = ; m = ; M = tenglama kelib chiqadi. Bu yerda N-molekulalar soni, NA- Avogadro soni ya’ni 1 mol moddadagi zarrachalar soni, m-moddaning massasi (grammlarda), M-moddaning molyar massasi.
Ma’lum massadagi modda molekulalari (atomlari) sonini formula bilan hisoblash mumkin.
1 mol moddaning egallagan hajmi molyar hajm deyiladi. Moddalarning molyar hajmi V = formuladan foydalanib topiladi.
Gaz yoki gazlar aralashmasining 1 moli normal sharoitda (T=273 K yoki 00C va 1 atm yoki 101,325 kPa bosimda) 22,4 l (0,0224 m3) hajmni egallaydi.
Gazlarning hajmi bo’yicha modda miqdori n = ; V –gaz yoki gazlar aralashmasining hajmi, litrlarda.
n = yoki n = ekanligini inobatga olsak, = va = formulalar kelib chiqadi.
• Elementning atom massasiga son jihatdan teng qilib, grammlar bilan ifodalanadigan miqdori uning gramm-atomi deyiladi. Masalan: 14 g azot 1 g – atomni , 28 g azot esa 2 g - atomni tashkil qiladi.
• Moddaning molekulyar massasiga son jihatdan teng qilib, grammlarda olingan miqdori uning gramm - molekulasi yoki mol deb ataladi.
Masalalar
1. 8 g kislorodning miqdorini va molekulalar sonini toping.
Yechish: 1-usul.

2-usul. .
2. a) 10 mol tetrafosfor; b) 0,5mol K2Cr2O7; d) 15,05∙1023ta ozon molekulasi; e) 9,03∙1023ta Fe atomlari; f) 5 mol HNO3 va 12,04∙1023 ta H2SO4 aralashmasining massalarini toping. J: a) 1240g; b) 147 g; d 120g; e) 84g f) 511g.
3. a) 30,1 ∙1023ta KOH ; b) 1,505 ∙1023 H3PO4 ; d) 22g CO2; e) 120g NaOH; f) 200g SO3 bilan 155g Ca3(PO4)2 aralashmasi ; g) 1l suv necha molni tashkil etadi? J: a) 5; b) 0,25; d) 0,5; e) 3; f) 3; g) 55,56 mol .
4. 4g kislorodda necha mol bo’lsa, shuncha mol bo’lishi uchun SO2 dan necha gramm olish kerak ?
Yechish:

5. Tarkibida 95% Fe bo’lgan cho’yandan yasalgan 1kg li toshda necha mol temir bor? J: 17 mol.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə