Kimyo” faniga kirish. Kimyoning asosiy tushunchalari



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə1/16
tarix29.11.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#142879
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
1-M


Kimyo” faniga kirish. Kimyoning asosiy tushunchalari va qonunlari. Kimyoning asosiy stexiometrik qonunlari.
1.1. Atom - molekulyar ta’limot

Modda tuzilishi to’g’risidagi dastlabki fikrlar qadimgi yunon falsafasida uchraydi. Eramizdan avvalgi V asrda Levkipp va Demokrit atom nazariyasini olg’a surishgan.
Bu nazariyaga ko’ra modda bo’linmas zarrachalar «atom»lardan tuzilgan.
Taxminan o’sha davrlarda Empedokl modda tuzilishi to’g’risida boshqa nazariyani ko’tarib chiqqan va uni keyinroq Aristotel rivojlantirgan.
Ularning fikricha, modda mayda zarrachalardan-birlamchi materiyadan tuzilgan bo’lib, birlamchi materiya 4 element: olov, tuproq, havo va suvlarning o’zaro ta’sir etishi natijasida moddalar ma’lum sifat kasb etadi, ular ana shu sifatlariga qarab bir-birlaridan farq qiladi.
Hozirgi zamon kimyo faniga zamin yaratib bergan o’rta asr alkimyosi shu fikrga asoslanadi. Alkimyogarlarning maqsadi - arzon materiallardan qimmatbaho (nodir) metallar hosil qilish bo’lgan.
Alkimyogarlar inqirozga uchragach, XIX asrga kelib J.Dalton va M.V. Lomonosovlarning xizmati tufayli avvalgi yoddan chiqib ketgan atom nazariyasi yana birinchi o’ringa chiqib oldi.
Atom-molekulyar tasavvurlarni rivojlantirib 1741-yilda M.V. Lomonosov atom-molekulyar ta’limotni yaratdi.
Bu ta’limotning asosiy mohiyati quyidagilardan iborat:
-moddalar molekulalardan, molekulalar esa atomlardan tarkib topgan;
-molekulalar orasida ma’lum masofa (oraliq) bor;
-molekula va atomlar to’xtovsiz harakatda bo’ladi;
-molekula va atomlar muayyan massa va o’lchamga ega;
-oddiy moddalarning molekulalari bir xil element atomlaridan, murakkab moddalar esa har xil element atomlaridan tarkib topgan.
M.V.Lomonosovdan 67 yil keyin 1808-yilda ingliz olimi J.Dalton atomistik ta’limotni yaratdi. Bu ta’limot Lomonosov ta’limotini yanada to’ldiradi. Shu bilan birga Daltonning ta’limoti qator kamchiliklarga ega. Masalan:
1) oddiy moddalarning molekulalari borligini inkor etadi;
2) atomni harakatsiz deb tasavvur qiladi.
Uning yutug’i esa fanga atom massa tushunchasini kiritishidir.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə