Kimyo” faniga kirish. Kimyoning asosiy tushunchalari


Temir va oltingugurtni magnit yordamida ajratish



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə7/16
tarix29.11.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#142879
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
1-M

Temir va oltingugurtni magnit yordamida ajratish 1.2-Rasm


Oltingugurt va temirni tindirish yo’li bilan ajratish 1.3-Rasm

1.4. Atom va molekulalarning absolyut va nisbiy massalari

Atom va molekulalarning grammlarda yoki kilogrammlarda ifodalangan massalari absolyut massa deyiladi (m bilan belgilanadi).


Amaliyotda atom va molekulalarning absolyut massasini qo’llash juda qiyin, chunki bu qiymatlar nihoyatda kichik (mc=1,993∙10-26 kg, mH=1,674 kg∙10-27 kg, mo=2,667∙10-26 kg). Shuning uchun absolyut massa o’rniga odatda nisbiy massa tushunchasi qo’llaniladi, ya’ni uglerod (C) massasining 1/12 qismiga nisbatan olingan nisbiy massadan foydalaniladi va bu qiymatga atomning massaning birligi (m.a.b.) deyiladi:

1. m.a.b =
Bitta 12C atomining massasi 12 m.a.b ga teng, shuning uchun 12 g 12C izotopidagi atomlar soni NA =12/1,993∙10-23 = 6,02∙1023 (Avogadro soni) ga teng. Bundan 6,02 ∙ 1023 ta istalgan atomning massasi o’zining nisbiy atom massasiga son jihatdan tengligi kelib chiqadi. Masalan: 6,02∙1023 ta temir atomining massasi 56 grammga, 6,02∙1023 ta oltin atomining massasi 197 grammga teng bo’ladi. Demak, xohlagan elementning absolyut massasini topish uchun uning nisbiy atom massasini 6,02∙1023 ga bo’lish kerak. Misol sifatida temir atomining absolyut massasini topish uchun uning nisbiy atom massasini ya’ni 56 ni 6,02∙1023 ga, kaliyning absolyut massasini topish uchun 39 ni 6,02∙1023 ga bo’lish kerak bo’ladi va h.z.
Atomlarning absolyut massalarini topishning ikkinchi usuli bu elementning nisbiy atom massasini atomning massaning birligi (1,66·10-24g) ga ko’paytirishdir. Masalan, temir atomining absolyut (haqiqiy) massasini topish uchun 56 ni 1,66∙10-24 ga, oltin atomining absolyut massasini topish uchun 197 ni 1,66·10-24 ga ko’paytirish kerak bo’ladi.
Nisbiy atom massa element atomining massasi - 12C izotopi massasining 1/12 qismidan necha marta katta ekanligini ko’rsatadi ( izotopining massasi 1,993∙10-26 kg ga teng):
.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə