Kimyo” faniga kirish. Kimyoning asosiy tushunchalari


Kimyoviy belgilar va formulalar



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə9/16
tarix29.11.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#142879
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
1-M

1.6. Kimyoviy belgilar va formulalar

Elementning kimyoviy belgisi yoki kimyoviy simvoli -bu ayni element lotincha nomining birinchi yoki birinchi va ikkinchi harflaridir. Masalan: Oxygenium - O, Ferrum - Fe, Cuprum - Cu.


Kimyoviy belgining nomi ko’pchilik hollarda kimyoviy elementning nomi kabi o’qiladi. Masalan; K-kaliy, Ca- kalsiy, Mn -marganets, Mg-magniy, Na - natriy.
Ayrim kimyoviy elementlarning belgisi boshqacha o’qiladi. Masalan: azot (N) - en, vodorod (H) – ash, temir (Fe) - ferrum, oltin (Au) - aurum, kislorod (O) - o, kremniy (Si) - silitsium, mis (Cu) - kuprum, qalay (Sn) - stannum, simob (Hg) - gidrargirum, qo’rg’oshin (Pb) - plyumbum, oltingugurt (S)- es, kumush (Ag) - argentum, uglerod (C) -se, fosfor (P) - pe.
Kimyoviy formula - moddaning sifat va miqdor tarkiblarini kimyoviy elementlarning simvollari (belgi va index) yordamida ifodalanishidir.

Molekulyar formula molekuladagi atomlar sonini va turini ko’rsatadi. Molekulyar formula faqatgina molekulyar tuzilishli moddalar uchun yoziladi. Atom va ion tuzilishli moddalarning tarkibi empirik formulalar bilan ifodalanadi.
Empirik formulalar modda tarkibidagi atomlar sonlari orasidagi nisbatni ko’rsatadi.
Tuzilish (grafik) formulalar molekuladagi atomlarning bog’lanish tartibini va atomlar orasidagi bog’lar sonini ko’rsatadi. Ya’ni qaysi atom qanday atom bilan bog’langanligini, ular orasidagi bog’ turini aniqlash imkonini tuzilish formulalari beradi.
Elektron formulalar- valent elektronlarning atomlar atrofida qanday joylashuvini, molekuladagi atomlarning birikish tartibini hamda kimyoviy bog’lanish tabiatini ko’rsatadi.
Elektron va tuzilish formulalari molekulalardagi atomlarning fazoviy joylashuvini aks ettira olmaydi. Shuning uchun molekuladagi atomlarning fazoviy joylashuvini ifodalash uchun shar-sterjenli modellardan foydalaniladi. Masalan, vodorod, suv, ammiak va metanning shar-sterjenli modellarini quyidagicha ifodalash mumkin:

Ko’pchilik oddiy moddalarning kimyoviy formulalari (hamma metallar va ayrim metallmaslar) tegishli kimyoviy elementning belgilaridir, Masalan: Fe, Cu, C, Si.
Agar oddiy modda molekulyar strukturaga (tuzilishga) ega bo’lsa, uning formulasi tegishli kimyoviy element belgisi o’ng tomoni quyi qismida molekuladagi atomlar sonini bildiruvchi son indeks qo’yiladi.
Masalan: H 2; O2; O3; N2; F2; Br2; P4 ; S8;

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə