Jurnalistika va ommaviy kominikasiya asoslari



Yüklə 55,6 Kb.
səhifə5/12
tarix26.10.2023
ölçüsü55,6 Kb.
#131396
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Jurnalistikada ta’sirchanlik va samaradorlik

Dastlabki bosma nashrlar. XV asrning o‘rtalarida matbaachilik mutlaqo yangi, sir saqlangan, ko‘pchilikka noma’lum kashfiyot edi. Natijada ixtiro zamondoshlari qaysi bir kitob birinchi bo‘lib qay usulda bosilganiga uncha ham e’tibor bermaganlar. Shu sababli ayrim tadqiqodchilar fikricha, Gutenberg tomonidan 1445 yilda bosilgan «Qiyomat parchasi»ni dastlabki bosma kitob deb hisoblash kerak. Aynan shu asar Gutenbergning birinchi kitobi bo‘lgan. 1452-1456 yillarda Gutenberg tomonidan ikki jildlik Bibliya chop etilgani asosan isbotlangan. 1457–1458 yillarda Bibliya yana chop etildi. Ushbu kitobning bitta nusxasi hozir Parij kutubxonalaridan birida saqlanmoqda. 1440-1450 yillarda Mayns shahri bosmaxonalarida faoliyat ko‘rsatgan ustalar 1462 yilda Yevropa mamlakatlari bo‘ylab tarqalib ketdilar va boshqa shaharlarda bosmaxonalar tashkil etishga kirishdilar. Shunday qilib, «nemis san’ati» deb nom olgan yangi kashfiyot Yevropani zabt eta boshladi. Bu esa nihoyatda katta ahamiyatga ega tarixiy jarayon edi.
Jurnalistika tushunchasi ma’nolari. Jurnalistika nazariyasi asoschilaridan biri Yevgeniy Proxorov o‘zining «Jurnalistika nazariyasiga kirish» deb nomlangan kitobining bir qator nashrlarida (1993, 1995, 2000, 2005 va boshqa) «Jurnalistika» atamasining beshta ma’nosini ajratib beradi. Ular quyidagilardir:

  1. 1. Jurnalistika – maxsus ijtimoiy institut, idoralar tizimi. Bular gazeta, jurnal, kitob tahririyatlari, nashriyotlar, tele–radiotashkilotlar, agentliklar, matbuot markazlari va hokazo. Bunga qo‘shimcha qilib aytishimiz mumkinki, jurnalistika ijtimoiy institut sifatida o‘z faoliyatini qonunchilik, moliyaviy nuqtai nazardan, mutaxassislar bilan, texnikaviy jihatlardan o‘z–o‘zini ta’minlashga qodirdir. Jurnalistika o‘z oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlariga ega.

  2. 2. Jurnalistika – ushbu institut ishini ta’minlaydigan faoliyat turlarining tizimi. Mazkur faoliyat o‘z ichiga gazeta, jurnal, tele- va radiodasturlarni chiqarish, agentliklar, axborot xizmatlari va shu kabi tashkilotlarning ishini tashkil etish, axborot siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirish; ijodiy jamoalarni tuzish, boshqa ijtimoiy institutlar bilan aloqalar va munosabatlar o‘rnatish, ilmiy tadqiqotlar olib borish, mutaxassislar tayyorlashda ishtirok etish, axborot yig‘ish va uni ishlash bo‘yicha ijodiy mehnat, gazeta, jurnallar, axborot byulletenlari, tele- va radiodasturlar uchun asarlar yaratishni qamrab oladi.

  3. 3. Jurnalistika – ushbu faoliyatning turli jabhalariga qarashli va sohaning harakatini ta’minlovchi kasblar majmuasi. An’anaviy kasblardan (muallif, muxbir, muharrir, noshir) tashqari zamonaviy jurnalistikada informatika, video va audiomuhandislar, dastur tuzuvchilar, operatorlar muhim rol uynamoqda. Qo‘shimcha sifatida Gutenburg davrida bo‘lgan va yaqin kunlargacha saqlanib kelgan bir qator kasblarni ham eslatib o‘tishimiz mumkin: harf teruvchi, sahifalovchi, matbaachi, musahhih (korrektor), nashrni chiqaruvchi, kurer (chopar) va boshqalar.

  4. 4. Jurnalistika – 3-bandda tilga olingan kasb egalarini tayyorlash uchun maxsus bilimlarga, tajribaga va qobiliyatga ega bo‘lgan mutaxassislar yordamida yozilgan asarlar tizimi. Jurnalistik asar deb, mualliflar tomonidan tayyorlangan, keyincha tahririyat xodimlari yordamida gazeta va jurnallar sonlariga, televideniye va radiodasturlarga, agentliklar byulletenlariga kiritilgan ijodiy ishlarga aytiladi.

  5. 5. Jurnalistika – ommaviy axborotni uzatish uchun kommunikatsiyaning turli vositalaridan (matbuot, radio, televideniye, internet) foydalanadigan, har xil (umummilliy va mahalliy, umumsiyosiy va tarmoqli, mavzu yoki ijtimoiy hayot sohalari, ijodiy qiyofasi va ijtimoiy dunyoqarashlar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan) nashrlar va dasturlarni tarqatadigan kanallar majmuasi.

Shu bilan bir qatorda, jurnalistika deb, oliy o‘quv yurtida olinadigan kasbga hamda fanning maxsus yunalishiga aytiladi.

Yüklə 55,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə