Jurnalistika va ommaviy kominikasiya asoslari



Yüklə 55,6 Kb.
səhifə1/12
tarix26.10.2023
ölçüsü55,6 Kb.
#131396
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Jurnalistikada ta’sirchanlik va samaradorlik


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI

OʻZBEKISTON JURNALISTIKA VA OMMAVIY KOMMUNIKATSIYALAR UNIVERSITETI
BOSMA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI YO’NALISHI

JURNALISTIKA VA OMMAVIY KOMINIKASIYA ASOSLARI” fanidan



KURS ISHI

MAVZU: Jurnalistikada ta’sirchanlik va samaradorlik

Bajardi: Mansurova Manzura
Ilmiy rahbar: Islomova Mohinur


Toshkent – 2021
Jurnalistikada ta’sirchanlik va samaradorlik
REJA:
I.KIRISH
II.ASOSIY QISM

  1. Jurnalistika tushunchasi va kelib chiqish tarixi

  2. Jurnalistikada auditoriyaga taʼsir koʻrsatish usullari

  3. Jurnalistikada janrlar

  4. Ommaviy axborot vositalari faoliyatini samaradorligini oshirishda huquqiy asoslar

III.XULOSA
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

I.KIRISH
Hozirgi XXI asr axborot-texniyalogiyalari asri bo’lib, olimlar tomonidan kashf etilgan kashfiyotlar omma etiboriga havola etilib ulgurmay, bundanda yangi va mukammalroq variantlari kashf etilmoqda. Bu esa texnika sohasida o’sishga, insonlarga qulaylik yaratishga olib kelmoqda. Yurtimizda ham biz yoshlarni texnikaning eng so’ngi yutuqlaridan xabardor qilish bilan bir qatorda, yangidan-yangi imkoniyatlar, shart-sharoitlar yaratib berish yuzasidan samarali ishlar olib borilmoqda.
Albatta, shu o’rinda yurtboshimizning olib borayotgan siyosatlarini takidlab o’tish joiz. Chunki, ular biz yoshlarga ishonch bildirib, imkoniyatlar yaratib berdilar, so’zimni tasdig’i sifatida 2009 yil 9 dekabr kungi Farmoishlarini keltirib o’taman. Ular “XXI asr – intellektual qadriyatlar ustuvorlik qiladigan asr ekanligini e’tiborga olgan holda, Vatanimiz yigit va qizlarini har tomonlama barkamol shaxslar etib shakllantirish borasidagi keng ko‘lamli chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish yuzasidan yangi 2010 yil O‘zbekiston Respublikasida “Barkamol avlod yili”- deb e’lon qildilar. Shu maqsadda, o‘quv jarayoniga yangi axborot-kommunikatsiya va pedagogika texnologiyalarini, elektron darsliklar hamda multimediya vositalarini keng joriy etish hisobiga mamlakat maktablari, kasb-hunar kollejlari va litseylarida, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim berish sifatini tuba yaxshilash, ta’lim muassasalarining o‘quv-laboratoriya bazasini eng zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash, shuningdek, o‘qituvchilar va murabbiylarning mashaqqatli mehnatini moddiy hamda ma’naviy rag‘batlantirishning samarali tizimini shakllantirishni nafaqat maktablarda, litseylarda, kollej va oliy ta’lim muassasalarida, balki har bir oilaning hayotida zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari, raqamli hamda keng formatli telekommunikatsiya aloqa vositalari, Internet tizimini tatbiq etish, o‘zlashtirish va yanada rivojlantirishni takidlab o’tdilar.
Hozirgi kunda zamonaviy axborotlardan xabardor bo’lish , ularni o’rganish, uzatish va takomillashtirishda Internet jurnalistikasining o’rni nihoyatda beqiyosdir. Shu o’rinda savol tug’iladi.- Ho’sh Internet jurnalistikasi o’zi nima? Uni bizga ahamiyati nimalarda ko’riladi?
Savolga javob berish maqsadida , uni quyidagicha tariflar bilan izohlash mumkin.
Asosiy ma’lumot kanali bo’lgan Internet orqali dunyo miqyosidagi ommabop ma’lumotlarni doimiy ravishda yig’ish, qayta ishlash va tarqatishdan iborat bo’lib , u ommaviy targ’ibot va tashviqot yuritish vositalaridan biridir. U tomonidan tarqaliyotgan axborot, universitet tili bilan aytganda o’zining “auditoriyasi”ga ega bo’lib, uning jamoat va dunyoqarash tasavurlarini ijtimoiy yo’naltira olishi, zamonaviy reallik, rang-baranglig qonuniyatlari jamiyat hayotining siosiy-iqtisodiy rivojini boshqaruvchi asosiy qonuniyatlar haqida ma’lumot bera olishi lozim.

Yüklə 55,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə