Jurnalistika va ommaviy kominikasiya asoslari



Yüklə 55,6 Kb.
səhifə4/12
tarix26.10.2023
ölçüsü55,6 Kb.
#131396
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Jurnalistikada ta’sirchanlik va samaradorlik

Auditoriya. Ommaviy axborotga muhtoj ijtimoiy guruhlar, qatlamlar va alohida shaxslar ongli inson paydo bo‘lishi bilan vujudga kelgan.
Endi Gutenberg ixtirosigacha bo‘lgan bosma shakldagi nusxa olish turlarining tarixiga yakun yasaylik. Biz faqat haqiqatdan ham bo‘lgan va o‘z tasdig‘ini aniq topgan usullar haqida so‘z yuritamiz.

  1. 1. To‘g‘ri va oyna shaklidagi sopol va toshdan o‘yilgan shaxsiy qoliplar (shtamplar) yordamida amalga oshiriladigan tekis bosma (miloddan avvalgi 3–2-mingyilliklar) barcha qadimiy Sharq mamlakatlarida qo‘llanilgan. Bunday usulda rasmlar, iyerogliflar va mixxatlar bitilgan.

  2. 2. Quyma metalli oyna (aks) tasvirli mixxat bosmasi (Xaldeya, miloddan avvalgi 3–2-mingyilliklar). Bunday usulda bino poliga yotqiziladigan metalli taxtachalar yasalgan.

  3. 3. G‘isht va toshli, g‘ildirakli (rolikli) bir tasvirdan iborat yoki tasma (bir xil tasvirlar qatori) shaklidagi bosma (Mesopotamiya, Bobil, Assuriya, miloddan avvalgi 2-mingyillik). Bu usulda rasmlar, iyerogliflar, mixxat chiqarilgan.

  4. 4. Loydan yasalgan burama (spiral) shaklida joylashtirilgan, almashtiriladigan, alohida ideografik bosmali lappak (Krit oroli, miloddan avvalgi XVI asr).

  5. 5. Yog‘ochdan yasalgan (ksilografik) matnli bosma taxtacha, plitalar (Xitoy, VIII asr).

  6. 6. Katta adadda ksilografiya yordamida chiqarilgan buddaviylikka oid duolar to‘plami mazmunidagi birinchi bosma kitoblar (Yaponiya, Xitoy, 868 y. ).

  7. 7. Sopoldan yasalgan va bosishga moslashtirilgan (aks) tasvirli birinchi alohida–alohida iyerogliflar (Bi Shen, Xitoy, 1040–1048 y.).

  8. 8. Yog‘ochda oyna tasvirida bitilgan matnlarni bosish (Yevropa, XIV asr).

  9. 9. Oyna tasvirida misdan yasatilgan alohida iyerogliflar yordamida matnlarni ko‘paytirish (Koreya, 1392 yildan boshlab).

  10. 10. Muqovalar tayyorlash uchun metalli qolip harflardan foydalanish (1433 yil, Konrad Forster, Nyurnberg shahri).

Yuqoridagi dalillardan qo‘yidagicha xulosalar chiqarish mumkin. Birinchidan, Gutenbergdan oldin jurnalistika paydo bo‘lishi va tez rivojlanib ketishi uchun puxta tashkiliy va texnikaviy zamin yaratilgan. Ikkinchidan, ommaviy axborotga ehtiyoj ham juda yuqori darajada bo‘lgan. Aks holda yangi ixtiro tez tarqalib ketmasdi. Aynan shu sabablar tufayli Gutenberg ixtirosini insoniyat tarixida buyuk bosqich deb hisoblasak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Yüklə 55,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə