Jurnalistika va ommaviy kominikasiya asoslari



Yüklə 55,6 Kb.
səhifə3/12
tarix26.10.2023
ölçüsü55,6 Kb.
#131396
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Jurnalistikada ta’sirchanlik va samaradorlik

Mualliflar guruhi. Bu guruhga muallifning o‘zi, noshir, ta’sischi, muharrirlar kiradi. Muallif, ta’sischi va noshirlar jurnalistikadan oldingi davrlarda ham bo‘lgan. Bosma matbuot ixtiro qilinganidan keyin ularning kasbiy faoliyati keskin rivojlana va o‘zgara boradi. Har qanday yangi tadbirkorlik kabi matbaachilik ham moliyalashtirishga muhtoj bo‘lgan. Bosiladigan matnlarni yangi kasb sifatida savodli odamlar o‘qib chiqishlari kerak edi. Muharrirlar shunday odamlar bo‘ldi. Noshirlik va muharrirlik rusumi bosma uskunadan oldin yoki u bilan bir paytda vujudga kelgan bo‘lishi ham mumkin. O‘z–o‘zidan ayonki, mualliflar guruhining a’zolari jurnalistik matnlarni o‘qib tushunishlari zarur edi.
Jurnalistik matn. Uning paydo bo‘lishi uchun eng muhim shart alifbodir. Alifbo kashfiyotining buyukligi shundaki, u insoniyatning shundan oldingi butun bir aqliy rivojlanish jarayoni natijasini o‘zida mujassamlashtira oldi. Alifbo bo‘lmaganida, odamlar axborotni bir–birlariga yozma ravishda muvaffaqiyatli uzatishga erisholmasdilar.
Yozma matnlarning bir qismi mualliflarning xohishi, shaxsiy dunyoqarashi va siyosiy nuqtai nazarini aks ettirgan bo‘lsa, boshqalari ularga rahbarlari tomonidan berilgan topshiriqlarga binoan yozilgan buyurtma asarlar shaklida dunyoga kelgan. Ya’ni, oxirgi turdagi materiallar mualliflar uchun ma’naviy ehtiyoj sifatida emas, balki tirikchilik zarurati hamda ijodiy hunarmandchilikni amalga oshirish natijasida paydo bo‘lgan. Bularning barchasi dastlabki shakllarda bo‘lsa ham, Gutenbergdan oldin dunyo yuzini ko‘rgan edi. Shu bilan birga, jurnalistik matn vujudga kelishi uchun zarur bo‘lgan qog‘oz, bo‘yoq, ayrim texnik asbob-uskunalar ham ancha ilgari kashf etilgandi.
Bog‘lanish kanali. Ushbu bo‘g‘inning jurnalistikadagi o‘rni ayrim mutaxassislar (masalan, Maklyuen) tomonidan juda yuksak baholanadi. Aslida, bog‘lanish kanali tom ma’noda texnik usuldir. Ammo auditoriya psixologiyasiga ta’sir etish nuqtai nazaridan bog‘lanish katta ahamiyatga ega va o‘z-o‘zidan ma’lumki, usiz materialni umuman tarqatib bo‘lmaydi. Gutenberg davrida axborot yoyishning bugungi zamonaviy usullari haqida tasavvur ham bo‘lmagan, lekin loy, yog‘och va toshlardagi yozuvlar ancha keng tarqalgan edi. Pochta xizmati tufayli Gutenberg yaratgan yangi usul yordamida bosma materiallar bevosita talabgorlarga tez yetkazila boshlandi va shu bilan ommaviy kommunikatsiyalar yuksak tarixiy bosqichga ko‘tarilib, keskin rivojlandi.

Yüklə 55,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə