Jonajon O’zbekison mangu bo’l omon



Yüklə 81,5 Kb.
səhifə2/6
tarix29.11.2023
ölçüsü81,5 Kb.
#140243
1   2   3   4   5   6
2 Vatan ostonadan boshlanadi

Dars turi: Aralash
Dars jarayonida qo‘llaniluvchi metodlar: bahs-munozara “Baxtli tasodif” o‘yini, «Tushunchalar mazmuni”, “3x4” va Tarmoqlash texnologiyasi
Sinfni guruhlar bilan ishlashga tayyorlash
O‘quvchilarni guruhlarda ishlashga tayyorlash uchun dars boshlanishidan avval ularga dars texnologiyalari haqida tushunchalar beriladi.
II. O‘rganilgan mavzuni so‘rab baholash
O‘quvchilar quyidagi “Baxtli tasodif” bilet savollarini olib javob beradilar:
(Bunda 5 ta bilet savollari oldindan tayyorlangan bo`ladi, 3 ta bilet savollari to‘liq yozilgan, bittasida “Baxtli tasodif”- 5 baho deb yoziladi, o‘quvchiga o‘z-o‘zidan 5 baho quyiladi, bitta biletga o‘tilgan mavzuni to‘liq so‘rab baholash deya yoziladi, o‘quvchi to‘liq javob beradi....)
(o‘qituvchi biletlarni yoki undagi savollarni ko‘paytirishi mumkin)
III. Yangi dars mazmuni (“Vatan ostonadan boshlanadi”):
O‘qituvchvi: Assalom, ona yurt tonglar o‘lkasi
Ta'rif-tavsifining yo‘q nihioyasi
Senga bag‘ishlanar muqaddas qo‘shiq
Bu o‘zbek elining o‘z madhiyasi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi o‘quvchilar tomonidan ijro etiladi.
Aziz o‘quvchilar! Vatan tabarruk maskan, ajdodlardan avlodlarga buyuk meros, aziz hotiradir. Shu bois, Vatan deganda biz faqat mana shu yurt tuprog‘ini emas, balki bu zaminda bo‘y ko‘rsatgan giyohdan tortib, to eng mitti jonivorlargacha barchasini tushinamiz. Vatan tuprog‘ini oddiy xas ham, oddiy chag‘ir tosh ham bizga muqaddasdir. Shuning uchun ajdodlarimiz yurt tuprog‘ini ko‘zlariga to‘tiyo etgan, qayga borsam ham Vatan yodi bilan nafas olgan, uni yot nazarlaridan shum niyatlardan himoya qilgan. Har bir inson vatani uning uchun dunyodagi eng go‘zal va muqadas makon hisoblangan.
Vatanda yashamoq ulkan baxtdir. Shuning uchun g‘urbatda begona o‘lkalarga sarsonu sargardon bo‘lgan zotlar Vatan dog‘ini ko‘rsatmasin, deya nolayu faryod qilgan. Fariblik dardini Alisher Navoiy bobomiz quydagi ruboiysida shunday tasvirlagan.
G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish,
El anga shafiqu mehribon bo‘lmas emish,
Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa,
Bulbulga tikondek oshiyon bo‘lmas emish.
Umrning ko‘pi vatandan yiroqda o‘tgan Zahriddin Muhammad Bobur bobomiz esa huddi shu fikrini tasdiqlanganidek quyidagi misralarini bitgan:
Yot etsam emish kishini g‘urbatda kishi,
Shod etmas emish ko‘nglini mehnatta kishi,
Ko‘nglima g‘ariblikda shod o‘lmadi
G‘urbatda sevinmas emish albatta kishi.
Bobolarimiz “Kishi yurtida sulton bo‘lguncha o‘z yurtingda cho‘pon bo‘l”, demishlar. Buyuk mutafakkirimizning fikricha, biz tug‘ulgan yurtimizdan uzoq ketsak, bizni tortib keladigan quvvat Vatanimizning ona tuproqning mehri-muhabbatidir.
Alisher Navoiy demishlar:
“Vatan tarkini bir nafas aylama,
yana ranji g‘urbat havas aylama”.
Vatan ostonadan boshlanadi deydi donolar. Haqiqatdan ham ostonadan bu yog‘i o‘z uyimiz o‘lan to‘shagimiz. Go‘dakligimiz, bolaligimiz shu uyda kechgan, shu yerda onamiz allasini eshitganmiz, uning mehr-shafqatini, muhabbatini dilimizga jo qilganmiz.
Bugun ta’lim tizimida hayotga tadbiq etilayotgan islohotlarning barchasi tub mazmun-mohiyati bilan yoshlarimizning yurt ravnaqi uchun fidoiy, jonkuyar, izlanuvchan bo‘lib yetishmog‘iga qaratilgan. Buning uchun birinchi navbatda yoshlarimiz-farzandlarimiz manfaatini ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatni bugungi kun talablari nuqtai nazardan davom ettirmoq kerak. Toki bu sa’y-harakatlar milliy istiqlol g‘oyasi ruhida tarbiyalanayotgan, mustaqilligimizni mustahkamlashga bel bog‘lagan farzandlarimizning porloq kelajagi uchun poydevor bo‘lib xizmat qilsin. Zero yurtboshimiz yoshlarimizning jamiyatdagi o‘rni haqida so‘z yuritar ekan, bejiz “… farzandlarimiz, yoshlarimiz bizning nafaqat ishonchimiz, kelajagimiz, ular bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchidir!” deb aytmadilar zamon bilan hamnafas yurish-bu davr talabidir.
Shunday ekan, har qanday sharoit va vaziyatda ham yoshlarimizga milliy-ma’naviy qadriyatlarni singdirish orqali ularda milliy iftixor va Vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish zaruriyati yotadi. Ta’lim tarbiya mukammal bo‘lsagina kelgusida u o‘z mevasini albatta, berajagini biz o‘qituvchilar juda yahshi anglaymiz.
Xulosa shuki kitob o‘qigan inson yangi-yangi bilimlarga ega bo‘lib uning ongi shuuri tiniq tortadi va Vatanga muhabbati ortib boradi.



Yüklə 81,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə