2011-yil mamlakatimiz ijtimoiy hayotining turli jabhalarida yangi yutuq va natijalarga juda boy bo'ldi. Prezidentimiz I. A



Yüklə 136,33 Kb.
səhifə1/10
tarix01.06.2022
ölçüsü136,33 Kb.
#88556
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
NEFT MAHSULOTLARINING KIMYOVIY TARKIBI VA OLINISH USULLARI


KIRISH
Yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida qo'lga kiritilgan yuksak natijalar, avvalo, yangidan yangi zamonaviy tarmoq va ishlab chiqarish quvvatlarining yo'lga qo'yilishi, buning ta'sirida mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatining sezilarli darajada ortib borayotgani, yaratilayotgan mahsulot va ko'rsatilayotgan xizmat turlarining ko'payib, sifatining tubdan yaxshilanib borishi, bir so'z bilan aytganda, iqtisodiyotimizning yangicha mazmun va mohiyat kasb etib borishida mustaqil taraqqiyot yo'lining to'g'ri tanlan-gani, amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat strategiyasining har tomonlama puxta o'ylangani hamda xalqimizning fidokorona mehnati eng muhim va asosiy omil bo'lib xizmat qilmoqda. Bu omillarning yagona maqsadi - yurt tinchligi va ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo'lida jamiyatimizning doimo hamjihat bo'lib kelayotgani o'ta murakkab mustaqil taraqqiyot yo'lini bosib o'tishda og'ir sinovlardan muvaffaqiyatli o'tishga imkon yaratdi.
2011-yil mamlakatimiz ijtimoiy hayotining turli jabhalarida yangi yutuq va natijalarga juda boy bo'ldi. Prezidentimiz I.A.Karimovning 2012-yilning 19-yanvaridagi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yilning asosiy yakunlari va 2012-yilda O'zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivoj-lantirishning ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan majlisida o'tgan yil natijalariga atroflicha to'xtalib, joriy yil vazifalarini aniq-ravshan belgilab berdi. Davlatimiz rahbarining ma'ruzasida jahonda e'tirof etilgan taraqqiyotning "o'zbek modeli" hamda mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini ustuvor yo'nalishlarini izchil amalga oshirish natijasida, dunyo iqtiso-diyotida yuz berayotgan inqiroz holatlariga qaramasdan, 2011-yilda mamalakatimiz iqtisodiyotining yuqori barqaror o'sish suratlari va makroiqtisodiy mutanosibligi ta'minlangani qayd etildi.
O'zbekistonda ta'lim respublika ijtimoiy-iqtisodiy, g'oyaviy-madaniy hayotining eng muhim yo'nalishidir. Ta'limning huquqiy asoslari mamlakatimiz Konstitutsiyasi, "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida o'z aksini topgan.
Respublikamizda avtomobillar ishlab chiqarish joriy etilgan-ligi va mamlakatimizda avtomobillarning soni yildan-yilga oshib borayotganligi munosabati bilan, kelgusida yuqori sifatli yonilg'i va moylar olish ko'zda tutiladi. Avtomobil ekspluatatsiyasiga bo'lgan xarajatning 20-30% ni yonilg'i va moy mahsulotlariga bo'lgan xarajatlar tashkil etadi.
Avtomobil transportining mustaqil mamlakatimizni xalq xo'jaligini rivojlantirishda respublikamizning korxonalariga, tashkilotlariga va aholisiga ko'rsatayotgan transport xizmati katta ahamiyatga egadir. Transport kompleksini rivojlantirish uni ish unumdorligini oshirishdan iborat. Avtomobillarning mustah-kamligi, ishonchliligi, samaradorligi, uzoq vaqt ishonchli ishlashi asosan uni ekspluatatsiyasida ishlatiladigan materiallarning sifa-tiga bog'liq.
Avtomobil ekspluatatsiyasiga bo'lgan xarajatning 20-30% ni yonilg'i va moy mahsulotlariga bo'lgan xarajatlar tashkil etadi. Respublikamizda avtomobillar ishlab chiqarish joriy etilganligi va mamlakatimizda avtomobillarning soni yildan-yilga oshib borayotganligi munosabati bilan kelgusida neftni qayta ishlashni chuqurlashtirish, yuqori sifatli yonilg'i va moylar olish ko'zda tutiladi.
Doimiy o'sib borayotgan avtomobilar sonini ko'payishi atrof-muhitga va inson salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Izlanishlar shuni ko'rsatadiki, 1 ta avtomobil 1 soatlik ish jarayonida 50-70 m3 chiqindi gazlarni hosil qiladi va ularning tarkibida 200 dan ortiq zararli kimyoviy birikmalar mavjud (uglerod oksidi, azot oksidi, uglevodorodlar, aldegidlar, ikki oksidli uglerod, oltingugurt gazi, qurum, qo'rg'oshin birikmalari, benzopirin va hokazo).
Olimlarning aniqlashicha, havoning ifloslantiruvchi modda-larning umumiy miqdorini 55%i avtotransport vositalarining chiqindilariga to'g'ri kelib, uning 90% i esa CO gazidir. Avtomobillarning salbiy ta'sirini kamaytirish uchun dvigatelning ish rejimini aniq tanlashni, ularda ishlatiladigan yonilg'i va moylash materiallaridan to'g'ri foydalanish usullarini bilish kerak. Chunki, avtomobil transportini uzoq vaqt ishonchli va samaradorli ishlashi neft mahsulotlarining sifatiga, undan oqilona, tejab-tergab foydalanishga bog'liq. Shu sababli yonilg'i, moylash materiallari va maxsus suyuqliklarni avtomobil ekspluatatsiyasida ishlatilishi, dvigatel ishiga ta'siri, ularning fizik-kimyoviy xossalari, texnikada ulardan oqilona foydalanish haqida talabalarni o'qitilishi bu boradagi bilimlarni mujassamlashtirishga imkon beradi.
Qo'llanmadan ko'zlagan maqsad bo'lajak mutaxassislar avtomobillarda ishlatiladigan yo'nilg'i - moylash materiallarining foydalanish xossalarini to'g'ri baholay olishga, markalarini ajrata bilishga, ularning sifat pasportlarini to'g'ri tushunishga, neft mahsulotlarini tejab, texnikada ulardan oqilona foydalanish tamoyillarini bilishga o'rgatishdan iborat.

Yüklə 136,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə