Jonajon O’zbekison mangu bo’l omon



Yüklə 81,5 Kb.
səhifə4/6
tarix29.11.2023
ölçüsü81,5 Kb.
#140243
1   2   3   4   5   6
2 Vatan ostonadan boshlanadi

2) Bahs-munozara
O‘qituvchi: Aziz o‘quvchilar, endi Vatanimiz tarixi, uning buyuk ne’matlari haqidagi fikr-mulohazalaringiz asosida, bahs-munozara o‘tkazamiz.
1- o‘quvchi: Bobolar kalomi tilimda doim
Sen uchun yugarim qo‘limda doim
Sog‘inaman yurgan yo‘limda doim
Vatan yagonasan dilimda doim.
2- o‘quvchi: Vatanimiz zaminida jahonni larzaga solgan Al-Xorazmiy, Al-Forobiy, At-Termiziy, Al-Farg‘oniy, Beruniy, Mahmud Zamahshariy, Abu Ali Ibn Sino, Bahovuddin Naqshband, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiydek buyuk salohiyat sohiblarini, To‘maris, Muqanna, Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Mahmud Torobiydek sarkarda va xalq qahramonlari istiqlol uchun jon fido qilgan Behbudiy, Cho‘lpon, Fitrat, Avloniy, Qodiriy, Usmon Nosir kabi minglab fldoyilarni har doim eslab ta’zim qilib hurmat bilan tilga olamiz.
3- o‘quvchi: Birinchi Prezidentimizning «Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch» asarida: «E1 yurtimiz taqdiriga dahldor bo‘lgan tarixiy adolatni tiklash xalqimiz va millatimizning yaqin o‘tmishidagi yopiq sahifalarini to‘la ochib berish, shu tarixdan saboq chiqarib bugungi va kelajak hayotimizga ongli qarash, shakllantirish, begunoh qurbon bo‘lgan insonlar xotirasini abadiylastirish biz uchun ham qarz, ham farz edi» deb aytgan so‘zlari har bir insonni to‘lqinlantirdi.
4-o‘quvchi: Vatanimizni qadimda Turkiston Turon deb atalgan 5 millatning tili ham dini ham urf–odatlari ham bir bo‘lgan. Biz ana shunday kuchli va tinch jannatmakon o‘zbek diyorida yashaganimizdan fahrlanamiz. Chunki dunyoda tinchlik bo‘lsagina u yerda farovon hayot kechiriladi.
5- o‘quvchi: O‘zbekistoning mustaqillikka erishish sharofati bilan milliy qadriyatlarimiz qayta tiklana boshladi. Millatimizga hos bo‘lgan ajoyib udumlar an’analarini yosh avlodga singdirish uchun ularni kelajagi buyuk bo‘lgan mustaqil O‘zbekistonning munosib vorislari qilib tarbiyalash borasida hayrli qadamlar dadil tashlanmoqda.
6-o‘quvchi: “… o‘z tarixini bilmagan xalqning kelajagi bo‘lmaydi”, deydi
yurtboshimiz. Mustaqillik tufayli Amir Temur tuzuklari, Al-Buhoriy hadislari, At-Termiziy, Naqshbandiylarning adab durdonalari, Ahmad Yassaviy hikmatlaridan yoshlarimizni bahramand etish sharafiga muyassar bo‘ldik. Navoiy, Xorazmiy, Lutfiy kabi allomalarimizning ta’lim-tarbiyaga oid qarashlari kengroq talqin etila boshladi.
7-o‘quvchi: Inson uchun eng oily tuyg‘u, eng oily hislat bu Vatan tuyg‘usidir. U har qanday insonni kindik qoni to‘kilgan maskanini e’zozlashga ilhomlantiradi.
O‘qituvchi: Aziz o‘quvchilar, Inson uchun ona-Vatandan ulug‘roq, o‘z oilasidan sevikliroq makon yo‘q.



Yüklə 81,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə