Jonajon O’zbekison mangu bo’l omon


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun



Yüklə 81,5 Kb.
səhifə3/6
tarix29.11.2023
ölçüsü81,5 Kb.
#140243
1   2   3   4   5   6
2 Vatan ostonadan boshlanadi

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun
1) She’riyat daqiqalari
Audio holatida yozilgan A.Oripovning “O‘zbekiston” qasidasini qo‘yib eshitiramiz.
Yurtim, senga she’r bitdim bu kun,
Qiyosingni topmadim aslo.
Shoirlar bor, o‘z yurtin butun-
Olam aro atagan tanho.
Ular she’ri uchdi ko‘p yiroq,
Qanotida kumush diyori.
Bir o‘lka bor dunyoda biroq,
Bitilmagan dostondir bari:
Faqat ojiz qalamim manim,
O‘zbekiston,Vatanim manim.


O‘qituvchi: Aziz o‘quvchilar, Vatanimizni go‘zalligini madh etuvchi qanday she’rlarni bilasiz? Navbat Ona Vatan haqidagi she’rlarga

O‘quvchilarga Vatan haqida she’rlar aytiriladi.


1-o‘quvchi:
O‘zbekiston Ona yurtim ota makonim,
Shu bepoyon jahon ichra tengsiz jahonim!
Yangi davron koshonasi o‘zing bo‘lgaysan,
Inshoolloh, endi abad nurga to‘lgaysan!


Mehnat ham bor shavkat ham bor,
Karvon ham bordir.
Dunyo havas aylagulik sarbon ham bordir,
Fotihaga qo‘l ochar endi, but bo‘lsin qasr
O‘zbekiston asri bo‘lgay shaksiz bu asr!


2-o‘quvchi:
Istiqlol, bunchalar go‘zal bu noming
Non kabi e’zozli jondek shirin bol.
Yer shari yo‘lladi otash saloming,
Assalom, o‘zbegim qutlug‘ istiqlol”


3-o‘quvchi:
Assalom maktabim muqaddas dargoh
Assalom Ustozlar kasb-kori saboq
Assalom do‘stlarim menga qo‘sh qanot
Sinfdoshim hayotga ishonch bilan boq.

4-o‘quvchi: Vatan tuyg‘usi inson ruhiga ona allasi bilan singadi


Ona allasidan to‘rt qator she’r aytishni lozim topdim


Alla desam bor bo‘lgin , allayo – alla,
Menga nomus – or bo‘lgin, allayo – alla.
Katta bo‘lgan chog‘ingda, allayo – alla,
Yurtga vafodor bo‘lgin, allayo – alla.


Beshik buving alla bo‘lsin, alla,
Oltin boshing omon bo‘lsin, alla.
Kelajaging porloq bo‘lsin, alla,
Tonglaring oppoq bo‘lsin, alla.

Yüklə 81,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə