Jonajon O’zbekison mangu bo’l omon


) O‘qituvchi darsni mustahkamlashda “3x4” texnologiyasidan foydalanishi mumkin



Yüklə 81,5 Kb.
səhifə5/6
tarix29.11.2023
ölçüsü81,5 Kb.
#140243
1   2   3   4   5   6
2 Vatan ostonadan boshlanadi

3) O‘qituvchi darsni mustahkamlashda “3x4” texnologiyasidan foydalanishi mumkin.
O‘qituvchi har bir guruhga qog‘ozlarning yuqori qismida quyidagi yozuvi bo‘lgan varaqlarni tarqatadi:
1-varaq: Vatanparvarlik deb nimaga aytiladi
2-varaq: Vatan, bu — ...
3-varaq: Dunyoda qanday gunoh kechirilmaydi - ...
4-varaq: Vatanparvarlik tuyg‘usini mahallangiz shahringiz timsolida izohlang....
O‘qituvchi kichik guruh a’zolarini tarqatma materialda yozilgan asosiy fikrni faqat uchta fikr, ya’ni uchta so‘z yoki so‘zlar birikmasi, yoki uchta gap bilan davom ettirishlari mumkinligini uqtiradi va buni amalga oshirish uchun aniq vaqt belgilaydi;
Guruh a’zolari birgalikda tarqatma materialda berilgan fikrni yozib davom ettiradilar;
Vazifa bajarilgach, guruh a’zolari o‘rinlaridan turib, soat mili yo‘nalishi bo‘yicha joylarini o‘zgartiradilar, ya’ni 1-guruh 2-guruhning, 2-guruh 3-guruhning,
3-guruh esa 4-guruhning (boshqa kichik guruhlar bo‘lsa, shu tariqa) o‘rniga o‘tadilar;
Guruh a’zolari yana yuqoridagi kabi joylarini o‘zgartiradilar, shu tariqa kichik guruhlar o‘z joylariga qaytib kelgunlariga qadar joylarini almashtirib, tarqatma materiallarga o‘z fikrlarini qo‘shib boradilar;
O‘z joylariga qaytib kelgan kichik guruhlar tarqatma materialda to‘plangan barcha fikrlarni diqqat bilan o‘qib, ularni umumlashtirgan holda bitta yaxlit ta’rif yoki qoida xolatiga keltiradilar;
Har bir kichik guruhning mualliflik ta’riflari yoki qoidalarini guruh a’zolaridan biri taqdimot qiladi;
O‘qituvchi kichik guruhlar tomonidan berilgan ta’riflar yoki qoidalarga izoh berib, ularni baholaydi.
4) “Tushunchalar mazmuni” metodi «Tushunchalar mazmuni» uslubidan bir darsning o‘zida dars boshlanishida o‘tgan mavzuni takrorlash, mustahkamlash yoki yangi mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning dastlabki bilimlari, qanday tushunchalarni egallaganliklari va shu darsning oxirida bugungi mavzudan nimalarni bilib olganliklarini aniqlash uchun ham foydalanish mumkin.




Yüklə 81,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə