Йилларда франция


Mustabid tuzumni qayta qurish va



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə17/23
tarix20.09.2017
ölçüsü1,37 Mb.
#1110
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23

Mustabid tuzumni qayta qurish va

qismlarga ajratish
O‘sib borayotgan «salbiy holatlar» oqimini bartaraf etish yo‘llarini izlashni faollashtirish maqsadida Siyosiy Byuro 1985 yilning mart oyida Bosh kotib lavozimiga o‘z a’zolari ichida eng layoqatli bo‘lgan M.Gorbachevni olib chikdi. Albatta, bu «sodiq leninchilar» taraqqiyot yo‘lini hech qachon o‘zgartirmaslikni hoxlardilar va agar ular tanlagan bosh kotibning kelajakda nimalarga qo‘l urishini bilganlarida uni tanlash to‘g‘risida hech qanday gap so‘z bo‘lishi mumkin emas edi. Gorbachevning o‘zi ham Siyosiy Byuroda: «Biz siyosatni o‘zgartirishimiz shart emas. U to‘g‘ri, haq va haqqoniy siyosatdir»- deb bayon qilgan edi.

Oligarxiyadagi buzilmas tartib tufayli oliy hokimiyat «oqillik» va javobgarlikka ega bo‘lgan Gorbachev hamkasblarini aldamayotgan edi. U paytda qiyinchiliklarni bartaraf etishga ishtiyoq totalitar tuzumining barham topishi va keyinchalik oliy maqsaddan voz kechishga olib kelishi uning xayoliga ham kelmagan edi. U «real sotsializm» krizisga uchraganini tan olmasdan, maslakdoshlari va mamlakatni sinov va xatolar yo‘liga boshladi. Sovet-partiyaviy an’analariga ko‘ra u avtoritar faoliyat ko‘rsatdi.

Avvaliga u ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish shiorini o‘rtaga tashladi. Ammo tezda eskirgan asbob-uskuna va texnologiyalarni eng yangilariga almashtirishga ko‘proq e’tibor berilishi boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish qisqarishiga olib keldi. Buni amalga oshirish uchun vositalar ham yetarli emas edi.

Ayniqsa ichkilikbozlikka qarshi olib borilgan ayovsiz kurash bir tomondan alkagolizmni kamaytirgan bo‘lsada, ikkinchi tomondan odamlar sog‘ligi va ishlab chiqarishga zarar yetkazdi, budjetni bir necha yil spirtli ichimliklarni sotishdan keladigan foydadan - 200 milliard so‘mdan (rubldan) mahrum qildiki, bu mamlakat byudjntiga qattiq zarba bo‘ldi.

Rivojlanishni jadallashtirish maqsadida intizom qat’iylashtirildi. Sanoatda ishlab chiqarish sifatini yaxshilash maqsadida uni davlat qabul qilib olish tartibini joriy qildi. Ishchilarning tashabbuskorligi va javobgarligini oshirish uchun mehnat jamoalari to‘g‘risidagi qonun, ularga hattoki rahbarlarni saylashgacha bo‘lgan keng huquqlarni berdi. Ammo ishlab chiqarilgan mahsulotning davlat tomonidan qabul qilinishi mahsulotning ilmiy-texnik darajasini ko‘tardi, ishchilardagi «xo‘jayinlik tuyg‘usi» esa «jamoaviy xudbinlikda», ya’ni «qo‘lay» rahbarlarni tanlash, narxlar va oylikni ixtiyoriy ko‘tarishda namoyon bo‘lib, u xo‘jalik va jamiyatga katta zarar yetkazdi.

Sanoatda odamlar xavfsizligi ta’minotini inobatga olmaslik oqibatida 1986 yilda Chernobilda yadro reaktori portlashi yuz berdi, u ko‘pgina mamlakatlarga zarar yetkazdi va keng mintaqa aholisi uchun fojiaga aylandi.

Iqtisodiyotning ko‘p tarmoqlarini o‘zgartirish zarurligiga ishonch hosil qilgan Gorbachev ilgari Xrushev tomonidan qo‘llangan qayta qurish ishlarini o‘rtaga tashladi. KPSSning 1986 yil boshidagi syezdi uni qo‘llab-quvvatladi va mehnatkashlarni «sotsialistik o‘zaro yordam va talabchanlikni» oshirishga chaqirdi va qisqa muddatda ishlab chiqarishni keskin oshirish, mehnat unumdorligini oshirish, mamlakatni uy-joy va oziq-ovqat bilan ta’minlanish muammolarini hal qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi.

1987 yilga kelib aholi extiyoji uchun zarur mollar va budjet tanqisligini bartaraf qilishga urinib, oliy hokimiyat organlari Gorbachev tashabbusi bilan iqtisodiyot boshqaruvini tubdan qayta qurishga kirishdilar, davlat korxonalari, vazirliklar, respublika idoralari, ta’minot tizimlari, banklar mavqeini o‘zgartiruvchi qaror va qonunlar hamda keng ijtimoiy dasturlar qabul qilishdi. Bu choralar xo‘jalikni ma’muriy ko‘rsatmalar orqali boshqarishni shartnomaviy boshqaruvga almashtirdi, ammo ular har doim ham bir-biri bilan mos tushmas va rejalarning bajarilishini kafolatlay olmasdi. Dasturlarni amalga oshirish uchun esa vositalar yo‘q edi.

Ko‘rilgan choralar natijasida hokimiyat tomonidan aholi iste’moli uchun yo‘naltirilgan mahsulotlar ulushi biroz ko‘tarildi. Ishchilarning o‘z-o‘zini moliyalash, pudrat va ijara asosida ishni tashkil qilish joriy qilindi, rahbarlar ishlab chiqarishni aholi extiyojlariga yo‘naltirish, mehnatga haq to‘lashni esa uning natijasi bilan bog‘liq tarzda amalga oshirishga harakat qilishardi. Keyin kooperativ, mohiyatan ishbilarmonlikka asoslangan, individual mehnat faoliyatiga ruxsat etildi va qonunlashtirildi. Hokimiyat ruxsati bilan qo‘shma korxonalar, hatto chet elliklar ishtirokida tuzila boshlandi. Bu choralar aholini davlat tomonidan ekspluatatsiya qilinishining markazlashishini susaytirib, ekspluatatsiya vazifalarining bir qismi tarmoqlar va korxonalar rahbarlari qo‘liga o‘tdi.

Ammo bolangan iqtisodiy tashabbuskorlik (ishbilarmonlik), sovet sanoatining asosi - harbiy-strategik sanoati u yoqda tursin, hattoki iste’mol mollari ishlab chiqarishni va xizmat ko‘rsatishni ham qamrab olmagan edi.

1985-1989 yillarda budjet tanqisligi 5 marta oshdi, ammo uni bartaraf etish uchun amalga oshirilgan emissiya SSSR ichki qarzlarini 2,5 martaga - oshirdi. Iqtisodiyot va jamiyatdagi «salbiy holatlar» ko‘payishni davom ettirdi. Bu yo‘nalishda islohotlar ish bermayotgan edi.

Ammo iqtisodiyotni qayta qurish davom etardi. 1988 yil yozidagi KPSSning Butunittifoq konferensiyasi iqtisodiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirishga qaror qildi: davlat buyurmalari va ko‘rsatmalari asosidagi ma’muriy boshqaruvni cheklash, to‘la xo‘jalik hisobini va uning shaklini mehnat kollektivlari tomonidan tanlanishini joriy etish, hamda iqtisodiy o‘z-o‘zini boshqarish vazifalari qo‘yildi. Iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan bu qadam ko‘pgina xo‘jalik rahbarlarini esankiratib qo‘ydi va harbiy sanoat qo‘rg‘onlariga duch keldi. Ishlab chiqarish o‘sishi sekinlashdi va 1990 yilga kelib dunyo Yalpi Mahsulotida SSSR hissasi 8% gacha pasaydi va eng asosiysi oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar tanqisligi oshdi. «Magazin (do‘kon)lar peshtaxtalarida zarur oziq-ovqat mahsulotlari tobora kam paydo bo‘lmokda;.. - oxirgi paytlarda baliq, go‘sht, yormalar, makaron mahsulotlari savdodan umuman yo‘qoldi»- deb joylardan MKga xabarlar kelardi. Oziq-ovqat va eng oddiy sanoat mahsulotlarini «izlab topish» tobora qiyinlashib borar, narxlar ko‘tarilib borar, navbatlar cho‘zilar, olib sotarlik avjiga chiqayotgan edi. Hukumat tomonidan ko‘tarib chiqilgan «Kuchli ijtimoiy siyosat» shiorini amalga oshirish uchun zahiralar yo‘q edi.

1986 yildayoq Gorbachev va uning izdoshlari faqatgina iqtisodiyotni qayta qurish ahamiyati va jozibaliligini ta’kidlab uni inqilob deb atadi. Uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqqa qayta qurish haqidagi da’vatlari bilan murojaat qilishlari unga Siyosiy Byuroda tan olingan daxlsizlikka erishishiga yordam berdi. Ikki yil ichida u Siyosiy Byuro a’zolarining 70% ini «qayta qurish ish boshqaruvchilari» B.Yelsin, A.Yakovlev, E.Shvardnadze va boshqalar bilan almashtirishga ulgurdi. MK (Markaziy Qo‘mita) tarkibi 40%ga yangilandi.

Ko‘pgina partiya va davlat arboblarining mutaassibligi va rasmiyatchiligiga duch kelgan Gorbachev Stalincha «deformatsiya» va «tormozlash mexanizmini» bartaraf etishga «sotsialistik demokratiya» va «xalqning o‘z-o‘zini boshqarishi»ni rivojlantirishga da’vat etdi. Uning tashabbusi bilan Siyosiy Byuro va MK oshkoralikni - ancha ilgari yo‘q qilingan so‘z erkinligini sotsializm doirasida e’lon qildi. Kamchiliklarning va ko‘pgina rahbarlar faoliyatining quyidan turib tanqid qilinishi, fuqarolar tomonidan o‘z takliflarining o‘rtaga tashlanishi va tarqoq holdagi ommaviy chiqishlar qayta qurishning kengayishi va chuqurlashuviga olib keldi. Natijada viloyat partiya tashkilotlarida 60% kotiblar, hamda ko‘pchilik Sovet va xo‘jalik rahbarlari almashtirildi.

Mo‘ljalni aniq belgilash va qayta qurish konsepsiyasini ishlab chiqish qiyin edi. 1987 yil kuzida Gorbachevning «qayta qurish va yangicha fikrlash mamlakatimiz va butun dunyo uchun» nomli kitobi chikdi. Unda u umuminsoniy qadriyatlar ustunligi va barcha mamlakatlar xalqlari ularning atrofida birlashishi zarurligi haqida yozgan edi. Bu M.Gorbachevga SSSR oliy rahbariyat organlari qo‘shma yig‘ilishida o‘z so‘zlariga ishontirishiga xalaqit bermadi: «Biz yangi olam sari kommunizm olami sari bormoqdamiz». «Bu yo‘ldan biz hech qachon chekinmaymiz!». Kitobida esa u gap «umumxalq sotsialistik davlat», «jamoaviy mulk» boshqaruvdagi partiyani o‘zgartirish haqida emas, balki ularni rivojlantirish va chuqurlashtirish, SSSRning ichki va tashqi o‘tkir muammolarini ochishga noan’anaviy yondoshishni o‘zgartirish, markscha-lenincha yondoshuv va jamiyatni yaxshi bilmaslik natijasida konsepsiyasini ishlab chiqish qiyinlashayotgan yangicha siyosat yuritish zarurligini tan olishdan iborat edi.

Gorbachevning «yangilanish mafkurasi» bilan chiqishi konservatorlar («prinsiplaridan voz kecha olmaydigan»), mo‘tadil «yangilanganlar» (sotsializmni insonparvar, demokratik qilish uchun), radikallar («ko‘p partiyaviylik, respublikalar va fuqarolar huquqlarini kengaytirish uchun») o‘rtasidagi qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.

1988 yildagi KPSSning Butunittifoq konferensiyasi biroz ikkilanib siyosiy tizimni qayta qurish, ichki partiyaviylik demokratiyasini tiklash va qatag‘on qurbonlarini oqlashni davom ettirishga qaror qildi.

Gorbachev KPSS rolini mustahkamlashga da’vat etar va shu bilan birgalikda shaxs huquq va erkinliklarini kengaytirish orqali odamlarning qayta qurishda ishtirokini ta’minlashga harakat qildi. Konferensiya delegatlarining deyarli yarmi bunday o‘zgarishlarga qarshi bo‘lib, uni asosiy yo‘nalishdan chekinish deb hisoblashardi.

Konferensiya kommunistik partiyaning mafkuraviy-siyosiy monopoliyasini saqlagan holda kengashlar, kasaba uyushmalari va boshqa tashkilotlarni an’anaviy ma’muriy buyruqbozlik bilan boshqarishdan voz kechish va ularning, ayniqsa kengashlarning rolini oshirishga qaror qildi.

Unutilgan «Butun hokimiyat sovetlarga!» shiorini o‘rtaga tashlab «xalq hokimiyati»ni tiklash va «Sotsialistik huquqiy davlat»ni shakllantirish maqsadida markaziy, respublikaviy va mahalliy sovetlar va ular bilan birga sudlarga mustaqillik berishga intilar, ularning tuzilishi va shakllanish usullarini o‘zgartirishardi. Partiya va davlat organlari funksiya (vazifa)larining ajralishi boshlandi. Bu ilgarigi hokimiyatni susaytirdi va parchaladi. Siyosiy va iqtisodiy plyuralizm (xilma-xnllik) siz yangi hukumatni barpo qila olmasdi.

Mamlakatda va Partiya ichida ham sotsializm va demokratiyaning talqini to‘g‘risida keskin bahs-muzokoralar boshlanib ketdi. 1988 yil oxiriga kelib liberalizm individual erkinlik va huquqlar ustunligi va natsionalizm o‘z millat (elat)ining manfaatlari ustunligi tarafdorlari paydo bo‘ldi. O‘z ixtiyori bilan faoliyat yuritayotgan ko‘pchilik kommunistlar ishtirokida ijtimoiy uyg‘onish boshlandiki, u ko‘pgina turli qiyofadagi «norasmiy» - noqonuniy, ta’qiqlanmagan tashkilotlarning va ommaviy harakatlarning, hattoki xalq frontlarining paydo bo‘lishiga olib keldi. KPSS nafaqat mamlakat muammolarini hal qilish yo‘llarini muhokama qilish bo‘yicha monopoliyadan mahrum bo‘ldi, balki shu bilan birga xalq ommasi kayfiyati va hatti-harakatini boshqarish imkoniyatidan ham mahrum bo‘ldi, sovet jamiyatining parchalanishi boshlandi.

Jamiyatning yangi siyosiy tuzulishi, SSSR yangi Oliy organiniig vazifalari va saylovlari to‘g‘risidagi SSSR konstitutsiyasiga o‘zgarishlar kiritish haqidagi qonunlar hukumatlarni taqsimlash, saylovchilar va mintaqalarning emas, hattoki saylovchilarning o‘zaro teng huquqligini ham ta’minlay olmasdi. Ular «boshqariladigan demokratiya» tizimini yaratishga yo‘naltirilgan edi. Siyosiy Byuro va ular tomonidan boshqariladigan tashkilotlar o‘z vakillari uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri joylarning uchdan biriga ega bo‘lishardi. Ammo sovet saylovchilari 1989 yil bahorida ilk bor bir nechta erkin nomzodlardan xalq deputatlari syezdiga o‘z delegatlarini saylash imkoniyatidan mamnun edilar.

Saylovlarni KPSS organlari boshqarar va saylovchilarning 80%i kommunistlar edi, ammo partiyaviy intizomning susayishi bois ularni boshqarish qiyinlashdi. Albatta, ko‘pchilik Y.Afanasyev nomlaganidek «agressiv itoatkor» edi. Gorbachev syezd tashkil etgan Oliy Sovet raisi etib saylandi, ammo uning (sovetning) «stalincha brejnevcha» ko‘pchiligiga ozgina radikallarni qo‘shishga majbur bo‘ldi.

Radikallar qayta qurish dushmanlari va Gorbachev sustkashligini tanqid qilib, SSSRning asosiy maqsadini shubha ostiga qo‘ydi. Ular tomonidan A.Saxarov va B.Yelsinlar rahbarlik qilayotgan mintaqalararo deputatlar guruhi tashkil qilindi, qonuniy muxolifot tiklandi.

Navbatdagi Syezdda, kuzga kelib faollashgan radikallar «sotsialistik yangilanish» uchun, KPSS monopoliyasini siyosiy plyuralizm bilan, unitar davlatni Saxarov (dekabrda vafot etgan) konstitutsiya loyihasida ko‘rsatilgan erkin respublikalar ittifoqi bilan almashtirishni, mulkchilikning turli shakllari va bozor munosabatlarini e’tirof etishni talab qilishdi. Bunda ular, buning hammasini aholi turmush darajasini yomonlashtirmasdan turib amalga oshirish mumkin deb ishontirardi. Bunday chiqishlar «boshqa bunday yashash mumkin emas!»ligiga ishonganlarga ilhom bag‘ishlardi. Mamlakatda miting va namoyishlar ko‘payib ommaviy xarakterga ega bo‘ldi. Ularda yuz minglab odamlar ishtirok etardi. Ular ta’minotni yaxshilashni, fuqaro va xalqlar huquq va erkinliklarini kengaytirishni talab etishar, byurokratizmga qarshi norozilik bildirar, radikallarni qo‘llab-quvvatlardilar. Bunday talablar bilan chiqqan B.Yelsin mashhur bo‘ldiki, KPSS rahbariyatining unga tazyiqi uning mashhurligini yanada oshirdi.

1989 yildagi o‘zgarishlar natijasida totalitar tuzum tugatildi. Partiya, davlat va xo‘jalik organlariga «yangicha fikrlashni» o‘zlashtirish qanchalik qiyin bo‘lsa, konsepsiyasi endigina ishlab chiqilayotgan yangicha siyosat yuritish undan-da qiyinroq edi. Bu o‘z navbatida hokimiyat ta’sirchanligini susaytirardi. Ijtimoiy uyg‘onish qayta qurishni nafaqat oldinga surar balki, undan oshib o‘tayotgan edi. Jamiyat tarkibiy qismlaridagi parchalanishining boshlanishi «boshqariladigan demokratiya»ni shakllantirishni qiyinlashtirdi.



Oligarxiya parchalanishi va ideokratiya

(mafkura ustunligi)ning qulashi
Taraqqiyot va qayta qurishni jadallashtirishga harakat qilayotgan Gorbachev va uning tarafdorlari mamlakatda bu o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun, dunyoning eng yirik mamlakatlari – AQSH va uning ittifoqchilaridan, va XXRdan qurollanish sohasida orqada qolib ketmaslik uchun sarflanayotgan xarajatlarni kamaytirmay erisha olmasligiga qattiq amin bo‘ldilar. Gorbachev tan olishicha «mudofaa xarajatlari xalq xo‘jaligining deyarli barcha tarmoqlaridan hayot sharbatini sipqirayotgan edi». Shuning uchun yangilangan sovet rahbariyati xalqaro keskinlikni va qurollanish poygasini to‘xtatishga chaqiriqlarni faollashtirdi. Bu yo‘ldagi asosiy narsalar Gorbachevning 1986 yil boshidagi qurollarni qisqartirish to‘g‘risidagi keng miqyosdagi takliflari, uning KPSS syezdidagi urushda ham, qurollanish poygasida ham g‘oliblar bo‘lmasligi haqidagi nutqlari, uning AQSH va boshqa yirik mamlakatlar rahbarlari bilan uchrashuvlari bo‘ldi. SSSRdagi yirik harbiy xarajatlar zarurligi haqidagi shubhalarni Havo Xujumiga qarshi Mudofaa tizimi tomonidan xorijiy samolyotning qizil maydongacha uchib borganini payqalmagani hamda Afg‘onistondagi urushning be’mani va kelajagi yo‘qligi kuchaytirdi. Shu narsa ayon bo‘ldiki, SSSRning yuksak texnologiyalar sohasida qoloqligi o‘sib borayotgan bir paytda AQSH tomonidan boshlangan yangi qurollanish poygasiga qo‘shilish o‘z joniga qasd qilish bilan barobardir. Siyosiy byuro mamlakatning tinkasini quritgan konfrantatsiya -qarama-qarshilikni to‘xtatishning radikal (keskin) choralarini izlashga majbur bo‘ldi.

Mamlakat rahbariyati sovet qo‘shinlarini Afg‘onistondan chiqarishga rozi bo‘ldi, dunyo mamlakatlarini harbiy sohalarda aql-idrok bilan ish yuritishga da’vat etdi, «nol-variant», ya’ni Yevropada Buyuk Britaniya va Fransiya raketalari saqlanib qolgani holda SSSR va AQShning o‘rta va qisqa masofaga uchiriladigan raketalarining yo‘q qilinishiga rozilik bildirdi.

1988 yilning oxirida esa Gorbachev BMTda «umuminsoniy manfaat» va «umuminsoniy konsensusni izlash» (o‘zaro kelishuv yo‘llarini izlash) ustunligini ma’qullab barcha mamlakatlar tomonidan yashash tarzining o‘z siyosiy va ijtimoiy tartibini tanlash erkinligi» haqida bayonot berdi. Bu, mohiyatan, nafaqat sotsializm manfaatlarining milliy manfaatlardan ham ustunligi to‘g‘risidagi «Brejnev doktrinasi»dan, balki «proletarcha baynalmilalchilik» va SSSRning lenincha-stalincha dunyoviy maqsadidan ham butunlay voz kechishni bildirar edi. 1989 yil 15-fevralda Sovet qo‘shinlarining Afg‘onistondan chiqarilishi, keyinchalik SSSRning Yevropaning ko‘pgina mamlakatlarida «real sotsializm»ni qulatgan voqealarga aralashmaganligi hamda 1988 yil oxirida AQSH bilan sovuq munosabatlar urushini tugatish haqida kelishib olishi bu bayonotlarning naqadar jiddiyligidan dalolat berardi. Kommunistlarning bir butun bo‘lgan buyuk maqsadining bir qismidan (Bu maqsad yo‘lida SSSR yaratildi va rivojlantirildi) uning rahbariyati tomonidan voz kechildi: ideokratiya (mafkura ustunligi) kemtik bo‘lib qoldi.

Endi o‘tkirlashgan inqiroz tufayli zaiflashgan SSSR, Yevropa va boshqa qit’alarda sovuq urush tufayli o‘z ahamiyatini yo‘qotgan pozitsiyalarini saqlay olmas edi. Bu ma’lum xarajatni ham talab qilardi. Sovuq urush tufayli ittifoqchilarni qo‘llab-quvvatlash be’maniligini anglagan sovet rahbariyati ularga yordam berishni to‘xtatdi va ittifoqchilardan mahrum bo‘ldi. O‘zaro Iqtisodiy Yordam Kengashi (O‘IYOK) va Varshava Shartnomasi Tashkiloti (VSHT) o‘z mavqeini yo‘qotdi va a’zolarining qaroriga ko‘ra tarqatib yuborildi. Sovet qurolli kuchlari qisqara boshladi. Strategik hujumga mo‘ljallangan qurollarni qisqartirish to‘g‘risidagi yangi kelishuvlar tuzildi.

Mamlakatning zaiflashgani va qayta qurish uchun vaqtdan yutishga intilish muzokaralarda ikir-chikirlarni muhokama qilishga imkon bermas edi. Shuning uchun Gorbachev ko‘pincha SSSRda hali ko‘pchilik tomonidan tanilmagan va tan olinmaganlar bilan kurashda ko‘pincha ularga yon berardi? Yevropa va umuman, butun sayyora aholisi esa, o‘n yillar davomida boshidan kechirayotgan dunyo yadro urushidan qo‘rquv va vahimadan xolos bo‘ldi. Mamlakat ichkarisida tinchlikparvarlik obro‘sining tushib ketishiga qaramay Gorbachevning xalqaro maydonda obro‘si oshib ketdiki, u 1990 yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bu SSSR dunyoning eng boy mamlakatlaridan qayta qurishni amalga oshirish uchun bir necha milliard dollarni qarzga olish imkonini berdi.

Shu bilan bir paytda 1989 yil kuzidan 1990 yilning yozigacha mamlakatda, ayniqsa Moskva va boshqa yirik shaharlarda turli liberal-demokratik guruhlarning fuqarolarning huquq va erkinliklarini talab qiluvchi va KPSSning mafkuraviy-siyosiy monopoliyasiga e’tiroz bildiruvchi miting va namoyishlari soni oshib boraverdi. Ularda konservatorlar tanqid ostiga olinar va Gorbachevni esa qayta qurish samaradorligi pastligida ayblashar edi. Birinchi may namoyishlarida qizil maydonda ko‘pchilik «Yo‘qolsin KPSS!» «Gorbachev iste’foga!» kabi shiorlar bilan chikdi. Bir qator mintaqalarda aholi turmushi yomonlashishiga qarshi yirik stachka (ish tashlash)lar bo‘lib o‘tdi. Hamma joyda kooperativ va xususiy korxonalar paydo bo‘la boshladi. Ba’zi norasmiy tashkilotlar partiya va siyosiy harakatlarga aylantirildi. Radikallarni qo‘llab-quvvatlovchi ommaviy axborot vositalari ta’siri oshib bordi.

Iqtisodiy va siyosiy xilma-xillikning fuqarolar tomonidan amalga oshirilishi «real sotsializm» doirasidan chiqib ketar, ijtimoiy taraqqiyot yo‘nalishi liberal-demokratik tus olar va qayta qurish tashabbuskorlarini yanada ilg‘orroq bo‘lishga majbur etardi. May oyida SSSR xalq deputatlari syezdi Konstitutsiyadagi KPSSning rahbarlik roli to‘g‘risidagi moddani bekor qilishga majbur bo‘ldi.

Bunga javoban, Siyosiy Byurodagi mo‘tadil «yangilanganlar», Markaziy Qo‘mitadagi, partiya va davlat apparatidagi, generallar orasidagi g‘azablangan konservatorlar faollashdi. Turli partiyalarning, xususiy mulk va bozor munosabatlarining paydo bo‘lishi, Konstitutsiyadan KPSS ustunligi to‘g‘risidagi moddaning olib tashlanishi konservatorlar tomonidan SSSR asosiy maqsadning ikkinchi qismidan ham voz kechishdek qaror qabul qilindi. Siyosiy Byuro va MKdagi 1990 yilgi kelishmovchiliklar bosh kotibni daxlsizlikdan mahrum qilib, ayni paytda oligarxiyani falajlab, uning parchalanishini boshlab berdi. KPSSda tarqoqlik yuzaga keldi: ba’zilar «prinsiplardan voz kechish»ni xohlamas, ikkinchilar esa turlicha talqin qilinuvchi partiya va mamlakatning yangilanish tarafdorlari edilar. Uchinchilar, nima qilishlarini bilmasdan hafsalasi pir bo‘lar, ko‘pchilik esa partiyani tark etdi. KPSS o‘zining obro‘sini va ishga layoqatini yo‘qotdi. «Real sotsializm» mafkurasi, siyosiy tizim va iqtisodiyoti parchalanib ketadi. Susaygan hokimiyatni mustahkamlash uchun uzoq va keskin bahs-munozaralardan keyin 1990 yilda xalq deputatlari syezdi SSSR prezidenti lavozimini ta’sis etdi va may oyida 60% ovoz bilan bu lavozimga Gorbachev saylandi. Prezidentga aylangan bosh kotib radikal raqiblarni «do‘stona yashash»ga chorlar, ammo ular o‘rtasidagi kurash tobora keskinlasha bordi. Birovlarning tashvishi, boshqalarning quvonchi, inqiloblar-Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida «real sotsializm»ning qulashi va liberallashtirish bilan mustahkamlanib bordi.

Partiyani yangilash yo‘li bilan kuchlarni islohotlarga safarbar qilish va mamlakatni birlashtirishga intilib, Gorbachev 1990 yil iyulida KPSSning XXVIII syezdini o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi. Yelsin va boshqa radikallar partiya saflarini tark etishdi. Mo‘tadil «yangilanganlar» esa konservatorlar qarshiligini bartaraf etib, SSSR asosiy maqsadining ikkinchi qismini qayta ko‘rib chiqib-marksizm-leninizm konsepsnyasini nafaqat xalq ommasiga balki, kommunistlarga ham tushunarsiz bo‘lgan boshqa sotsializm konsepsiyasi bilan almashtirishdi.

Syezd «insonparvar demokratik sotsializm sari» shiorini qabul qildiki, u plyuralistik demokratik va huquqiy davlat qurishga qaratilgan bo‘lib, mulkchilikning turli shakllarini va «boshqariladigan bozor munosabatlari»ni tan olardi. Mamlakatda inson huquq va erkinliklari himoya qilinishi kerak edi. Bu g‘oyalarni KPSSning yangi dasturiga kiritishga qaror qilindi.

Bunda partiyaning yetakchilik roli, xilma-xillikka asoslangan demokratiya sharoitida g‘oyalarni ishlab chiqish, ommani tarbiya qilishga yo‘naltirishdangina iborat bo‘lardi. Partiya endi respublika partiyalarining federatsiyasiga aylanib va uning siyosiy byurosi esa respublika rahbarlaridan saylanardi. Qayta tashkil qilingan MK o‘zgargan sharoitda partiyani faollashtirish yo‘llarini qidirar va keskin vaziyatlarga mo‘ljallab yashirin moliyaviy zaxiralar shakllantira boshladi.

Ammo na partiya xodimlari va na oddiy kommunistlar ularning tajribasi va ilgarigi tasavvurlaridan keskin farq qiluvchi g‘oyalarni amalga tadbiq qilishga qodir emas edilar. MKga xabar berishicha ilgarigi ko‘pgina tashkilotlar ishdan chiqdi, mahalliy joylarda tashkil qilinganlari esa ishlolmas edi. «Mahalliy rahbarlarga yo‘naltirilgan MKning qarorlari bekorga ketar, ularni hech kim amalga oshira olmasdi. Xalq bilan mustahkam bog‘lanmagan partiya apparati o‘z qozonida qaynayotgan edi», - degan xabarlar MKga yetib kelardi. Xalq KPSS ishini ko‘rmas va sezmas edi. Partiya qayerdadir idoralarda edi. Ko‘pchilik KPSSni tark etdi. 1990 yil yanvar oyidan 1991 yil yanvar oyigacha uning a’zolari soni 19,2 dan 16,5 millionga tushdi. qolganlar esa faqatgina rasman partiya tarkibida edi.

Partiya siyosiy kuchdan mahrum bo‘ldi. Siyosiy byuro esa o‘z tarkibi ustidan boshqaruvni qo‘ldan boy bergan va respublikalar manfaatlarini muvofiqlashtiruvchi organga aylanib qolgan bo‘lib, oligarxiya xususiyatlaridan mahrum bo‘ldi va boshqa ideokratiya (mafkura ustunligi)ning oliy inspeksiyasi bo‘lmay qoldi.

Kommunistlarning asosiy maqsadidan voz kechilishi bilan parchalangan «real sotsializm»ni hech qanday kuchga ega bo‘lmagan insonparvar demokratik sotsializm g‘oyasi bilan almashtirishga urinishga qaramasdan ideokratiya imperiya bilan birgalikda yo‘qoldi. SSSR maqsadlari utopiyaga aylandi, u buyuk maqsadga erishish uchun tuzilgan va rivojlantirilgan mamlakatga umuman o‘xshamay qoldi. Ammo 1990 yilda ro‘y bergan chuqur o‘zgarishlarning tan olinishi uchun ilgarigi davlat va partiya taqdirini hal qilish uchun bir yildan ortiqroq kurashishga to‘g‘ri keldi.

Konservator kommunistlar bilan birgalikda sotsialistik yo‘lni tanlagan Gorbachev ularga mos kelmaydigan demokratik sotsializm sari yurishga harakat qilib, bozor islohoti va SSSRni yangilash yo‘llarini izladi. U sotsializmga bo‘lgan sadoqatini faollashgan liberal demokratik kuchlardan himoya qilib, sotsializm va liberalizmni birlashtirishga harakat qildi.

Davlat boshqaruvi va mehnat jamoalarining o‘z-o‘zini boshqaruvida yuzaga kelgan qiyinchiliklarning obyektiv va subyektiv sabablari dezintegratsiya (parchalanish)ga va ishlab chiqarish hamda taqsimotning qisqarishiga olib keldi. N.Rijkov hukumati bir necha yilga mo‘ljallangan rejalarni, sotsialistik iqtisodiyotga ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor munosabatlarini joriy etish dasturini ishlab chikdi. Ammo uni amalga oshirish sharti parchalanayotgan sovet xo‘jaligining barqarorlashuvidan iborat deb hisoblandi. Ammo bunga erishilmadi. Rijkov hukumati «mafkuraning iqtisodiyotdan ustunligi»ni bartaraf etolmasligini tan oldi. Buning ustiga talab yo‘q bo‘lgan mahsulotni har qanday vaziyatda ham ishlab chiqarish davom etayotgan edi. Hukumat oziq-ovqat narxlarini uning tannarxi bilan muvofiqlashtiruvchi zarur, ammo mashhur bo‘lmagan qonunlarni qabul qilishni ham uddalay olmadi.

O‘zgarishlarni rivojlantirish maqsadida Gorbachev 1990 yil yozida Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari G.Yavlinskiy tomonidan taklif qilingan va RSFSR Oliy Sovet tomonidan ma’qullangan «500 kun» dasturini qo‘llab-quvvatladi. Bu dastur bozor munosabatlariga o‘tish uchun narxlarni tezda erkinlashtirish va korxonalarni xususiylashtirishni ko‘zda tutardi. Ammo SSSR Oliy Soveti mumkin bo‘lmagan narsani, ya’ni Rijkov dasturi bilan birlashtirishni so‘radiki, u mamlakatdagi o‘zgarishlarni izdan chiqardi.

1990 yilda «mamlakat hukumati xo‘jalik boshqaruvini qo‘ldan boy berdi» - deb hisobladi Qozog‘iston rahbari N.Nazarboyev. Yil oxirigacha investitsiyalar 4%ga, sanoat ishlab chiqarishi 1,2% ga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishi 2,3%ga, Yalpi Milliy Mahsulot (YAMM) 2%ga kamaydi. SSSR Yalpi Milliy Mahsuloti AQSH Yalpi Milliy Mahsulotining 10%ini tashkil etdi. Ishlab chiqarishning qisqarishi ishsizlar sonini ko‘paytirdi. Davlat budjeti tanqisligi va uni qoplash uchun emissiya ancha o‘sdi, hukumat mehnatga haq to‘lashni oshirmadi, oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar tobora kamayib bordi. Inflyatsiya bir yilda 119% ni tashkil etdi. Uning keskin oshishi bilan jinoyatchilik tobora avj oldi.

Qayta qurishdan o‘z ahvoli yaxshilanishini kutgan xalq norozi edi va uning kutilmagan oqibatlaridan g‘azabga kelardi. Turmush darajasining yomonlashuvi va islohotlarning sekinligiga qarshi ommaviy chiqishlar ko‘lami 1990 yilda SSSRda misli ko‘rilmagan darajada ko‘paydi. Yil davomida 16 million odam ishtirokida 10 ming miting, namoyish va ish tashlashlar ro‘y berdi. Ularning 2G‘3 qismida to‘qnashuvlar, tartib buzishlar ro‘y berdi. Ish tashlashlarda 17 milliondan ortiq kishi soat (ish samaradorligi birligi) boy berildi. Bu xo‘jalikni yanada izdan chiqarib, mamlakatni siyosiy barqarorlikdan mahrum qildi. Bu V.Pavlov yozganidek, «hamma narsani qamrab olgan inqirozning barcha ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishidan» dalolat berardi.


Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə