Йилларда франция



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə20/23
tarix20.09.2017
ölçüsü1,37 Mb.
#1110
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23

NAZORAT TOPSHIRIQLARI:

1. SSJIning urushdan g‘alaba bilan chiqishi sabablarini ayting?

2. 50-60-yillarda ijtimoiy hayotdagi qatag‘onlik sabablarini izohlang?

3. Iqtisodiy inqirozning muqarrarligini nima bilan izohlaysiz?

4. Ma’naviy-ma’rifiy va diniy sohalardagi cheklasshlar oqibatlarini ayting?

5. SSJI nima uchun parchalandi?

6. Rossiya federatsiyasining kelajagini qanday ko’rasiz?
MUSTAQIL ISH TOPSHIRIQLARI:

1. Urushdan keyingi yillarda SSJI tashqi siyosatidagi qaltisliklarni izohlang?

2. SSJI Afg‘onistonga bostirib kirishi oqibatlarini gapirib bering?
ADABIYOTLAR:


  1. Новейшая история стран Европы и Америки XX век. Частъ 2 (1945-2000) М., 2001.

  2. З.Р.Нуриддинов “Ғарб мамлакатларининг энг янги тарихи” (1939-1971). Т., 1976 й.

  3. Г.Ҳидоятов, Х.Ғуломов. Всемирная история стран Западной Европы и Америки. (1946-1995). Т., 1999 й.

  4. Новая и новейщая история. 1990 й. № 5.

  5. Криговуз И.М. Крушение “реального социализма” в Европе и судьбы освободнвшихся народов. М., 2001.

  6. Мосририр. Осень-93. Хроника противостаяния. М., 1995.

  7. Медведев В.А. Распад. Как он произошол в “мировой системе социализма”. М., 1994.

  8. Центрально-Восточная Европа во второй половине XX века, т.2. М., 2001.

  9. Чешко С. Распад Советского Союза. М., 2000.

Mavzu: Xitoy XX asr ikkinchi yarmida.
Ko`rib chiqiladigan masalalar


  1. 1946-1949-yillardagi fuqarolar

2. Yangi kuchlarning hokimiyatga kelishi

3. Xitoy— O'zbekiston munosabatlari

Darsning maqsadi.

Xitoy Xalq Respublikasining ilk qadamlari va 1949-1957 yillardagi ichki va tashqi siyosati. “Katta sakrash”, “Xalq kommunasi”, “Madaniy inqilob”. 1979-1996 yillarda Xitoy Xalq Respublikasi. 80- yillarning boshlarida Xitoydagi ijtimoiy, Iqtisodiy va madaniy o`zgarishlar. 90-yillardagi XXR-dagi siyosiy, ijtimoiy. Iqtisodiy vaziyat.



  1. 1946-1949-yillardagi fuqarolar.

Ikkinchi jahon urushi tugashi arafasida Xitoyda amalda 3 ta hokimiyat bor edi. Bular — 1) Xitoydagi Yaponiya ma'muriyati; 2) mamlakat shimoli va shimoli-sharqida qaror topgan Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP) boshchiligidagi hokimiyat; 3) mamlakat janubi-g'arbidagi Chan Kayshi hukumati (Gomindan hukumati).

Yaponiya tor-mor etilgach, uning Xitoydagi ma'muriyati ham quladi. 1946-yilning yozida Gomindan armiyasi XKP armiyasi egallab turgan hududga hujum qildi. Shu tariqa fuqarolar urushi boshlandi. Bu urush 1949-yilning kuzigacha davom etdi. Nihoyat, urushda Gomindan armiyasi yengildi.Uning qolgan qismi Chan Kayshi boshchiligida Tayvan orolida (AQSH panohida) joylashib oldi.

XKP hokimiyatni to'la egallagach, 1949-yilning 1-oktabrida Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) tashkil etildi. XKP mamlakatda sotsializm qurilishini e'lon qildi. 1950-yil 30-iyundagi qonun asosidagi islohot natijasida katta yer egaligi tugatildi. Dehqonlarga 47 min ga yer bo'lib berildi. 1950-yilda Tibet bosib olindi. Dalaylama Hindistonga qochdi. 1956-yilgacha qishloq xo'jaligi shirkatlari tuzildi. Bir vaqtning o'zida mamlakatda industrlashtirish ham boshlandi. Bu borada SSSR XXRga katta yordam ko'rsatdi. Uning yordami bilan 250 dan ortiq yirik sanoat korxonalari qurildi.

XXRda ham xalq xo'jaligi, SSRda bo'lgani kabi, besh yillik rejalar asosida rivojlana boshladi. 1953—1957-yillarda birinchi besh yillik rejani bajarish uchun kurash bordi. Bu reja muvaffaqiyatli bajarildi. Bu muvaffaqiyat XKP rahbariyatini ruhlantirib yubordi. Barcha kommunistik partiyalarga xos bo'lgan xomxayollik XKP rahbariyatini (Mao Szedun boshchiligidagi) ham chetlab o'tmadi.

1958-yilda XKP «Katta sakrash» deb atalgan (1958—1962) yangi bosh yo'lni tasdiqladi. Uning mazmuni iqtisodiy taraqqiyotnijadallashtirish, katta sakrashni amalga oshirish va kommunistik jamiyat qurishdan iborat edi.

«Insoniyatning baxtli kelajagi», deb e'lon qilingan kommunizmni qurishning asosiy vositasi haq to'lanmaydigan mehnat bo'lishi zarur edi. Bu narsa «uch yillik qattiq mehnat — o'n ming yillik baxt-saodat» shiori ostida o'tishi kerak edi. Qishloq xo'jaligi shirkatlari o'rniga o'rtacha 20 ming dehqonni birlashtirgan xalq kommunalari tuzildi. Unda hamma narsa umumiylashtirildi. Mahsulotni hammaga baravar taqsimlash tamoyili joriy etildi. Sanoat 6,5 baravar, qishloq xo'jaligi 2,5 baravar o'sishi mo'ljallandi.

Dehqon mehnati qattiq tartibga bo'ysundirildi. Ular ishga saf tortgan holda borardilar. Biroq tez orada «Katta sakrash» barbod bo'ldi. Qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi kamaydi. Hatto, ayrim hududlarda ocharchilik ham boshlandi. Sanoat ishlab chiqarishi ham pasaydi. Shu tariqa iqtisodiy inqiroz yuz berdi. Oqibatda Mao Szedun siyosatiga qarshi muxolifat vujudga keldi. U Mao Szedun siyosatini qattiq tanqid qila boshladi. Bunga javoban Mao Szedun qatag'on siyosatini qo'lladi. Bu siyosat

Xitoy tarixiga, «buyuk proletar madaniy inqilobi» nomi bilan kirgan. 1966- yildan boshlangan va 1976-yilgacha davom etgan «Madaniy inqilob», aslida,jamiyatdagi Mao Szedun siyosatiga qarshi kuchlarni amalda yo'q qilishni anglatar edi. Buning oqibatida ko'plab partiya, davlat va harbiy kadrlar qatag'on qilindi. Xitoy chuqur iqtisodiy va siyosiy inqirozni boshdan kechira boshladi. «Xunveybin» lardan 100 min ga yaqin kishi jabr ko'rdi. Mamlakat 500 mlrd yuan zarar ko'rdi.

1976-yil sentabrda Mao Szedun vafot etdi. Bu hodisa Xitoyda hokimiyat uchun kurashni avj oldirdi. Partiya rahbarligiga Xua Go-fen keldi. To'rtlar to'dasi (bunga Maoning xotini Szyan Sin ham kirardi) «Ishlab chiqarishga juda katta zarar keltirganlikda» ayblanib, qamoqqa olindi. Oxir-oqibatda hokimiyat tepasiga «pragmatiklar» deb atalgan guruh keldi. Bu guruhga «madaniy inqilob» yillarida qatag'on qilingan Den Syaopin rahbarlik qilar edi. (Den Syaopin 1997-yilda 92 yoshida vafot etdi.) XKP yangi rahbariyati Mao Szedun yo'lini xato deb e'ion qildi. «Katta sakrash» va iqtisodiyotning to'la davlat nazoratiga olinganligi mamlakat va xalqqa ulkan kulfat keltirganligi tan olindi va ular qoralandi.
2. Yangi kuchlarning hokimiyatga kelishi.

1978-yildan pragmatiklar aralash iqtisodiyotni yoqlab chiqdilar. Davlat rahbarligida bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'li tanlandi. Bu tarixga «iqtisodiy va siyosiy hayotni modernizatsiya qilish» nomi bilan kirdi. Chet el sarmoyasining mamlakat iqtisodiyotiga joylashtirilishi uchun qulay sharoit yaratildi. Qishloqda xalq kommunalari tarqatib yuborildi. Shirkat tuzumi bekor qilindi. Ularning o'rniga oila qudrati joriy etildi. Shu yo'l bilan aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash vazifasi hal etildi.

Sanoatda ham chuqur islohotlar o'tkazildi. Chunonchi, davlat korxonalari xo'jalik hisobi asosida ishlaydigan bo'ldi. Kichik va o'rta tadbirkorlikka keng yo'l ochildi. Ayni paytda sanoatning maishiy tovarlar ishlab chiqaruvchi sohalarini rivojlantirishga katta e'tibor berildi. Yangi siyosat o'z samarasini bermay qolmadi. 80-yillar oxiriga kelib Xitoy ko'mir, televizor, shoyi-gazlama, sиment ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda birinchi o'ringa chiqdi.Mamlakat oziq-ovqat mahsulotlari bilan o'zini o'zi ta'minlaydigan bo'ldi. Bular, o'z navbatida, aholi turmush darajasining o'sishiga olib keldi.

90-yillarda mamlakatda po'lat, rangli metallar eritish, sиment, mineral o'g'it ishlab chiqarish, ko'p tarmoqli mashinasozlik rivojlandi. To'qimachilik sanoati mahsulotlari jahon bozorini egalladi. An'anaviy hunarmandchilik: ipakdan, suyakdan badiiy buyumlar yasash, chinni mahsulotlar mashhur bo'ldi. Dengiz mahsulotlari, dorivor o'simliklar, yog'och mahsulotlarni ishlab chiqarish ko'paydi. Ishlab chiqarishda samaradorlik oshdi.

1992-yildan boshlab Xitoyda iqtisodiy islohotning yangi bosqichi boshlandi. Bu bosqich — islohotni jadallashtirish va chuqurlashtirish, iqtisodiy siyosatni mafkuradan xoli qilish va rejali boshqaruvdan bozor iqtisodiyotiga izchillik bilan o'tish bosqichi, deb nom oldi. Bu bosqich ayni paytda iqtisodiyotda davlat mulki hissasining kamayib borishini ham o'z ichiga oladi. Amalda shunday bo'lmoqda ham.

Xitoyda iqtisodiy islohotlar olib borilgan keyingi 25-yil davomida olamshumul muvaffaqiyatlar qo'lga kiritildi. 1998-yilda ichki ishlab chiqarishning umumiy qiymati 1978-yildagidan 5,4 hissa ortiq bo'ldi. Xitoyda ishlab chiqarish qoldiqlarini qayta ishlash keng yo'lga qo'yildi. Xitoy har yili rivojlangan davlatlardan ishlab chiqarish qoldiqlarini sotib olib, qayta ishlaydi va milliardlab foyda oladi. Xitoy har yili AQSH dan 14 mlrd dollarga chiqindi sotib oladi.

Hatto 1998-yilda Osiyoda pul masalasi inqirozi hamda tarixda kam uchraydigan kuchli suv toshqiniga duch kelinganda ham Xitoyda ishlab chiqarishning umumiy qiymati 1997-yildagidan 7,8 foizga oshdi. Bu davrda qator sanoat va qishloq xo'jalik mahsulotlari ishlab chiqarish miqdori, masalan, guruch, paxta, go'sht, yog'-moy, ko'mir, po'lat, sиment, gazlama, televizor ishlab chiqarish bo'yicha Xitoy dunyoda birinchi o'ringa chiqdi.

Davlat tashqi pul muomalasi zaxirasi 45 milliard dollarga yetdi. Xitoy oldingi iqtisodiy qoloq holatdan Amerika, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Angliya va Italiyadan keyin dunyoda yettinchi o'ringa chiqdi.

Xitoyning iqtisodiy taraqqiyotiga ta'sir ko'rsatayotgan eng muhim sabablardan biri davlatning to'g'ri iqtisodiy siyosati va bu iqtisodiy islohot mobaynida tuzilgan iqtisodiy qonunlardir. Xitoy iqtisodiy islohot davomida bozor xo'jaligini yo'lga qo'ygan davlatlarning tajribalarini ijodiy o'zlashtirib, o'tgan yillar davomida iqtisodiy munosabatlarni tartibga soladigan ko'plab qonun, nizom, qoida va qarorlarni qabul qildi va ularni yangidan vujudga kelgan iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar xarakteriga moslashtirib, vaqti-vaqti bilan tuzatib bordi. Bu qonunlar islohot natijalarini himoyalash va mustahkamlashni, bozor munosabatlariga oson o'tish va uning mo'tadil rivojlanishini kafolatlagan.

90-yillardan belgilangan «Sotsialistik bozor xo'jaligiga o'tish»ning mazmuni shuki, qishloq xo'jaligini tartibga solish, yerni ayrim xonadonlarning yakka xo'jalik yuritishiga asoslangan oilaviy pudrat deb atalgan usulda ishlash, dehqonlarning tomorqa uchastkalarini kengaytirish, yordamchi hunarmandchilikni rivojlantirish, ortiqcha mahsulotni bozorda dehqonning o'zi sotishi imkoniyatini yaratishni ko'zda tutadi.

Shaharlarda «direktiva asosida rejalashtiriladigan sohani qisqartirish», sanoat korxonalarini «mustaqil xo'jalik tashkilotlariga» aylantirish, tovar munosabatlarini rivojlantirish, «narx-navo davlat yo'li bilan bir xil belgilab qo'yiladigan sohani toraytirish», chog'roq xususiy va jamoa korxonalari, kosibchilik ustaxonalari faoliyatini, asosan xizmat ko'rsatish va savdo-sotiq xususiy korxona egaligini rivojlantirish, mamlakat iqtisodiga chet el sarmoyasini jalb qilish xo'jalik tizimi islohotining bosh bo'g'ini bo'ldi.

XXR rahbariyatining so'zlariga qaraganda, mamlakatdagi sotsialistik asosda bozor iqtisodiga o'tkazish quyidagi bosqichda amalga oshirilmoqda: 2000-yilgacha sanoat va qishloq xo'jaligining yalpi mahsuloti 4 baravar ko'payib, xalq turmushi o'rtacha ma'murchiligiga erishildi.

Navbatdagi bosqich 2021-yilgacha (XKPning 100 yilligi) Xitoyni o'rtacha rivojlangan mamlakat darajasiga ko'tarish.

2049-yilgacha (XXRning 100 yilligi) Xitoyni yuksak darajada rivojlangan zamonaviy davlatga aylantirish vazifasi qo'yilgan.

Xitoyda iqtisodiy munosabatlarni tartibga soladigan qonunlar ikkiga: fuqarolik qonunlari va iqtisodiy qonunlarga bo'linadi. Ular bozor subyektlarini, ya'ni korxonalarning vujudga kelishi, ularni boshqarish ishlarini zamonaviylashtirish va faolligini ishga solishni, o'zgartirilishi, bekor qilinishi, qonunni buzuvchilarning javobgarligini o'z ichiga oladi.

Shuningdek, bozor tartibini muqim ushlab turish, bozorning rolidan to'liq foydalanish, monopoliya va noqonuniy raqobatni cheklash, mahsulot sifatiga kafolat berish, iste'molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, patent va tovar markasini berish, turli shartnomalar tuzish, ijaraga berish, aksiya savdosi bilan shug'ullanish, chek hujjatlarini tartibga solish, uy-Joy, tijorat hamda bularni buzuvchilarni qanday jazolash haqida maxsus qonunlar mavjud bo'lib, ularning bajarilishi qattiq nazorat qilinadi. 2 Korrupsiya va poraxo'rlik eng og'ir jinoyat hisoblanadi. 2004-yilda yuzlab kishilar poraxo'rlik uchun otishga hukm qilindi.

Ayni paytda bozor boyliklarini joylashtirishda makro jihatdan nazorat qilish, davlatning umumiy manfaati va kelajagini, xalq xo'jaligining uzluksiz, muhim, to'g'ri yoidan rivojlanib borishini kafolatlash, ijtimoiy taraqqiyot va xalq xo'jaligi rejasini tuzish, to'g'ri statistika qilish, soliqni tartibga solish, bahoni belgilash va nazorat qilish masalalari aniq tartibga solingan. Ijtimoiy kafolat ham qonun orqali himoyalangan, raqobat jarayonida xavf-xatar yuzaga kelsa, davlat bu ishga aralashadi.

2004-yil 21-sentabrda 78 yoshli Szyan Szemin Markaziy harbiy kengash raisi lavozimidan iste'fo berdi. XXR raisi Xu Szintao bu lavozimni ham egalladi.

Urushdan keyin Xitoy Sovet davlati bilan yaqin munosabatda bo'ldi. Yuqorida aytib o'tilganidek, 1950—1960-yillarda sovet davlati 250 dan ortiq korxona qurishda ko'maklashdi. 11 mingdan ortiq sovet mutaxassislari ishladi. Lekin 60-yillardan xitoy — sovet munosabatlari buzildi. 1962-yilda Himolaydagi chegara masalasida Hindiston bilan Xitoy o'rtasida qurolli mojaro kelib chiqdi. 60-yillarda Xitoy Vetnamga iqtisodiy va harbiy yordam ko'rsatdi. 70-yillardan Xitoy AQSH bilan munosabatlarini yaxshiladi. 1971-yilda AQSH Prezidentining Milliy xavfsizlik bo'yicha yordamchisi G. Kissinjer maxfiy ravishda Xitoyga keldi va ikki mamlakat munosabatlarini yaxshilash, Xitoyni Sovet davlatiga qarshi qo'yishda katta xizmatlar qildi.

1972-yili AQSH Prezidenti A. Nikson Xitoyga rasmiy tashrif buyurdi. 1979-yilda Xitoy bilan AQSH o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatildi.

1979-yilda Vetnam Kambojadagi xitoyparast «qizil kxmerlar» hukumatini ag'darib tashlagandan keyin Xitoy Vetnamga qarshi harbiy harakat uyushtirdi.

Mao Szedun vafotidan keyin sovet — xitoy munosabatlarida biroz iliqlik paydo bo'ldi. M. Gorbachyovning 1989-yildagi Xitoyga rasmiy safaridan keyingina sovet — xitoy munosabatlari yaxshilandi.

1997-yili Buyuk Britaniya Xitoyga Gonkongni qaytarib berdi.

XX asr oxiriga kelib Xitoy dunyoning barcha davlatlari bilan yaxshi munosabatlar o'rnatdi. Bu narsa jahonda Xitoy obro'si o'sishiga katta ta'sir ko'rsatdi.


3. Xitoy— O'zbekiston munosabatlari

1992-yil martda O'zbekiston Prezidenti I.A. Karimovning Xitoyga rasmiy safari bo'ldi. Bu safar davomida 16 ta hujyat imzolandi. XXR raisi Li Shankun Xalq majlislari uyida O'zbekiston delegatsiyasini qabul qilish marosimida: «Xitoy bilan O'zbekiston rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarning ko'pgina masalalarini hal etishlari mumkin. Chunki bundan avval ham ikkala mamlakat o'rtasida yaxshi munosabatlar o'rnatilgan edi», — deb ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlikka katta baho berdi.

Tashrif davomida siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy sohalarda qator bitimlar, jumladan, axborot ayirboshlash, radio-televideniye, banklar, transport, aloqa, sarmoyalarni rag'batlantirish, hamjihatlik, tovarlar yetkazib berish va davlat krediti, sog'liqni saqlash, ta'lim hamda sport masalalari bo'yicha tuzilgan shartnomalar va bitimlar ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko'tardi.

1992—1993-yillarda Xitoy tomoni ajratgan kredit hisobidan respublikamizga minglab tonna guruch, 15000 tonna choy keltirdi. O'zbekiston Xitoyga «U-76» samolyotlarini yetkazib bermoqda. 1994-yilda O'zbekiston hududida 78 ta o'zbek — xitoy qo'shma korxonasi faoliyat ko'rsatdi. Jumladan, Urganch Ipak ishlab chiqarish birlashmasida «Suju» firmasi bilan hamkorlikda velyur, pambarxit kabi materiallar ishlab chiqaradigan korxona qurildi. Toshkentdagi 59-maktab xitoy tilini o'rganishga ixtisoslashgan litseyga aylantirildi.

1994-yil aprelda XXR Davlat Kengashi rahbari Li Pen O'zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi va qator bitimlar imzolandi. Jizzaxda Xitoyning «Nunkel» firmasi bilan hamkorlikda yog'och tolali plita ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi.

XX asr 90-yillarning oxirlari — XXI asr boshlarida O'zbekiston Prezidenti Xitoyga bir necha bor rasmiy vizit bilan bordi, bu tashriflar ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlik va do'stlik aloqalarini rivojlantirishda muhim rol o'ynadi.

2005-yil bahorida XXR hukumati raisi Xu Szintao boshliq Xitoy delegatsiyasi O'zbekistonda bo'ldi. Xavfsizlik masalasi va xalqaro terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik bo'yicha fikr almashildi. O'zbekiston Prezidentining 2005-yil mayidagi Xitoyga rasmiy tashrifi natijasida qator bitimlar imzolanib, Xitoy O'zbekistonga 1,5 mlrd dollar miqdorida kredit ajratadigan bo'ldi. Ushbu mablag' xalq xo'jaligini rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega.

Demak, Xitoy bilan O'zbekiston o'rtasida iqtisodiy, madaniy va ilmiy-texnikaviy aloqalar tez rivojlanib bormoqda.

Shunday qilib, Xitoy Xalq Respublikasi XX asrning ikkinchi yarmida murakkab yo'lni bosib o'tdi. Totalitar sotsializm yo'li maqbul emasligini, uning xalq ehtiyojlarini qondirolmasligini isbot qildi. Xitoy sotsialistik rahbarlikka o'zgartishlar kiritib, uni bozor iqtisodiga moslashtirgan va katta vutuqlarni qo'lga kiritgan yagona davlatdir. Bunga u kommunistik mafkura yakka hokimligini tugatib, iqtisodni siyosatdan ustun qo'yganligi tufayli erishdi. Mamlakatga chet el investitsiyasi kiritilishiga yo'l ochilib, xususiylashtirish keng yo'lga qo'yildi, shu sababli xususiy xo'jaliklar roli o'sdi. Agar 1980-yilda davlat sektorida sanoat mahsulotlarining 80 foizi ishlab chiqarilgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 90-yillarda 50 foizni tashkil etdi. 1990-yillardan «Sotsialistik bozor xo'jaligi»ga o'tish va XXI asrda Xitoyni rivojlangan davlatga aylantirish boshlandi. Bugungi Xitoy — iqtisodiyoti gurkirab rivojlanayotgan davlatdir. Bugungi Xitoy yakkapartiyaviylik va totalitar tartib saqlangan holda bozor munosabatlari bosqichma-bosqich qaror toptirilayotgan davlatdir. Bugungi Xitoy — BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a'zosi bo'lgan, qudratli, yadro quroliga ega davlatlardan biridir.

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

Ikkinchi jahon urushining Xitoy uchun oqibatlari haqida nimalarni bilib oldingiz?

Xitoydagi 1946—1949-yilgi fuqarolar urushining oqibatlari haqida so'zlab bering.

Xitoyga Sovet davlatirting yordami qanday bo'ldi?

XKP rahbariyatining «Katta sakrash» dasturi mazmuni haqida nimalarni bilib oldingiz?

XXR ning 80-yillardan gurkirab rivojlanishi, ya'ni modernizatsiya sabablarini izohlab bering.

«Sotsialistik bozor xo'jaligiga o'tish»ning mazmuni nima?

Xitoy bilan O'zbekiston o'rtasidagi aloqalar haqida vaqtli matbuot materiallari asosida referat yoki TMI tayyorlang.



Mavzu: Yaponiya XX asr ikkinchi yarmida
Ko‘rib chiqiladigan masalalar:


  1. Urush oqibatlari

  2. Yaponiyaning yangi Konstitutsiyasi

  3. Tinchlik shartnomasining imzolanishi

4. Islohotlar va Yaponiyaning iqtisodiy taraqqiyoti

5. Yaponiya — O'zbekiston munosabatlari

Darsning maqsadi.


Yapon hukumatining tashqi siyosati. 50-60 yillarda Yaponiyaning ichki va tashqi siyosati. 70-80 yillarda Yaponiya. 90-yillardagi Yaponiyaning siyosiy, madaniy va ijtimoiy, iqtisodiy rivojlanishi. Yaponiya va jahon hamjamiyati.

1. Urush oqibatlari

Urush Yaponiyani vayronaga aylantirdi. Ishlab chiqarish urushdan oldingi darajaning 30 foiziga tushib qoldi. 10 min kishi ishsiz qoldi. Yaponiya taslim boiganidan (1945-yil 2-sentabr) ikki haftadan so'ng uning hududi AQSH armiyasi tomonidan okkupatsiya qilindi. Bu armiyaga general D. Makartur rahbarlik qildi. U Yaponiyada cheklanmagan hokimiyatga ega edi.

Yaponiya qurolsizlantirilishi va mamlakatda demokratik tartib o'rnatilishi kerak edi. Bu vazifaning amalga oshirilishini nazorat qilish maqsadida Tokio shahrida ittifoqchi davlatlar (AQSH, SSSR, Buyuk Britaniya va Xitoy) vakillaridan iborat Ittifoq Kengashi tuzildi.

Amerikaliklar Iosudani Bosh vazir qilib qo'ydilar. U 1944-yildan qurol - yarog' vaziri bo'lib ishlagan va amerikaliklarga «kommersiya xabarini» yetkazishda ayblanib, 1945-yil boshida qamoqqa olingan edi. Iosida ozgina tanaffus bilan (1947—1948) mamlakatni 1954-yil dekabrigacha boshqardi.

Mamlakat armiyasi demobilizatsiya qilindi. Harbiy muassasalar tarqatib yuborildi. Militaristik tashkilotlar taqiqlandi. Harbiy va siyosiy jinoyatchilar sudga tortildi. Davlat apparati jinoyatchi unsurlardan tozalandi. Yashirin politsiya tugatildi. Kasaba uyushmalari faoliyati tiklandi. Demokratik siyosiy partiyalar tuzildi. Bular taraqqiyparvar, libiral va sotsialistik partiyalar edi. Mamlakat demokratik yo'ldan taraqqiy etishi uchun barcha zarur choralar ko'rildi. Shu tariqa Ikkinchi jahon urushida Yaponiyaning mag'lubiyatga uchrashi yapon xalqi va mamlakat kelajagi uchun katta ijobiy ahamiyatga ham ega bo'ldi. Chunki mag'lubiyat tufayli Yaponiyada militarizm tugatildi.

Bu esa Yaponiyani Osiyo va Tinch okeani havzasida yangi bosqinchilik urushlari olib borish imkoniyatidan mahrum etdi. Bu hol Yaponiya hukumatiga butun imkoniyatni tinch bunyodkorlik ishlariga qaratishga sharoit yaratdi. Ayni paytda AQSHning Yaponiyani ishg'ol etishi oxir-oqibatda bu mamlakatning kelgusi taqdiri uchun katta ijobiy hodisa bo'ldi.

Chunki aynan AQSHning okkupatsiyachi ma'muriyati Yaponiyada chuqur ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlar o'tkazilishining kafolati vazifasini bajardi.
2. Yaponiyaning yangi Konstitutsiyasi
Yaponiya parlamenti 1947-yilda mamlakatning yangi Konstitutsiyasini qabul qildi. Bu Konstitutsiyaga ko'ra, Yaponiyada Konstitutsion monarxiya tuzumi amal qiladi. Yangi Konstitutsiyaga ko'ra, imperator hokimiyati saqlanib

qolgan bo'lsa-da, Yaponiya demokratik davlat, deb e'ion qilindi. Imperator amalda real hokimiyatdan mahrum etildi. U millat birligi ramzi sifatida saqlab qolindi.

Garchand bosh vazirni imperator tayinlasa-da, uni parlament tasdiqlashi zarur edi. Konstitutsiyaga Yaponiyaning kelgusi taraqqiyoti uchun juda katta ijobiy roi o'ynagan bir modda kiritildi. Bu — Yaponiyaning urushdan millatning suveren huquqi sifatida voz kechganligi va mamlakatning armiyaga ega bo'lishi huquqini taqiqlaganligi to'g'risidagi modda edi.

3. Tinchlik shartnomasining imzolanishi

Yaponiya bilan tinchlik shartnomasini imzolash maqsadida 1951-yilda AQSHning San-Fransisko shahrida xalqaro konferensiya chaqirildi. Konferensiya yakunlariga ko'ra, 1951-yil 2- sentabrda bir tomonlama tinchlik shartnomasi imzolandi va 1952-yil 28- apreldan kuchga kirdi. Unga ko'ra, Yaponiya Koreya mustaqilligini tan oldi. Tayvan, Peskador, Kurill orollari va Saxalinning janubiga daxl qilmaydigan bo'ldi. Ittifoqchi davlatlardan SSSR bu shartnomani imzolamadi. Buning sababi nimadan iborat edi? «Sovuq urush» boshlangach, AQSH Yaponiyaga

nisbatan munosabatini o'zgartirdi. Chunki AQSH Uzoq Sharqda SSSR ta'sirining kuchayishini xohlamas edi.

AQSH — Yaponiya harbiy ittifoqi buning kafolati bo'lishi kerak edi. Ayni paytda Yaponiya o'zining shimoliy yerlaridan bir qismi (Yalta konferensiyasi qaroriga ko'ra) SSSRga berilganligiga toqat qila olmas edi. Shunday sharoitda Yaponiya uchun ham AQSHdek qudratli tayanch zarur edi. Ikki davlat manfaatlarining mushtarakligi amerika yapon harbiy ittifoqini tuzish masalasini ko'ndalang qo'ydi. San-Fransisko konferensiyasida Yaponiya bilan tuziladigan tinchlik shartnomasi AQSH — Yaponiya harbiy ittifoqi to'g'risidagi shartnoma bilan birgalikda imzolanadigan bo'ldi.

SSSR bunga qarshi chiqdi va norozilik belgisi sifatida konferensiya ishida qatnashishni to'xtatdi. AQSH va Yaponiya o'rtasida imzolangan shartnoma «xavfsizlik to'g'risidagi shartnoma» deb ataldi. Unga ko'ra, Yaponiyada AQSHning harbiy bazalari saqlab qolindi. Ayni paytda AQSHning okkupatsiya tartibi bekor qilindi.
4. Islohotlar va Yaponiyaning iqtisodiy taraqqiyoti

1946-yilda Yaponiya parlamenti agrar islohot to'g'risida qonun qabul qildi. Uning maqsadi pomeshchik yer egaligini tugatish edi. Davlat yer egalari yerini sotib oldi va ularni dehqonlarga sotdi. Shu tariqa pomeshchik yer egaligi tugatildi. Endilikda mamlakat qishloq xo'jaligida katta bo'lmagan fermer xo'jaliklari asosiy roi o'ynay boshladi.

Sanoatni tiklash uchun ham barcha zarur choralar ko'rildi. Ayni paytda AQSH reparatsiya olishni to'xtatdi. Yapon xalqi yuksak vatanparvarlik, mehnatsevarlik, nihoyatda intizomlilik, toqatlilik va sabr-bardoshlilik namunalarini ko'rsatib mehnat qildi. Ayni paytda yapon xalqi o'ta tejamkor xalq hamdir. Bundan tashqari, ish beruvchilar bilan xodimlar o'rtasida

yaponlargagina xos bo'lgan hamkorlik vujudga keldi. Unga ko'ra, ish beruvchi bilan xodim o'rtasida shartnoma tuzilar edi.

Shartnomada korxona xodim to nafaqaga chiqquncha ish bilan ta'minlash, xodim esa shu yillar mobaynida sidqidildan mehnat qilish majburiyatini olardi. Bundan tashqari, Yaponiyaning harbiy xarajatlari nihoyatda kam bo'lib, yillik ijtimoiy mahsulot qiymatining atigi 1 foizini tashkil etardi. Bu hol butun kapital mablag'ning juda katta qismini ishlab chiqarishga

yo'naltirishga imkon berar edi. Yaponlarga xos yana bir xususiyat o'zgalar yutug'ini erinmay o'rganish va ulardan unumli foydalana olishdir.

Yuqoridagi omillar Yaponiyaning gurkirab rivojlanishini ta'minladi. Chunonchi, 1951-yildayoq sanoat ishlab chiqarishi urushdan oldingi darajaga yetdi. 1951—70-yillarda mamlakat iqtisodiyotining yillik o'sishi o'rtacha 14,6 foizni tashkii etdi. 1950-yil yozida AQSHning Koreyadagi urushi munosabati bilan Yaponiyaga juda ko'plab harbiy buyurtmalar berildi. Natijada Yaponiya valuta zaxirasi 1952-yilda 1 mlrd dollarni tashkii etdi. 1960-yilga kelib Yaponiyada sanoatning yillik o'sishi 20 foizni tashkii qildi. Bunday o'sish hech bir mamlakatda bo'lgan emas. «Yapon mo'jizasi» dunyoni loi qoldirdi.

Olimlarning kuzatishiga qaraganda, bu mo'jizaning siri quyidagi sabablarga bog'liqdir:

1. Asosiy kapitalning yangilanishi. Sanoat korxonalarida barcha eskirgan jihozlar 50-yillarda almashtirildi. Bu narsa 1960-yilda o'rta va mayda korxonalarga ham joriy etildi. Chunki 30 foiz ishchilar shunday korxonalarda ishlaydi.

2. Harbiy buyurtmalar. Koreya va Vetnam urushlari munosabati bilan berilgan buyurtmalar sanoatchilarga juda katta foyda keltirdi. Keyinchalik mamlakatning o'zida buyurtma ko'paydi.

3. Urushdan keyin harbiy xarajatlarning yo'qligi. Chunki AQSH 80% harbiy xarajatni moliyalashtirdi. Harbiy xarajatlar 1970-yilga kelganda budjetning 1,2 foizini tashkii etdi.

4. Konsernlarning ko'ptarmoqliligi kapitalni aylantirishda qo'l keldi. Masalan, kemasozlik korxonalari qiyin paytlarda mashinasozlik, kimyo jihozlari, turbinalar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishga moslashgan.

5. Davlat monopolizmining xususiy korxonalar bilan yaqinligi. Vazirlar Mahkamasida tashkil etilgan Iqtisodiy rejalashtirish qo'mitasi ichki va tashqi bozor muhitini o'rganadi hamda ilmiy-texnikaviy axborotni barcha korxonalarga tarqatadi.

Davlat eng muhim sanoat tarmoqlari bo'lgan atom sanoati, raketasozlik va boshqalarni hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtiradi va kapital qo'yishini muvofiqlashtiradi. Yaponiyada rejalashtirishdan ustalik bilan foydalaniladi.

Yana muhim tomoni ma'lum bir tumanda uy-joy, kommunikatsiya, vodoprovod va boshqa infratuzilmani yuzaga keltirish bilan davlat ishlab chiqarish kuchlarini jamlaydi. Davlat hisobidan ko'plab sanoat korxonalari yangi joylarga ko'chiriladi.

6. Boshqa mamlakatlar tajribasidan texnik yordam to'g'risida bitimlar tuzish, litsenziyalar sotib olish yo'lidan juda keng foydalaniladi. Lekin bu narsa mamlakat ichkarisida ilmiy-tadqiqot bazasiga salbiy ta'sir etishini hisobga olib, ilmiy-texnik izlanishlarga har 10 yilda 6 baravardan ko'p mablag' sarflamoqda.

7. Ilmiy-texnika inqilobini bevosita ishlab chiqarishda nihoyatda tez qo'llab samaradorlikka erishmoqda. Bir soha chiqindilarini boshqa siklga yo'naltiriladi. Jumladan, neftni qayta ishlash — sintetik materiallarga, kimyo — qurilish materiallariga va h.k.

8. Xodimlarga «psixologik yondashuv». Yaponiya korxonalari ishchilarni ishga layoqatsiz bo'lib qolgunicha yoki umrbod ish bilan ta'minlash to'g'risida shartnoma tuzadi. Ishchi esa intizomli, har qanday qiyinchilikka chidaydigan, korxonani o'ziniki deb biladigan, unga xiyonat qilmaydigan bo'lishi zarur.

9. Yaponiya iqtisodiyoti rivojlanishida tashqi savdo muhim roi o'ynaydi. Yapon iqtisodi jahon bozoriga bog'langan va 100 foiz paxta, jun, kauchuk, nikel, boksitni, 99 foiz neftni, 90 foiz ternir rudasi, ya'ni 80 foiz xomashyo va 20 foiz oziq-ovqatni chetdan sotib oladi. 1965-yilgacha Yaponiya importi darajasi eksportga nisbatan yuqori edi. Undan keyin balans faollashdi, eksport ko'paydi.

1968-yilga kelib Yaponiya jami milliy mahsuloti hajmi jihatidan Fransiya, Buyuk Britaniya va GFRni ortda qoldirdi. Bu borada dunyoda AQSHdan keyin ikkinchi o'ringa chiqib oldi. 1981-yilda yana bir mo'jiza ro'y berdi. Shu yili Yaponiya yengil avtomobil ishlab chiqarish bo'yicha AQSHni ortda qoldirdi. Mamlakatda videotexnika, rangli televizor va boshqa maishiy xizmat texnikasi misli ko'rilmagan darajada o'sdi. Raqamli axborot texnologiyasi, robotlar ishlab chiqarishda dunyoda oldingi o'rinda turibdi. Mitsui, Mitsubisi, Sumitomo, Toyota, Kavasaki

Tashqi siyosat

Kabi gigant korporatsiyalar milliardlarcha foyda ko'rmoqda. Mamlakatda ternir va ko'mir konlari bo'lmasa-da, elektron sanoatning tayyor mahsulotlari, avtomobillar, kimyo sanoati mahsulotlari, optika, sintetik tola va boshqa muhim tovarlarni eksport qiladi. Yaponiya avtomobillar, kemalar, ro'zg'or elektr texnika asboblari, sanoat robotlari ishlab chiqarish, stanoksozlik jihatidan dunyoda birinchi o'rinni egallaydi. Baliq ovlash bo'yicha dunyoda 1-o'rinda turadi. Dunyoning 15 foizdan ortiq balig'ini ovlaydi va uni qayta ishlaydi. Dunyoning 2 foiz (127 min) aholisiga ega bo'lgan Yaponiya jahonning 13,3 foiz mahsulotini ishlab chiqaradi.

Yaponiya tashqi siyosatida San-Fransisko shartnomasidan so'ng AQSH asosiy hal qiluvchi rol o'ynadi. 1954-yil dekabrida Bosh vazirlik lavozimini egallagan Xatoyama o'z dasturining bir punktini Sovet davlati bilan munosabatlarni yaxshilashga bag'ishladi. Natijada 1956-yil oktabrida ikki mamlakat o'rtasida diplomatik munosabatlar tiklandi. Yapon fuqarolari o'z vatanlariga qaytarildi. Tinch okean shimoli-g'arbida baliq ovlash, dengizda halokatga uchraganlarga yordam berish to'g'risida bitimlar tuzildi.

1957-yil dekabrda sovet-yapon savdo shartnomasi imzolandi va tovar ayirboshlash yo'lga qo'yildi.

Shu bilan birga 1960-yil Kisi hukumati AQSH bilan «xavfsizhk shartnomasi» imzoladi va u 1970-yilda uzaytirildi. Unga muvofiq, Yaponiya hududida AQSHning 118 ta harbiy obyekti bo'lib, ularga 50 mingga yaqin harbiylar joylashtirilgandi. Yaponiya AQSHning Vetnamdagi urushini qo'llab-quvvatladi.

Sobiq bosh vazir Tanaka Amerikaning «Lokxid» aviakompaniyasidan katta miqdorda pora olganligi fosh bo'ldi. mamlakatda korrupsiya kuchaydi. 1974-yil dekabrda Bosh vazirlik lavozimiga kelgan Miki zo'rg'a 2 yil turdi va Fukudaga o'z o'rnini bo'shatib berdi. Uning davrida Yaponiyaning «Umumiy bozor» davlatlari bilan raqobati kuchaydi.

1972-yilda Xitoy bilan diplomatik munosabatlar o'rnatildi. 1978-yilda esa tinchlik va do'stlik to'g'risida bitim tuzildi. 1990-yillarda Yaponiya o'z taraqqiyotining yuqori cho'qqisiga ko'tarildi. Lekin Osiyoda uning Janubiy Koreya, Tayvan, Tailand, Malayziya kabi raqobatchilari kuchayib bormoqda. Siyosiy hayotda 1955-yildan beri Liberal-demokratik partiya hukmronlik qilib kelmoqda. Korrupsiya, poraxo'rlik, tovlamachilik tez-tez ko'zga tashlanadi.

XXI asr boshlariga kelib Yaponiyada siyosiy kuchlar qayta guruhlandi. 2000-yilda o'tkazilgan saylovlarda Liberal-demokratik partiya rahbari Mori Bosh vazirlik lavozimiga saylandi. Lekin u ham korrupsiya bilan bog`liq janjalga aralashib qoldi va iste'foga chiqdi. Shundan so'ng J. Koidzumi Bosh vazir bo'lib qoldi va u tartibni ancha kuchaytirdi. Hukumatda beqarorlik davom etib, 2006-yil sentabrda Bosh vazirlik lavozimiga Sundzo Abe, 2007-yil sentabrda Ya. Fukudo keldi.



Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə