Йилларда франция



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə23/23
tarix20.09.2017
ölçüsü1,37 Mb.
#1110
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23

Tashqi siyosat. Saudiya podsholigining asosiy ittifoqchisi, hamkori AQSHdir Ayni paytda arab davlatlari va boshqa musulmon davlatlari bilan ham hamkorlik qiladi. Har yili budjetning 10 foizi miqdorida musulmon davlatlariga yordam ko'rsatmoqda. Arab davlatlarining AQSH taklifi asosida Isroil bilan munosabatlarini qayta qurishda Saudiya Arabistoni katta roi o'ynadi. Xususan, 1979-yilda

Misr — Isroil o'rtasida Kemp-Devid shartnomasining imzolanishi bevosita Saudiya podsholigining Misrga ko'rsatgan ta'siri oqibati bo'ldi, deyish mumkin. Iroqni Quvaytdan quvib chiqarish bilan bog'liq xalqaro operatsiyada ham Saudiya podsholigi o'ziga xos roi o'ynadi.

Saudiya — O'zbekiston munosabatlari ham yildan-yilga rivojlanib bormoqda. Har yili O'zbekistonning 3000—4000 fuqarosi muborak haj safariga borib kelmoqda.

Suriya Suriya 1941-yilning 27-sentabrida mustaqil davlat deb e`lon qilingan bo'lsa-da, ingliz - fransuz armiyasi mamlakat hududida qola bergan edi. 1946-yil Suriya Buyuk Britaniya va Fransiyaning o'z qo'shinlarini olib chiqib ketishi haqida BMTga murojaat etdi.

Buning natijasida 1946-yilning 17-aprelida Buyuk Britaniya va Fransiya o'z qo'shinlarini olib chiqib ketishga majbur bo'ldilar. Shu tariqa Suriya suvereniteti to'la tiklandi va 17-aprel Milliy bayram kuni bo'lib qoldi.

Biroq Suriya hukumati mamlakatda siyosiy barqarorlikni ta'minlay olmadi. Bu esa 1949-yilda ketma-ket 3 marta davlat to'ntarishi ro'y berishiga olib keldi. 1951-yil noyabrida esa polkovnik Shishaklining harbiy diktaturasi o'rnatildi. Biroq bu diktatura uzoq yashamadi. 1954-yilda u ag'darildi.

1956-yilda Shukri Quatli prezident etib saylandi. U Misr va Saudiya davlatlari bilan yaxshi munosabat o'rnatdi. 1956-yilda Misrga qarshi uchlar agressiyasi davrida Misrga yordam ko'rsatdi. Ayni paytda SSSR bilan ham munosabatlari mustahkamlanib bordi. Murakkab xalqaro sharoit, harbiy agressiya xavfi Suriyani Misr bilan birlashishga majbur etdi. 1956-yilning fevral oyida Suriya va Misr yagona davlatga birlashdilar. Bu davlat Birlashgan Arab Respublikasi deb ataldi. Misr prezidenti Jamol Abdul Nosir BAR prezidenti etib saylandi. Biroq bu birlik uzoq davom etmadi. Suriyada hamma tabaqalar ham, jumladan, harbiylarning aksariyat qismi birlashuvdan birday manfaatdor emas edi.

1961-yilning 8-martida Bass (Arab sotsialistik uyg'onish partiyasi) a'zosi bo'lgan zobitlar guruhi davlat to'ntarishi o'tkazdilar. Hokimiyat Milliy inqilobiy qo'mondonlik kengashi qo'liga o'tdi. 1966-yil 23-fevralda hokirniyatni general Hafiz Asad egalladi. U hayotining deyarli oxirigacha prezidentlik lavozimini egallab keldi (2000-yil).

Uning vafotidan keyin o'g'li Bashar al-Asad prezidentlik lavozimiga keldi. 1967-yilda arab-isroil munosabatlari yanada keskinlashdi. Tez orada urush harakatlari boshlanib ketdi. Bu urushda Suriya o'z hududining bir qismini yo'qotdi. 1973-yilgi arab - isroil urushida ham bu hududlarni qaytarib olishga muvaffaq bo'linmadi. Suriya Isroil bilan sйparвt shartnoma tuzishga uzoq yillar qarshi bo'lib keldi.

Bu qoida hamon davom etmoqda. «Tinchlik evaziga bosib olingan yerlarni qaytarib olish» tamoyili ostida o'tkazilgan Suriya-Isroil muzokaralari natijasiz tugadi. Suriya - Isroil munosabatlarida urush holatining davom etishi Suriyani mudofaaga katta mablag' sarflashga majbur etmoqda.

Suriya o'z qo'shnisi Livanga ham harbiy yordam ko'rsatib kelmoqda. Misr 1922-yildan boshlab mustaqil hisoblansa-da, amalda Buyuk Britaniya mustamlakasi edi. Vatanparvar kuchlar bu holatga chek qo'yish uchun kurashga birlashdilar. Ular ichida «Ozod zobitlar» yashirin tashkiloti alohida roi o'ynadi. 1952- yilning 23-iyulida J. A. Nosir boshchiligida Qohira garnizoni qo'zg'olon ko'tardi. Podsho Farrux taxtdan ag'darildi. Hokimiyat Inqilobiy qo'mondonlik kengashi qo'liga o'tdi.

1953-yilning iyun oyida Misr Respublikasi e'lon qilindi. 1956-yilda davlatning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi. J. A. Nosir mamlakat prezidenti etib saylandi va 1970-yilgacha mamlakatni idora qildi. Dastlabki yilning iyun oyidayoq Suvaysh kanali milliylashtirildi. Mamlakatda agrar islohot o'tkazildi. Bunga chiday olmagan G'arb davlatlari Misrga qarshi uchlar agressiyasini uyushtirdilar (Buyuk Britaniya, Fransiya va Isroil). Bu haqda oldingi mavzuda ma'lumot berilgan.

Misr tashqi siyosatda qo'shilmaslik harakatida faol qatnashdi. Shuning bilan bir qatorda SSSR bilan munosabatlarini har tomonlama mustahkamladi.

Yaqin Sharq muammosi tufayli Misr 4 marta arab — isroil urushiga tortildi. Va, nihoyat, 1979-yilda imzolangan Kemp-Devid shartnomasi tufayli Isroil bilan tinchlikka erishdi. Isroil bosib olgan hududlarni qaytarib oldi. 1981 –yilda ekstremistlar tomonidan otib o'idirilgan A. Sadat o'rniga kelgan Misr Prezidenti H. Muborak (1928-yilda tug'ilgan) Falastin arab xalqining mustaqil davlatga ega bo'lish yo'lidagi kurashini qo'llab-quvvatlab kelmoqda. Arab davlatlari birligini mustahkamlashga intilmoqda. 2005-yil sentabridagi birinchi umumxalq saylovida H. Muborak g'olib chiqdi. Ayni paytda Misr Afrika qit'asining, arab dunyosining eng rivojlangan, qudratli davlatlaridan biri. O'zbekiston bilan yaxshi munosabatlar o'rnatgan.

Jazoir Jazoir Ikkinchi jahon urushidan keyin ham Fransiya mustamlakasi bo'lib qola berdi. Inqilobiy vatanparvar kuchlar 1954-yilda «birlik va harakat qo'mitasi» tuzdilar. Keyinchalik u «Milliy ozodlik fronti» (MOF) deb ataldi. Uning rahbarligida 1-noyabrda qurolli qo'zg'olon ko'tarildi. Qo'zg'olon umummilliy inqilobga aylanib ketdi.

1958-yilning 19-sentabrida Jazoir Respublikasining Muvaqqat hukumati tuzildi. Fransiya mustamlakachi ma'muriyati ozodlik kurashini qonga botirishga harakat qildi. Biroq jahon hamjamiyati Jazoir xalqining ozodlik kurashini qo'llab-quwatladi. Mustaqillik uchun kurashda Jazoir xalqi juda katta qurbonlar berdi. Ozodlik kurashi davomida 1 min dan ortiq jazoirlik halok bo'ldi. 2 min kishi turli konslagerlarga tashlandi. Va, nihoyat, 1962-yilning 1-iyulida Jazoir mustaqil Xalq Demokratik Respublikasi deb e'ion qilindi. Ozodlik kurashining arbobi, MOF rahbari Ahmad Ben Bella yangi hukumatni boshqardi. Mustaqil taraqqiyot yo`li oson kechmadi. Xususan, 1965-yilda MOF rahbariyati tarkibida bo'linish yuz berdi. Mamlakat Prezidenti Ahmad Ben Bella taraqqiyotning libiral yo'li tarafdori edi. Mamlakatda qattiqqo'llik bilan siyosat yuritish tarafdorlari mudofaa vaziri X. Bumeden (1925—1978) atrofida birlashdilar.

Ular 1965-yilning 19-iyunida davlat to'ntarishi o'tkazdilar. Butun hokimiyatX. Bumeden qo'lida to'plandi. 1978-yildaX. Bumeden vafot etgach, Sh. Benjadid Prezident lavozimini egalladi. MOF hukmronligi yillarida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tub o'zgarishlar ro'y bermadi. Buning sababi o'z vaqtida zarur ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlarning o'tkazilmaganligi edi.

Bu holat MOF obro'sini tushirib yubordi. Ijtimoiy adolatni kuchaytirish talabi mamlakatda diniy harakatlar mavqeyini mustahkamladi. 1989-yilda MOF hokimiyatga bo'lgan monopol huquqidan voz kechishga majbur bo'ldi. Muxolifat partiyalar faoliyatiga ruxsat etildi. 1989-yilda tuzilgan «Milliy qutqarish islom fronti» (MQIF) ning obro'si kundan-kunga o'sib bordi. Shu yiliyoq bu diniy partiya mahalliy saylovlarda g'olib chiqdi.

1991-yilning noyabr oyida o'tkazilgan umumiy parlament saylovida ham bu partiya MOFni mag'lubiyatga uchratdi. Biroq armiya oliy qo'mondonligi saylov natijalarini tan olmadi. Sh. Benjadid iste'foga chiqishga majbur bo'ldi. Uning o'rniga 1991-yil noyabrda M. Budiar o'tirdi. 1992-yil 2-iyunida armiya davlat to'ntarishi o'tkazdi, M. Budiar o'idirildi. Ali Karini hokimiyatni egalladi. MQIF faoliyati taqiqlandi. Diniy ekstremistlar terrorni avj oldirdilar. Buning oqibatida 100 mingdan ortiq fuqaro halok bo'ldi. Jazoirda hamon siyosiy barqarorlik ta'minlangani yo'q. Abdulaziz Buteflika mamlakat prezidenti lavozimida ishlamoqda.

Marokash Marokash Fransiya mustamlakasi edi. Marokash xalqining ozodlik kurashi uzoq davom etdi. Va, nihoyat, 1956-yil 2-mart kuni Marokash mustaqilligi haqida deklaratsiya imzolandi. 5-aprelda Ispaniya Marokash mustaqilligini tan oldi. 1961-yilda Fransiya qo'shinlari mamlakatdan olib chiqib ketildi. AQSH harbiy bazasi ham tugatildi. 1962-yildan boshlab Marokash konstitutsiyaviy monarxiya davlatiga aylandi. Qirol Hasan II mamlakat yangi konstitutsiyasini imzoladi. Marokash arab xalqining Isroil agressiyasiga qarshi kurashini qo'llab- quwatlab kelmoqda. Ayni paytda uning Jazoir bilan munosabatlarida keskinlik ham mavjud. Bu keskinlik — G'arbiy Sahroyi Kabir bilan bog'liq. 1975-yilda Marokash bu hududni bosib oldi. G'arbiy Sahroyi Kabirda bir necha o'n yillardan beri separatchilik harakati davom etmoqda. Jazoir Respublikasi esa ana shu harakatni qo'llab-quwatlamoqda. Tabiiyki, bu hol Marokash — Jazoir munosabatlariga sovuqlik tushirmay qo'ymadi. 1999-yilda Hasan II vafotidan so'ng taxtni o'g'li Muhammad VI egalladi. Otasidan 30 min aholini boshqarishni, 200 ming armiyani meros qilib oldi. 50 foiz xalq savodsiz.

Tunis Tunis ham uzoq yillar Fransiya mustamlakasi bo'lib keldi. Faqat 1956-yildagina (20-mart) Fransiya Tunis mustaqilligini tan olishga majbur bo'ldi. Hokimiyat Yangi Dastur partiyasi rahbarligidagi Milliy front qo'liga o'tdi. Uning rahbari X. Burgiba yangi hukumat tuzdi. 1957-yil 25-iyulda Tunisda monarxiya tugatildi va Respublika e'ion qilindi. X. Burgiba mamlakatning birinchi Prezidenti etib saylandi. X. Burgiba mamlakatda «Dastur sotsializmi» qurishini e'ion qildi. Bu ibora amalda iqtisodiyoti davlat, kooperativ va xususiy sektorni mujassamlashtirgan jamiyatni anglatar edi. Ayni paytda bu jamiyat aholi barcha tabaqalarining manfaatini aks ettirishi zarur edi.

1969-yildan boshlab davlat yerlari, fransuz mustamlakachilariga qarashli yerlar sotila boshlandi. Shu tariqa mayda va o'rta yer egalari tabaqasi vujudga keltirildi. Sanoat korxonalari ham milliylashtirildi. Shuning barobarida milliy va chet el kapitaliga qulay sharoit yaratib berildi. Biroq mamlakatda ijtimoiy adolatsizlik avj oldi. Bu, o'z navbatida, siyosiy beqarorlikni vujudga keltirdi. Natijada diniy yo'nalishdagi partiyalar kuchaydi. Shunday sharoitda harbiylar 1987-yil 7-noyabrda to'ntarish o'tkazdilar. X. Burgiba hukumati ag'darildi. Hokimiyat gкnerai Ben Ali qo'liga o'tdi. Tunis tashqi siyosatda ham G'arb, ham arab davlatlari bilan munosabatlarni rivojlantirib bormoqda. 1976-yilda u Yevropa Ittifoqi bilan shartnoma imzoladi.

1989-yilda esa Arab mag'ribi Ittifoqi a'zosi bo'ldi. Arab davlatlari ligasi a'zosi sifatida Falastin arab xalqining o'z davlatiga ega bo'lish huquqini qo'llab-quwatlab kelmoqda.

Livan Livan Birinchi jahon urushi yillaridan 1943-yilgacha Italiya mustamlakasi bo'lib keldi. 1943-yilda Italiya ittifoqchilarga taslim bo'lgach, Fransiya va Buyuk Britaniya boshqaruviga o'tdi. 1951-yilda Livan mustaqil davlat deb e'lon qilindi. Liviyada monarxiya qaror topdi. Qirol Idris I tashqi siyosatda, birinchi navbatda, Buyuk Britaniya va AQSH bilan yaqinlashish yo'lini tutdi. Chunonchi, 1953-yilda mamlakat hududida Buyuk Britaniya, 1954-yilda esa AQSHning harbiy bazalarini tashkil etish haqida bitimlar imzolandi. Shu tariqa buyuk davlatlar o'zlarining Afrikadagi manfaatlarini himoya

qilishda Livanni tayanch nuqtasiga aylantirdilar. Biroq Idris I siyosati harbiylar orasida norozilik tug'dirdi. Ular 1969-yil 1-sentabrda harbiy to'ntarishni amalga oshirdilar. To'ntarishga polkovnik M. Kaddafiy (1942- yilda tug'ilgan) rahbarlik qildi. Hokimiyat inqilobiy qo'mondonlik kengashi qo'liga o'tdi. To'ntarish natijasida monarxiya ag'darildi. Mamlakat Liviya Arab Respublikasi deb e'lon qilindi. Buyuk Britaniya va AQSH 1970-yilda Liviyadan o'z harbiy qismlarini olib chiqib ketishga majbur bo'ldi. Liviya Keyingi o'zgarishlar

Mamlakatda davlat organlarini qayta tashkil etish boshlandi. Umumiy Xalq Kongressi Oliy hokimiyat organi deb e'ion qilindi. 1977-yil 3-mart kunidan boshlab Liviya Arab Respublikasi Liviya Xalq Arab Jamaxiriyasi nomi bilan ataladigan bo'ldi. M. Kaddafiy esa 1-sentabr inqilobining rahbari deb e'lon qilindi. Shu tariqa u davlatning yagona rahbariga aylandi. Liviya milliy boyligining asosini neft tashkil etadi. Hukumat Livanda neft qazib chiqarish bilan shug'ullanuvchi barcha kompaniyalarni to'la yoki qisman milliylashtirdi. Mamlakat ichkarisida neft mahsulotlarini sotish va taqsimlashni davlat o'z qo'liga oldi. Milliy neft-kimyo sanoati hamda neft tashuvchi flot yaratildi. Liviya iqtisodiyotida davlat sektori katta salmoqqa ega.

Neft sanoatidan tashqari, banklar, sug'urta kompaniyalari, yirik qishloq xo'jalik birlashmalari, transport, qurilish kompaniyalari hamda tashqi savdo davlat ixtiyoridadir. Liviya qonunlari kishining mehnat natijasini o'zlashtirib olmaydigan tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishga ruxsat etadi.

Mamlakat rahbariyati aholining ijtimoiy himoyasi masalasiga alohida e'tibor berdi. Ish haqi to'lashni davlat tartibga solib turadi. Turarjoy uchun kam haq olinadi. Aholiga bepul tibbiy xizmat ko'rsatiladi. Umumiy va oliy ta'lim ham bepul. Obyektiv sabablarga ko'ra, mamlakat qishloq xo'jaligi kam taraqqiy etgan. Shuning uchun oziq-ovqat mahsulotlari chetdan sotib olinadi. Shunday bo'lsa-da, bugungi Liviya — dunyoning eng boy davlatlaridan biri. Livan yiliga 110 min tonna neft qazib oladi. Neft savdosi mamlakat g'aznasiga 10 mlrd dollar daromad keltiradi. Livan faol tashqi siyosat yuritadi. U Arab Davlatlari Ligasi, Afrika hamkorligi tashkiloti, Qo'shilmaslik harakati, Arab mag'ribi Ittifoqi kabi regional tashkilotlar a'zosidir. Falastin Ozodlik Tashkilotini qo'llab- quwatlaydi. Unga katta miqdorda moliyaviy yordam ham ko'rsatadi. Biroq Livan xalqaro terrorizmni qo'llab-quwatlashda ham ayblanib kelmoqda. Bu esa uning AQSH tomonidan jazolanishiga sabab bo'lgan.

AQSH M. Kaddafiyni jismonan yo'q qilish maqsadida 1986-yilning 15- aprelida Livan poytaxti Tripoli shahrini bombardimon qildi. Lekin M. Kaddafry omon qoldi. Ayni paytda 2000-yilda Livan xalqaro terrorizmda gumon qilingan ikki fuqarosini xalqaro sud hukmiga topshirishga majbur bo'ldi. Xalqaro sud (Gaaga shahrida) ularning birini aybdor deb topdi va qamoq jazosiga hukm qildi. 2005-yilga kelib M. Kaddafiy G'arb davlatlarining barcha talablarini bajardi. Qurollanish dasturini to'xtatdi. G'arb xalqaro cheklovni bekor qildi.


SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. «Yaqin Sharq muammosi» qachondan boshlangan va mohiyati nima?

2. Arab - Isroil urushidan maqsad nima edi?

3. Kemp-Devid bitimi qachon tuzildi?

4. Iroq qachon respublika deb e'lon qilingan?

5. S. Husayn siyosatini tushuntiring.

6. Saudiya Arabistoni qanday mamlakat?

7. Suriya tashqi siyosatining mohiyati nima?

8. Misr hukmdorlari haqida nimalarni bilib oldingiz?

9. Sh. Benjadid davrida Jazoirning ahvoli qanday edi?

10. Marokashning taraqqiyot yo'li qanday bo'ldi?

11. «Dastur sotsializmi»ning mohiyati nima?

12. M. Kaddafiy faoliyati haqida so'zlab bering.

13. O'zbekistonning arab davlatlari bilan aloqalari haqida nimalarni bilasiz?
MUNDARIJA
I-Bob. IKKINCHI JAHON URUSHIDAN KEYINGI YILLARDA YEVROPA VA

AMERIKA MAMLAKATLARI
1-§. XX ASRNING 2-YARMIDA XALQARO MUNOSABATLAR…………..3-6

2-§. DUNYO SIYOSATIDA MARKAZGA INTILISH TENDENSIYALARI....7-10

3-§.. KO‘P QUTBLI DUNYO CHIZGILARI …….........................................10-14

4-§. SOTSIALIZM YEMIRILISHINING SABABLARI VA OQIBATLARI ..15-21


II-Bob. 1945-2005 yillarda Germaniya

1-§. Germaniya Ikkinchi jahon urushidan keyin. Ikkita nemis davlatlarining

vujudga kelishi ……………………………………….………………. .22-27

2-§.1948 yildagi Berlin inqirozi va Germaniyaning parchalanishi .....28-30

3-§. GFR va GDR 50-70 yillarda GFRning konstitutsiyaviy tuzumi ...31-48

4-§.“Kol davri”: nemis neokonservatizmi (yangi konservatizmi)

va Germaniyaning birlashishi ……………......................... …….…...49-60
III-Bob. IKKINCHI JAHON URUSHIDAN KEYINGI DAVRDA AQSH.

1-§. AQShda urushdan keyingi ahvol. “Adolatli yo‘l” ………………….29-33

2-§. AQSH 1970-1990 YILLARDA …………………………..……….33-35
IV-Bob. 1945-2005 YILLARDA FRANSIY

1-§.Ikkinchi jaxon urushidan keyingi davrda Fransiya.

To‘rtinchi respublikasi ………………………………………………71-84

2-§. . Gollizm va Beshinchi respublikaning tashkil topishi .……...........85-88

3-§. De Gollchilar Fransiyasining tashqi siyosati. ...........................89-92
V-Bob. BUYUK BRITANIYA 1945-2005 YILLARDA

1-§.1945 yilda Britaniya inqilobi …………………………………...93-99

2-§.2.Konservatorlar hukmronligi: “bekorga sarflangan o‘n uch yil”

yoki “o‘zgarishlar shamoli” ……………………….............................99-109

3-§. BUYUK BRITANIYA 60-70 YILLARDA.

“TEXNOKRATIK DAVR” ………................................................110-127

4-§. M.TETCHERNING NEOKONSERVATIZMIDAN E.BLERNING

“YANGI LEYBORIZMI”GA …...................................................128-146


VI-Bob. ITALIYA 1945-2005 YILLARDA.

1-§. Respublika tuzumiga o‘tish.………………………………………….146-154

2-§. Siyosiy ekstremizm va terrorizm……………….............................154-156

3-§. “Milliy birdamlik” (1976-1979 yillar...............................................156-157

4-§ 80-yillarda Italiya............................................................................157-164
VII-Bob. SSJI urushdan keyingi davrda.

1-§. Sovet davlati va uning parchalanishi …………………………….165-167

2-§. Qarama-qarshilikning keskinlashuvi

va inqirozning muqarrarligi……………………………… ……...167-171

3-§. Mustabid tuzumni qayta qurish vaqismlarga ajratish................... 171-174

4-§.Oligarxiya parchalanishi va ideokratiya (mafkura

ustunligi)ning qulashi…/ …………………………………………174-84

5-§. Imperiya merosini taqsimlash …………………………… ………….184-186

6-§. Rossiyada yangi o‘zgarishlar jarayoni va isloxatlarning borishi …186-195
VIII-Bob. Xitoy XX asr ikkinchi yarmida.
1. 1946-1949-yillardagi fuqarolar.............................................................196

2. Yangi kuchlarning hokimiyatga kelishi ................................................198

3. Xitoy— O'zbekiston munosabatlari ...................................................200
IX-Bob. Yaponiya XX asr ikkinchi yarmida


  1. Urush oqibatlari ................................................................................201

  2. Yaponiyaning yangi Konstitutsiyasi ..................................................202

  3. Tinchlik shartnomasining imzolanishi.............................................203

4. Islohotlar va Yaponiyaning iqtisodiy taraqqiyoti ............................204

5. Yaponiya — O'zbekiston munosabatlari .........................................205



X-Bob. Hindiston XX asr ikkinchi yarmida.
1. Hindiston Respublikasining tashkil topishi .........................................206

2. Iqtisodiy va siyosiy taraqqiyot..............................................................207

3. Taraqqiyot yo'lidagi ijtimoiy-siyosiy muammolar..............................208

4. Tashqi siyosat ………………………………………………………..210

5. Hindiston - O'zbekiston munosabatiari ................................................211
XI-Bob. Eron XX asr ikkinchi yarmida.
1. 1945-yil voqealari ...............................................................................212

2. Eron nefti uchun kurash………………………………………………213

3. Eron inqilobdan so'ng ...........................................................................215

4. Eron - O'zbekiston munosabatlari......................................................216


XII-Bob. Arab mamlakatlari XX asr ikkinchi yarmida.


  1. Umumiy tavsif....................................................................................217

  2. Kemp-Devid bitimi va uning oqibatlari.............................................219

  3. Arab-Isroil urushi…………………………………………………...220

  4. 70-80 yillardagi Arab mamlakatlarining

ichki va tashqi siyosati……………………………………………...222

  1. Arab mamlakatlaridagi siyosiy, madaniy va ijtimoiy, iqtisodiy

o`zgarishlar.........................................223





Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə