Istiqlol davri adabiy tanqidchiligi



Yüklə 8,02 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü8,02 Kb.
#165527
SHAHNOZ

ISTIQLOL DAVRI ADABIY TANQIDCHILIGI


Ozod Sharafiddinov — adabiyotshunos, adabiy tanqidchi. U 1929-yil 1-martda Qoʻqon yaqinidagi Oxunqaynar qishlogʻida tugʻildi. Toshkentdagi 14-oʻrta maktabni, Oʻrta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti) filologiya fakultetini tugatdi (1951)
Moskvada aspiranturani tugatdi, fan nomzodi ilmiy darajasini oldi (1955). Ozod Sharafiddinov poeziya muammolari bilan shugʻullandi, oʻzbek sheʼriyati va uning holati haqida adabiy-tanqidiy maqolalar yozdi.
Oʻsha davrdagi ilmiy-ijodiy, adabiy-tanqidiy izlanishlari „Zamon. Qalb. Poeziya“ (1962) asarida oʻz aksini topgan. XX asrning 60-80-yillarida u Choʻlpon hayoti va ijodini targʻib qilishga intildi. Ozod Sharafiddinov oʻzbek adabiyotining Oybek, Gʻafur Gʻulom], Abdulla Qahhor, Shayxzoda, Mirtemir, Zulfiya singari namoyandalari haqida adabiy portretlar yaratdi: „Isteʼdod jilolari“ (1976), „Adabiy etyudlar“ (1968), „Abdulla Qahhor“ (1988), „Birinchi moʻjiza“ (1979).
Olim ijodida oʻzga adabiyotlar namoyandalari ijodi haqida yaratilgan „Yalovbardorlar“ (1974) adabiy-tanqidiy ocherklar kitobi muhim oʻrin egallaydi. Ozod Sharafiddinov XX asrning 60-yillaridan XIX asrgacha boʻlgan oʻzbek adabiy jarayonidagi holatlarni „Talant – xalq mulki“ (1979), „Adabiyot – hayot darsligi“ (1981), „Goʻzallik izlab“ (1985), „Haqiqatga sadoqat“ (1988), „Sardaftar sahifalari“ (1999), „Prezident“ (2003) singari asarlarida aks ettirdi.
U. Normatov 1957 yil Ommaviy axborot vositalarida chop etila boshladi va bu vaqt ichida u 5000 dan ziyod maqola, 50 ga yaqin adabiy asar, 20 ta kitob, jumladan, metodik qo‘llanmalar va boshqalarni nashrdan chiqargan. U. Normatov faoliyatining mohiyati - tanqidchi-olim vijdonan, samarali tahlil qilgan, sharhlagan, natijada o‘zbek adabiyoti yangi tarixining adabiy jarayoniga ta’sir ko‘rsatgan.
Umarali Normatorv - adabiyotshunos, tanqidchi, pedagog. 1931 yil 3 yanvar kuni Farg‘ona viloyatining Rapkan qishlog‘ida tug‘ilgan. U. Normatovning butun balog‘at yillari O‘zbekiston Milliy universiteti bilan bog‘liq (sobiq O‘ODU, ToshDU): filologiya fakultetida o‘qigan (1952-1957), katta o‘qituvchi, dotsent, professor, o‘zbek filologiyasi fakultetida kafedra mudiri kabi lavozimlarda ishlagan.
U. Normatovning asosiy kitoblari “Nasrimiz ufqlari” (1974), “Etuklik” (1982), “Qalb inqilobi” (1986), “Qodiriy bog‘i” (1996), O‘zbekiston davlat mukofoti laureati (1989). Sovet hukumati hukmronligi davrida u o‘z zamondoshlari ijodini o‘rganishni boshlab, ulardan ko‘plari hayotdan ko‘z yumgan. Uning tadqiqiy ishlarining natijasi “Umidbaxsh tamoyillar”, “Tafakkur yog‘dusi”, “Qahhorni anglash mashaqqati”, “Ko‘ngillarga ko‘chgan she’riyat”, “Ustoz ibrati”, “Ijod sexri” asarlari asosiga tushgan. Uning asarlari rus, tojik va turk tillarida nashrdan chiqqan
Ibrohim Haqqulov — filologiya fanlari doktori, professor, „Mehnat faxriysi“ II darajali koʻkrak nishoni sohibi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, oʻzbek adabiyotshunosligining rivojlanishiga munosib hissa qoʻshgan va oʻzbek adabiyoti namunalarini yangicha tahlil va talqinda tadqiq etgan olim. Taniqli adabiyotshunos 1949-yil 28-martda Buxoro viloyati Shofirkon tumanida tugʻilgan[1]. 1966—1970-yillarda Buxoro davlat pedagogika institutida tahsil oldi. Ibrohim Haqqul „Oʻzbek xalq maqollari“ (1978)ning tuzuvchilaridan biri. 1976-yili „Oʻzbek adabiyotida ruboiy“ mavzusida nomzodlik, 1995-yili „Oʻzbek tasavvuf sheʼriyatining shakllanishi va taraqqiyoti“ mavzuida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan
1000 dan ortiq maqola, 50 ga yaqin monografiya va risolalar yozgan, turli davrlarda adabiyotga, ayniqsa, mumtoz adabiyot vakillari ijodiyotiga bagʻishlab oʻtkaziladigan ilmiy anjuman va konferensiyalarning doimiy ishtirokchilaridandir. Uning ayrim maqola va kitoblari turk, uygʻur, ozarbayjon, tojik va rus tillariga tarjima qilinib, nashr etilgan[
— filologiya fanlari doktori, professor, „Mehnat faxriysi“ II darajali koʻkrak nishoni sohibi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, oʻzbek adabiyotshunosligining rivojlanishiga munosib hissa qoʻshgan va oʻzbek adabiyoti namunalarini yangicha tahlil va talqinda tadqiq etgan olim. Taniqli adabiyotshunos 1949-yil 28-martda Buxoro viloyati Shofirkon tumanida tugʻilgan[1]. 1966—1970-yillarda Buxoro davlat pedagogika institutida tahsil oldi. Ibrohim Haqqul „Oʻzbek xalq maqollari“ (1978)ning tuzuvchilaridan biri.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining o‘zbek filologiyasi fakulteti professori, filologiya fanlari doktori, O‘zbekistonda ximat ko‘rsatgan arbob
2003 yil “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” unvoniga sazovor bo‘lgan. va 2004 yildan O‘zMUning O‘zbek filologiyasi fakulteti “Jahon adabiyoti va nazariya” kafedrasi professori hisoblangan.
Abdug‘afur Rasulov 1937 yil 1 iyulda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1970 yia dotsent ilmiy unvonini olgan. 1970-1971 yillar ToshDU talabalar va aspirantlar kasaba uyushmasi raisi bo‘lgan.
1996-1998 yillar O‘zMUning O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani. 2002 yil “Hozirgi o‘zbek tanqidchiligida talqin va tahlil muammosi” mavzusida ilmiy ishni yoqlab, filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olgan.
Abdug‘afur Rasulov
Baxtiyor Nazarov (17.09.1945-17.01.2022) — adabiyotshunos olim. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (2000), filologiya fanlari doktori (1984), professor (1994). Toshkent davlat universiteti tugatgan (1966). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Bosh ilmiy kotibi oʻrinbosari (1973—1979), vitse-prezident vazifasini bajaruvchi (1999—2000). Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi (1990— 92), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari
Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi til va
adabiyot intstituda ilmiy xodim, ilmiy
kotib (1969— 1972; 1979—1983), direktor (1986—1990), boʻlim mudiri (1996-yildan).
Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Bosh
ilmiy kotibi oʻrinbosari (1973—1979), vitse-prezident vazifasini bajaruvchi (1999
—2000). Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi
Nazarovning ilmiy ishlari 20-asr oʻzbek
adabiyoti taraqqiyoti, xususan,
tanqidchilik va adabiyotshunoslik
metodologiyasi muammolari, adabiyot
nazariyasi va adabiy aloqa masalalariga
bagʻishlangan. Tadqiqotlarida Fitrat,
Oybek, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor,
Abdulla Oripov mahorati oʻrganilgan.
Yüklə 8,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə