Oybekning adabiy-tanqidiy qarashlari



Yüklə 13,91 Kb.
tarix07.02.2022
ölçüsü13,91 Kb.
#83556
Sotvoldiyeva Mohichehra 302-guruh


Oybekning adabiy-tanqidiy qarashlari.

Oybek o‘zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligi rivojiga katta hissa qo‘shdi. Ozod Sharaflddinovning «Iste’dod jilolari» (1967) kitobidagi «So‘z san’atiga fidoyi sadoqat» deb nomlangan bo‘lim, Oybek adabiy-tanqidiy qarashlarini o‘rganishga bag‘ishlangan ilk harakat bo‘ldi.

Oybek tabiatidagi ilmiy-tanqidiy merosidagi kishini lol qoldiradigan narsa, qiziqish doirasining benihoyat kengligidir. U faqat o'zbek adabiyoti emas, qardosh xalqlar adabiyoti haqida teran maqolalar yozdi. Yozganda ham muammolarni chuqur bilim bilan qalamga oldi, har bir masalaning tub mohiyatini yoritdi. Pushkin va Shevchenkoga, Muqimiy va Chexovga, antik dunyo adabiyotiga, mumtoz adabiyotga bag‘ishlangan maqolalarida Oybek masalaga qomusiy bilimdonlik bilan yondashdi. U adabiy-tanqidiy qarashlari shakllanishining ilk bosqichidagi «Adabiyot qoidalari», «Cho'lpon. Shoirni qanday tekshirish kerak», «Munaqqidning munaqqidiga» singari maqola va taqrizlarida ayrim cheklanishlarga yo‘l qo‘ysa-da, o'rganilayotgan masalaning tub mohiyatini yoritish, munaqqidlik faoliyatining bosh a'moli bo‘lib qoldi. Oybek maqolalarining ko‘pi 30-yillarda yozilgan, biroq ularni o‘qisangiz kecha yoki bugun yozilgandek taassurot qoldiradi. Ular kuchli shoir ruhi bilan sug‘orilgan. Bu maqolalardagi umrboqiylikning siri ikki narsada ko'rinadi: 1. Oybek hech vaqt oson va yuzaki yo‘lni tanlamadi, quruq tavsif qilish yoki bayonchilik yo‘lidan yurmadi, uning har bir maqolasi asosida tinimsiz izlanuvchan, shiddatli, xolis tafakkur yotadi. 2. Deyarli har bir maqolada olim nazari bilan badiiy ijodkor yuragi tutashadi, balqib turadi. Ularda tadqiqotchining sinchkov tafakkurigina emas, san’atkorning qaynoq qalbini ham his qilamiz. Ularda ehtiros kuchli, yuksak didli kuzatuvchining o'tkir nigohi bor, qaysi ijodkor haqida yozmasin, unga muhabbat va hurmat bilan yondashadi. Oybekning 20-yillardagi Cho'lpon she’riyatiga bag'ishlangan maqolasini jur’at va jasorat bilan yozilgan ishlardan biri deyish mumkin. Cho‘lponni to‘g‘ri tushunishda Oybekning shoir yuragi muhim rol o'ynadi. U Cho‘lpon she’riyatini chuqur tahlil etib, xalq uchun zarurligini, ahamiyatini to‘g‘ri ta'kidladi. Cho'lpon she'riyati va dramalari o‘z davridayoq adabiy tanqidda jiddiy munozaralarga sabab bo‘ldi. Sotti Husayndan so‘ng Abdulla Qodiriy ijodini yaxlit va atroflicha o'rgangan munaqqidlardan biri Oybekdir. Qodiriy ijodi, ayniqsa, romanlarini baholashda davr bilan izohlanuvchi qator kamchiliklarga yo‘I qo‘ygan esa-da, «Abdulla Qodiriyning ijodiy yo‘Ii» nomli Oybek tadqiqoti Sotti Husayn ishiga nisbatan adib shaxsi va ijodini o‘rganishda o‘zbek tanqidchiligi oldinga tashlagan qadam bo'ldi. Unda dunyoqarash, mafkura nuqtayi nazaridan ayrim xato fikrlar aytilsa-da, Qodiriy mahorati va, umuman, « O‘tkan kunlar» qimmatiga to'g'ri baho berildi. Ayni vaqtda, risolada ilgari surilgan tarixiy roman hamda realistik adabiyot, umuman, obraz va xarakter haqidagi qator nazariy fikrlar o'zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligi ravnaqida muhim o‘rin tutadi.

Vadud Mahmud

Vadud Mahmud 20-yillar adabiy jarayonida o ‘ziga xos o‘rin egallagan munaqqid, o‘zbek adabiy tanqidining shakllanishida katta hissa qo'shgan yorqin iste’dodlardan biridir. Ijodi hayotligida alohida o‘rganilmagan bo'lsa-da, Behbudiy, Fitrat, Cho'lpon, A.Qodiriy, A. Sa’diy kabi ulkan ijod sohiblari uning ijodiga, shaxsiga alohida hurmat bilan qaraganliklari ma’lum. Vadud Mahmud panturkist, idealist tamg'alari ostida adabiy jarayondan chetlashtirilgach, to mustaqillikkacha u haqda adabiyotlarda salbiy munosabat bildirib kelindi. Shunga qaramay, sho‘ro davridayoq «Barhayot an’analar» kitobi va qator maqolalarda bu munaqqid haqida ijobiy mulohazalar yuritildi. Istiqloldan so‘ng uning hayoti va ijodi o'rganila boshlandi, maqolalari chop etildi. Bu ishda, ayniqsa, adabiyotshunos Bahodir Karimning hissasi katta. U Vadud Mahmud ilmiy merosi haqida qator maqolalar e’lon qildi, nomzodlik dissertatsiyasi (1995) yozdi. «Jadid munaqqidi Vadud Mahmud» (2000) risolasini yaratdi. O zbek tanqidchiligi shakllanishi va rivojida Vadud Mahmud o ziga xos o‘ringa ega. U adabiy jarayonga Samarqand adabiy muhiti namoyandasi sifatida 20-yillarda kirib keldi. U Mahmudxo'ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy , Siddiqiy-Ajziy, Vasliy, Hoji Muin, Abdurauf Fitrat, Sadnddin Ayniy singan shoir va muallimlar muhitida m Vaqtl1 matbu°tdagi maqolalarida Vadud Mahmudiy Vadud Mahmud o‘g‘li, V.M., Vov., V. imzolarini qo‘lladi. Vadud Mahmud 1898-yiIi Samarqandda ziyoli ruhoniy oilasida tug'ildi, jadid maktabida o‘qidi, Bedil, Navoiy, Fuzuliy g‘azallarini yod oldi, llmga, adabiyotga juda erta ixlos qo‘ydi. Bilimdon, teran fikrli inson bo‘lib yetishdi, fors, turk va rus tillarini chuqur o‘rgandi.

Vadud Mahmud ijodiy-amaliy faoliyati rang-barangdir U 20- yillarda maorif sohasida ishladi, maktab, bola tarbiyasi haqida o'nlab maqolalar yozdi. Garchand mavzu va janr jihatidan xilma-xil asarlar yozgan bolsa-da, 20-yiIIar adabiy jarayonida u adabiyotshunos munaqqid sifatida tanildi. Vadud Mahmud zamondoshlarining ijodiga xolis, haqqoniy baho bergan, mustaqil adabiy, ilmiy fikr-mulohazalari, dunyoqarashi bilan ko‘pchilikning hunnatini qozongan munaqqid edi. Buni Cho‘lpon ijodiga munosabatida yaqqol ko‘rish mumkin. 20-yillarda tanqidchilik Cho‘lpon ijodiga ikkiyoqlama munosabatda bo‘ldi. Zarif Bashir, Ayn (Olim Sharafiddinov), Usmonxon Eshonxo‘jayev kabilar Cho'Ipon ijodiga munosabatda, asosan, mafkurani bosh mczon qilib oldilar, shu ravishda uning ijodini, dunyoqarashini qoralab chiqdilar. Shu tariqa Cho'Ipon ijodini mafkuraga bog‘lovchi bir oqim paydo bo‘ldi va bunday salbiy munosabat deyarli sho‘ro tuzumi yemirilguncha davom etdi. Ammo bu oqimga qarshi o ‘sha davrning o‘zidayoq Cho'Ipon ijodini xolis baholovchi munaqqidlar guruhi ham faoliyat ko'rsatdi. Uning boshida Vadud Mahmud turdi va Cho‘lpon she’riyatini to‘g‘ri talqin etgan munaqqidlardan biri, ehtimol, birinchisi sifatida tarixda qoldi. «Turkiston» gazetasining 1923-yil 10-dekabr sonida uning «Buloqlar» to'plamiga yozgan taqrizi bosilib chiqadi.

«Bu kun o‘zbek adabiyotiga yana yangi to'n kiygizildi, Cho‘Iponning

«Buloqlar» otlig' yangi she’rlar to'plami bosilib chiqdi. Cho'Ipon o‘zbekning yangi shoiridir, shuning uchun o ‘zbek elini bugungi ruhi, holi, sezgisi «Buloqlar»da qaynaydi, o‘zbek tili, o‘zbek ohangi «Buloqlar» da sayraydi.

«Buloqlar»da sayraydir, o ‘qiydir, o‘zbek ruhi to'lqinlari bunda ko‘piradir, ko‘klar tomon uchadir, ko'tariladir. «Buloqlar»da o‘zbek sezgisi yangraydir, sizlaydir, titraydir. shuning uchun bu to‘n shunday bir to‘ndirki, o'zbek ruhidan, jonidan bitgandir. Uning badanini asramoq, qo‘rimoq uchun o‘z bag‘riga bosqondir». Vadud Mahmud Cho'lponning «Tong sirlari» to‘plamiga bag'ishlab ham kattagina maqola yozadi. Unda shoir ijodiyotining kamolotini

«Ko'ngil», «Bas endi», «Yer asirlari» she’rlari misolida yoritishga intildi. Xulosa qilib aytganda, 20-yillar adabiy jarayonida erkin, ijodiy faoliyat ko‘rsatgan Vadud Mahmud asarlarida jahon adabiyoti tajribalariga, tasavvuf va islom falsafasiga tayanish, amerika, turk adib va munaqqidlaridan o ‘rganish kabi xususiyatlar ko‘zga tashlanadi. Mahorat va uslub masalalarini o ‘rganishda uning ijodi bugungi tanqidchilar uchun manba, namuna bo'la oladi. Fikrni aniq fakt asosida ilmiy dalillash; badiiy asarni, asosan, estetik nuqtayi nazardan tahlil qilish, uning badiiyati, shakli, tili va uslubini o‘zaro uzviylikda tushunish; ijodkorga xolis baho berish; badiiy asardagi nafosat va matnning ichki strukturasiga asoslanish kabi fazilatlar Vadud Mahmud tadqiqotlarining xos xususiyatiaridir.

ABDURAHMON SA’DIY

(1889-1956) o'zbek , tatar ma’naviy-madaniy aloqalari hamda adabiy hamkorligi tarixida alohida o‘rin tutuvchi adabiyotshunosdir. U 1889-yil 14-aprelda Ufa yaqinida mulla-mudarris oilasida tug‘ildi. Boshlang'ich ta’limni otasining maktabida oldi. 1902— 1905-yillarda Orengburgdagi Muhammadiya madrasasida o 'qidi. 1921-yildan Toshkentga keladi va umrining oxirigacha Toshkent, Samarqand, Buxoro oliy o‘quv yurtlarida dars berdi, o'zbek adabiyoti bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib bordi. Samarali ilmiy va pedagogik faoliyati uchun unga 30-yillar so‘nggida dissertatsiya yoqlamay, filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasi va professorlik unvoni berilgan. Abdurahmon Sa’diy, ayniqsa, Alisher Navoiy ijodini o‘rganishda alohida g'ayrat ko‘rsatdi. 1949-yilda Ye.Bertels rahbarligida «Alisher Navoiy ijodi — o‘zbek klassik adabiyotining oliy bosqichi» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. Olim ilmiy qiziqishlari doirasi g‘oyat kengdir. U tatar va o'zbek adabiyotlari, pedagogika, tilshunoslik, adabiyot o‘qitish metodikasi, tasavvuf, adabiy aloqalar va boshqa muammolarga oid 130 ga yaqin asar yozdi.

A.Sa’diy 20-yillar adabiy jarayonida faol qatnashgan munaqqidlardan biridir. U adabiy tanqid mohiyati xususida jiddiy izlanishlar olib bordi. Abdurahmon Sa’diy romanlarni mavzu-mundarijasiga ko'ra: realistik, fantastik psixologik, tarixiy tiplarga bo‘Iadi. Bu tasnif Sa’diydan so‘ng o‘zbek tanqidchiligida yanada boyitildi va rivojlantirildi. A.Sa’diy o‘zbek tanqidchiligini janrlar jihatidan boyitishga katta hissa qo'shgan munaqqid. U o‘zbek tanqidchiligida, xususan, obzor maqola asoschilaridan biridir. «O'zbek yosh shoirlari», «Olti yil ichida o'zbek she’riy adabiyoti» kabi maqolalari ana shu yo‘nalishdagi tanqid janrining dastlabki namunalari sanaladi. A.Sa’diy ayrim ishlarida qator xato va kamchiliklarga ham yoll qo‘yi!ganini ta’kidlash lozim. Chunonchi, «Adabiyot masalalari va ulug‘ oktabrdan keyingi o‘zbek adabiyoti» kitobi va boshqa qator maqolalarida proletariat adabiyoti va uning metodiga oid masalalarni tushunishda vulgar sotsiologlar izidan bordi, partiviy prinsipni bosh mezon deb tushundi.

Sotsializm ideyalarini tashuvchi adabiyot («proletar adabiyoti») proletariat diktaturasi samarasidir degan fikrlami o!g‘a suradiki, bunday qarashlar davr sinovlariga dosh bera olm adi, tarixning muayyan bosqichidagi xato izlanishlar sifatida qolib ketdi.

OLIM SHARAFIDDINOV

Olim Sharafiddinov ko‘p qirrali adabiyotshunos edi. U adabiy tanqidchi sifatida o'zbek adabiyoti masalalari bilan jiddiy shug‘ullandi. Uning «Abdulla Qodiriy romani «O‘tkan kunlar», «Bahor sevinchlari», «S.Ayniy ijodi va faoliyati», «Kecha va kunduz» romani haqida» kabi maqolalari zamonaviy adabiyotning dolzarb ijodiy masalalarini yoritishga bag‘ishlandi. Ayn «O'zbek shoiri Cho‘lpon» nomli maqolasida shoirning she'riy shakl, til va ifoda vositalari borasida erishgan ba’zi yutuqlarini ta’kidlagani holda uni millatchi, badbin ziyolilar shoiri deb chiqdi; ko‘proq shoir she’rlarining g‘oyaviy mazmuniga e'tibor qaratdi. Garchand Cho'lpon ijodiga baho berishda xatolarga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa-da, birinchilardan bo‘lib, o‘zbek adabiyotshunosligiga sotsiologik tahlil yo‘sinini olib kirganlar qatorida tilga olinadi. Zahmatkash, izlanuvchan va talabchan olim o‘z faoliyatining eng ko‘p qismini Alisher Navoiy hayoti va ijodini tadqiq etishga bag‘ishladi. Ulug‘ shoir hayoti, ijodi haqida keng va yaxlit tasavvur bera oladigan birinchi jiddiy ilmiy-ommabop asar yaratdi (1939). «Alisher Navoiy» (hayoti va ijodi) nomli monografiyasi (1948) I. Sulton tomonidan nashr etildi. O'zbek adabiyotshunosligida navoiyshunoslikning tarkib topishida, uning poydevorini yaratuvehilardan biri Olim Sharafiddinov bo‘ldi.

MATYOQUB QO'SHJONOV

Yetuk tanqidchi va adabiyotshunos, O'zR FA haqiqiy a’zosi, Hamza nomidagi O'zbekiston Davlat mukofoti sovrindori, filologiya fanlari doktori, professor Matyoqub Qo'shjonov o'zbek tanqidchiligida fikrlash tarzi va ifoda uslubi, jangovar haqgo‘yligi, sermahsul va salmoqdor tadqiqotlari bilan alohida ajralib turadi. U jahon va rus tanqidchiligi estetik an'analarini ijodiy o‘z!ashtirib, yangi sharoitlarda o‘zbek adabiyoti muammolari tadqiqi va tahlilida davom ettirgan munaqqiddir. Bizga taqdir ikki buyuk tanqidchi - Ozod Sharafiddinov va Matyoqub Qo‘shjonovni nasib etdi. Ularning har ikkovi ham ijodini jasorat bilan boshlab, o‘ziga xos ravishdagi jasorat bilan tugatdilar. Agar jahon adabiy tanqidchiligi antologiyasi chop etilsa, ularning har ikkovi ijodidan namunlar kiritilsa, har tomonlama adolatli ish bo'lur edi. Haqiqatan ham Matyoqub Qo‘shjonov jahon va rus tanqidchilari estetik tamoyillarini ijodiy o‘zlashtirib, o'ziga xos sharoitda, o'zbek adabiyoti materiallari asosida davom ettirgan jasoratli ijodkor-munaqqiddir. Matyoqub Qo‘shjonov Turkmanistonning Toshhovuz tumanidagi Hallang qishlog‘ida 1918-yilning 5- mayida cho‘pon oilasida tug‘ildi. To‘liqsiz o‘rta ma’lumot olgandan so‘ng Chorjo'ydagi o‘qituvchilar tayyorlash bilim yurti va qisqa muddat pcdagogika institutida tahsil oldi. 1942- yilgacha Toshhovuzdagi o‘rta maktabda o‘zbek tili va adabiyotidan dars berdi. M .Qo‘shjonovning adabiy tanqidchilik faoliyati Ijtimoiy Fanlar akademiyasida tahsil olayotgan paytlarida boshlandi. 1956-yili gazetada «Bir tanqidiy-biografik ocherk haqida» nomli birinchi taqrizi e'lon qilindi. Adabiy tanqidchi bo‘lishdek qiyin sohaning mas’uliyatini chuqur his etgan yosh olimning bu taqrizi uning istiqbolini yorqin ko‘rsatib turardi. Matyoqub Qo'shjonov mahoratiga xos fazilat shundaki, u badiiy asar tahlilida sof ilmiy akademizm usulini qo'llamaydi, o‘quvchi zavqlanib o‘qiydigan, zerikmaydigan uslubiy yo‘nalish tanlaydi. Bu esa uning san’at asariga, umuman, adabiyotga ilmty-estetik tamoyillar asosida yondashishini namoyon etadi.



M.Qo‘shjonov tanqidiy qarashlarining shak'lanishida rus tanqidchilari ta’siri katta bo’Idi. Tanqidchi tahlilga kirishar ekan, ko‘p hollarda V.Belinskiy uslubiga xos yo'l tutib, fikmi asar haqida ma'lumot berishdan boshlaydi. Bu esa munaqqid asarlarining o‘qishli va qiziqarli bo‘lishini ta’minlaydigan muhim omilga aylanadi. Abdulla Qodiriy san’ati va mahoratini o'rganish M. Qo'shjonov ijodining markaziy muammolaridan birini tashkil etdi. Uning Abdulla Qodiriyning tasvirlash san’ati» nomli asri adib ijodi nozik did va nafosat bilan, bor go'zalliklari va qudrati bilan tahlil etilgan o‘zbek adabiyolshunosligidagi dastlabki fundamental tadqiqot sifatida XX asr o'zbek tanqidida mustahkam o‘rin egalladi. Olim Abdulla Qodiriyning xarakter yaratish mahorati, xarakterning shakllanish omillarini aniqlash, san’atkorlikdagi jozib nuqtalarni topish xususan, «sir saqlash» san’atini birinchilardan bo‘lib M. Qo‘shjonov ko'ra oldi.
Yüklə 13,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə