1. Pedagoglik kasbining ijtimoiy qadri Jamiyat rivojlanishida ta'limning o'rni



Yüklə 56 Kb.
səhifə1/3
tarix27.12.2022
ölçüsü56 Kb.
#97955
  1   2   3
Pedagoglik kasbining ijtimoiy qadri jamiyatda pedagogik faoliyatining o`rni va zarurati


Pedagoglik kasbining ijtimoiy qadri jamiyatda pedagogik faoliyatining o`rni va zarurati

Reja:



1. Pedagoglik kasbining ijtimoiy qadri
2. Jamiyat rivojlanishida ta'limning o'rni.
3. Pedagogik faoliyat xususiyatlari.
4. Pedagogik mahorat tarkibiy qismlari.
Tayanch iboralar: taraqqiyot, zamonaviy mutaxassisga qo'yilayotgan talablar, ta'lim tizimi, pedagogik faoliyat, pedagogik mahorat, pedagogik qobiliyatlar, pedagogik texnologiya, pedagogik funksiya.


MS: Sizningcha, davlatning rivojlanishini belgilovchi eng asosiy omil nima?
Davlatlararo qattiq raqobat mavjud bo'lgan davrda har bir mamlakat barcha sohada raqobatbardosh bo'lishga harakat qiladi. Davlatning iqtisodiy, texnik rivojlanishiga qator omillar ta'sir ko'rsatishi tabiiy. Bular ichida: mamlakatda mavjud bo'lgan tabiiy resurslar, uning geografik joylashuvi, ta'lim tizimi, tarixi va boshqa ko'p omillardir. Lekin mavjud tabiiy resurslardan oqilona foydalana oladigan, davlatning tarixiy rivojlanishini belgilab beradigan (tarixni o'z qo'li bilan yaratadigan), davlat iqtisodiyotini boshqaradigan, yangidan-yangi texnikani yarata oladigan, mavjud ilg'or texnika va texnologiyalardan foydalana oladigan, ishlab chiqarishni yo'lga qo'ya oladigan omil bu albatta, inson omilidir. Shunday ekan, aynan inson omili, boshqacha qilib aytganda, inson resursi mamlakat rivojlanishida eng muhim rol o'ynaydi. Demak, O'zbekistonning kelajakda buyuk davlat bo'lishida ham inson omilining o'rni beqiyosdir.
MS: Xo'sh, kelajakda buyuk davlat barpo etishga qodir insonlarni tayyorlab berish birinchi o'rinda kimning qo'lida?
Bunday murakkab va muhim jarayonni amalga oshirishda turli sohalar mutaxassislari ishtirok etadilar, lekin bunda ustoz-murabbiylar o'rni beqiyosdir. Aynan ta'lim sohasida iqtisodiyotimizning barcha sohalari uchun mutaxassislar tayyorlanadi.
MS: Vaqt o'tishi bilan, zamon o'zgarishi bilan mutaxassislarga qo'yiladigan talablar o'zgarib boradimi, yoki ma'lum o'zgarmas talablar ro'yhati mavjudmi?
Ishlab chiqarish texnik taraqqiyot bilan bog'liq bo'lganligi uchun, odamzot bor ekanki, u hech qachon to'xtab qolmaydi. Rivojlanayotgan ishlab chiqarish esa mutaxassislar oldiga yangidan-yangi talablar qo'yaveradi. To'g'ri, hamma zamonda ham mutaxassislarga qo'yiladigan umumiy, o'zgarmas talablar mavjud, lekin ular ko'proq inson ma'naviyati bilan bog'liq talablardir: ishchanlik, halollik, hamkorlikda ishlay olish va boshqalar. Talabalarda bu fazilatlarni shakllantirishga ham pedagog alohida e'tibor qaratishi lozim, lekin kasbiy fazilatlarga to'xtaladigan bo'lsak, ular davr o'tishi bilan katta o'zgarishlarga uchraydi.

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə