Iqtisodiyot va turizm fakulteti



Yüklə 256,87 Kb.
səhifə2/6
tarix06.09.2023
ölçüsü256,87 Kb.
#121376
1   2   3   4   5   6
BOLTAYEV SUNNATILLO BYUDJET NAZORATINI TASHKIL ETISHDA G\'AZNACHILIK

Kurs ishining maqsadi: Byudjet nazoratini tashkil etishda g'aznachilik tizimining ahamiyati mavzusini o’rganish va tadqiq etishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari.

  • Byudjet nazoratini tashkil etishning ijtimoiy-iqtisodiy va nazariy-tashkiliy asoslarini o‘rganish;

  • Byudjet nazoratini tashkil etishda g'aznachilik tizimining ahamiyati va xarajatlarining hozirgi holatini o‘rganish;

  • Byudjet nazoratini tashkil etishda g'aznachilik tizimining ahamiyati va xarajatlarini muvofiqlashtirishning asosiy mexanizmlarini o‘rganib chiqish;

  • hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida mahalliy byudjetlarning roli va mohiyatini tahlil etish;

  • O‘zbekiston Respublikasida Byudjet nazoratini tashkil etishda g'aznachilik tizimining ahamiyati bo‘yicha xulosalar va takliflar ishlab chiqish.

Kurs ishining ob`ekti. Byudjet nazoratini tashkil etishda g'aznachilik tizimining ahamiyati.
Kurs ishining predmeti. Ilmiy ishning predmeti sifatida mahalliy byudjet munosabatlari va mahalliy byudjetlarni boshqarish jarayonlarini ilmiy o‘rganish olingan.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, 3 ta paragraph), xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat.
1.G‘aznachilik sharoitida budjet nazoratining tashkiliy va nazariy asoslari
Davlat budjeti ijrosining yangi mexanizmini amaliyotga kiritish bugungi kunda bedjet islohotlarining yirik yo‘nalishlaridan biridir. Davlat moliyasini samarali boshqarish zaruriyati mavjud budjet mablag‘laridan samarali foydalanish uchun budjet xarajatlarining nazoratini kuchaytirish talab etiladi. Davlat budjetini boshqarishni tashkil qilish ishlarini yuqori darajada ko‘tarishni G‘aznachilik tizimisiz taminlash mumkii emas. Chunki G‘aznachilik tizimi budjet daromadlari va xarajatlarini to‘g‘ri rejalashtirish xamda moliyaviy nazorat asosida ijro qilish imkonini beradi. Eng asosiysi G‘aznachilikda kelgusi yil loyxasini tayyorlash uchun prognoz ma’lumotlari shakllntiriladi xamda budjet mablag‘larini ishlatilishida samaradorlik va mantiqlilik oshiriladi.2
Ijtimoiy-iqgisodiy o‘zgarishlar, ijtimoiy-siyosiy tangliklar va moliyaviy inqirozlar sharoitida budjet nazoratining axamiyati o‘sib boradi va yangicha mazmun kasb etadi.
Budjet nazorati:
davlat moliyaviy nazoratining muxim qismi bo‘lib, budjet jarayonida amalga oshiriladi;
bosh maqsadi - budjet munosabatlarining barcha ishtirokchilari tomonidan budjet qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish;
budjet tizimi budjetlari mablag‘larining tashkil topishi, taksimlanishi va foydalanilishining qonuniyligi, maqsadga muvofiqligi va samarali ekanligini davlat organlari tomonidan tekshirish tadbirlari tizimi sifatida qaraladi;
qonunbuzarliklarning oldini olish, aniqlash, fosh qilish va bartaraf etish bo‘yicha choralarni qullashga, davlat budjetini shakllantirish va xarajatlarni amalga oshirishda yangi imkoniyatlarni topishga, soliq-budjet intizomini yaxshilashga yo‘naltirilgan;
hukumatning vakolatli organlari tomonidan hisob palatasi (O‘zbekistonning moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi oliy mustaqil organi)ni jalb qilgan holda, moliya va soliq organlari tomonidan (xukumat ijroiya organlarining nazorati) amalga oshiriladi.
Budjet nazoratining vazifalari:
budjet moddalari xajmi, tarkibi va maqsadliligi bo‘yicha to‘g‘ri tuzilishi va ijro etilishini ta’minlash;
budjet mablag‘lari xisobiga xarajatlarni nazarda tutuvchi yoki budjetning shakllanishi va ijrosiga ta’sir etuvchi davlat organlarining qonun va normativ-huquqiy hujjatlari loyihalari, davlat dasturlari va boshqa hujjatlarning moliyaviy ekspertizasini amalga oshirish;
buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishining to‘g‘riligi ustidan nazorat;
budjet mablag‘lari va budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘larining samarali va maqsadli ishlatilishi ustidan nazorat;
barcha darajadagi budjetlar va budjetdan tashkari jamg‘armalarga tushumlar to‘liq va o‘z vaqtida kelib tushishi ustidan nazorat;
budjet jarayonining barcha bosqichlarida budjet va soliq intizomiga rioya kilinishi ustidan nazorat;
turli darajadagi budjetlarning daromadlar bazasini oshirish va ularning xarajatlar qismini kamaytirish zaxiralarini aniklash;
budjetlararo munosabatlar mexanizmini amalga oshirish ustidan nazorat;
isrofgarchilik va moliyaviy suviste’mollikni aniqdash, soliq imtiyozlari, davlat dotatsiyalari, subventsiyalar, transfertlar va aloxida to‘lovchilar yoki hududlarga boshqa turdagi yordamlarni berish bo‘yicha noqonuniy qarorlarning oldini olish va aybdor shahslarga tegishli jazo choralarini qo‘llash;
budjet-moliya
intizomini
kuchaytirish
maqsadida
profilaktika, axborot-tushuntirish ishlari olib borish.
Budjet nazorat
tizimi o‘zida quyidagi elementlarni mujassamlashtiradi:
nazorat sub’ekti;
nazorat ob’ekti;
nazorat predmeti;
nazorat printsiplari;
nazorat texnikasi va texnologiyasi;
nazoratni amalga oshirish uchun dastlabki ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash;
nazorat natijasi;
nazorat natijasi bo‘yicha qaror kabul kilish;  nazorat samaradorligini baholash.
Yukrrida sanab o‘tilgan elementlar yig‘indisi budjet nazorati mexanizmini tashkil etadi va u moliya (budjet) qonunchiligining normativ-huquqiy hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Budjet nazorati predmetiga kuyidagilar kiradi: budjet jarayonining barcha bosqichlari; budjetga soliq va boshqa majburiy to‘lovlarning tushishi; budjetdan tashkari jamg‘armalarga ajratmalar; solikdar bo‘yicha hisob-kitoblar; buhgalteriya (moliyaviy) hisobi va hisoboti; maksadli budjet jamg‘armalari; dotatsiyalar; subventsiyalar; ssudalar; transfertlar; tovar-moddiy boyliklarini ayirboshlash va tekinga berish; bojxona qiymati va boshqalar.
Moliyaviy faoliyatning ajralmas qismi hisoblangan budjet nazoratiga qonuniylik, rejalilik, tizimlilik, uzluksizlik, samaralilik, oshkoralik, mustaqillik, ob’ektivlik va layoqatlilik printsiplari xosdir.

2-rasm. Budjet nazoratining printsiplari
Qonuniylik printsipi Konstitutsiya bilan belgilangan bo‘lib, davlat va uning barcha organlari (shu jumladan nazorat organlari) qonunga muvofiq faoliyat yuritishini, jamiyat va fuqarorlarning manfaatlari himoya qilinishiini ta’minlashini nazarda tutadi va pul mablag‘lari jamg‘armalarining yaratilishi, taqsimlanishi va ulardan foydalanish jarayoni moliya va budjet qonunchiligi normalari bilan mutassal tartibga solinishida namoyon bo‘ladi.
Rejalilik printsipi davlatning moliyaviy faoliyati moliya-reja hujjatlari
(davlat budjeti, mahalliy budjetlar, davlatning budjetdan tashkari jamg‘armalari budjetlari, budjet tashkilotlari smetalari, davlat korxonalarining daromadlar va xarajatlar balansi) tizimiga asoslanganini anglatadi, ularni tuzish, tasdiqlash, ijro etish tartibi tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Tizimlilik printsipi nazorat tadbirlarini o‘tkazishda nazorat ob’ektining barcha tomonlari va uning o‘zaro aloqalari vertikal va gorizontal boshqaruv tizimlari bo‘yicha ko‘rib chiqilishini nazarda tutadi3.
Uzluksizlik printsipi barcha nazorat ob’ektlari (boshqariladigan tizim) nazorat sub’ektlari (tizimni boshqaruvchilar) tomonidan doimiy ravishda amalga oshiriladigan dastlabki operativ va davriy nazorat, ularning faoliyatlari shartlari va xususiyatlaridan kelib chikib belgilangan muddatlarda nazorat ostida bo‘lishini anglatadi. Bu rejalar va vazifalarning bajarilishi ustidan doimiy kuzatishni, belgilangan ko‘rsatkichlardan og‘ishlar aniqlanganda faoliyatga tuzatishlar kiritish choralari ko‘rilishini ta’minlaydi.
Nazoratning samaraliligi printsipi moliya-xo‘jalik faoliyatidagi me’yordan og‘ishlarni va ularning sabablarini o‘z vaqtida va to‘liq aniqlashda, shuningdek yuz bergan salbiy xolatlarni tezkorlik bilan bartaraf etish va etkazilgan moddiy zararni o‘z vaqtida koplashda namoyon bo‘ladi.
Oshkoralik printsipi jamiyat e’tiboriga ommaviy axborot agentligi orqali turli moliyaviy reja xujjatlari loyihalarini, ularning ijrosi bo‘yicha berilgan xisobotlarni, moliyaviy faoliyatni tekshirish va taftish kilish natijalari mazmunini etkazishda namoyon bo‘ladi.
Mustakillik printsipi nazorat kiluvchi organning moliyaviy mustakilligini, nazorat organlari raxbarlarining vakolat muddatlari parlamentnikiga nisbatan uzunligini, ularning makrmi Konstitutsiya bilan belgilanganligini ko‘rsatadi.
Ob’ektivlik va layokatlilik (kompetentlik) printsipi nazorat natijalari, tekshirilgan faktlarning mazmuni konunlar, yuriknomalar va mansabdor shaxslarning faoliyatini nazorat kilishni tartibga soluvchi boshkaruv organlarining farmoyishlari bilan solishtirish asosida to‘g‘ri, tulik va ob’ektiv tushuntirilishini nazarda tutadi. Bu printsip nazoratchi-taftishchilar kasbiy maxoratining yukoriligini va ular amaldagi konun x,ujjatlariga tulik rioya kilishlarini takozo etadi.
Nazorat boshqaruvning bir funksiyasi sifatida boshqariladigan ob’ekt faoliyati monitoringini amalga oshirib, qabul kilingan qarorlar maqsadi va samaradorligini baholash va ularni ijrosi natijalari yuzasidan chetlanishlarni aniqlash va ularni tuzatishni amalga oshirish imkonini yaratadi. Shunday qilib nazorat boshqaruv tsiklining shunday bosqichida amalga oshiriladiki haqiqiy sodir etilgan voqelik qabul qilingan rejalarga muvofik keladimi yoki yuqmi? Agarda sal chetlanishlardagi holatlar salbiy bo‘lsa u xolda ularni vujudga kelish sababi va aybdorlari aniqdaniladi va ularni tuzatishga qaratilgan chora tadbirlar belgilaniladi. Shunday qilib nazoratning funksiyasi ko‘p qirrali bo‘lib, belgilangan maqsad bilan amalga oshirilgan ishni taqqoslash maqsadida xaqiqiy axvolni tahlil kilish, nazorat qilinayotgan faoliyatni bahloash va aniqlangan kamchiliklarni tuzatish yuzasidan choralar ko‘rishni o‘z ichiga oladi.
G‘aznachilik operatsiyalarini nazorati moliyaviy nazoratning tarkibiy qismi bo‘lib G‘aznachilik operatsiyalarini nazoratini haqida so‘z yuritishdan oldin moliyaviy nazorat haqida tushinchaga ega bulishimiz kerak.
Moliyaviy nazorat - bu moliyaviy tekshirish va u bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar xarakatini va muomalasini majmui bo‘lib, xo‘jalik sub’ektlari faoliyatini va boshqarishni o‘ziga xos usullar va shakllar yordamida tashkil etish.
Mamlakat iqtisodiyoti va moliya tizimining samarali amal qilishining zaruriy sharti bo‘lib moliyaviy nazorat xizmat qiladi.
Moliyaviy nazorat jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqarish ustidan davlat nazoratining tarkibiy elementi bo‘lib xisoblanadi. Davlat moliyaviy nazoratning boshqaruv tizimining asosiy elementi bo‘lgan umumiy nazorat tizimidagi muhim o‘rni va ahamiyati shundaki, birinchidan, moliya o‘zi iqtisodiy kategoriya sifatida ob’ektiv tarzda nazorat funksiyasini bajaradi. Ikkinchidan, bozor iqtisodiyotida moliyaviy munosabatlarning roli oshib boradi. Barcha uzluksiz takror ishlab chiqarish jarayonlarini, xo‘jalik yuritishning barcha pog‘onalari, davlat boshqaruvining barcha darajalarini qamrab olar ekan moliyaviy nazoratning universal quroli sifatida amal qiladi.
Moliyaviy nazorat - davlat tomonidan tashkil etilgan, nazorat vazifalari yuklatilgan davlat yoki mustakdl jamoat organlari tomonidan xukumat, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar faoliyatining samaradorligini anikdashga qaratilgan nazorat tizimidir. Davlat budjetini shakllantirish va sarflashdagi rezervlarni, moliyaviy va moddiy resurslarni boshqarishning barcha darajalarida operatsiyalarning maqsadga muvofiqligi va samaradorligini, qonuniylik printsiplaridan chetga og‘ish va ularni buzishlarni aniqlash nazorat tizimi vazifasiga kiradi. Nazoratni maqsadi - to‘zatish choralarini ko‘rish, aybdorlarni javobgarlikka tortilishini oldini olishdan iborat.Bizning davlatimiz moliyaviy qonunchiligining asosiy negizi Mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasi bo‘lib, ushbu qonunchilik respublikamiz davlat mustaqilligiga erishgan vaqtdan boshlab shakllana bordi. Respublikada mustaqillik yillarida bir qancha asosiy qonunchilik hujjatlari qabul qilingan bo‘lib, ular hozirgi rivojlanish bosqichida davlatning moliyaviy faoliyati huquqiy negizini yaratadi.
Davlatni boshqarish funksiyasining muhim funksiyalaridan biri bo‘lgan moliyaviy nazorat davlat tuzilmasining ajralmas qismi hisoblanadi. Bozor iqtisodyotiga o‘tish sharoitida moliyaviy nazoratning roli yanada oshadi. Bir tomondan, moliyaviy nazorat moliyani boshqarishning yakuniy bosqichi hisoblansa, boshqa tomondan esa, uni samarali boshqarishning zarur sharti bo‘lib xizmat qiladi. Moliyaviy nazorat moliyaviy resurslar harakatining xamma jarayonlarini o‘z ichiga oladi mablag‘larni tashkil topish jarayonidan boshlab, har qanday faoliyatni boshlashdan to uning moliyaviy natijalarini aniqlashgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishda, davlat mulkini xususiylashtirish natijasida moliyaviy mexanizm va moliyaviy tizimni tashkil etish talabini qo‘yadi. Natijada ushbu sharoitda moliyaning o‘zi kabi moliyaviy nazoratning xam maqsad va vazifalari, shakllari tubdan o‘zgardi.
Endi u faqatgina jazolovchi organ sifatida emas, balki davlatning o‘z vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larning to‘liq to‘planishi, budjet mablag‘laridan maqsadga muvofiq samarali xarajat qilishni nazorat qilish, maslahat va ko‘rsatmalar berish kabi vazifalarni bajarmokda. Iqtisodiyotning markazlashmagan tizimga o‘tishi, O‘zbekiston Respublikasi mulklarini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish natijasida moliyaviy nazoratning roli yanada oshadi. O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati tomonidan davlat nazoratini tashkil etish muammosiga qayta qurish jarayonida juda katta e’tibor berilmoqda va quyidagi me’yoriy xuquqiy xujjatlar qabul qilindi: O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 13 yanvar №504-XII “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasi davlat nazorati qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabr № 734-XII “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, mazkur Qonunning yangi tahriri O‘zbekiston Respublikasi 2000 yil 26 maydagi 78-II son Qonuniga muvofiq tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 16 fevral “O‘zbekiston Respublikasida davlat nazorati tizimini takomillashtirishning ayrim choralari to‘g‘risida”gi Farmoni, 1996 yil 8 avgustdagi “Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi organlarning faoliyatini muvofiqlashtirishni takomillashtirish to‘g‘risida” kabi hujjatlar qabul qilinib, amaliyotga joriy etildi. Ushbu ishlar yana davom ettirilib, 2000 yildan xozirgi davrgacha O‘zbekiston Respublikasi moliyaviy nazoratni Amalga oshirish Bo‘yicha ko‘plab qonunchilik aktlari qabul qilindi. (O‘zbekiston Respublikasi “Budjet tizimi to‘g‘risidagi”, “Davlat budjetining G‘aznachilik ijrosi to‘g‘risida”gi Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 13 dekabrdagi №UP-3161 Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 15 noyabrdagi Qarori va boshqalar).
Amalga oshirish bilan bog‘liq munosabatlarni quyidagicha guruhlash mumkin:
• Ho‘jalik sub’ektlarining faoliyatini davlat nazorati O‘zbekiston Respublikasini 1998 yil 24 dekabr №717-1 “Xo‘jalik sub’ektlari faoliyatini davlat nazorati to‘g‘risida”gi Qonuni asosida tartibga solinadi;
• Davlat nazoratini prokuror nazorati tomonidan amalga oshirilishi tegishli qonunchilik asosida tartibga solinadi;
• Davlat nazoratini soliq tekshiruvlari yo‘li bilan amalga oshirish tegishli soliq qonunchiligi tomonidan belgilanadi. Lekin O‘zbekistonda moliyaviy nazoratni tashkil etishga alohida e’tibor qaratilganligi bilan umumiy qabul qilingan jahon amaliyotiga to‘liq mos keltirish bo‘yicha tegishli ishlarni amalga oshirish lozim.
Moliyaviy nazorat tizimi o‘z tarkibida - sub’ektlar (nazorat qiluvchilar), ob’ektlar (nazorat qilinuvchilar), nazoratning usul va vositalarini birgalikda jamlaydi. Moliyaviy nazoratning maxsus uslublari: doimiy monitoring-kuzatuv, markazlashgan topshiriqlar bo‘yicha tekshirish, xarajatlar smetasining ijrosi yuzasidan hujjatli taftish, xo‘jalik faoliyati tahlili singari birmuncha xususiy uslublarga bo‘linadi. Oraliq vazifalarni bajarish uchun hujjatlarni muqobil tekshirish, pul mablag‘lari va moddiy boyliklarni ro‘yxatga olish, miqdor hisobni tiklash va boshqalardan foydalaniladi4.
Moliyaviy nazorat, shuningdek majburiy va o‘z tashabbusiga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin. Nazorat samaradorligiga rasmiy va mantiqiy, hujjatlar va faktlar asosidagi tekshirishlar kabi xilma-xil usullarni qo‘shib foydalanish orqali erishiladi. Bundan tashqari, budjet ijrosining nazorati to‘liq yoki qisman, kompleks yoki mavzuli, yoppasiga yoki tanlab o‘tkaziladigan nazorat turlariga bo‘lish tekshirish hajmi, yoki tekshirilayotgan ob’ektning to‘liq qamrab olinishiga bog‘liq.
O‘zbekiston Respublikasi ham moliyaviy nazorat sohasida jahondagi rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda, ularda mavjud bo‘lgan moliyaviy nazorat tizimiga o‘tish borasida muhim bo‘lgan ishlar amalga oshirilmokda. Jumladan, har tomonlama xolis bo‘lgan, ijroiya hukumatiga emas, balki qonun chiqaruvchi davlat organiga bo‘ysunuvchi O‘zbekiston Respublikasi hisob palatasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 21 iyundagi PF-3093 sonli «O‘zbekiston Respublikasi hisob palatasini tashkil etish to‘g‘risida»gi farmoniga asosan tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahqamasininig “Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish loyxasini amalga oshirishga tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002 yil 26 aprelda 144-son Qaror qabul qilindi. Mazkur loyxani amalga oshirishga Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan 400.0 ming AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratildi. Qarorda aytilishicha, Yaponiya hukumati tomonidan O‘zbekiston Respublikasida moliya axborot tizimining funktsional va texnikaviy tuzilmasini ishlab chiqishga 500.0 ming AQSh dollari miqdorida grant berilishi bildirildi.
Mazkur loyihaning maqsadi davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirish, zamonaviy kompyuterlar va axborot texnologiyalaridan foydalangan xolda budjet mablag‘larining samarali sarflanishini ta’minlash, budjet ijrosining yangi tizimini yaratishdan iboratdir. Ko‘rsatib o‘tilgan loyxani amalga oshirish yuzasidan mas’uliyat O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligiga yuklatildi.
Loyxani tayerlash va amalga oshirish maqsadida muvofiqlashtiruvchi kengash tuzildi. Bu kengashning asosiy vazifalari etib quydagilar belgilandi:
- loyxani tayyorlash va amalga oshirish bo‘yicha monitoring olib borish:
- loyxa doirasida jalb etiladigan vaqolatli organlar konsalting qompaniyalari faolnyatnni muvofiqlashtirish;
-loyxani tayyorlash va amalga oshirish uchun jalb qilinadigan mablag‘lardan samarali foyidalanish nazoratini taminlash:
-tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha qarorlar qabul qilish va ularnni natijaiarini, tender qomissiyalari tarkibini tasdiqlash.
O‘zbekiston Respublikasi xukumatining davlat moliyasini isloh qilish bo‘yicha muxim qadamlaridan biri 2004 yil 26 avgusidagi O‘zbekiston Respublikasining “Davlat budjeti g‘azna ijrosi to‘g‘risidagi 664-11 sonli Qonunini qabul qilish bo‘ldi. Bu Qonun budjet mablag‘lari xarajatlarini boshqarish va nazorat qilish jarayonlariga keskin o‘zgarishlar kiritildi. Ushbu Qonunni maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Davlat byujetini va budjet tashkilotlarini budjetdan tashqari mablag‘larini g‘azna ijrosi soxasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Keyingi me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib 2006 yilda O‘zbekiston Respublikasi
Moliya Vazirligida 1599-raqam bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazprligi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqarish tomonidan qabul qilingan Samarqand viloyati va Toshkent shaxar mahalliy budjetlarini g‘azna ijrosi to‘g‘risidagi Vaqg‘inchalik qoidalarni tasdiqlash tug‘risidagi qo‘shma Qarori xizmat qiladi.
Ushbu Qaror 2006 yil 3 avgustdan kuchga kirdi. Mazkur Vaqtinchalik qoidalar
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat budjeti g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi va
“Budjet tizimi to‘g‘risida”gi Qonunlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 27 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasining 2006 yilning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risidagi PQ-244-sonli Qarorining 18-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, Samarqand viloyati mahalliy budjeti g‘azna ijrosini amalga oshirish tartibini belgilab berdi.
Davlat budjetining g‘azna ijrosini tadbiq etish hisobiga budjet tizimini yanada isloh etish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanilgan xolda budjet mablag‘larini maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni quchaytirish barcha hrajalardagi budjet daromad va xarajatlarini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida 2007 yil 28 fevralda "Davlat budjeti g‘azna ijroti tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-594 sonli Qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjetining g‘azna ijrosini tadbiq etish va uslubiyoti boshqarmasi hamda mahalliy moliya organlarining G‘aznachilik bo‘linmalari negizida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning xududiy bo‘liimalari tashkil etildi.
PQ-594-son Qarorning‘ bandlarini bajarshp doirasida 2007 yil 20 martda
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 53-sonli Qarori bilan
"O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi to‘g‘risida Nizom tasdiqlandi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligining asosiiy vazifalari, fuiqtsiyalari, vakolatlari va javobgarligini belgilab berldi
G‘aznachilik o‘z faoliyatini davlat boshqaruvini boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari, boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro xamkorlikda bevosita va o‘zining xdudiy bo‘linmalari orqali amalga oshiradi.
G‘aznachilik Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaxri G‘aznachilik boshqarmalari xamda tumanlar (shaxarlar) G‘aznachilik bo‘linmalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muxrga ega bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaxri G‘aznachilik boshqarmalari yuridik shaxslar xisoblanadi.
2007 yil 30 avgustdada O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi "Davlat budjeti g‘azna ijrosi bo‘yicha funksiyalarini chegaralash to‘g‘risida Nizomni 119-sonli buyrug‘i bilan tasdiqladi. Ushbu buyruq bilan tasdiqlangan Nizom
O‘zbekiston Respublikasi budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjet va mahalliy budjetlarning g‘azna ijrosi borasida Qozog‘iston Respublikasi Moliya
Vazirligi Markaziy aparat tarkibiy bo‘linmalari (G’aznachilkdan g‘ashqari),
Moliya organlari zimmalariga qo‘yilgan funksiyalar bilan O’zbekiton Respublikasi Moliya Vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalari zimmalariga yuklatilgan funksiyalarini chegaralab berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligini 2009 yil 4 avgustdagi 69-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009 yil 16 sentabrda 2007-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan "Davlat budjetining g‘azna ijrosi Qoidalari" qabul qilindi.
2014 yil O‘zbekiston Respublikasining 2014 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida PQ-2099 sonli qarori,
2014 yildan kuchga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi.
Unda:
-O‘zbekiston Respublikasi byudjeg‘ tizimi tuzilishi va uni boshiqarish asoslarini; -Davlat budjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijro etish tartibini:
-Davlat budjeti daromadlarini shakillantirish va xarajatlarini amalg‘a oshirish oshirilishi:
-Davlat byudjeg‘i tuzilzmasiga kiruvchi byudjeg‘lar o‘rg‘asidagi o‘zaro munosabatlarni, davlat budjeti mablag‘lari bilan operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida xisobga olish, xisobot va nazorat qilish tartibini belgilaydi.



Yüklə 256,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə