Iqtisodiyot va turizm fakulteti


G‘aznachilik sharoitida budjet nazoratini amalga oshirishning amaliyoti tahlili



Yüklə 256,87 Kb.
səhifə3/6
tarix06.09.2023
ölçüsü256,87 Kb.
#121376
1   2   3   4   5   6
BOLTAYEV SUNNATILLO BYUDJET NAZORATINI TASHKIL ETISHDA G\'AZNACHILIK

2.G‘aznachilik sharoitida budjet nazoratini amalga oshirishning amaliyoti tahlili
Mamlakatimizda bugungi raqamli iqtisodiyot sharoitida barcha sohalarda tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Har bir sohada bugungi globallashuv jarayonida sifatli va raqobatbardosh tizim yaratish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda.
Iqtisodiyotning hozirgi integratsiyalashuvi va globallashuvi kuchayib borayotgan bir davrda davlat sektorida budjet tizimi budjetlari ijrosini ta‘minlashda budjet hisobi va nazoratini xalqaro standartlarga mos holda yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda.
Prezidentimiz tashabbusi bilan 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi. Ushbu Harakatlar strategiyasidagi oliy maqsadlarni ro’yobga chiqarish maqsadida barcha sohalarga qaratilayotgan e‘tibor singari davlat moliyasini boshqarishda xorijiy tajribalardan foydalanib innovatsion usullarni joriy qilish orqali sohani yanada rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Jumladan, “Xarajatlarning ijtimoiy yo’naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat budjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta‘minlash, mahalliy budjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish hamda ilg’or xalqaro tajribada qo’llaniladigan vositalardan foydalangan holda moliya siyosatini yanada takomillashtirish”5 vazifalari qo’yilgan.
2022-yildan boshlab, “O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining samaradorligini oshirish, budjet qonunchiligi buzilishining profilaktikasini kuchaytirish va masofaviy moliyaviy nazoratni kengaytirish, shuningdek, davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida: Hisob palatasi, Iqtisodiyot va Moliya vazirligi, vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlariga birinchi navbatda budjet qonunchiligi buzilishining profilaktikasiga alohida e‘tibor qaratish, jumladan: budjet tashkilotlarida ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlarning to’g’ri hisoblanishi, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan obyektlarda amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini monitoring qilish va ularda nazorat tadbirlarini o’tkazish, budjet tizimi budjetlaridan to’lanayotgan subsidiyalarning manzilliligini va samaradorligini baholash, davlat xaridlarida qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishini nazorat qilish, davlat qarzi va grantlar hisobiga amalga oshirilayotgan loyihalarning natijadorligini o’rganish” vazifalari yuklatildi.
“Iqtisodiyot va Moliya vazirligi, Hisob palatasi hamda Bosh prokuraturaning Moliya vazirligi tarkibidagi Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari negizida Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzurida Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tashkil etildi.Iqtisodiyot va Moliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda “Elektron nazoratchi-taftishchi” dasturiy majmuasini quyidagi bosqichlarda:
birinchi bosqichda — 2022-yil 1-sentabrga qadar vazirlik va idoralar bilan real vaqt rejimida axborot almashinuvi orqali budjet qonunchiligini buzish xavfini tahlil qilish maqsadida Moliya vazirligining moliyaviy nazorat ma‘lumotlari bazasini ishga tushirish; ikkinchi bosqichda — 2023-yil 1-yanvarga qadar davlat moliyaviy nazorati obyektining muayyan davr uchun ayrim masalalar bo’yicha faoliyatini nazorat qilish (mavzuli nazorat) modulini yaratish” belgilandi.
Budjet munosabatlarini tartibga solish va ularni nazoratini amalga oshirish bugungi kunda barcha xorijiy davlatlar qatori mamlakatimizning ham asosiy masalasi hisoblanadi.
Mazkur masalalar bo‘yicha bir qator iqtisodchi olimlarimiz o‘zlarining fikr va mulohazalarini bildirib o‘tishgan. Quyida bir qator tadqiqotchilarning budjet, budjet munosabatlari va budjetlararo hisob-kitoblar borasidagi fikrlarini tahlil qilamiz.
I.N.Qo‘ziyev, SH.V.G’aniyev, A.S.Ramazonovlarning ta’kidlashicha: Budjet hisobi va nazorati davlat budjeti, davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamg’armalari budjeti ijrosi bo‘yicha yuritiladi va budjetlar ijrosi holati haqida ma‘lumotlarni shakllanishini ta‘minlaydi.
Budjet hisobi va nazorati – budjet tizimi budjetlarini ijro etishda hisobga olinadigan, pulda ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning, shuningdek mazkur aktivlar va majburiyatlarni o’zgartiruvchi operatsiyalarning holati to’g’risidagi axborotni to’plash, ro’yxatdan o’tkazish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimidir.
Vahobov A.V., Malikov T.S. larning tahlil qilishicha Budjet jarayoni budjetni rejalashtirishdan boshlanadi. Budjetni rejalashtirish davlat moliyaviy siyosati talablariga muvofiqlashtirilgan moliyaviy rejalashtirishning muhim tarkibiy qismini tashkil qiladi. Bunday rejalashtirishning iqtisodiy vazifasi turli darajadagi budjetlar va budjetdan tashqari jamg’armalarni tuzish va ijro etish jarayonida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning umummilliy dasturlari asosida yalpi ichki mahsulot va milliy daromad qiymatini moliya tizmi bo’g’inlari o’rtasida markazlashtirilgan tarzda qayta taqsimlash proporsiyalarini to’g’ri belgilashdan iboratdir.
Ba’zi bir mamlakatlarda budjet loyihasini tuzish davlat ijroiya hokimyati boshlig’i (rahbari)ning kelgusi yilga mo’ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining umumiy yo’nalishlari bo’yicha chiqishidan (ma’ruzasidan) boshlanadi. Masalan AQSh da prezidenti amerika xalqiga Budjetnoma bilan murojaat qilib, unda pul- moliya siyosatining asosiy vazifalari, kelgusi budjet yili va navbatdagi to’rt yil uchun federal budjet daromad va xarajatlarining hukumat bahosi shakllantiriladi6.
M. Ostonaqulovning tahlil qilishicha “Budjet tizimining asosiy prinsiplaridan biri bo‘lgan budjet daromadlarining xarajatlarga teng bo‘lishi ta’minlanishi kerak. Budjetlarni tuzish va tasdiqlash jarayonida budjetlar o‘rtasida o‘zaro hisob-kitoblar paydo bo‘ladi. Shuningdek, tasdiqlangan budjetlarning bajarilishi jarayonida ham budjetlar o‘rtasida o‘zaro hisob-kitoblar paydo bo‘lishi mumkin. Demak, budjetlararo hisob-kitoblar ikki turga bo‘linadi. Budjetlarni tuzish va tasdiqlash mobaynida, moddiy-texnika bazalari bir xil bo‘lmaganligi uchun, budjetlarning ayrimlarida daromadlari rejalashtirilayotgan xarajatlaridan ortiqcha bo‘lsa, boshqalarida esa rejalashtirilayotgan xarajatlari summasi rejalashtirilayotgan budjet daromadlaridan oshib kctishi kuzatiladi.
Davlat budjeti ijrosi jarayonida alohida budjetlar bilan hisob-kitob munosabatlari vujudga kelishi mumkin. Bunday o‘zaro hisob-kitoblar vujudga kelishi asosida har bir ma’muriy-hududiy bo‘linmaning budjeti daromadlar va xarajatlar balansi tarzida tashkil topishi yotadi. Barcha xarajatlar rejalashtirilgan daromadlar bilan qoplanadi. Shuning uchun, budjet tasdiqlangandan so‘ng, qo‘shimcha xarajatlar yuklansa, ulami ta’minlash uchun mablag‘ ham berilishi kerak bo‘ladi. Daromad beruvchi manbalar kamayganda ulami qoplash uchun mablag‘lar olinishi kerak bo‘ladi. Tasdiqlangan budjctda ko‘zda tutilmagan daromadlaming manbalari paydo bo‘lganda qo‘shimcha hisoblangan daromad summasi yuqori budjetga berilishi kerak bo‘ladi”.
O‘zbekistonda budjet tizimi, budjetlararo hisobotlar va ularning nazoratini joriy etishda amalga oshirilayotgan keng – ko‘lamli amaliy ishlar tahlil qilingan. Mazkur tahlil jarayonini yanada tushunarli va aniq bo‘lishi uchun maqolada chizmalar usulidan foydalanilgan.
Budjetni ijro etishning eng muhim vazifasi ikkiyoqlama harakterga ega bo’lib, u bir tomondan, soliqlar va boshqa to’lovlarning yoppasiga hamda har bir manbalar bo’yicha to’liq va o’z vaqtida tushib turishini ta’minlashni, ikkinchi tomondan esa, budjet tasdiqlangan yil uchun shu moliyaviy yil davomida budjetda tasdiqlangan summalar chegarasida barcha tadbirlarni moliyalashtirilishni taqozo etadi.
Budjet ijrosi davomida davlat ishlab chiqarishni intensifikatsiyalash va samaradorligini oshirish hisobidan resurslarning oshishidan, mablag’larni sarflashda iqtisod rejimiga rioya qilinishidan, soliqli daromadlarning to’liq jalb qilinishidan manfaatdordir.
Budjet hisobi va nazoratini yuritishdan maqsad foydalanuvchilarga budjet ijrosi jarayoni bo’yicha to’liq hamda aniq buxgalteriya va moliyaviy axborotlarni shakllantirib berishdan iborat.
Budjet ijrosi jarayonida nazoratning maqsadi – budjet ijrosini amalga oshirish va natijalarini shakllantirishni haqqoniyligini aniqlash va tahliliy axborotlarni shakllantirishdan iborat bo’lib quyidagi vazifalarni o’z ichiga oladi:
Budjet daromadlari va xarajatlarining rejalashtirilishi hamda uning ma‘lumotlari haqqoniyligini aniqlash;
Budjet ijrosi jarayonida muomalalarni to’liq va to’g’ri hujjatlashtirilishini aniqlash;
Davlat maqsadli jamg’armalari budjeti daromadlari va harajtlarini rejalashtirish hamda ushbu ma‘lumotlarning haqqoniyligini aniqlash
Budjet ijrosi jarayonida buxgalteriya hisob hisobvaraqlarini yuritilish holati va haraktini to’g’riligini aniqlash;
Budjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga oshirilishi va natijalarni shakllantirilishi to’g’riligini tekshirish;
Mulkiy qiymatliklar va majburiyatlarning holati hamda moliyaviy natijalar to’g’risidagi to’liq hamda aniq ma‘lumotlarni shakllantirilishini tekshirish;
Budjet ijrosiga oid buxgalteriya hisobi ma‘lumotlarini to’g’ri umumlashtirilishi va hisobtlarni haqqoniyligini tekshirish;
Nazorat - funksiyasi orqali budjet mablag’laridan maqsadli foydalanish mulklarni saqlanishi, tayinlanishi bo’yicha sarflanishi tizimi yo’lga qo’yiladi.
Moliyaviy nazorat – bu davlat tomonidan tashkil etilgan kuzatish tizimi bo’lib unga davlat, mustaqil va jamoa tuzilmalari kiradi. Ular davlat hokimiyati organlari, korxona va tashkilotlar faoliyati samaradorligini, saloxiyati zahiralarini, davlat budjeti xarajatlarini, qonun va me‘yoriy hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilishadi. Moliyaviy nazorat tizimiga: davlat nazorati, idoraviy nazorat, ichki xo’jalik nazorati, jamoaviy nazorat va mustaqil auditorlik nazorati kiradi7.
Davlat nazorati - tuzilmasi bir muncha murakkab bo’lib, Davlat nazoratining subyektlari moliyaviy nazorat o’tkazish huquqiga ega Hisob palatasi, Iqtisodiyot va Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, Markaziy bank va boshqalar kiradi. Nazorat obyektlari bo’lib mulk shaklidan qat’iy nazar barcha korxona va tashkilotlar hisoblanadi.
Idoraviy nazorat – barcha vazirlik va qo’mitalar boshqaruv tuzilmasiga kiruvchi nazorat va taftish bo’limlari yoki ichki audit boshqarmalari hisoblanadi. Bu nazorat bo’g’inining obyektlariga barcha davlat korxona va tashkilotlari yoki 50 foizdan ortiq aksiyalari davlatga tegishshli aksiyadorlik jamiyatlari kiradi. Mustaqil audit – mustaqil auditorlik firmalari va nodavlat sektori korxonalari hisoblanadi.
Respublika, Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy budjetlar ijrosining hisobi – Iqtisodiyot va Moliya vazirligi va tegishli hududiy moliya organlari hamda Iqtisodiyot va Moliya vazirligining g’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari tomonidan olib boriladi;
Davlat maqsadli jamg’armalar (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi mutaxassislarni xorijga tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo’yicha «El-yurt umidi» jamg’armasi, pensiya jamg’armasi va boshqalar), shuningdek boshqa budjetdan tashqari jamg’armalar ijrosining hisobi – tegishli budjetdan tashqari jamg’armalar tomonidan olib boriladi;
Budjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetasi ijrosining hisobi bo’yicha - budjet tashkilotlari tomonidan olib boriladi. Davlat moliyaviy nazorati: respublika darajasida — O’zbekiston Respublikasi respublika budjetining, davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining va respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari budjetdan tashqari jamg’armalarining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan; mahalliy darajada — Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining, Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari budjetdan tashqari jamg’armalarining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan amalga oshiriladi.
Budjet mablag’larini sarflanishini to’g’ri rejalashtirish, undan samarali foydalanish mamlakatimiz ijtimoiy, iqtisodiy hamda siyosiy ahvoliga bevosita ta’sir ko’rsatib bu budjet tizimi hamda jarayonini qayta ko’rib chiqish ahamiyatini oshiradi. Avvalambor, budjet jarayoniga ta’rif beradigan bo’lsak, “Budjet jarayoni- davlat budjetini tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish va ijro etish, uning ijrosini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning qonun hujjatlari bilan tartibga solingan jarayon44”. Budjet jarayonining mazmuni mamlakatning davlat va budjet tuzilishi, tegishli organlar va yuridik shaxslarning budjet huquqlari bilan belgilanadi hamda budjet jarayonining mazmunini belgilashda budjetni tuzish tartibi, uning normativ-huquqiy va tashkiliy asosi, mamlakat budjetini tuzishning nazariy va metodologik masalalari muhim rol o’ynaydi.
Budjet tashkilotlari joriy yilga moliyaviy natijalarni mablag’larni shakllanishi manbalari bo’yicha shakllantiradi va yakuniy moliyaviy natijani aniqlaydi. Budjet hisobini tashkil etish moliya organlari va budjet tashkilotlarini rahbarlari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Davlat budjet tasdiqlangandan so‘ng davlat va mahalliy soliqlar va daromadlar to‘g’risida, ma‘muriy-xududiy bo‘linishdagi, korxonalar, tashkilotlar va xo‘jalik birlashmalarining bo‘ysunishidagi o‘zgarishlar, turli xildagi bo‘ysunishidagi qurilish obyektlari o‘rtasida kapital qo‘yilmalar limitlarini qaytadan taqsimlanishdagi o‘zgarishlar bo‘yicha qabul qilingan yangi qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari qabul qilinishi natijasida alohida olingan budjetlarga o‘zgarishlar kiritilgan hollarda Budjet ijrosi jarayonida Budjetlar o‘rtasida o‘zaro hisoblashuvlar amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi, iqtisodiyot va moliya boshqarmalari va iqtisodiyot va moliya bo’limlari tomonidan amalga oshiriladigan davlat moliyaviy nazorati. O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining iqtisodiyot va moliya boshqarmalari, tumanlar va shaharlar hokimliklarining iqtisodiyot va moliya bo’limlari o’z vakolatlari doirasida:
quyi turuvchi moliya organlari tomonidan budjet to’g’risidagi qonun hujjatlari ijrosining ta‘minlanishi ustidan;
ijtimoiy nafaqalar va kam ta‘minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlanishi hamda o’z vaqtida to’lanishi ustidan;
budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari oluvchilar tomonidan smeta-shtat intizomiga rioya etilishining ta‘minlanishi ustidan;
aksiz solig’i to’g’ri hisoblanishi va o’z vaqtida to’lanishi ustidan;
aksiz to’lanadigan ayrim turdagi tovarlarning aksiz markalari bilan to’liq tamg’alanishi va olingan aksiz markalari sonining ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga muvofiqligi ustidan;
budjet tashkilotlari tomonidan budjet hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishning, shuningdek quyi turuvchi hududiy moliya organlari tomonidan budjet hisobotini tuzishning to’g’riligi ustidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiradi.
Davlat moliyaviy nazorat organlari moliyaviy nazorat obyekti mansabdor shaxslarining harakatlarida jinoyat alomatlari bo’lgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda nazorat materiallarini huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiradi.
Moliyaviy nazorat obyekti mansabdor shaxslariga nisbatan ma‘muriy huquqbuzarliklarga doir materiallar sudlarga yoki tegishli vakolatli davlat organlariga topshiriladi.
Xulosa Davlat budjetini ijrosini nazorat qilish bu albatta ajratilayotgan pul mablag’larining samarali va joy joyiga borishini ta’minlovchi asosiy omil bo’lib xizmat qiladi. Nazorat organlari faoliyatini tubdan o’zgartirish, ularni malakasini yetarli darajada oshirish orqali bu yo’lda yana ham mustahkam qadamlar tashlay olish mumkin.
Budjet hisobotlari va uni nazorat qilish mexanizmlarini qo‘llash yanada yuqori sifatli moliyaviy hisobotlarni tuzishga shuningdek davlat sektori faoliyati natijalarini baholashga katta imkoniyat yaratadi, budjet mablag’larining samaradorligini oshiradi, budjetga moliyaviy hisob va statistik hisobotlarni yuqori darajada integratsiyalashuvini ta’minlaydi, davlat budjeti mablag’larini aniq maqsadlar va rejalar yo‘lida sarf qilish va uni yetarlicha tahlil qilish bu albatta mamlakatning iqtisodiy salohiyatini yanada mustahkamlash imkonini berishi tabiiydir.



Yüklə 256,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə