Iqtisodiyot va turizm fakulteti



Yüklə 256,87 Kb.
səhifə1/6
tarix06.09.2023
ölçüsü256,87 Kb.
#121376
  1   2   3   4   5   6
BOLTAYEV SUNNATILLO BYUDJET NAZORATINI TASHKIL ETISHDA G\'AZNACHILIK



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM,FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI
MOLIYA YO’NALISHI
4- BOSQICH SM 119-GURUH TALABASI


BOLTAYEV SUNNATILLONING
Davlat byudjeti” fanidan tayyorlagan
BYUDJET NAZORATINI TASHKIL ETISHDA G'AZNACHILIK TIZIMINING AHAMIYATI ” mavzusida tayyorlagan

KURS ISHI


Bajardi: _______________
Qabul qildi: _______________

Termiz-2023




Mavzu: Byudjet nazoratini tashkil etishda g'aznachilik tizimining ahamiyati
Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism:
1.G‘aznachilik sharoitida budjet nazoratining tashkiliy va nazariy asoslari
2.G‘aznachilik sharoitida budjet nazoratini amalga oshirishning amaliyoti tahlili
3.Davlat budjet nazoratini amalga oshirishda G‘aznachilik tizimining takomillashtirish masalalari
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Bugun mamlakatimizning iqtisodiy sohasida qator yangilik va o‘zgarishlarning joriy qilinishi uning iqtisodiy jihatdan yanada takomillashishiga xizmat qilmoqda. Xususan, davlat moliyasi yo‘nalishida institutsional islohotlar keng ko‘lamda amalga oshirilyapti. Ushbu amaliy harakatlarning negizida eng avvalo, davlat budjeti ijrosiga dunyo tan olgan va dunyo mamlakatlarida sinovdan o‘tgan, budjet mablag‘laridan natijakor foydalanishni ta’minlab beruvchi g‘aznachilik tizimining joriy qilinganini alohida e’tirof bilan tilga olish lozim.
Mamlakatimizda davlat budjetining g‘azna ijrosini samarali tashkil qilinishiga mustaqillikning sharofati, jumladan, barqaror rivojlanish ko‘rsatkichlarini qo‘lga kirita boshlanimizdan so‘nggina muvaffaq bo‘lindi. O‘zbekiston Respublikasi davlat moliyasini boshqarish tizimi bo‘yicha ham keng qamrovga ega bo‘lgan muvaffaqiyatli natijani berayotgan islohotlarni joriy qilmoqda. Bunday ishlohotlarning ijobiy natijalari davlat budjeti g‘azna ijrosining omadli tarzda joriy qilinishida yaqqol ko‘zga tashlanadi, deya aytish mumkin1.
Davlat budjetining g‘azna ijrosi davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining barcha daromadlarini, shuningdek, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha tushumlarini yagona g‘azna hisobraqamga jamlash va ularning barcha xarajatlarini shu hisobraqamdan amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu esa davlat budjeti, budjetdan tashqari fondlar, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari, davlat qarzlari va ularga xizmat ko‘rsatish jarayonlarining tezkor nazoratini va monitoringini olib borish, davlat mablag‘larining samarali ishlatilishini ta’minlash, davlat moliyaviy resurslarining harakati Davlat byudjeti g`azna ijrosining asosiy prinsiplari kassaning yagonaligi hamda buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil еtishning yagonaligidan iborat. to‘g‘risida operativ tarzda ma’lumotlarni jamlash imkonini yaratadi.
Davlat byudjetining g`azna ijrosi Davlat byudjetining barcha daromadlarini yagona g`azna hisobvarag`iga kiritishdan, shuningdek Davlat byudjetining xarajatlarini shu hisobvaraqdan to`lashdan iborat.
G`aznachilik o`z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari, boshqa tashkilotlar bilan o`zaro hamkorlikda bajaradi. Mazkur organlar va tashkilotlar Davlat budjetining kassa ijrosini amalga oshirishda, uning mablag`larini boshqarishda, Davlat budjeti mablag`larining tushumi va sarfi ustidan nazoratni amalga oshirishda G`aznachilikka ko`maklashishlari shart.

Yüklə 256,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə