Iqtisodiyot va turizm fakulteti


Davlat budjet nazoratini amalga oshirishda G‘aznachilik tizimining takomillashtirish masalalari



Yüklə 256,87 Kb.
səhifə4/6
tarix06.09.2023
ölçüsü256,87 Kb.
#121376
1   2   3   4   5   6
BOLTAYEV SUNNATILLO BYUDJET NAZORATINI TASHKIL ETISHDA G\'AZNACHILIK

3.Davlat budjet nazoratini amalga oshirishda G‘aznachilik tizimining takomillashtirish masalalari
Davlat moliyasini boshqarishning institutsional tarkibida, boshqa vakolatli organlar bilan bir qatorda, G’aznachilik ham alohida muhim o’rin egallaydi. G’aznachilik - byudjetdan mablag’ oluvchilarning majburiyatlarini ijroga qabul qiladi va byudjet tashkilotlariga yetkazib berilgan tovar mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun G’aznachilik ularning nomidan va ularning topshirig’iga binoan vakolatni o’z zimmasiga oladi va byudjet mablag’larining maqsadli ishlatilishini ta’minlash va nazorat qilish asosida to’lovlarni amalga oshiradi.
G’aznachilikda moliyaviy nazorat deganda davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg’armalari va boshqa byudjetdan tashqari fondlarning mablag’lari to’planadigan va ushbu mablag’lar doirasida aniq belgilangan yo’nalishlar bo’yicha xarajatlar amalga oshiriladigan yagona g’azna hisobraqami orqali davlat byudjetining ijro etilishi hamda shu orqali davlat moliyasini maqsadli va samarali boshqarishni tashkil etish tushuniladi. Davlat moliyaviy nazorati: respublika darajasida — O’zbekiston Respublikasi respublika budjetining, davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining va respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari budjetdan tashqari jamg’armalarining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan; mahalliy darajada — Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining, Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari budjetdan tashqari jamg’armalarining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan amalga oshiriladi.
Davlat moliyaviy nazorat organlari davlat moliyaviy nazoratini davlat moliyaviy nazorat organlari yoki vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan nazorat qilish yillik rejalariga muvofiq amalga oshiradi.
Davlat moliyaviy nazorat organlari: O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi,
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning tasarrufidagi vakolatli organlar davlat moliyaviy nazorat organlaridir.
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining daromadlari qismi bo’yicha davlat moliyaviy nazorati berilgan vakolatlar doirasida davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat moliyaviy nazorati printsiplari. Davlat moliyaviy nazoratini o’tkazishning qonuniyligi va mustaqilligi, shuningdek davlat moliyaviy nazorati natijalarining ishonchliligi va xolisligi davlat moliyaviy nazoratining printsiplaridir.
Budjet ijrosi jarayoni xaqida axborotlar budjet hisobini tashkil qilish va yuritish orqali shakllantiriladi. Bunda, belgilangan budjet tasnifi bo’yicha budjet daromadlari shakllantiriladi va xarajatlar amalga oshiriladi. Budjet hisobini alohida xususiyatlaridan biri – budjet ijrosini to’g’ri tashkil etish, moliya budjet intizomiga rioya qilish va nazorat funksiyasini amalga oshirilishidir8.
G’aznachilik bo’linmalari tomonidan amalga oshiriladigan davlat moliyaviy nazorati. G’aznachilik bo’linmalari davlat moliyaviy nazoratini:
-budjet tashkilotlarining va budjet mablag’lari oluvchilarning tovarlarni etkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar ko’rsatuvchilar) bilan Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlari mablag’lari hisobiga tuzilgan shartnomalarini xarajatlar smetalarida ko’rsatilgan summalar doirasida hamda belgilangan maqsadlarga muvofiq tuzilganligi ustidan nazorat qilish asosida majburiy ro’yxatdan o’tkazish;
-xarajatlar smetalarida va ro’yxatdan o’tkazilgan shartnomalarda nazarda tutilgan summalar doirasida budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari oluvchilar nomidan hamda ularning topshirig’i bo’yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) etkazib beruvchilarning hisobvaraqlariga to’lovlarni bevosita amalga oshirish orqali to’lov intizomiga rioya etilishini ta’minlash yo’li bilan amalga oshiradi.
Byudjet nazoratini amalga oshirishning muhim metodi - barcha darajadagi byudjetlarning daromadlar va xarajatlar qismlari ijrosini, byudjet tashkilotlari xarajatlar smetasi ijrosini iqtisodiy tahlil qilish. Uning davlat moliyasi va xo’jalik sub’ektlari moliyasini boshqarishda, shuningdek bozor sharoitida jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarishda ahamiyati sezilarli darajada oshdi.

G‘aznachilikda moliyaviy nazoratining asosiy vazifalaridan biri bu budjet qonunchiligiga rioya qilinishini, budjet intizomni taʼminlash, budjet mablag‘laridan maqsadsiz foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslik orqali davlat moliyaiy siyosatining amalga oshirilishiga ko‘maklashishdan iboratdir.


PEMPAL davlat xarajatlarini moliyaviy boshqarish uchun ichki imkoniyatlarni oshirishni qo'llab-quvvatlash, yordamni oshirishda katalitik rol o'ynash, institutlar va siyosatlarni mustahkamlash uchun mo'ljallangan. PEMPAL quyidagi modellari mavjud:
Davlat ichki moliyasi nazorati (DIMN)
• Yevropa Ittifoqi kontseptsiyasi
Aʼzo va aʼzo davlatlar uchun amal qiladi
Barcha mamlakatlar uchun eng yaxshi amaliyot modeli
DIMN maqsadlari- "jamoatchilikka oqilona ishonchni ta'minlash mablag'lar tanlangan maqsadlarga sarflanadi va korrupsiya va firibgarlik”
Moliyaviy boshqaruv (yoki ichki) nazorat
DIMN ning asosiy komponenti– COSO asosiga asoslangan.
COSO ichki boshqaruv9
Ichki nazorat - bu tomonidan amalga oshiriladigan jarayon korxona direktorlar kengashi, boshqaruvi va boshqa xodimlar, ta'minlash uchun mo'ljallangan bo'yicha oqilona kafolatdagi maqsadlarga erishish quyidagi toifalar:
Operatsiyalarning samaradorligi va samaradorligi
moliyaviy hisobotning ishonchliligi
Amaldagi qonunlarga muvofiqlik va qoidalar. COSOning g’aznachilikdagi funksiyalari:
Operatsion
Hisobot
Muvofiqlashtirish
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, byudjet tizimi va byudjet jarayonini boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini joriy etish va rivojlantirish ushbu mamlakatlarda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda katta ahamiyatga ega bo’lib kelmoqda. Byudjet tizimi katta hajmdagi axborot oqimlari kesishuvining markazi hisoblanadi
Davlat byudjetining g`azna ijrosi sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi. Davlat byudjetining g`azna ijrosi to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo`ladilar. Zamonaviy jamiyatimiz taraqqiy etayotgan bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash sharoitida davlat moliyasi tizimida chuqur iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlar, qator vazifalar bilan birgalikda, davlat moliyasini boshqarish samaradorligini oshirishni nazarda tutadi. Bunda davlat moliyasini boshqarish shakllari va usullarini takomillashtirish, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari va boshqa texnik vositalar yordamida axborotni jamlash, qayta ishlash, uzatish qoidalari va usullarini o‘zlashtirish asosida axborotlashtirishni yanada rivojlantirish talab etiladi.
Davlat moliyasini boshqarishdagi islohotlar sharoitida umumdavlat moliya tizimining bosh bo‘g‘ini – davlat budjetini boshqarish, budjet jarayonini tashkil etish tizimidagi islohotlar, xususan, budjet ijrosida kassali tizimdan jahon amaliyoti tajribasida sinovdan o‘tgan va o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsata olgan budjet tizimi budjetlarining g‘azna ijrosiga o‘tishning amalga oshirilishi davlatimiz iqtisodiy sohasidagi yutuqlaridan bo‘ladi. Hozirgi zamonaviy iqtisodiy yangiliklardan kelib chiqib aytish mumkinki, budjet jarayonini samarali tashkil qilishning amaliy ishlarini g‘aznachilik nazoratidan chetda tasavvur etib bo‘lmaydi.
Buni hattoki, zamonaviy iqtisodiyot vakillari — olimlar, iqtisodchilar, qolaversa, sohaning yetuk mutaxassislari ham asosli ravishda e’tirof etmoqdalar. Negaki, g‘aznachilik tizimi budjet daromadlari va xarajatlarini yagona g‘azna hisobraqamiga jalb qilish, pul oqimlarini to‘g‘ri va samarali boshqarish, rejalashtirish, moliyaviy oqimlarning esa ilk va joriy nazoratini amalga oshirish, shu jumladan, davlat budjetini yuqori operativlikda ijro etish imkoniyatining kengayishiga xizmat qiladi. Mamlakatda davlat moliyasini boshqarishni, shu bilan bir qatorda davlat budjetini ijro etishda asosiy mexanizmlardan biri hisoblangan g‘aznachilik tizimini tashkil etish va uni shakllantirishda xorij mamlakatlarining tajribasi muhim o‘rin egallaydi. O‘zbekiston ular tajribasidan oddiy nusxa olmaydi, chunki mamlakatimiz davlat boshqaruvini tashkil etish, iqtisodiy va huquqiy munosabatlarni boshqarish sohasida o‘ziga xos yo‘nalishga ega davlatdir. Biroq, bu bilan g‘aznachilik tizimini tashkil etish va rivojlantirish yo‘nalishida xalqaro tajribalarning o‘rganilish darajasi passivlashmaydi. Rivoj topgan mamlakatlarning iqtisodiy amaliyotidagi davlat budjetining g‘aznachilik tizimini O’zbekiston Respublikasida joriy qilish va uni yanada rivojlantirish, davlat moliyaviy resurslarini boshqarishning axborotlashtirilgan tizimiga asos solish davlat moliyasining holati to‘g‘risida tezkor va ishonchli axborotlarga ega bo‘lish uchun imkoniyatlar eshigini ochib beradi, bu esa davlat moliyasini samarali boshqarishning ta’minotdir. Yana aytish joizki, davlat budjetida mablag‘lardan samarali hamda maqsadli foydalanish maqsadida ham g‘aznachilik tizimi joriy qilindi. Ushbu tizimning yaratilishi iqtisodiy soha uchun joriy va yakuniy nazorat jarayonini takomillashtirish bo‘yicha kattadan-katta o‘zgarishlarning amalga oshishiga sabab bo‘ldi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar hayotida davlat budjeti ijrosini boshqarish asosan, g‘aznachilik tizimiga asoslanib amalga oshiriladi.10
Davlat budjeti ijrosining yangi mexanizmini amaliyotga joriy qilinishi respublikaning iqtisodiy sohasidagi bugungi kunda budjet islohotlarining ulkan yo‘nalishlaridan biri deyilsa, mubolag‘a bo‘lmaydi. Sababi davlat moliyasini samarali boshqarish zaruriyati budjet daromadlarini to‘liq va o‘z vaqtida to‘plash bilan bir qatorda budjet mablag‘laridan oqilona foydalanish uchun ham budjet xarajatlarining nazoratiga bo‘lgan ehtiyojning kuchaytirilishini talab qiladi.


XULOSA
Xulosa qilib aytganda, G`aznachilik yagona g`azna hisobvarag`idagi va G`aznachilikning boshqa bank hisobvaraqlaridagi Davlat budjeti mablag`larini ularni Davlat budjetining xarajatlarini belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun yo`naltirish, shuningdek Davlat budjeti bo`sh mablag`larini bank depozitlari va boshqa aktivlarga vaqtincha joylashtirish hamda ular hisobidan respublika budjetiga, Qoraqalpog`iston Respublikasi budjetiga, mahalliy budjetga, shuningdek davlat maqsadli jamg`armalariga budjet ssudalari berish yo`li bilan boshqarib boradi.
Davlat byudjeti g`azna ijrosining buxgalteriya hisobi G`aznachilik tomonidan, shuningdek davlat soliq va bojxona xizmati organlari, byudjet tashkilotlari hamda davlat maqsadli jamg`armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan Davlat byudjeti g`azna ijrosining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarining yagona rejasi va byudjet tasnifi asosida tashkil еtiladi hamda amalga oshiriladi.
Davlat byudjeti g`azna ijrosining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarining yagona rejasi O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Davlat byudjetining ijrosi to`g`risidagi hisobot G`aznachilik tomonidan O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim еtiladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning ijrosi to`g`risidagi hisobotlar G`aznachilik tomonidan Qoraqalpog`iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar moliya organlariga taqdim еtiladi.
Davlat byudjetining g`azna ijrosi sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi. Davlat byudjetining g`azna ijrosi to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo`ladilar. Zamonaviy jamiyatimiz taraqqiy etayotgan bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash sharoitida davlat moliyasi tizimida chuqur iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlar, qator vazifalar bilan birgalikda, davlat moliyasini boshqarish samaradorligini oshirishni nazarda tutadi. Bunda davlat moliyasini boshqarish shakllari va usullarini takomillashtirish, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari va boshqa texnik vositalar yordamida axborotni jamlash, qayta ishlash, uzatish qoidalari va usullarini o‘zlashtirish asosida axborotlashtirishni yanada rivojlantirish talab etiladi.
Davlat moliyasini boshqarishdagi islohotlar sharoitida umumdavlat moliya tizimining bosh bo‘g‘ini – davlat budjetini boshqarish, budjet jarayonini tashkil etish tizimidagi islohotlar, xususan, budjet ijrosida kassali tizimdan jahon amaliyoti tajribasida sinovdan o‘tgan va o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsata olgan budjet tizimi budjetlarining g‘azna ijrosiga o‘tishning amalga oshirilishi davlatimiz iqtisodiy sohasidagi yutuqlaridan bo‘ladi.
Hozirgi zamonaviy iqtisodiy yangiliklardan kelib chiqib aytish mumkinki, budjet jarayonini samarali tashkil qilishning amaliy ishlarini g‘aznachilik nazoratidan chetda tasavvur etib bo‘lmaydi. Buni hattoki, zamonaviy iqtisodiyot vakillari — olimlar, iqtisodchilar, qolaversa, sohaning yetuk mutaxassislari ham asosli ravishda e’tirof etmoqdalar. Negaki, g‘aznachilik tizimi budjet daromadlari va xarajatlarini yagona g‘azna hisobraqamiga jalb qilish, pul oqimlarini to‘g‘ri va samarali boshqarish, rejalashtirish, moliyaviy oqimlarning esa ilk va joriy nazoratini amalga oshirish, shu jumladan, davlat budjetini yuqori operativlikda ijro etish imkoniyatining kengayishiga xizmat qiladi.
Mamlakatda davlat moliyasini boshqarishni, shu bilan bir qatorda davlat budjetini ijro etishda asosiy mexanizmlardan biri hisoblangan g‘aznachilik tizimini tashkil etish va uni shakllantirishda xorij mamlakatlarining tajribasi muhim o‘rin egallaydi. O‘zbekiston ular tajribasidan oddiy nusxa olmaydi, chunki mamlakatimiz davlat boshqaruvini tashkil etish, iqtisodiy va huquqiy munosabatlarni boshqarish sohasida o‘ziga xos yo‘nalishga ega davlatdir. Biroq, bu bilan g‘aznachilik tizimini tashkil etish va rivojlantirish yo‘nalishida xalqaro tajribalarning o‘rganilish darajasi passivlashmaydi.
Rivoj topgan mamlakatlarning iqtisodiy amaliyotidagi davlat budjetining g‘aznachilik tizimini O’zbekiston Respublikasida joriy qilish va uni yanada rivojlantirish, davlat moliyaviy resurslarini boshqarishning axborotlashtirilgan tizimiga asos solish davlat moliyasining holati to‘g‘risida tezkor va ishonchli axborotlarga ega bo‘lish uchun imkoniyatlar eshigini ochib beradi, bu esa davlat moliyasini samarali boshqarishning ta’minotdir. Yana aytish joizki, davlat budjetida mablag‘lardan samarali hamda maqsadli foydalanish maqsadida ham g‘aznachilik tizimi joriy qilindi. Ushbu tizimning yaratilishi iqtisodiy soha uchun joriy va yakuniy nazorat jarayonini takomillashtirish bo‘yicha kattadan-katta o‘zgarishlarning amalga oshishiga sabab bo‘ldi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar hayotida davlat budjeti ijrosini boshqarish asosan, g‘aznachilik tizimiga asoslanib amalga oshiriladi. Davlat budjeti ijrosining yangi mexanizmini amaliyotga joriy qilinishi respublikaning iqtisodiy sohasidagi bugungi kunda budjet islohotlarining ulkan yo‘nalishlaridan biri deyilsa, mubolag‘a bo‘lmaydi. Sababi davlat moliyasini samarali boshqarish zaruriyati budjet daromadlarini to‘liq va o‘z vaqtida to‘plash bilan bir qatorda budjet mablag‘laridan oqilona foydalanish uchun ham budjet xarajatlarining nazoratiga bo‘lgan ehtiyojning kuchaytirilishini talab qiladi.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash kerakki, mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va albatta, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish davrida
O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimidagi o‘tkazilayotgan tub islohotlar mohiyati moliya tizimida davlat budjeti ijrosini takomillashtirish, g‘aznachilik tizimining joriy qilinishi sanaladi. Bundan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad — budjet mablag‘larini samarali boshqarish, budjet mablag‘larining moliyaviy nazoratini kuchaytirish va barcha budjet tashkilotlarining xarajatlarini boshqarishda g‘aznachilik faoliyatining joriy qilinishiga, amalda bo‘lishiga erishishdir.



Yüklə 256,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə