Innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi fakultet



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix19.05.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#111374
1   2   3   4   5   6   7
Aholini ijtimoiy himoyalash xarajatlarini davlat maqsadli jamg‘armalaridan

2.
 
Davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari daromadlarini ijro etish 
tartibi. 
Davlat byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobi mamlakatdagi mavjud bo‘lgan 
byudjet tuzilmasi asosida amalga oshiriladi. Mamlakatning davlat byudjeti ijrosining 
buxgalteriya hisobi bevosita moliya organlari, bank muassasalari va byudjet 
tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Mamlakatning davlat byudjeti ijrosining 
hisobi ustidan umumiy uslubiy rahbarlik 0‘zbckiston Respublikasi Moliya 
vazirligiga yuklatilgan. Moliya organlarining byudjet ijrosining buxgaltcriya 



hisobini olib borishdagi funksiyalari keyingi bobda yoritiladi. Mamlakat davlat 
byudjetining kassa ijrosi bank muassasalariga yuklatilgan. Ular respublika 
byudjetining kassa daromadlari va kassa xarajatlarini hamda mahalliy byudjetlar 
mablag‘larining hisobini olib boradi, respublika byudjetining kassa ijrosi bo‘yicha 
hisobotlami tuzadi, respublika byudjeti daromadlari va xarajatlarining analitik 
hisobini olib boradi.
Byudjet tashkilotlari xarajatlar smetalari ijrosining buxgalteriya hisobini 
amalga oshiradi va bu smetalar ijrosi to‘g ‘risida hisobotlami tuzadi. Byudjet 
daromadlari va xarajatlari bo‘yicha rejaning bajarilishi haqida ma’lumotlar bilan 
ta’minlash moliya organiari byudjet hisobining asosiy vazifasi hisoblanadi. Bu m 
a’lumotlar asosida byudjet ijrosi jarayoni ustidan nazorat qilish va tezkor rahbarlik 
amalga oshiriladi.
Bu maqsadlar uchun moliya organiari byudjet daromadlari va xarajatlari, bank 
muassasalaridagi byudjetning pul mablag‘lari, byudjet bo‘yicha ochilgan kreditlar 
va berilgan mablagMar, byudjetlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar, ssudalar va 
boshqalar hisobini yuritadi. Moliya organiari, shuningdek, bank muassasalari 
tomonidan umumdavlat daromadlari va soliqlarining alohida olingan byudjetlar 
bo‘yicha to‘g ‘ri taqsimlanishi, byudjet bo‘yicha tayinlanishiga qarab byudjet 
mablag‘larini tasarruf qiluvchilar tomonidan foydalanilishi ustidan nazoratni amalga 
oshiradi hamda byudjet mablag‘ larining butligini ta’minlaydi. Moliya organiari 
byudjet ijrosi to‘g ‘risidagi oylik, chorak va yillik hisobotlami tuzadi va byudjet 
ijrosi natijalarini aniqlaydi.
Moliya organiari o‘zlari ijro etayotgan byudjetlar ijrosining buxgalteriya 
hisobini bevosita amalga oshiradi. 0 ‘zbekiston Respublikasi M oliya vazirligi 
respublika 
byudjeti 
ijrosining 
buxgalteriya 
hisobini 
amalga 
oshiradi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobini amalga oshiradi. Viloyatlar, shaharlar va 
tumanlar moliya organlari viloyatlar, shaharlar, tumanlar byudjetlari ijrosining 
buxgalteriya hisobini amalga oshiradi. Moliya organlari muayyan m a’muriy-
hududiy birlikdagi barcha boshqa byudjetlar ijrosining buxgalteriya hisobini tashkil 


10 
qiladi. Moliya organlari byudjet tashkilotlarining hisob va hisobotlarini tekshiradi 
va ularga tegishli ko‘rsatmalar beradi. Har bir moliya organi o‘zi ijro etayotgan 
byudjetning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni va muayyan ma’muriy-hududiy birlik 
byudjeti ijrosi to‘g‘risidagi yig‘ma hisobotni tuzadi. Davlat byudjeti ijrosining 
buxgalteriya hisobi bo‘yicha moliya organlarining vazifalariga:
1) byudjet daromadlari buxgalteriya hisobini yuritish va bank muassasalariga 
kelib tushgan daromadlaming byudjetlar o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlanishi ustidan 
nazoratni olib borish;
2) bank muassasalarida saqlanilayotgan byudjetning naqd pulían buxgalteriya 
hisobini yuritish;
3) byudjet ijrosi bilan bog‘liq bo‘lgan turli operatsiyalar (byudjetlar 
o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar, byudjetlarga ssudalar berish va byudjetlardan 
ssudalar olish bo‘yicha operatsiyalar va boshqalar) buxgalteriya hisobini yuritish;
4) byudjetlarda tashkil qilinadigan fondlar va zaxiralar buxgalteriya hisobini 
yuritish; 5) o‘zlari ijro etayotgan byudjetlar ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlami tuzish;
6) quyi moliya organlarida va byudjet mablag‘larini tasarruf qiluvchilarda 
buxgalteriya hisobining yuritilishi, hisobotning tuzilishi va uslubi ustidan nazorat 
qilish;
7) 
buxgalteriya 
hisobi 
va 
hisobotini 
markazlashtirish 
va 
mexanizatsiyalashtirish bo'yicha tadbirlaming amalga oshirilishi ustidan nazorat 
qilish kiradi. Yuqorida ko'rsatilgan vazifalar 0‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligida uning davlat byudjeti bosh boshqarmasiga, boshqa moliya organlarida 
esa moliya organining bosh buxgalteri boshqaradigan buxgalteriyaga yuklatilgan. 
Respublika byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobini 0‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi davlat byudjeti bosh boshqarmasi Davlat byudjeti ijrosi va hisobi 
bolimi yuritadi. Mahalliy byudjetlar ijrosining buxgalteriya hisobini tegishli moliya 
organlarining buxgalteriya xizmatlari yuritadi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligini davlat byudjeti ijrosining hisobi bo‘yicha funksiyalari bo‘lib quyidagilar 
hisoblanadi:
1) mamlakatning davlat byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobini tashkil qilish 


11 
va uning ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzishga uslubiy rahbarlikni amalga oshirish;
2) byudjet ijrosining buxgalteriya hisobi va byudjet ijrosi to‘g‘risida 
hisobotlar tuzish bo‘yicha moliya organlari, byudjet tashkilotlari va boshqalar uchun 
yo‘riqnomalar va uslubiy ko‘rsatmalami ishlab chiqish;
3) joriy buxgalteriya hisobining schyotlar rejasini va schyotlar 
korrespondensiyalarini, buxgalteriya registrlari va boshlang‘ich hujjatlar shakllarini, 
hujjatlar aylanishi tartibini, hisobotlaming hajmlari va shakllarini belgilash;
4) respublika byudjeti ijrosini bevosita amalga oshirish;
5) rcspublika byudjeti ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzish;
6) mamlakatning davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzish.
Bundan tashqari, 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat byudjeti 
bosh boshqarmasi davlat byudjeti ijrosi va hisobi bo'limi mahalliy moliya 
organlarida byudjet ijrosining buxgalteriya hisobi tashkil qilinishi ustidan bevosita 
rahbarlikni amalga oshiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, 
viloyatlar, shaharlar va tumanlar moliya organlarining funksiyalari quyidagilardan 
iborat: 
1
1) o‘zlari ijro etayotgan byudjetlaming hisobini bevosita yuritish va bu 
byudjetlar ijrosi to‘g‘risida hisobotlar tuzish;
2) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, shahar, turnan byudjeti ijrosi 
to‘g‘risida yig‘ma hisobotlami tuzish.
Mahalliy moliya organlari tegishli byudjetlar daromadlarini va xarajatlarini, 
ulaming pul mablag‘larini, fondlarini, ssudalami, byudjetlar o‘rtasidagi hisob-
kitoblami, boshqa byudjetlarga berilgan va ulardan olingan mablag‘larni va byudjet 
ijrosi natijalarini hisobga oladi hamda ular tomonidan moliyalashtirilayotgan 
byudjet tashkilotlarida hisob va hisobotni tashkil qilinishini tekshiradi. Mahalliy 
moliya organlari respublika byudjetini kassa ijrosining hisobi bo‘yicha va 
moliyalashtirishga doir operatsiyalami banklar tomonidan bajarilishini nazorat 
qiladi. Mahalliy moliya organlari mahalliy byudjetlaming daromadlari va 
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat 
organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmoni. 2017 yil 24 may 


12 
xarajatlarini analitik hisobini olib boradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va 
mahalliy byudjetlar ijrosining buxgalteriya hisobi 0‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan yo‘riqnoma asosida 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkcnt shahar 
moliya boshqarmalari, shaharlar va tumanlar moliya bo‘limlari tomonidan olib 
boriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar kassa ijrosi 0 
‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va 0‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligining « 0‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti kassa ijrosi 
bo‘yichayo‘riqnoma»siga muvofiq amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar, shaharlar va 
tumanlar 
byudjetlari 
hisobvaraqlaridagi 
hamda 
bu 
byudjetlardan 
moliyalashtirilayotgan tashkilotlaming hisobvaraqlaridagi byudjet mablag‘larining 
qoldig‘i to‘g‘risidagi m a’lumotni «0‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti kassa 
ijrosi bo‘yicha yo‘riqnoma»da belgilangan tartibda va muddatlarda 0‘zbekiston 
Respublikasi bank muassasalari tegishli moliya organlariga taqdim etadi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlardan kapital 
qo‘yilmalami moliyalashtirish
0‘zbekiston Respublikasi bank muassasalarida ochilgan hisobvaraqlar orqali 
bu masala bo‘yicha 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va 0‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankining amaldagi me’yoriy hujjatlariga muvofiq amalga 
oshiriladi. 0‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari va 0‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki muassasalari belgilangan shaklda kapital qo‘yilmalami 
moiiyalashtirish bo‘yicha davriy va yillik hisobotni belgilangan tartibda va 
muddatlarda tcgishli moliya organlariga taqdim etadi. 
Davlat budjeti quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1) respublika byudjeti;
2) QoraqaIpog‘iston Rcspublikasining byudjeti va mahalliy byudjetlar. 
Davlat byudjeti tarkibida davlat maqsadli fondlari ham jamlanadi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti Qoraqalpog'iston Respublikasining 


13 
respublika byudjetini hamda respublikaga (Qoraqalpog‘iston) bo‘ysunuvchi 
tumanlar va shaharlar byudjetlarini o‘z ichiga oladi. Viloyatning byudjeti viloyat 
byudjetini, viloyat tarkibiga kiruvchi tumanlar va shaharlar byudjetlarini o ‘z ichiga 
oladi. Tumanlarga bolinadigan shahar byudjeti shahar byudjetini va shahar tarkibiga 
kiruvchi tumanlar byudjetlarini o‘z ichiga oladi. Tumanga bo‘ysunadigan shaharlari 
bo‘lgan tumanning byudjeti tuman byudjeti va tuman tarkibiga kiruvchi shaharlar 
byudjetlarini o‘z ichiga oladi. Demak, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti o‘z 
ichiga respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy 
byudjetlarni oladi. Bundan tashqari Davlat byudjeti tarkibida Respublika yo‘l fondi, 
0‘zbekiston Respublikasi Davlat mol-mulki qo‘mitasining maxsus hisobvarag‘i, Ish 
bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat fondi hamda 0‘zbekiston Respublikasi 
budjtdan tashqari Pensiya fondi mablaglari jamlanadi.
Davlat byudjetiga kclib tushgan mablaglarning to‘g‘ri va o‘z vaqtida kirim 
qilinishini ta’minlash maqsadida 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 
23402 «Respublika byudjetining mablag'lari» hisobvarag‘i Markaziy bankning 
Toshkent shahar va hududiy Bosh boshqarmalarining Hisob-kitob kassa 
markazlarida hamda tijorat banklarida byudjet daromadlari tasnifiga asosan ochiladi. 
Davlat byudjetining buxgalteri hisobi, byudjetga daromadlar tushumi ustidan, 
har bir soliq to‘lovchi tomonidan byudjetga to’lovlami o‘tkazishi ustidan tizimli 
nazoratni ta’minlash vazifasini bajaradi. Byudjet daromadlari asosan bank 
muassasalariga tushadi. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanib, moliya 
organlari bank muassasalari tomonidan daromadlar tushumlarini respublika byudjeti 
va mahalliy byudjetlarga to‘g‘ri o‘tkazayotganligini kuzatib boradi.
Yil boshiga qadar moliya organlari bank muassasalariga har bir turnan yoki 
shahar bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlar va tashkilotlaming ro‘yxati va 
ulardan undiriladigan to'lovlar ro‘yxati, bu to‘lovlar qaysi byudjetga va byudjet 
tasnifining qaysi boMimiga to‘lovlar o‘tkazilishi kerakligi to‘g‘risida xabar beradi. 
Bir vaqtning o'zida bank muassasalariga har yili umumdavlat soliqlari va 
daromadlarining taqsimlanish hajmlari va bu soliq va daromadlardan mahalliy 
byudjetlarga qilinadigan ajratmalar hajmlari haqida xabar beradi. Moliya 


14 
organlarida byudjet daromadlarining buxgalteriya hisobini moliya organining 
buxgalteriya xizmati olib boradi, ulaming tezkor hisobini esa soliq organlari olib 
boradi.
Moliya organining buxgalteriya xizmati faqat mazkur byudjetning 
daromadlarinigina hisobga olib boradi. Moliya organi funksiyalariga barcha 
daromadlaming, qaysi byudjetga kclib tushishidan qat’iy nazar, hisoblanishi, kelib 
tushishi, hisobga o‘tkazilishi va qaytarilishini hisobga olish kiradi. Soliq organi 
daromadlar turlari bo‘yicha shaxsiy schyotlar olib boradi, byudjetga tushgan 
daromadlaming tezkor ma’lumotlarini aniqlaydi. Byudjet daromadlari turli 
hujjatlarga asosan byudjet tasnifi bo‘yicha hisobga olinadi.
To‘lov hujjatlari tushgan daromadlaming turlari va ulaming to‘lovchilarini 
aniqlash imkonini beradi. Mahalliy byudjet mablag'lari depozit hisobvarag'i 
bo‘yicha bank muassasasining ko‘chimiasiga ilova qilingan to‘lov hujjatlari, mazkur 
byudjet daromadlarining buxgalteriya hisobi uchun asosiy hujjat bo‘lib xizmat 
qiladi. Mahalliy moliya organi faqat mazkur byudjetga tushgan daromadlarinigina 
emas, balki respublika byudjetiga o‘tkaziluvchi daromadlami ham nazorat qiladi. 
Shuning uchun bank muassasasi unga qaysi byudjetga tushishidan qat’iy nazar 
barcha daromadlar hisobvaraqlari bo'yicha ko‘chirmalami ham mahalliy moliya 
organlariga jo ‘natadi.
2

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə