Innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi fakultet



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix19.05.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#111374
1   2   3   4   5   6   7
Aholini ijtimoiy himoyalash xarajatlarini davlat maqsadli jamg‘armalaridan

3.
 
Aholini ijtimoiy himoyalashda davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari 
daromadlari ijrosi hisobini maqsadi hamda vazifalari. 
 
Mahalliy byudjet mablaglari depozit hisobvaraglardan ko‘chirmani bank 
muassasasi moliya organiga har kuni, rcspublika budjctining hisobvarag i ko 
chirmalarini esa—har hafta yoki undan uzoqroq muddat oralig‘ida va har oyning 1-
kuniga jo ‘natishga majburdir. Moliya organining budjcti bo‘yicha buxgaltcriya 
xizmati bank muassasasining mahalliy byudjet mablag’lari depozit hisobvarag’idan 
olgan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini uning ma’lumotlarini unga ilova qilingan 
2
www.mf.uz 
(O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi sayti); 


15 
hujjatlar ma’lumotlari bilan solishtirish yo’li orqali tckshiradi. So‘ng, daromad 
turlari bo‘yicha hujjatlami guruhlab, mahalliy byudjet mablag’lari depozit 
hisobvarag’iga 
tushgan daromadlar to‘g‘risida ma’lumotnomani tuzadi. 
Ma’lumotnoma har kuni tuziladi. Daromadlar unga byudjet tasnifining har bir 
bo’linmasi bo‘yicha umumiy summalarda yoziladi. Ma’lumotnoma asosida 
memorial-order tuziladi va sintetik hisob schyotlari bo‘yicha «Boshjurnal» kitobiga 
va analitik hisobning schyotiari bo'yicha «Daromadlar” kitobiga yoziladi. Bundan 
so‘ng to’lov hujjatlarining ikkinchi nusxalari tcgishli soliq organlariga daromadlar 
va soliqlar to’lovchilar bilan hisob kitoblar hisobida qayd qilish uchun beriladi. 
Respublika byudjetining shaxsiy hisobvarag’laridan ko‘chirma to’lov hujjatining 
ikkinchi nusxasi bilan moliya organiga kelib tushadi, so‘ng to’lovchilaning shaxsiy 
schyotlarida qayd qilish uchun tcgishli soliq organiga yuboriladi. O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankining oylik hisoboti 0‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligida respublika byudjeti daromadlarining buxgalteriya hisobi uchun asos 
bo’lib xizmat qiladi.
Byudjet tashkilotining xarajatlar smetasining ijrosi bo‘yicha balansi bir tom 
onli yoki ikki tomonli shakldagi jadval ko‘rinishida taqdim etilishi m um kin. 
Jadvalning bir qism ida mablag‘laming turlari yoki joylanishi va foydalanish 
bo‘yicha qayd qilinsa, boshqa qismida csa byudjet tashkilotining mablag‘lari ulam 
ing tashkil etilish manbalari bo‘yicha qayd qilinadi. Buxgalteriya balansi 
mablag‘larining turlari, joylanishi va foydalanish bo‘yicha qayd qilinadigan qismi 
buxgaltcriya balansining aktivi deb ataladi. Mablaglar, ularning tashkil topish 
manbalari bo‘yicha qayd qilinadigan balansning boshqa qismi buxgaltcriya 
balansining passivi deb ataladi.
Byudjet tashkiloti balansining tuzilishi xo‘jalik yurituvchi subyektning 
balansi tuzilishidan jiddiy ravishda farq qiladi. Byudjet tashkilotlari o‘z 
faoliyatlarini amalga oshirish uchun kerakli m ablag‘larni byudjetdan oladi, shuning 
uchun ham ular o‘zlarining aylanma mablag‘lariga ega bo‘lmaydi va bankdan 
ssudalar ololmaydi.
Byudjet tashkilotining balansida «Nizom fondi» subschyoti yo‘q. Balansning 


16 
aktividagi «Asosiy vositalar» schyotidagi ma’lumotlarga balansning passividagi 
«Asosiy vositalardagi fond» va «Asosiy vositalam ing eskirishi» subschyotlaridagi 
ma’lumotlarga to‘g‘ri keladi, balansning aktividagi «Kam baholi va tez eskiruvchi 
buyumlar» subschyotiga esa balansning passividagi «Kam baholi va tez eskiruvchi 
buyumlardagi fond» subschyotidagi ma’lumotlarga to‘g‘ri keladi.
Barcha moddiy qiymatliklar, pul mablag‘lari va hisob-kitoblardagi mablag‘lar 
balans passividagi umumiy qoida bo‘yicha byudjetdan moliyalashtirish va maxsus 
mablag‘larning daromadlari hamda qisman kreditorlik qarzlari bilan qoplanadi. 
Byudjet tashkilotining buxgalteriya balansining xususiyatlari xo‘ja lik yurituvchi 
subyektlarga nisbatan shulardan iboratdir. Byudjet tashkilotining buxgalteriya 
balansi byudjetdan moliyalashtiriladigan xarajatlar smetasini ijrosi, maxsus 
mablag‘larning smetalari ijrosi va boshqa byudjetdan tashqari mablag‘lar bilan 
operatsiyalarni qayd qiladi. Byudjet tashkilotining xarajatlar smetalarini ijrosi 
bo‘yicha buxgalteriya balansining aktivi va passivi quyidagi bo'limlardan iboratdir:
Aktiv: 
I. Asosiy vositalar.
II. Material zaxiralari. 
III. Kam baholi va tez cskiruvchi buyumlar. 
IV. Ishlab chiqarishga va boshqa maqsadlarga qilingan xarajatlar.
V. Pul mablag‘lari.
VI. Hisob-kitoblar.
VII. Xarajatlar.
VIII.Zararlar. 
IX. Kapital qo‘yilmalarga qilingan xarajatlar. 
Passiv:
I. Moliyalashtirish.
II. Maqsadli yo‘nalishlar b o ‘yicha m ablag‘lar va fondlar. 
III. Hisob-kitoblar.
IV. Daromadlar va sotish.
V. Kapital qurilishni moliyalashtirish.


17 
Byudjet tashkilotining xarajatlar smetalarini ijrosi bo‘yicha balansini aktivida: 
byudjet tashkilotiga tegishli bo‘lgan asosiy vositalar, shu jumladan, ijaraga 
berilganlari ham; moddiy zaxiralar (omborga kelib tushganlari ham, yo‘lda 
bo‘lganlari ham); byudjet tashkilotining bankdagi hisobvaraqlaridagi va kassadagi 
pul mablagiari; hisobdor shaxslar va debitorlar bilan hisobkitoblar; byudjet 
tashkilotini saqlashga qilingan xarajatlar; byudjet tashkiloti tarkibiga kiruvchi 
nizomga ega boim agan xo‘jaliklam ing ishlab chiqarish xarajatlari va zararlari va 
boshqalar haqidagi ma’lumotlar keltiriladi. Byudjet tashkilotining xarajatlar 
smetalarini ijrosi b o ‘yicha balansini passivida: byudjetdan moliyalashtirish
maxsus darom adlar; asosiy vositalardagi fond; kam baholi va tez eskiruvchi buyum 
lardagi fond; ish haqi bo‘yicha ishchi va xizmatchilar bilan tugallanm agan 
hisobkitoblar; krcditorlar bilan hisob-kitoblar; byudjet tashkiloti tarkibiga kiruvchi 
nizomga ega bo‘lmagan yordamchi xo‘jaliklam ing daromadlari va foydalari va 
boshqalar haqidagi m a’lumotlar keltiriladi. Byudjet tashkilotining xarajatlar 
smetasining ijrosi bo‘yicha balansi shunday tuzish kerakki, m a’lum sanaga 
xarajatlar smetasining ijrosi jarayoni holati ko‘rinib turadigan bo‘lsin.
U byudjet tashkilotining mavjud pul mablag‘larini, moddiy zaxiralarini, 
xarajatlarini va hisob-kitoblarini va bu mablag’larning manbalarini, ya’ni, 
byudjetdan moliyalashtirish miqdorini va boshqa manbalami, to‘la qayd qiladi. 
Byudjet tashkilotining operatsiyalarini joriy buxgalteriya hisobi 0 ‘zbekiston 
Respublikasi M oliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan schyotlar rejasi (ro‘yxati) 
belgilangan tizimi bo‘yicha olib boriladi.
Operatsiyalar boshlang‘ich hujjatlarda qayd qilinadi, keyin hujjatlardagi 
yozuvlar subschyotlar bo‘yicha tarqatiladi va buxgalteriya balansida um um 
lashtiriladi. Schyotlar rejasi (ro'yxati) byudjet tashkilotining operatsiyalarini joriy 
buxgalteriya hisobi uchun tayinlangan va ma’lum tartibda raqamlangan buxgalteriya 
hisobining birinchi tartibli va ikkinchi tartibli schyotlarining tizimga solingan ro 
‘yxatidir. Byudjet tashkilotlari uchun subschyotlarning yagona rejasi o‘rnatilgan. 
Mablag‘lar bir turdagi schyotlar rejasida o‘xshash guruhlarga birlashtirilgan 
alohida-alohida olingan subschyotlarda hisobga olinadi. Schyotlar birinchi tartibli 


18 
schyotlarga (sintetik schyotlarga) va ikkinchi tartibli schyotlarga (subschyotlarga) 
bo‘linadi.
Byudjet tashkilotlarida operatsiyalaming sintetik hisobi ikkinchi tartibli 
schyotlar bo‘yicha olib boriladi, shuning uchun ham joriy hisobda odatda 
subschyotning uch xonali raqami qo‘llaniladi. Agar birinchi tartibli schyot ikkinchi 
tartibli schyotlarga (subschyotlarga) bolinmagan bo‘lsa, u holda ularning ikki xonali 
raqamiga nol qo-‘shib qo‘llaniladi. Joriy buxgalteriya hisobida schyotlar ro‘yxatida 
belgilangan raqamlanishlarga va nomlariga muvofiq mazkur byudjet tashkilotiga 
kcrak bo‘lgan subschyotlar aniqlanadi va shu subschyotlargina ochiladi va 
qo‘llaniladi. Byudjet tashkilotlarining yagona schyotlar ro‘yxati tartib yo ‘sin 
usuliga xos ravishda raqamlangan. Buning mazmuni shuni bildiradiki, bo‘limlar rim 
raqamlari bilan raqamlanadi, schyotlar esa arab raqamlari bilan raqamlanadi. 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə