Innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi fakultet



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix19.05.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#111374
1   2   3   4   5   6   7
Aholini ijtimoiy himoyalash xarajatlarini davlat maqsadli jamg‘armalaridan

 
 
 


19 
Xulosa 
Biz byudjet tashkilotlarini smeta asosida rejalashtirish va moliyalashtirish 
tartiblarini o‘rgandik, bu borada bugungi kunda olib borilayotgan islohotlarning 
mazmunmohiyatini ochib berishga harakat qildik, byudjet tashkilotlarini byudjetdan 
tashqari manbalar hisobidan mustahkamlash yo‘llarini tadqiq qilib, byudjet 
amaliyotida byudjetdan tashqari markazlashgan va markazlashmagan manbalardan 
foydalanish imkoniyatlari va shart-sharoitlarini o‘rganib chiqib, quyidagi 
xulosalarni shakllantirishga muvaffaq bo‘ldik.
- bizning fikrimizcha, davlat, mamlakatdagi bozor munosabatlarining qay 
darajada shakllangan va rivojlangan bo‘lishiga qaramay, ijtimoiy sohalarni 
boshqarish, ularning faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirishda ishtirok etishi 
zarur, ularning normal darajada faoliyat qilishi uchun davlat barcha huquqiy, 
tashkiliy va iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratib berishi shart: 
- byudjetdan moliyalanadigan sohalarga mablag‘larni to‘liq hajmda safarbar 
etish imkoniyatini ta’minlash maqsadida davlat daromadlarining barqarorligini 
ta’minlash va xarajatlarning aniq hisob-kitobini olib borish lozim; 
- ijtimoiy sohalardagi ta’lim, sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan 
ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifat standartlarini o‘rnatish va ularga amal 
qilinishini nazorat qilishni yo‘lga qo‘yish lozim, aks xolda xizmatlar narxining oshib 
borishi bilan ularning sifati o‘rtasidagi bog‘liqlik uzilib bormoqda, malakali xizmat 
qimmat turishi bilan birga, sifat standartiga ham javob berishi kerak, deb 
hisoblaymiz; 
- aholining nochor, ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamlariga bepul xizmatlar 
ko‘rsatilishini davlat bundan keyin ham o‘z zimmasiga olishi, bu xizmatlarning 
to‘liq moliyalashtirilishiga erishishi lozim; 
- byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilishga 
bo‘lgan harakati ularning asosiy faoliyatiga, tashkilotning missiyasini bajarishga 
putur etkazmasligi kerak, shuni unutmaslik lozimki, byudjet tashkiloti notijorat 
asosida faoliyat yurituvchi muassasa, shuning uchun unda marketing masalalari 
o‘ylab, jamiyatning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda hal etilishi kerak; 


20 
- aksariyat aholi ongida ta’lim, va ayniqsa, sog‘liqni saqlash xizmatlarining 
bepul taqdim etilishi kerak, degan stereotiplar mustahkam o‘rnashgan, bu esa 
byudjet tashkilotlarini pullik asosga o‘tkazish jarayonida aholi tomonidan 
noroziliklarga olib kelmoqda, lekin bozor iqtisodiyoti talablari, qolaversa, “pullik 
narsa qadrli bo‘ladi” degan naqldan kelib chiqib, byudjetning chegaralanganligi 
sharoitida byudjet tashkilotlarining ortib borayotgan ehtiyojlarini faqat davlat 
mablag‘lari hisobiga qoplashning ob’ektiv tarzda imkoni yo‘qligini tushunib etish 
vaqti keldi; 
- hozirgi kunda byudjet tashkilotlarining barcha byudjetdan tashqari 
daromadlari barcha soliqlar va majburiy to‘lovlardan ozod etilganligini e’tirof etgan 
holda, byudjet tashkilotlarining tijorat faoliyatlarini davlat bundan keyin ham 
rag‘batlantirib borishi maqsadga muvofiq. 
- byudjet tashkilotida shunday muhitni yaratish kerakki, byudjet tashkiloti 
tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar natijasidan unda ishlayotgan ko‘p sonli 
xodimlarning shaxsiy manfaatlari emas, tashkilot manfaatlari ustuvor bo‘lishi lozim, 
deb hisblaymiz. 
Ushbu xulosalarimizdan kelib chiqqan holda istiqbolda byudjet tashkilotlarini 
mablag‘larini shakllantirish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha 
quyidagi tavsiyalarni berishni lozim topdik: 
Davlat byudjetini shakllantirish va uning mablag‘laridan foydalanish ustidan 
operativ nazoratni ta’minlash maqsadida o‘z faoliyatlari bilan bog‘ liq munosabatlar 
doirasida byudjet tizimini boshqarish organlari doirasida integrallashgan axborot 
tizimlarini yaratish lozim. 
Mudofa sektoridagi harajatlar tizimini davlat byudjeti gazna ijrosi bilan 
qamrab olish mehanizmini ishlab chiqish lozim. Bunda horijiy mamalakatlarda 
ushbu sohaning gazna ijrosi bilan qamrab olish mehanizmini urganish orqali 
erishish; 
byudjetdan tashqari tushumlarning muhim manbai sifatida chet el 
mamlakatlari uchun mutaxassislar tayyorlash xizmat qilishi mumkin. Lekin ta’lim 
uchun to‘lov masalalari ta’lim muassasasi beradigan diplomning sifati, uning 


21 
xalqaro tashkilotlar, ishbilarmonlar doirasi, jamoatchilik, ta’lim muassasalari 
xalqaro akkreditatsiyasi tomonidan tan olinishi bilan bog‘liq. Ana shu masala ijobiy 
hal etilsa, ya’ni milliy oliy ta’lim muassasalari tomonidan beriladigan diplomlar 
xalqaro miqyosda tan olinsa, ham oliy ta’lim muassasalarining nufuzi oshardi, ham 
bu yo‘l bilan valyuta tushumlarini ko‘paytirish imkoni kengaygan bo‘lar edi; 


22 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə