Innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi fakultet



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix19.05.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#111374
  1   2   3   4   5   6   7
Aholini ijtimoiy himoyalash xarajatlarini davlat maqsadli jamg‘armalaridan



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA 
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 
SIRTQI FAKULTET 
“________________________________________________________” KAFEDRASI 
“_______________________________________________________________” fanidan 
 
 
KURS ISHI 
МАVZU: 
__________________________________________________________________
_________________________________________________________________ 
Bajardi:_______________________________
Qabul qildi:____________________________ 
 
 
TOSHKENT – 2023
RO‘YXATGA OLINDI 
“____” _______2023 y. 
№_________ 
Imzo _________ 
Kurs ishi himoyaga tavsiya
qilingan sana 
“____” _______2023 y. 
Ilmiy rahbar __________ 
Imzo _______________ 
Kurs ishi himoya qilingan 
sana 
«____» _______2023 y. 
Baho «_____» _________ 
___________ 
(imzo) 
___________ 
(imzo) 
___________ 
(imzo) 
Komissiya a’zolari: 
__________________ 
__________________ 
_________________ 



Aholini ijtimoiy himoyalash xarajatlarini davlat maqsadli jamg‘armalaridan 
moliyalashtirishni takomillashtirish 
Reja: 
Kirish 
1.
Aholini ijtimoiy himoyalashda davlat byudjetining daromad va xarajatlari 
2.
Aholini ijtimoiy himoyalashda davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari 
daromadlarini ijro etish tartibi.
3.
Aholini ijtimoiy himoyalashda davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari 
daromadlari ijrosi hisobini maqsadi hamda vazifalari. 
Xulosa 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati 



KIRISH

Byudjet tizimida bosqichma-bosqich amalga oshirilgan islohotlar natijasida 
Davlat byudjeti ijrosini amalga oshirishning mukammal me’yoriy huquqiy hamda 
tashkiliy asosi yaratildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi, 
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 
“Byudjet 
muassasalarini 
mablag‘ 
bilan 
ta’minlashni 
takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori, “Byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‘ 
oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, tasdiqlash va 
ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom, “Byudjet tashkilotlarida 
buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat 
byudjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan tashkilotlarning davriy moliyaviy 
hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo‘yicha qoidalar” va boshqa 
shu kabi me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Davlat byudjeti ijrosining ushbu me’yoriy 
hujjatlar doirasida amalga oshirilishi byudjet daromadlari va xarajatlari o‘zaro 
muvofiqligini ta’minlab kelmoqda. 
“Samarali mehnat uchun zarur sharoitlar, munosib ish haqi, zamonaviy 
uyjoylar, sifatli ta’lim va tibbiy yordam, dam olish va hordiq chiqarish uchun keng 
imkoniyatlar yaratish – bularning barchasi iqtisodiy sohadagi islohotlarimiz 
mohiyati va mazmunini belgilab beradigan muhim omillardir. Shu borada nafaqat 
eng kam oylik ish haqini, balki byudjet tashkilotlarida ham, xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarda ham o‘rtacha ish haqi miqdorini, pensiya, stipendiya va ijtimoiy 
nafaqalar hajmini bosqichma-bosqich ko‘paytirish e’tiborimiz markazida bo‘ladi” - 
deydilar Prezidentimiz Sh. M. Mirziyayev o‘z ma’ruzalarida. 
Byudjet mablag‘laridan oqilona va samarali foydalanish, byudjet taqchilligini 
oldini olish dolzarb masalalardan biri sanaladi. “Albatta, Davlat byudjeti o‘lchovsiz 
emas, mablag‘larni qattiq tejash, belgilangan maqsad uchun va oqilona ishlatishni 
ta’minlash zarur. Bu – hammaga ravshan va rad etib bo‘lmaydigan haqiqat” – deydi 
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev o‘z nutqlarida . 
Byudjet tashkilotlari byudjet mablag‘larining asosiy iste’molchisi hisoblanib, 
Davlat byudjeti xarajatlarini tashkil etadi va xarajatlar smetasi asosida byudjetdan 



moliyalashtiriladi. Shuningdek, byudjet tashkiloti qonunchilikka muvofiq 
byudjetdan tashqari mablag‘lar yuzasidan tashkil bo‘lish manbalari va foydalanish 
yo‘nalishlari ko‘rsatilgan holda byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetalar 
doirasida xarajatlarni amalga oshiradi. Oxirgi yillarda davlat moliyasini isloh qilish 
loyihasini amalga oshirish doirasida so‘nggi natijaga yo‘naltirilgan byudjetlashtirish 
tamoyillarining joriy qilinishi, o‘rta muddatli byudjet istiqbollarini belgilash 
siyosatining ilgari surilishi, davlat byudjetining g‘azna ijrosiga o‘tilishi hamda 
byudjet siyosatidagi boshqa o‘zgarishlarning amalga oshirilishi byudjet 
tashkilotlarida o‘z xarajatlarini aniqlash va smetalarni ishlab chiqish, byudjetdan 
tashqari mablag‘larni safarbar qilish tartiblarini takomillashtirishni talab etmoqda.
Byudjetdan mablag‘larni taqdim etishning metodlari byudjetdan 
moliyalashtirishning muhim elementi bo‘lib hisoblanadi. Ularning yordamida 
moliya organlari byudjetda ko‘zda tutilgan tadbirlarni pul mablag‘lari bilan 
ta’minlaydi, pul mablag‘laridan foydalanishda yuqoriroq natijalarga erishish uchun 
mablag‘larni qayta o‘zgartirib taqdim etishni amalga oshiradi, moliyaviy resurslarni 
taqsimlashda tarkib topayotgan proportsiyalarni tartibga soladi. 
Davlat tomonidan moddiy ishlab chiqarish sohasi va uy-joy-kommunal 
xo‘jaligiga qilinadigan xarajatlar mamlakat iqtisodiyotini moliyalashtirish 
xarajatlariga kiradi. Bunda byudjet mablag‘lari vazirliklar, idoralar va korxonalarga 
ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha xarajatlarga (kapital quyilmalarga), oddiy 
takror ishlab chiqarishni ta’minlashga (subsidiyalar, dotatsiyalar va transfertlar), 
operatsion xarajatlarga va boshqa xarajatlarga beriladi. 
Mamlakat iqtisodiyotini moliyalashtirish xarajatlari vazirliklar, idoralar va 
korxonalar bo‘yicha rejalashtiriladi hamda bir vaqtning o‘zida ma’lum maqsadlarga 
mo‘ljallanganligi bo‘yicha ko‘zda tutiladi. Bunda byudjet mablag‘larining asosiy 
qismi iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga, ya’ni sanoat, energetika, qishloq 
xo‘jaligi va transportga yo‘naltiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 4-moddasida byudjet 
tashkilotlariga quyidagicha ta’rif berilgan: “Byudjet tashkiloti – davlat 
funktsiyalarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda davlat hokimiyati 



organlarining qaroriga ko‘ra tashkil etilgan, davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan 
saqlab turiladigan notijorat tashkilot”. 
Davlat byudjeti hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanadigan tarmoqlarda iqtisodiy 
islohotlarni chuqurlashtirish, byudjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash 
mexanizmini takomillashtirish, byudjet mablag‘laridan samarali va aniq foydalanish 
maqsadida 1999 yil 3 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 414-son Qarori qabul qilindi. Mazkur Qaror 2000 yil 1 yanvardan 
boshlab byudjet tashkilotlari xarajatlarini mablag‘ bilan ta’minlashning yangi 
tartibini belgilab berdi. 
Byudjet tashkilotlarini moliyalashtirish shartlari va ularning byudjet hisobini 
yuritish tartibi byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Davlat 
byudjetidan va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlaridan mablag‘lar oladigan 
yuridik yoki jismoniy shaxs byudjet mablag‘lari oluvchidir. Byudjet mablag‘lari 
oluvchi byudjet tashkiloti maqomiga ega bo‘la olmaydi.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə