Innovatsion iqtisodiyot / Инновационная экономика / The Innovation Economy №1. 2023



Yüklə 235,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix26.10.2023
ölçüsü235,62 Kb.
#132339
1   2   3   4   5   6   7   8
9. R.X.Ergashev, N.R.Xo‘jaqulova 70-75

To‘rtinchidan,
dorivor 
o‘simliklar 
yetishtirish va qayta ishlash tarmog‘idagi bosh-
qaruv tizimining tashkiliy-uslubiy va kadrlar 
ta’minotini takomillashtirish maqsadida, qish-
loq xo‘jaligi sohasidagi davlat boshqaruvi tizi-
mida “dorivor o‘simliklar boshqarmasi” hamda 
viloyatlar va tumanlarda uning hududiy bo‘lin-
malarini tashkil etish; 
Beshinchidan,
dorivor o‘simliklar yetish-
tirish bo‘yicha ilg‘or xalqaro agroilm-fan, ta’-
lim va amaliyot tajribalarini Qashqadaryo vilo-
yatida qo‘llash maqsadida xorijlik olim va soha 
mutaxassislarini bevosita O‘zbekistonda fao-
liyat olib borish tajribasini qo‘llash va bosh-


Innovatsion iqtisodiyot / Инновационная экономика / The Innovation Economy №1. 2023 
75 
qalar. 
Taklif etilayotgan asosiy va qo‘shimcha 
boshqaruv tuzilmalari joylarda faoliyat yurita-
yotgan korxonalarning mavjud muammo va 
kamchiliklarini tizimli ravishda o‘rganib, fan, 
ta’lim va amaliyotni o‘zaro integratsiyalash-
tirish maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib 
bormoqchi bo‘lgan bo‘lajak tadqiqotchilar 
uchun o‘z yechimini kutib turgan muammoli 
masalalarni qamrab olgan “Tarmoq muammo-
lari banki”ni tashkil etilishi mumkin. 
Bundan tashqari, viloyatda dorivor o‘sim-
liklarni yetishtirishni rivojlantirish masalasida-
gi yagona boshqaruv tuzilmasi vujudga keladi. 
Hududlarda ixtisoslashtirilgan qishloq 
xo‘jaligi klasterlarini tashkil etish bo‘yicha 
qulay sharoit yuzaga keladi. Korxonalarning 
mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan yil davo-
mida to‘liq foydalanish uchun xom ashyo 
resurslarining yetishmovchiligini yumshatish 
imkoniyati yuzaga keladi. Fundamental, amaliy 
va innovatsion ilmiy-texnik dasturlarni shakl-
lantirish va ular ustida ilmiy-tadqiqot ishlarini 
olib borish jadallashadi. 
Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qay-
ta ishlashni rivojlantirish bo‘yicha respublika va 
xorijiy davlatlarning investitsiyalarini jalb etish 
masalasida taklif va qarorlar qabul qilish-da 
yetakchi 
bo‘g‘in 
sifatida 
ishtirok 
etadi, 
javobgarlik va manfaatdorlik oshadi. Mazkur 
sohani chuqur tahlil qilish va uni o‘rganish 
uchun yagona ma’lumotlar bazasi shakllanti-ri-
ladi. Natijada tarmoq rivojlanishini kompleks 
monitoring, nazorat va tahlil qilish imkoniyati 
yaratiladi.

Yüklə 235,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə