1. O`zbekistonning yunesko xalqaro tashkilotiga a`zo bo`lishi



Yüklə 41,06 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü41,06 Kb.
#181200
Oʻzbekiston va UNESKO munosabatlari


Reja:

1. O`zbekistonning YUNESKO xalqaro tashkilotiga a`zo bo`lishi


2. YUNESKO xalqaro tashkilotining shakllanishi.
3. O`zbekistonning YUNESKO xalqaro tashkiloti bilan ilm-fan, kommunikatsiya va axborot sohasidagi aloqalar

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 26 avgust kuni Samarqand shahrida BMTning ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha tashkiloti (YUNESKO) Bosh direktori Odri Azuleni qabul qildi, deb xabar berdi O'zA.


Davlatimiz rahbari oliy martabali mehmonni qutlar ekan, O'zbekiston va YUNESKO o'rtasidagi konstruktiv muloqot izchil rivojlanib, sheriklik munosabatlari mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.
Odri Azulening ushbu nufuzli xalqaro institut bosh direktori sifatidagi mazkur ilk tashrifi o'tgan yili Parij shahrida bo'lib o'tgan uchrashuvning mantiqiy davomi ekani, shuningdek, ustuvor yo'nalishlarda o'zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash borasida tomonlarning intilishi qat'iy ekanidan dalolat berishi ta'kidlandi.
Bugungi kunda YUNESKO tomonidan O'zbekiston uchun birinchi marta qabul qilingan Mamlakat dasturi doirasida ustuvor yo'nalishlar bo'yicha qo'shma chora-tadbirlar samarali amalga oshirilmoqda.
Xalqimizning noyob madaniy-tarixiy merosini asrash sohasida hamkorlik qilish va bu boradagi almashinuvlarni faollashtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. 
Jahonning ilg'or tajribasini chuqur o'rganish va jalb etish maqsadida yurtimizda YUNESKO kafedralari tarmog'i kengaymoqda. O'zbekistonning yetakchi oliy ta'lim muassasalarida "Dunyo dinlarini qiyoslama tadqiq etish", "Suv diplomatiyasi, suv resurslarini boshqarish va atrof-muhit muhofazasi", "Madaniyat turizmi" kabi kafedralar ochilmoqda.
YUNESKO ko'magida mamlakatimizda "Sharq taronalari", baxshichilik san'ati, hunarmandchilik festivallari, Maqom san'ati anjumani kabi qator yirik xalqaro tadbirlar tashkil etilmoqda.
Uchrashuvda keng ko'lamli sheriklikni yanada rivojlantirish, jumladan, Jahon merosi qo'mitasining navbatdagi sessiyasi yakunida erishilgan kelishuvlarni so'zsiz amalga oshirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
O'zbekistonda madaniy meros ob'ektlarini rivojlantirish va asrash sohasidagi faol sa'y-harakatlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi. Bugun Samarqandda shu mavzuga bag'ishlab muvaffaqiyatli o'tkazilgan qo'shma xalqaro konferentsiya natijalari yuksak baholandi.
Madaniyat, ta'lim va fan, gender siyosat yo'nalishlarida hamda ekologiya, jumladan, Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etish yo'nalishida amaliy hamkorlik imkoniyatlari ko'rib chiqildi.
YUNESKO Bosh direktori samimiy qabul uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.
Yurtimizda boy madaniy merosni asrab-avaylash, turizm salohiyatini ro'yobga chiqarish, ta'lim va fan, atrof-muhit muhofazasi sohalarida muhim o'zgarishlarni amalga oshirish borasidagi islohotlar ijobiy natijalar berayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
YUNESKO O'zbekiston bilan keng ko'lamli sheriklikni bundan buyon ham rivojlantirish va mustahkamlashda qat'iy ekani tasdiqlandi. 
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev shu kuni «Sharq taronalari» o'n ikkinchi xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimida so'zlagan nutqida yigirma ikki yildan buyon mazkur festival` YUNESKO rahnamoligida o'tkazib kelinayotganini alohida qayd etdi. Ushbu tashkilotning Bosh direktori Odri Azule xonim yurtimizga shaxsan tashrif buyurib, anjumanga alohida fayz va ko'tarinki ruh bag'ishlagani uchun samimiy minnatdorchilik bildirdi.
YUNESKO Bosh direktori Odri Azule o'z chiqishida festival` o'tayotgan Samarqand Amir Temurning buyuk davlati, Registon maydoni esa Mirzo Ulug'bek merosidan dalolat berishini, bu meros asrlar davomida olimlar, hunarmandlar, san'atkorlarni bu yerga yetaklaganini qayd etdi. Umumbashariy tarixni asrash, universal til bo'lgan musiqani rivojlantirish YUNESKOning mas'uliyat doirasiga kirishini, tashkilot O'zbekiston bilan keng ko'lamli hamkorlikni rivojlantirish niyatida ekanini ta'kidladi.
Ma'lumot uchun: BMTning ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha tashkiloti – YUNESKO Ikkinchi jahon urushidan so'ng, 1945 yil 16 noyabrda tuzilgan. Uning asosiy maqsadi ta'lim, fan, madaniyat, kommunikatsiyalar, turizm sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish orqali tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga ko'maklashishdir. 
Y UNESKOning Parij shahridagi Bosh qarorgohi 1958 yil 3 noyabrda ochilgan. Ushbu bino Parij shahridagi Sena daryosining so'l qirg'og'ida joylashgan. Lotincha “Y” belgisiga o'xshash bino loyihasi Xalqaro me'morlar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, unda AQShdan Marsel` Breyer, Italiyadan P`er Luidji Nervi va Frantsiyadan Bernar Zerfyus kabi arxityektorlar ishtirok etishgan. Bino arxitekturasi ham o'ziga xos bo'lib, u 72 ta beton ustun ustiga o'rnatilgan. Uchta korpusdan tashkil topgan binoning 1068 ta derazasi barcha xonalariga yetarli miqdorda yorug'lik tushishini ta'minlaydi. 
Odri Azule – 1972 yil 4 avgustda Parijda tug'ilgan. 2000 yilda Frantsiya administratsiyasi milliy maktabini tamomlagan. Shundan so'ng Il`-de-Frans mintaqasi Hisob palatasida ishlagan. 2014 yilda Frantsiyaning sobiq Prezidenti Fransua Ollandning maslahatchisi, 2016-2017 yillardagi Frantsiya Madaniyat va kommunikatsiya vaziri sifatida faoliyat olib borgan. U 2017 yil 15 noyabrdan YUNESKOning Bosh direktori lavozimida faoliyat olib bormoqda.

O‘zbekistonda YuNeSKO madaniy merosi


O‘zbekiston BMT qoshidagi ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotga (YuNeSKO) 1993 yili qo‘shildi. Ayni paytda YuNeSKO ro‘yxatiga O‘zbekistondan 4 me'moriy majmua va nomoddiy madaniy merosning 5 obekti kiritilgan. Me'moriy majmualar Xiva, Buxoro, Samarqand va Shahrisabzning tarixiy markazlaridan iborat. 5ta nomoddiy madaniyat obekti esa Navro‘z, katta ashula, askiya va hokazolardan iborat.
Shuningdek, yana 30 obekt ushbu ro‘yxatga kiritilish bosqichida turibdi.
Ta'kidlanishicha, ro‘yxatga kirish uchun asosiy da'vogarlar dorbozlik va iqat tikish metodikasidir.
Xarita: O‘zbekistonning madaniy merosi; O‘zbekiston Respublikasi YuNeSKOga 1993 yilning 26 oktabrida qo‘shildi; BMT qoshidagi ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilot; chapdan o‘ngga: Shayx Muxtor Vali maqbarasi; Xiva (Ichanqal'a); Qadimgi Xorazmning cho‘l qasrlari; Hazorasp shahri; Vobkent minorasi; Chorbakr qabri; Varaxsha shahri; Bahovuddin majmuasi; Buxoro; Raboti Malik karvonsaroyi; Chashmai Ayub maqbarasi; Mirsaid Bahrom maqbarasi; Siypantosh petrogliflari; Xonbandi to‘g‘oni; Sarmishsoy darasi; Abdullaxon bandi; Samarqand; Shahrisabz; Zarautsoy petrogliflari; Hisor tog‘lari; Boysun shahri; Oq Ostona bobo maqbarasi; Termiz shahri; Zomin tog‘lari; Shohruhiya shahri; Qanqatepa; Poykent; Qadimgi Pop shahri; Axsikent shahri; Qo‘qon shahrining tarixiy markazi; Farg‘ona; Shohimardon; Andijon; YuNeSKO butunjahon merosi obektlari; YuNeSKO butunjahon merosining nomzod- obektlari; Ichanqal'a – ichki qal'a; Farg‘ona – Buyuk Ipak yo‘li o‘tgan shahar.
O`zbekistonning YUNESKO xalqaro tashkilotiga a`zo bo`lishi. Biz o`tgan 25 yillik mustaqil taraqqiyotimizni sarhisob qilar ekanmiz, tashqi siyosat va diplomatik xizmatni shakllantirish borasida amalga oshirilgan keng ko`lamli ishlarni ham alihida qayd qilish lozim. Ta`kidlash joizki, mustaqillik davrigacha respublika tashqi ishlar vazirligi apparatida bor-yo`g`I 10-15 naraf xodim bo`lib, ular nomigagina vazifasi hisoblangan ishlar, ya`ni pratocol majburiyatlarini va turli, asosan chet-ellik mehmonlarni qabul qlish bilan shug`illanardi, xolos. Istiqlolning birinchi kunlaridan boshlab o`ta muhim tashqi siyosiy masalalarni hal qilishga, avlatlararo siyosiy va iqtisodiy munosabatlar sohasida eng maqbul yo`llarni topishga to`g`ri keldi. G`oyat qisqa fursatda bu sohada Tashqi Ishlar Vazirligi, Tashqi Iqtisodiy Aloqa Vazirligi va boshqa qator davlat boshqaruv organlari tuzildi, diplomatic kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi yaratildi. 22 Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq mamlakatimiz jahonga tinchliksevar tashqi siyosat bilan chiqishdi. O`zbekiston Respulikasining davlat mustaqilligini dunyodagi nufuzli davlatlar tan oldi, ularning 120 tasi bilan diplomatic siyosiy, iqtisodiy, ilmiy texnikaviy va madaniy aloqalar o`rnatdi. Toshkentda 43 mamlakatning elchixonalari ochildi. Bular jumlasiga AQSH, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Pokiston va boshqalarn misol keltirish mumkin. Shuningdek, O`zbekistonda 88 xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilootlarning, 24 hukumatlararo va 13 ta nohukumat tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat ko`rsatmoqda. Dunyodagi 30 dan ortiq davlatlarda – AQSH, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Xitoy, Pokiston va boshalarda O`zbekistonning elchixonalari va konsulliklari ishlab turibdi. Bular mamlakatimiz xalqaro davlatlar tomonidan tan olganligini anglatadi. Mamlakatimizning qulay geosiyosiy o`rni, uning birinchi navbatda o`z milliy manfatlarini inobatga olgan holda olib borayotgan, har tomonlama chuqur o`ylagan, mustaqil va izchil tashqi siyosati davlatimizning jahon hamjamiyati tomonidan e`tirof etilishi, xalqaro maydonda obro`-e`tiborining ortib borishini ta`minladi. Hozirgi kunda O`zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom Konferensiyasi Tashkiloti, Yevroosiyo Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti, Yevroosiyo Iqtisodiy Hamjamiyati, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, YUNESKO xalqaro tashkiloti kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar qator ixtisoslashgan xalqaro tuzilmalar ishida faol ishtirok etib, mintaqaviy xavfsizlikni ta`minlash, Markaziy Osiyoda yadro qurolidan hali hudud barpo etish, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog`liq, shuningdek, xalqaro hamjamiyat oldida turgan boshqa dolzarb muommolarni hal etishga salmoqli hissa qo`shib kelmoqda. Ma`lumki, O`zbekiston geosiyosiy jihatdan ancha murakkab va shu bilan birga qulay makonda joylashgan. Ya`ni, u birinchidan, Markaziy Osiyo mintaqasining tras=nspor, boy hamda mustaqil energetika omillari markazida joylashgan, Ikkinchidan, O`zbekiston aholi soni, ilmiy texnikaviy va boshqa imkoniyatlari jihatidan mintaqadagi qo`shnilardan ma`lum darajada ustun turadi. Uchinchidan, O`zbekiston tabiiy-iqlim sharoitiga ega. Bu yerda qadimiy dehqonchilik madaniyati va boy mineral-xomashyo resurslari bor.23 Shuningdek, jahon bozoriga yuqori sifatli, ekologik jihatdan sof, raqobatga bardoshli meva sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishga hamda ularni qayta ishlangan holda yetkazib berishga qodir. To`rtinchidan, davlatimiz nafaqat o`zini-o`zi taminlaydigan balki, gaz va umuman, iqtisodiyotning asosi bo`lmish muhim tarmoqlarga ega. Beshinchidan, O`zbekistonning insoniyat svilizatsiyasida salmoqli o`rni bor. Yurtimiz ma`naviy-tarixiy merosga ega. U oldindan nafaqat mintaqada balki, dunyoda ham turli ma`naviy va siyosiy jaratonlarga, jahon svilizatsiyasiga kuchli ta`sir o`kazib kelgan. Shu jihatlarni hisobga olsak, O`zbekiston o`zining barcha ko`rsatkichlari bo`yicha jahondagi madaniy, ilmiy texnolgiya va iqtisodiy yuksaklikka erishib, bemolol Markaziy Osiyoda integratsiya markaziga aylanishi mumkin. Albatta, bu yo`lda qator qiyinchiliklar ham mavjud. Bular quyidagilar: Birinchidan, agar geografik strategic tarafdan olib qarasak, Markaziy Osiyoda kammunikatsiyalar nomaqbul rivoj topgani va uning tarmoqlari ancha buzilganligini ko`ramiz. Ikkinchidan, Markaziy Osiyoda suv resurslari cheklangan va Orol dengizi bilan bog`liq ekologik falokat ta`siri seziladi. Uchinchidan, mintaqada xavfsizlik tizimi alohida e`tiborni taqazo etadi. Bu yerda atrofdagi kuchli davlatlar va siyosiy kuchliar markazlarning birbiriga mos kelmaydigan ta`sir etish istaklari borligini ham hisobga olmasdan bo`lmaydi. To`rtinchidan, musulmon dunyosidagi ba`zi mamlakatlarning bir-biriga mos kelmaydigan manfaatlari ham ayni bizning xotirjam bo`lishga yo`l bermaydi. Beshinchidan, atrofimizda turli etnik, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa muommolar ichida qolgan “ uchunchi dunyo “ davlatlari ham mavjud. Jumladan, beqarorlik va xavf-xatorning bugungi kundagi o`chog`I – Afg`oniston, Tojikiston, Qirg`iziston davlatlari ham shu mintaqada. 24 XXI asr bo`sag`asida dunyo ijtimoiy-siyosiy jarayonlari tubdan o`zgardi, inson va insoniyat, odam va olam taqdiriga dahldorlik hissi tobora kuchaydi. XX asrning so`nggi o`n yilligi har qanday zo`rovonliklar, tazyiqlar va g`oyaviy xurijlarni aql-idrok va ochiqdan-ochiq munosabatlar orqali hal etish sari dadil qadam qo`yilgan davr bo`ldi. O`zbekiston yosh mustaqil davlat sifatida o`z mavqeyi va nufuzini mustahkamlash bilan birga dunyo ahlini jahon siyosatini isloh qilishga da`vat etgan davlatlardan biri bo`lib maydonga chiqdi. Geografik –siyosiy o`rni jihatdan O`zbekiston Markaziy Osiyoning qoq o`rtasida joylashganligi ayni ana shu mintaqada barqarorlikni ta`minlash, o`zaro hamkorlik va birodarlikni chuqurlashtirish uchun tayanch nuqta bo`lib xizmat qildi. Mustaqillikning tarixan qisqa davrida u o`zining siyosiy, iqtisodiy va ma`naviy qudratini to`la-to`kis ko`rsata oldi. Ayni ana shu mintaqa taqdirini hal qilishga qodir bo`lgan kuchli davlat sifatida o`zini nomoyon etdi. Birgina bu emas: O`zbekiston Osiyo va Yevropa qit`alari o`rtasida munosabatlarni muvofiqlashtiruvchi, siyosiy iqlimni mo`tadillashtiruvchi G`arb va Sharq o`rtasidagi azaliy raqabatni aql-idrok, donolik, tafakkurga asoslangan munozaralar va muzokorolar orqali uyg`unlashtirishga da`vat etgan shu mintaqadagi yagona davlat bo`lib maydonga chiqdi. Darhaqiqat, bugun O`zbekiston Pokiston, Hindiston, Eron, Afg`oniston, Tojikiston, Qirg`iziston va Qozog`iston muommolari bilan birga Rossiya va umuman Yevropa mamlakatlari munosabatlarini ma`lum bir o`zanga solishga da`vat qilayotgan, uni o`zining amaliy faoliyati bilan yaxshilash sari burishga katta ta`sir ko`rsatayotgan davlatdir. O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov dunyo muommolarini hal qilishning eng insonparvar tmoyillarini o`rtaga tashlar ekan u mintaqanviy mojarolar va qo`shni mamlakatlarni o`zaro kelishmovchilik muommolaridan tortib butun yer shari va insoniyat taqdiriga dahldor bo`lgan juda ulkan masalarni o`rtaga tashlamoqda.25 Bu ayniqsa, xalqaro terrorizm va narkobiznes, diniy aqidaparastlik, ekstrimizm bilan bog`liq bo`lgan muommolar budun dunyo ahli hayotiga tahdid solayotgan eng og`ir fojiya ekanligini, u bilan murosa qilib bo`lmasligini, bu illatlarni barbod qilishda juda katta qat`iyat,siyosiy iroda va ichki qudrat kerakligini O`zbekiston o`z timsolida ko`rsatdi. Prerident Islom Karimovning “O`zbekiston Xxi asr bo`sag`aida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” nomli kitobida va O`zbekiston Rerpublika Oliy Maslisining birinchi chaqiriq XIV sessiyasida qilgan “O`zkiston XXI asrga intilmoqda” nomli ma`ruzasida xuddi ana shu muomolalarni keskin qilib qo`ydi. Xalqaro terrorizm va narkobisnesning o`zaro uzviyligi, bir-biriga bog`liqligi, uning tarqolishiga ba`zan diniy niqoblardan foydalanilayotganligi, natijada diniy aqidaparastlik va eksteremizning rivojlanib borayotganligi ilmiy jihatdan chuqur tahlil etilgan. O`zbekiston rahbarining ana shu har ikki asari davlatimizning yangi yuz yillik va yangi mingyillikdagi siyosiy strategiyasini belgilaydi. Mazkur kitobning dunyoning bir necha o`nlab mamlakatlariga tarjima qilib bosilganligi, siyosatchilari va davlat arboblarining bu kitob ko`tarilgan masalalarga bergan yuksak baholari, jahon jamoatchiligining katta qiziqish bilan unga qarayotganligi fikrimizning dalidir. O`zbekiston mustaqillikdan so`ng birlashgan millatlar tashkiloti va uning shofiyligidagi nufuzli tashkilotlar; jumladan, uning ta`lim fan, madaniyat sohasidagi tashkiloti – YUNESKO ga a`zo bo`lib kirdi. Bosh Assambleyasining 48-sesiyasidagi nutqida “Birlashgan Millatlar Tashkiloti barcha elatlarning, mintaqalarining eng muhim muommalarini muhokoma qilish va yechish uchun tuzilgan noyob tashkilotdir. 26 O`zbekiston Respublikasi o`zining xohish- irodasi va taklifiga ko`ra 1992-yil 2-martda jahondagi eng nufuzli xalqaro tashkilot- Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi. Mamlakatimiz jahon hamjamiyatining to`la teng huquqli a`zosi bo`lib qoldi. Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimovning BMT Bosh Assambleyasining 1993-yilda bo`lgan 48-sessiyasida ishtirok etishi va unda 27-sentabrda qilgan ma`ruzasi O`zbekistonni jahonga yosh va navqiron davlat sifatida nomoyon etdi.27 1993-yil 24-oktabrda Toshkentda BMT ning vakolatxonasi ochildi va u ish boshladi. O`zbekiston rahbariyati va BMT rahbarlarining say-harakatlari natijasida O`zbekiston BMT ning xalqaro telekommunikatsiya uyushmasi, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi, Qochoqlar ishi bo`yicha oily qo`mitasi, Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro fuqora aviatsiyasi tashkiloti, Xalqaro atom energiyasi agentligi, aholi joylashgan jamg`armasi, Narkotik moddalarni nazorat qilish dasturi, Sanoat taraqqiyoti tashkiloti, Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi tashkiloti singari ixtisoslashgan muassasalarga a`zo obo`ldi. O`zbekistonning tashabbusi bilan va BMT rahnamoligida 1995-yil 15-16-sentabr kunlari Markaziy Osiyo xavfsizlik va hamkorlik masalalariga bag`ishlangan Toshkent kengash-seminari bo`lib o`tdi. Xalqaro kengashda ishtirok etgan 31 davlat va 6 xalqaro tashkilotdan kelgan muxtor vakillar mintaqa xavfsizligining, mojarolarni oldini olish, integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirishning ishonchli tizimini barpo etish masalalari yuzasidan qabul qilingan bayonot jahon xalqlarini, xususan Markaziy Osiyo xalqlarini, turli siyosiy kuchlarini mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga, iqtisodiy va ekologik harakat tizimlarini barpo etishga chaqirdi. O`zbekistonning BMT bilan hamkorligining yorqin sahifalaridan biri Markaziy Osiyo mintaqasidan xoli zonaga aylantirish masalasida o`z ifodasini topdi. O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh Assambleyasining 48- sessiyasi minbaridan turib so`zlagan nutqidan xoli zonaga aylantirish masalasiga asosiy e`tibor qaratadi. 1997-yil 15-16-sentabr kunlari Toshkentda “Markaziy Osiyo – yadro qurolidan xoli zona” mavzusida xalqaro konferensiya bo`lib o`tdi. Uning ichida 56 davlat va xalqaro tashkilotdan vakillar ishtirok etdi. 2000-yil dekabr oyida Toshkentda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, giyohvand moddalar tijorat, uyushgan jinoyatchilik va terrorizmga qarshi kurash mavzusida xalqaro konferensiya bo`lib o`tdi. O`zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan 2001-yilda BMT Xavfsizlik Kengashining terrorizmga qarshi kurash bo`yicha maxsus qo`mitasi ta`sis etildi. 2002-yil 18-20-oktabr kunlari BMT Bosh kotibi Kofe Annanning O`zbekistonga tashrifi mamlakatimizning xalqaro jamiyaydagi o`rni mustahkamlanib, obro`- e`tibori ortib borayotganining dalilidir, “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to`g`risidagi xalqaro pakt” ning BMT Bosh Assambleyasi 1989-yil 15-dekabrda qabul qilgan o`lim jazosini bekor qilishga qaratilgan Fakul`tativ bayonnomasi barcha hukumatlarni o`lim jazosini bekor qilishga va bu haqida mazkur bayonnomani imzolashga chorlaydi. 28 Hozirgi kunda ushbu bayonnomaga 61 mamlakat qo`shilgan. Har bir mamlakat bayonnomani ratifikatsiya qilish yoki unga qo`shilish chog`ida o`lim jazosi faqat urush holati vaqtida o`ta og`ir harbiy jinoyat sodir etganlarga qo`llanishi mumkinligi haqida eslatib o`tiladi. Inson huquqlari to`g`risidagi xalqaro hujjatlarning o`rni yana shu bilan belgilanadiki, unda umumjahon manfaatlariga xizmat qiladigan huquqiy me`yorlar mujassamlashgandir. Hozirgi kungacha inson manfaatlarini ko`zlab ko`plab xalqaro hujjatlar qabul qilingan bo`lib ular universal va mintaqaviy xarakter kasb etadi. Jumladan, BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 70 ga yaqin, Yevropa Kengashi tomonidan 160 dan ziyod, YUNESKO tomonidan 70 dan ortiq, Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti tomonidan 30 dan ortiq, turli mintaqaviy xalqaro tashkilotlar tomonidan ham ko`plab inson huquqlariga oid xalqaro shartnomalar, konvensiyalar, deklaratsiyar, paktlar qabul qilindi. Bugungi kunda hammasi bo`lib inson huquqlari bo`yicha 400 ga yaqin xalqaro hujjat mavjud. Bu xalqaro hujjatlarda inson huquqlariga oid jahon andozalari belgilab qo`yilgan va ularning milliy qonunlardan ustunligi tamoyili aksariyat davlatlar tomonidan tan olingan. Umuman olganda inson huquqlar va manfatlari himoyasi masalasi va bu sohada qabul qilingan xalqaro hujjatlarning vujudga kelishida Birlashlar Millatlar Tahkiloti ta`lim va madaniyat sohasi bo`yicha xalqaro tashkilot – YUNESKO ning o`rni beqiyos hisoblanadi. O`zbekistonning BMT homiyligidagi ta`lim, fan va madaniyat bilan shug`illanuvchi xalqaro tashkilot – YUNESKO bilan aloqalari tobora mustahkamlanib bormoqda. 1993-yil 29- oktabrda YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida O`zbekistonni YUNESKO ga a`zolikka qabul qilish marosimi bo`ldi. O`sha kuni Ulug`bek tavalludining 600 yilligini nishonlash YUNESKO dasturiga kiritildi. 1991-yil oktabrda Parijda Ulug`bek haftaligi tantana bilan o`tdi. Xiva va Buxoro YUNESKO ning jahon madaniy qadriyatlar ro`yxatiga kiritildi. Bu ro`yxatiga kiritildi. Bu ro`yxatda 411 ta obyekt bor. 29 1994-yil dekabrda respulikamizda YUNESKO ishlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi tashkil etildi; u idoralararo organ bo`lib, tarkibiga ta`lim, fan, madaniyat va axborot sohasidagi vazirliklar va idoralardan 49 kishi a`zo bo`ldi. YUNESKO Markaziy Osiyo taraqqiyotini o`rganish, tiklash va ommaviylashishga katta ahamiyat bermoqda. “Ipak yo`li – muloqot yo`li” deb nomlangan yirik tadqiqotda Markaziy Osiyaga birinchi darajali ahamiyat berildi. 1995-yil iyul oyida YUNESKO qaroriga binoan Samarqandda Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti tashkil etildi. YUNESKO bosh direktori Federiko Mayorning O`zbekistondagi rasmiy tashrifi chog`ida 1995-yil iyul oyida mazkur institut ochildi. YUNESKO bobomiz Amir Temur tavalludining 660 yilligini xalqaro miqyosda nishonlashga qaror qildi va 1996-yil oktabrda Parijda Amir Temurga bag`ishlangan bir haftalik xalqaro anjuman bo`lib o`tdi. Amir Temur tavallud topgan Shahrisabz shahri YUNESKO ning madaniy qadriyatlar ro`yxatiga kiritildi. 1997-yilda jahon madaniyatining durdonalaridan hisoblangan Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yillik muborak sanalari Parijda keng nishonlandi, xalqaro anjuman va ko`rgazmalar o`tkazildi. Bu O`zbekiston bilan BMT ning nufuzli xalqaro tashkiloti – YUNESKO o`rtasidagi hamkorlikning yana bir yorqin ifodasi bo`ldi. 1997-yil 19-20-oktabr kunlari vatanimizda Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi munosabati bilan o`tgan ulkan tantanalardan BMT, YUNESKO va boshqa ko`plab xalqaro tashkilotlar va xorijiy tashkilotlar va xorijiy mamlakatlarning elchilari va vakillari, bir qator mehmonlar ishtirok etdilar. 30 YUNESKO ning maqsadi insoniyatning aql-zakovati va ahloqiy birligiga asoslangan barqaror tinchlikni barpo etish bo`lib, “eng muhim insonparvarlik masalalariga ijodiy yondoshadigan o`ziga xos, betakror xalqaro tashkilot hisoblanadi. Uning faoliyati dunyo madaniyatini rivojlantirishga, barqaror taraqqiyot va inson taraqqiyoti uchun xalqaro ilmiy dasturlar tuzilishiga ko`maklashadi, milliy madaniyatlarning ravnaq topishiga yordam beradi. Dunyoviy me`ros hisoblangan moddiy va ma`naviy boyliklarni saqlash va ko`paytirishga shuningdek, axborotlar oqimi va matbuotni erkin taraqqiy etishga yordam beradi, rivojlanayotgan davlatlarda kommunikatsiya imkoniyatlarini oshirishga ko`maklashadi. Hozirda YUNESKO ning norma ijodkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish bilan birga, ushbu hujjatlarning qat`iyligini ham kuchaytirish zarur deb hisoblaydi. YUNESKO hujjatlarini tahlil qilganimizda ushbu hujjatlarning ishlash mexanizmi samaradorligini yetarli ravishda kuch bilan ta`minlanmaganligini ko`ramiz. YUNESKO doirasida ishlab chiqilgan va qabul qilingan xalqaro hujjatlarga O`zbekistonning qo`shilishi madaniy boyliklarimizning jahon hamjamiyati tomonidan xalqaro huquqiy himoya qilinishiga, O`zbekistonning ilmiy potensiali, fani, madaniyati, tarixiy dasturlari, noyob arxeologik va ma`naviy majmualarini, milliy va ma`naviy durdonalarini targ`ib qilishga va bu sohadagi ishlarning samaradorligini oshirishga keng imkoniyatlar ochib berish bilan birga ushbu sohaga tegishli qonunchiligimizning yanada rivojlanishiga shuningdek, O`zbekistonda ta`lim, fan, madaniyat, informatika va kommunikatsiya texnologiyalarining yanada taraqqiyot sari rivojlanib, jahondagi eng ilg`or va nufuzli davlatlar qatoridagi o`z o`rnida mustahkam qolishiga yordam beradi. YUNESKO ishlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Millay komissiyasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-dekabrdagi № 629-sonli qarori asosida tashkil topgan. 31 Komissiyaning asosiy maqsadi va vazifalari, faoliyati va moliyaviy mablag`lari bo`yicha muassasasining nizomida aks ettirilgan. YUNESKO ishlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy Komissiyasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etilgan hukumat tashkilot hisoblanadi. Tashkilotning ushbu tuzilmasi vazirlar va idoralar o`rtasidagi hamkorlik samaradorligi va o`zaro qo`llab-quvvatlashni ta`minlaydi hamda komissiyaning turli xil milliy va malqaro nodavlat tashkilotlari bilan faoliyatlarini muvofiqlashtirishda yordam beradi. Milliy komissiya tuzilgandan buyon, u YUNESKO dastur va loyihalarini amalga oshirish, ushbu tadbirlarga milliy salohiyatni jalb qilish hamda YUNESKOvakolati doirasida milliy, mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga katta hissa qo`shib kelmoqda. 1998-yil 6-noyabrda Toshkentda YUNESKO Ijroiya Kengashi 155-sessiyasining yahudiy yig`ilishi bo`lib o`tdi. Unda sessiyada qabul qilingan uchta hujjatning so`nggisi imzolandi. Bu uchinchi hujjat O`zbekiston tomonidan qabul qilingan “ Dunyoviy madaniyat va YUNESKO ning a`zo mamlakatlardagi faoliyati’ deb nomlangan loyiha edi. 32 Sessiyaning yakuniy yig`ilishini va Ijroiya Kengashi raisi Pol Potahi ochdi. Rais sessiya kun tartibiga O`zbekiston tomonidan kiritilgan hujjatning ahamiyati haqida gapirar ekan, uning dunyoviy madaniyat shakllanishida muhim omillardan biri bo`lib qolishini takidladi. Shuningdek, hujjat muhokamasini O`zbekistonda o`tkazish taklifi ko`pchilik tomondan mamnuniyat bilan qabul qilinganini qayd etdi. Sessiyada O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov nutq so`zladi. YUNESKO ning o`sha paytda Bosh deriktori Federiko Mayor sessiyaning yakuniy yig`ilishini O`zbekistonda o`tkazish taklfini bildirgani uchun Prezident Islom Karimovga, anjuman qatnashchilari va tashkilot nomidan minnatdorlik izhor qildi. Xulosa qilib aytganda, O`zbekistonning YUNESKO ga a`zo bo`lishi muhim ahamiyat kasb etdi.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T: “O`zbekiston nashriyoti” Toshkent 2015-yil.
2. I.A.Karimov “Yangicha fikrlash va ishlash talabi” T: “O`zbekiston nashriyoti” Toshkent 1997-yil.
3. I.A.Karimov “Tarixiy xotirasiz – kelajak yo`q” T:”Sharq nashriyoti” Toshkent 1998-yil.
4. I.A.Karimov “Xavfsiz va barqaror taraqqiyot yo`lida” T: “O`zbekiston nashriyoti” Toshkent 1998-yil.
5. I.A.Karimov “Biz kelajagimizni o`z qo`limiz bilan quramiz” T: “O`zbekiston nashriyoti” Toshkent 1999-yil. 60
6. I.A.Karimov “Ozod va obod vatan, erkin va faravon hayot-pirovard maqsadimiz” T: “O`zbekiston nashriyoti” Toshkent 2000-yil.
7. I.A.Karimov “Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak” T: “O`zbekiston nashriyoti” Toshkent 2002-yil.
8. I.A.Karimov “Biz tanlagan yo`l – demokratik taraqqiyot va ma`rifiy dunyo bilan hamkorlik yo`li” T: “O`zbekiston nashriyoti” Toshkent 2003-yil.
9. I.A.Karimov “ Tinchlik va xavfsizlik o`z kuch qudratimizga, hamjihatligimiz va qat`iy irodamizga bog`liq” T: “O`zbekiston nashriyoti” Toshkent 2004-yil.
10.I.A.Karimov “Jamiyatimizni erkinlashtirishimiz, islohatlarni chuqurlashtirish, ma`naviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning hayot darajasini oshirish –barcha ishlarimizning mezoni va maqsadidir” T: “O`zbekiston nashriyoti” Toshkent 2007-yil.
11. I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat - yengilmas kuch” T: “Ma`naviyat nashriyoti” Toshkent 2008-yil. 12.I.A.Karimov “ Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish yo`lida” T: “O`zbekiston nashriyoti” Toshkent 2008-yil
Yüklə 41,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə