Innovatsion iqtisodiyot / Инновационная экономика / The Innovation Economy №1. 2023


-jadval  “BBU-AZAMAT” xususiy korxonasida asosiy turdagi dorivor o‘simliklar yetishtirishning



Yüklə 235,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix26.10.2023
ölçüsü235,62 Kb.
#132339
1   2   3   4   5   6   7   8
9. R.X.Ergashev, N.R.Xo‘jaqulova 70-75

1-jadval 
“BBU-AZAMAT” xususiy korxonasida asosiy turdagi dorivor o‘simliklar yetishtirishning 
2019-2021 yillardagi dinamikasi [16]
 
Ekin turlari 
2019 y. 
2020 y. 
2021 y. 
2021 yilda 
2019 yilga 
nisbatan 
o‘zgarishi, 
% da 
Jamiga 
nisbatan 

Jamiga 
nisbatan 

Jamiga 
nisbatan 
maydoni 
% da 
Maydoni 
% da 
maydoni 
% da 
Maydoni, ga 
Moychechak 
guli 

15,4 

4,3 

9,6 
400 
Gulxayri guli 

30,8 
10 
43,5 
32 
61,5 
1500 
Dorivor valeri-
ana ildizi 

15,4 

21,7 

13,5 
600 
Lebistok ild-
izi 
0.5 
7,8 

21,7 

9,6 
900 
Gulxayri ildizi 

30,8 

8,7 

3,8 

JAMI: 
6,5 
100 
23 
100 
52 
100 
700 
Yalpi hosil, kg 
Moychechak 
guli 
810 
10,5 
955 
2,9 
4923 
6,6 
507,8 
Gulxayri guli 
2260 
29,2 
12160 
37,4 
48920 
65,6 
2064,6 
Dorivor valeri-
ana ildizi 
1310 
16,9 
6842 
21,05 
8450 
11,3 
545,04 
Lebistok ildizi 
920 
11,9 
9871 
30,4 
9565 
12,8 
939,7 
Gulxayri ildizi 
2430 
31,4 
2680 
8,2 
2708 
3,6 
11,4 
JAMI: 
7730 
100 
32508 
100 
74566 
100 
864,6 
Hosildorligi, kg/ga 
Moychechak 
guli 
810 
955 
984,6 
21,6 
Gulxayri guli 
1130 
1216 
1528,75 
35,3 
Dorivor valeri-
ana ildizi 
1310 
1368,4 
1207,1 
-7,8 
Lebistok ildizi 
1840 
1974,2 
1913 

Gulxayri ildizi 
1215 
1340 
1354 
11,4 
“BBU-AZAMAT” xususiy korxonasida 
yetishtiriladigan asosiy turdagi dorivor o‘sim-
liklarning maydoni 2021 yilda 2019 yilga nis-
batan qariyb 46 gektarga yoki 8 barobar ortgan, 
shundan gulxayri guli maydoni 16 martaga va 
dorivor valeriana ildizi maydoni 600 % ga 
oshgan. Lebistok ildizi va gulxayri ildizi may-
donlari ham o‘rganilayotgan davrda ortgan-
ligini ko‘rishimiz mumkin. (1-jadval). 
Masalan, 2021 yilda dorivor o‘simliklar-
dan olinadigan yalpi hosil miqdori 2019 yilga 
nisbatan 66836 kg ga yoki 9,6 marta oshgan 
bo‘lsa, moychechak gulining yalpi hosili 4113 
kg ga yoki 6 marta, gulxayri guli 46660 kg ga 
yoki 21,6 marta, dorivor valeriana ildizi 7140 kg 
ga yoki 6,5 martaga, lebistok ildizi 8645 kg ga 
yoki 10,4 martaga oshgan bo‘lsa, gulxayri ildizi 
esa o‘rganilayotgan davrda 274 kg ga yoki 1,1 
martaga oshganligini kuzatishimiz mumkin. 
“BBU-AZAMAT” xususiy korxonasida 
2021 yilda moychechakning o‘rtacha hosildor-
ligi 984,6 kg/ga ni tashkil etgan bo‘lsa, gul-xayri 
gulida bu ko‘rsatkich 1528,75 kg/ga, valeriana 
ildizida 1207,1kg/ga, lebistok ildizida 1913 
kg/ga va gulxayri ildizida 1354 kg/ga ni tashkil 
etgan. Boshqacha qilib aytganda, 2021 yilda 
2019 yilga nisbatan gulxayri gulining o‘rtacha 
hosildorligi 398,75 kg/ga yoki 35,3 % ga oshgan 


Innovatsion iqtisodiyot / Инновационная экономика / The Innovation Economy №1. 2023 
73 
bo‘lsa, moychechak guli 174,6 kg/ga yoki 21,6 
% ga, gulxayri ildizi 139 kg/ga yoki 11,4 % ga 
oshgan. 
Lebistok 
ildizining 
hosil-dorligi 
o‘rganilayotgan yillar davomida 73 kg/ga yoki 4 
% ga oshgan bo‘lsa, dorivor vale-riana ildizi -
102,9 kg/ga yoki -7,8 % ga kamay-ganini 
ko‘rishimiz mumkin. 
Dorivor o‘simliklarni yetishtirishni ko‘-
paytirishdan ko‘zlangan maqsad mavjud yer va 
suv resurslaridan samarali foydalanish, tabiiy 
vositalar yordamida aholi salomatligini yanada 
mustahkamlash, aholini zararsiz tabiiy dori vo-
sitalari bilan ta’minlash va eksport xajmlarini 
yanada oshirish, dorivor o‘simliklarni yetish-
tirishda ularni oqilona joylashtirishni tashkil 
etish hamda mahsulot yetishtiruvchilarning 
iqtisodiy va moliyaviy barqarorligini ta’min-
lash hisoblanadi. 
Buning uchun esa zarur yonilg‘i-moylash 
materiallari, mineral o‘g‘itlar, urug‘lik va bosh-
qa moddiy resurslar hisob-kitob qilinib, o‘z 
vaqtida yetkazib berish chora-tadbirlari ko‘ri-
layapti. 
Bu amalga oshirilayotgan islohotlarning 
barchasi soha oldiga qo‘yilayotgan talab – dori-
darmon mahsulotlari importini keskin kamay-
tirish va dorivor o‘simliklar eksportni ko‘payti-
rishga xizmat qiladi. 
Aholi salomatligini yaxshilash va dori-
darmon vositalariga bo‘lgan talabini qondirish, 
qayta ishlash korxonalarida innovatsion texno-
logiyalardan foydalanish va ularning samara-
dorligini oshirish zarurati kuchaymoqda. Shu 
bilan birga, dorivor o‘simliklar, xususan, kav-
rak yetishtirishni rivojlantirish tendensiyalari 
ancha ziddiyatli kechmoqda. Bir tomondan 
dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ish-
lash quyi tarmog‘ini texnik-texnologik moder-
nizatsiyalash sur’atlarining pastligi, samarali 
innovatsion infratuzilmalar yetarli emasligi, 
dorivor o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha katta 
ichki imkoniyatlarga ega bo‘lishiga qaramas-
dan, katta miqdorda dori-darmon vositalari 
importga olinmoqda. 
Shuningdek, ko‘pgina dorivor o‘simlik-
larni yetishtirish uchun urug‘likning asosiy qis-
mi xorijdan importga olinmoqda. Boshqa 
tomondan, dorivor o‘simliklarni, xususan, kav-
rak yetishtirish va xom ashyosini qayta ishlash-
ni tartibga solishning tashkiliy-iqtisodiy metod-
laridan samarali foydalanilmayapti. Natijada
dorivor o‘simliklarni yetishtiruvchi fermer xo‘-
jaliklarining samaradorligi pastligicha qolib 
ketmoqda. 
Hozirgi kunda birgina dorivor o‘simliklar 
yetishtiruvchi va qayta ishlovchi korxonalar 
o‘zaro munosabatlarining tashkiliy-iqtisodiy 
mexanizmini takomillashtirish bilan bog‘liq 
bo‘lgan quyidagi muhim masalalar o‘z 
yechimini topishi zarur. Xususan: 

dorivor o‘simliklarning har xil tuproq-
iqlim sharoitlariga mos keladigan yuqori 
avlodli, serhosil, kasallik va zararkunandalarga 
chidamli turlarini yetishtirishni ko‘paytirish; 

dorivor o‘simliklar yetishtirish va uni 
yanada rivojlantirish, urug‘chilikni rivojlanti-
rishda rag‘batlantirish mexanizmi qoniqarli 
darajada emasligi shuningdek, shu sohada 
faoliyat olib borayotganlar ishlarining sustligi; 

dorivor o‘simliklardan yuqori hosil olish 
va yetishtirishda uning tannarxini pasaytira-
digan zamonaviy resurstejamkor texnologiya-
lardan foydalanish bo‘yicha o‘rmon, fermer va 
dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa yer ega-
lariga amaliy yordam va maslahatlar berishda 
sohaning yetuk olim va mutaxassislari ishtiro-
kida ko‘rgazmali, hududiy ilmiy-amaliy o‘quv 
seminarlarini tashkil etish va uni o‘tkazish 
ishlari qoniqarli emasligi; 

mavjud kamchiliklarni chuqur tahlil 
qilib, o‘rganib, tarmoqni yanada rivojlantirish 
masalalariga qaratilgan fundamental, amaliy va 
innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish 
istagidagi tadqiqotchi va olimlar uchun zarur 
bo‘ladigan ma’lumotlar tizimli ravishda 
hisobotlarda yuritilmaganligi boisdan, yuqori 
malakali mutaxassis va ilmiy kadrlar tayyorlash 
masalalarida oqsoqlanishlar kuzatilayotganligi; 

dorivor o‘simliklar yetishtirish uchun 
resurslar ta’minoti, ya’ni mablag‘, urug‘lik, 
yonilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘itlar, 
biologik 
va 
kimyoviy 
vositalar 
hamda 
mexanizatsiya xizmatlari bilan subyektlarni o‘z 
vaqtida yetarli darajada ta’minlanmayotganligi; 

yovvoyi holda o‘sadigan dorivor 
o‘simliklarni 
madaniylashtirish, 
birlamchi 
urug‘chiligini tashkil etish, ilmiy tavsiyalarni 
ishlab chiqishda, urug‘chi-olimlar va soha 
mutaxassislarini keng jalb qilish ishlari 
qoniqarsiz tarzda amalga oshirilayotganligi; 


Innovatsion iqtisodiyot / Инновационная экономика / The Innovation Economy №1. 2023 
74 

dorivor o‘simliklardan yuqori sifatli xom 
ashyo olish va qayta ishlash masalasida 
respublika va rivojlangan xorijiy davlatlarning 
ilmiy muassasalari va olimlari o‘rtasida uzviy 
hamkorlik aloqalarining yaxshi yo‘lga qo‘yil-
maganligi; 

viloyatimizning tuproq-iqlim sharoitla-
riga mos keladigan muqobil xom ashyo olina-
digan dorivor o‘simliklarni izlab topish, ularni 
yetishtirish va qayta ishlash texnologik jara-
yonlarining o‘rganilmaganligi; 

dorivor o‘simliklarni ilmiy asoslangan 
xolda joylashtirishga e’tibor berilmasligi natija-
sida belgilangan hosil olinmayotganligi. Bu esa, 
qayta ishlash korxonalarining xom ashyo 
ta’minotida yetishmovchiliklarga sabab bo‘l-
moqda. 

dorivor o‘simliklar yetishtiruvchi kor-
xonalar 
tomonidan 
mahsulotlar 
sifatini 
yaxshilashni ta’minlash uchun texnologiyalar-
ning yetishmasligi; 

dorivor o‘simliklarni yetishtiruvchi xo‘-
jaliklar bilan ularni qayta ishlovchi korxonalari 
o‘rtasida kontraktatsiya shartnomalarini tuzish 
va ularning ijrosini monitoring qilish ishlari-
ning murakkabligi; 

tizimli nazorat o‘rnatilmayotganligi 
tufayli dorivor o‘simliklarni ilmiy asoslangan 
holda joylashtirishga e’tibor berilmayotganligi 
natijasida belgilangan hosil olinmaganligi; 

ixtisoslashgan xo‘jaliklarning kamligi, 
dorivor o‘simliklarni ekish uchun yer to‘g‘ri 
tanlanmayotganligi, zamonaviy ilg‘or agrotex-
nologiyalarning keng qo‘llanilmayotganligi, 
dorivor o‘simliklar hosilining o‘z muddatlarida 
sifatli va nes-nobud qilmasdan yig‘ishtirib 
olinishida texnikalarning yetishmasligi kabi 
muammolar tarmoq samaradorligiga salbiy 
ta’sirini o‘tkazib kelayotganligi aniqlandi. 

Yüklə 235,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə