1.Tibbiyot bioetikasi tushunchasi va uning vazifalari
Bioetika - biomedisina fanlarini fanlararo taraqqiyot va sog’liqni
saqlash
amaliyoti soxasiga yangi texnologiyalarni joriy etish natijasida yuzaga kelgan etik,
falsafiy, antropologik muammolarni tadqiqot qiluvchi fan soxasidir. Xozirgi zamon
tibbiyoti va boshqa fanlarni rivojlanishi ko’pgina ijtimoiy va ruxiy muammolarni
xal qilinishini taqozo etadi.
1-rasm. Van Rensselaer Potter –Amerika o’sma kasalliklari assosiyasiyasi
prezidenti.
Bioetika termini Amerika vrachi Van Ransseler Potter tomonidan (Van
Ransselaer Potter) "Bioetika: yashab ketish ilmi" (1971 y.) "Bioetika: kelajakga
ko’prik" (1972 y.) kitoblarida ekologik etikani aloxida variantini ifodalash uchun
foydalangan(1-rasm.). Potter g’oyasi gumanitar
va biologik fanlarni bir
yo’nalishda xarakat qilib fan texnika taraqqiyoti natijasida yerdagi xayotni
noto’g’ri zararli ko’rinishga kirishishini oldini olishdan iborat edi. 1964
yilgi
Butun dunyo mediklari assotsiatsiyasining Xelsinki deklarasiyasida ilmiy
izlanishlarda rioya qilish uchun birinchi xalqaro etika standarti ishlab chiqildi.
Tibbiy tadqiqotlarning ikkinchi etik standartlari 2000
yil Butun dunyo mediklari
assotsiatsiyasining Xelsinki II deklarasiyasi tarkibida qabul qilindi.
2.Tibbiyot bioetikasi fani o’rganuvchi muammolar
Bioetika fani o’rganuvchi muammolar:
2-rasm.Tashxisot va muolaja qilish samaradorligini aniqlash uchun turli
tajribalar o’tkazish.(“internalar” filmidan)
Reproduktiv texnologiyalar (suniy urug’lantirish, "probirkada"
urug’lantirish, surrogat onalik) va abort, kontrasepsiya;
inson va xayvonlarda tadqiqot o’tkazish(9-rasm);
Bemorni o’tkaziladigan radikal
muolajalarga munosabati, uni shu
masalalardagi xuquqi;
O’lim
tushunchasini aniqlashtirish, o’zini o’ldirish va evtanaziya
(faol, sust, ko’ngilli);
O’lishi aniq bemorlarga munosabat (xospislar);
Vaksinasiya va OITS;
Oilani rejalashtirish va
demografiya masalalari;
Genetika
muammolari
(gen
tadqiqotlari,
gen
injeneriyasi
genoterapiya);
Transplantologiya;
Sog’liqni saqlash soxasida odilona xolislik;
Insonni klonlashtirish ;
O’zak xujayralar bilan tadqiqotlar va boshqa masalalar.
Dostları ilə paylaş: