Ibbiy etika asoslari


Tibbiyot deontologiyasi muloqot munosabatlari



Yüklə 398,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/23
tarix30.12.2023
ölçüsü398,95 Kb.
#164641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
1 dar Tbbiy etika va dеontologiyasi asoslari

2.Tibbiyot deontologiyasi muloqot munosabatlari. 
Deontologiya shifokorning burchi va odobi xaqidagi fandir.Vrachlik 
deontologiyasi fan sifatida keng filosofik tushuncha bo’lib: 

vrach bilan bemor o’rtasidagi munosabat (5- rasm);

vrach bilan bemorning qarindoshlari va yaqinlari orasidagi munosabat 
(6- rasm);

vrachlarning xamkasblari bilan munosabatlari(7 rasm);

o’rta va kichik tibbiyot xodimlari bilan munosabatlari; 

vrach bemorni davolash jarayoni paytidagi xuquqlari;

ustoz va shogird munosabatlari;

vrachlik siri va xatolari; 
kabi muammolar bilan shug’ullanadi. 
Vrachlik deontologiyasini tibbiyot amaliyotida to’g’ri joriy qilinishi 
vrachlarning ongi, saviyasi, dunyoqarashi, bilim mezoni, qaysi soxada va 
lavozmda ishlayotganligi va qaysi jamiyatda yashayotganligi bilan chambarchas 
bog’liqdir.
Vrachlik deontologiyasi fan sifatida keng tarmoqlarga va jabxalarga ega. 
Yuzaki qaraganda deontologiya umumiy klinik fanga yaqin tushuncha bo’lsa xam, 
ammo vrachlikning xar bir soxasida o’ziga xos qirralari mavjud. Qolaversa, 
terapevtlar, xirurglar, stomatologlar, psixiatr va onkologlar umumamaliyot va 
oilaviy vrachlar deontologiyasi bir- biridan farq qiladi. 
3. Deontologiyaning asosiy qoidalari. 
Bugungi kunning talabiga ko’ra umumamaliyot va oilaviy shifokor 
deontologiyasi yuqori o’ringa ko’tarildi. Qishloq vrachlik punktida, oilaviy 
poliklinikalarda, kunduzgi shifoxonalarda uy sharoitidagi davoxonalarda, 
ishlaydigan vrachlar tor soxa bilan chegaralanmay tibbiyotning barcha soxalari 
bo’yicha kerakli tibbiyot yordamini ko’rsatishiga deontologik shay bo’lishi kerak. 
Vrachlik deontologiyasi asosida shifokorning bemor bilan munosabati yotadi. 


Vrachning butun bilimi, odobi, xatti-xarakati bemorga unga nisbatan ishonch 
uyg’otishga qaratilgan bo’lishi kerak. Bemorda o’zini qiynagan dardga vrach 
malxam, najot bo’la oladi, degan umid va tuyg’u paydo bo’lishi kerak. Buning 
uchun avvalo vrach bemor bilan muloqot san'atini egallashi shart. 
Ulug’ rus olimi Bexterev:"Agar vrachning birinchi suxbatidan so’ng bemor 
o’zini yengil xis etmasa u vrach emas",degan edi. Bemor bilan suxbatlashish 
san'ati bemorning ismi-sharifi, nasli-nasabi, kasbi-kori, lavozimini xisobga olgan 
xolda o’ziga xos ravishda olib borilishini talab qilishini bilamiz. Vrach bilan bemor 
suxbatining o’zagida bemor dardiga malxam bo’lish, kasallikning kechishi, 
oqibatlari xaqida ishonarli, to’g’ri, ob'ektiv ma'lumotlarga asoslanib ularni 
boshqalarga oshkor qilmasdan davolanib ketishiga umidini paydo qilish yotadi. 
Muloqot san'atini egallagan oilaviy vrach miokard infarktiga, miya insultiga, 
rakka, bronxial astmaga, silga, shizofreniyaga, zaxm, OITS (SPID) kabi 
xastaliklarga uchragan bemorlar va ularning yaqinlari bilan bir tarzda suxbat 
qurmasligi kerak. Murakkab jarroxlik amaliyotidan oldin bemorlar va uning 
yaqinlari bilan olib boriladigan qiyin va uzoq suxbat uslubi o’ziga xos va 
murakkabdir. Deontologiya qonun-qoidalarining tibbiyot amaliyotida to'g'ri joriy 
qilinishi tibbiyot xodimining ongi, saviyasi, dunyoqarashi, bilim mezoni va qaysi 
jamiyatda yashayotganligi bilan chambarchas bog'langandir. Kishilik jamiyati 
taraqqiyotining turli bosqichlarida shifokor, hamshiralarning bemorlar bilan 
deontologik munosabatlari turlicha kechgan. U zamon talabiga qarab o'zgarib 
borgan. 
Shifokor deontologiyasi hamshira bilan bemor o'rtasidagi munosabatni ham o'z 
ichiga oladi. Hamshiraning butun bilimi, burchi, odobi, xatti-harakati bemorda 
unga nisbatan ishonch uyg'onishiga qaratilgan bo'lishi, ya'ni bemorda dardimga 
faqat shu shifokor, hamshiragina malham bo'la oladi, degan umid paydo qila olishi 
kerak. Buning uchun hamshira bemor bilan muloqotning yuksak san'atiga ega 
bo'lishi lozimdir. 
Tibbiyot xodimi biron bir a'zo yoki tizim (sistema)larning kasallanishidan 
tashqari, avvalo insonni, undagi bemorlikni va uning salomatligi borasida 


chekayotgan tashvishini ko'ra olishi kerak. Hamshira shifokor belgilagan 
davolashni amalga oshirar ekan, bemorni parvarish qilish sohasidagi vazifaning 
anchagina qismini o'z zimmasiga oladi, bunda psixoterapevtik ta'sir ko'rsatish 
usullaridan foydalanadi va tibbiyot bioetikasi va deontologiyasi tamoyillariga rioya 
qilishi zarur. 
Tibbiyot deontologiyasi tib xodimlaridan yuksak insoniy fazilatlarga ega 
bo'lishni taqozo etadi. Bu fazilatlar: bilimdonlik, odamiylik, jasorat, mehr-shafqat, 
xushmuomalalik, halollik, pokizalik, insoflilik, sofdillik, ziyraklik, hozirjavoblik, 
bosiqlik, kamtarlik, izlanuvchanlik, andishalilikda ko'rinadi. 
Bemor kasalxonada o'z yaqinlari, do'stlaridan uzoqda bo'lgani uchun ko'pincha 
o'zini yolg'iz, baxtsiz his etadi, yangi sharoitga moslashishi qiyin kechadi. Shuning 
uchun ham hamshira kasallarga e'tibor bilan qarab, g'amxo'rlik ko'rsatishi darkor. 
Bemorni bo'limda uchraydigan ba'zi kamchiliklar davo muolajalarining o'z vaqtida 
bajarilmaganligi, shifoxonalarning sovuqligi, ovqatning kechikib kelganligi va 
h.k.lar asabiy holatga olib keladi, o'zaro munosabatlarni chigallashtiradi. Bu esa 
davo natijasiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bu muammolarning yechimida shifokor
hamshiraning tutgan o'rni, vazifasi beqiyosdir. 
Shifokor o'zi kim?
Uning shifokorlik sohasida o'rni nimalardan iborat? 
Bu savolning javobida har bir tib xodimi hozirda o'zicha yondashib kelmoqda. 
Zamonaviy yosh shifokorlarni va hamshiralarni tibbiyot oliy o’quv yurtlarida 
deontologik tarbiyalashda qadimda o'tgan va o'rta asr tabiblarining, ya'ni sharq 
tabobati namoyandalarining ma'naviy boyliklaridan samarali foydalanishimiz 
kerak. Ma'lumki, ko'hna Sharqda tabobatchilik kasbi aholi o'rtasida eng mo’tabar 
va savobli mutaxassislik hisoblangan. 
Shifokorlikni tanlagan va hamshira bo'lishni orzu qilgan inson sharm-hayoli, 
iymon-e'tiqodli, nozik ta'b, bosiq va o'zining murakkab faoliyatida og’ishmay 
ishlaydigan, jur 'atli bo'lmogi darkor. Uning uchun bemorning manfaatidan o'zga 
yuqori tuyg'u bo'lmasligi kerak. U bor bilimini, aql-zakovatini va orttirgan kasbiy 
tajribasini bemor salomatligini tiklashga, unga yordam qo'lini cho'zishga doim 


tayyorligi, o'zining huzur-halovatidan kechib, bemor atrofida doimo tibbiy 
yordamga shay ekanligini namoyish qila olishi, bemor va uning qarindosh-urug'lari 
oldida o'zining xatti-harakati bilan ularning muhabbatini qozonishga intilmog'i 
kerak.Shifokor degan sharafli nom ana shunday yuksak ma'naviyatni talab etadi.
8-rasm. Abu Ali ibn Sino 
Sharq tabobatining buyuk allomasi, vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino og'ir 
shifokorlik kasbini zimmasiga olgan insonlarga yaxshi o'git va talablarni yozib 
qoldirgan (8-rasm). Masalan, «o'z umrini savob ish -shifokorlikka baxsh etgan 
odam, eng avvalo saxiy, muruvvatli, soddadil, haqgo'y, beg'araz va adolatparvar 
bo'lmog'i kerak. Tashqi qiyofasi e'tiborga loyiq, kamsuqum va kamgap, ochiq 
chehrali, boqishlari muloyim va tabassumli, ozoda va kamtarin kiyingan bo'lishi 
lozim. Zero, uning ko'rinishi va xatti-harakatlari bemor va uning qarindoshlari 
orasida hurmat va ishonch tuyg'usini uyg'ota olsin. Shifokorning samimiyligi u 
qilmoqchi bo'lgan muolajaning avvalidir». 

Yüklə 398,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə