5.Tibbiyot oliy o’quv yurtlari talabalarining deontologiyasi.
Talabalarni klinikada deontologyaga to’g’ri rioya qilishi bemorlarni muolaja
jarayoniga munosabatiga va sog’ayishiga o’z ijobiy ta’sirini ko’rsatishi mumkin.
Talaba-shifokor uchun o'ziga nisbatan bemorning ishonchi, muhabbati va
hattoki hayratini qozonishi sharaflidir. Tibbiyot oliy o’quv yurtiga o'qishga qabul
qilingan yigit va qizlar oilasida shifokorlar bo'lsa-da, tibbiyotning va shifokorlik
kasbining barcha muammolarini to'liq tasavvur eta olmaydilar. Bu mashaqqatli
yo'lda talaba tajribali shifokor-muallimlarning tibbiyot ilmi, shifokorlik kasbi
to'g'risidagi fikr-mulohazalariga e'tiborli bo'lishlari lozim. Oliy tibbiy ta'lim
mobaynida talaba kun bo'yi, ko'pincha tunda ham ishlaydi. Talaba juda ko'p
kitoblarni mutolaa qilishi, qator fanlarni o'zlashtirishi va eng avvalo, mustaqil
ravishda murakkab fikrlashni o'rganishiga to'g'ri keladi. Mashaqqatli kirish
imtihonlarini topshirib, oliy o'quv yurtiga qabul qilingan talaba uzoq muddatli
o'qish davomida ba'zan yo'qotishlar bilan kechadigan tushkunlik holatiga qarshi
kurashga kuchi yetishi haqida jiddiy o'ylashi zarur. Bo'lajak shifokorlar ta'limning
birinchi yilida o'zida kechayotgan vaqtinchalik ruhiy depressiya natijasida emas,
balki o'z imkoniyatlarining chuqur tahlilidan keyingina tanlagan kasbidan voz
kechish-kechmaslik haqida tugal qaror qabul qilishi kerak.
Talaba ayni vaqtda bemorga yordam bera olmaydi, lekin uning azob-
uqubatlariga e'tibor qaratishi lozim. Har bir talaba bemor bilan uchrashuvga
ilgaridan tayyorgarlik ko'rishi, doimo o'z xulq-atvori, tashqi ko'rinishini nazorat
qilishi zarur. Otalig'idagi biriktirilgan bemor bilan o'zaro munosabatida talaba so’z
ohangidagi maromga e'tiborli, bosiq bo'lishi va nutq madaniyatiga amal qilishi
kerak.
Ko'pincha talabalar klinikaga kelganlarida bemorlar bilan so'rashishni, ularning
ahvolidan xabar olishni, bemorlarning o'rinlaridan turishlariga, eshikni
ochishlariga, zinapoyadan ko'tarilishlariga yordam berishni unutadilar. Talaba -
klinikada shifokorning kichik hamkasbi. Klinikadagi katta mutaxassislarga tegishli
bo'lgan qoidalar talaba uchun ham ta’alluqlidir. Klinika - bu eng avvalo shifoxona
va u qo'shimcha holda talabalar ta'lim oladigan dargoh vazifasini bajarsa-da, bu
yerdagi hamma narsa asosiy maqsadni: bemorni davolashni ko'zda tutishi kerak.
Buni hamma, ayniqsa talabalar yodda tutishlari lozim. Klinikada talabalar probirka
va kimyoviy reaktivlar bilan emas, balki tirik, aksariyat hollarda baxtsiz odamlar
bilan muomalada bo'ladilar. Ularning ba'zilari jismoniy azoblanadilar, o'tkir og'riq
sezadilar, boshqalari esa o'ta holsizlikni boshdan kechiradilar. Asabiy yoki befarq
bemorlar ham uchraydi, lekin ularning barchasi o'z tashvishlariga ega bo'lib, bu
kechinmalarga yana qo'rquv ham qo'shiladi. Ular ko'pincha tekshirishlar
natijalarini ruhiy zo'riqish bilan kutish holatlarini boshdan kechiradilar. O'zlarini
otaliqqa olgan talabalardan esa qo'shimcha ma'lumot olishga harakat qiladilar.
Uzoq davom etgan tayyorgarlikdan so'ng talaba, nihoyat, bemor bilan birinchi
bor uchrashadi. Bu bo'lajak shifokor hayotida muhim hodisadir. Agar shu daqiqada
talabaning yurak urishi tezlashmasa, u ziyrak va yaxshi shifokor bo'lib yetishishiga
ishonish mushkul.
Kasallik xususiyatidan qat'iy nazar, bemor uchun xastalik bu baxtsizlik va
azob-uqubatdir. Kasallik tufayli ba 'zan u o'qishni, ish faoliyatini to'xtatadi, ish
haqini yo'qotadi, uyi, oilasini sog 'inadi, xastalikdan, operatsiya va o'limdan
cho'chiydi. Talabalar bemorlar huzurida va o 'zaro suhbatlarida ham o 'ta
ehtiyotkor bo'lishlari zarur; xasta odam talabalarning ayrim o'ylamay aytgan
so'zlaridan butunlay boshqacha, teskari xulosalar chiqarishlari mumkin. Amaliy
mashg'ulotlarda talabalar doimo buni yodda tutishlari va bemorlarning savollariga
o'ta ehtiyotkorlik bilan javob berishlari, baodoblilik bilan o'zini javobdan olib
qochishlari, nozik savollarga keyingi safar javob berishlarini aytishlari lozim.
Biroq bilmagan narsalarni aytishdan saqlanishlari zarur.
Shifoxonalarda o'tkaziladigan mashg'ulotlar paytida talabalar o'zlarini chetdan
kuzatayotgan bemorlarning murabbiylarga (ba'zan talabalar muallimdan uzoqda
turadilar, o'zga ishlar bilan shug'ullanadilar) nisbatan ixloslarini so'ndirmaslik
uchun tinchlik saqlashlari va o'zlarini munosib holda tutishlari kerak.
O'zlarining xulq-atvorlari bilan murabbiy talabaning nufuzini pasaytirmaslik,
bemor ahvolini og'irlashtirmaslik, uning azob-uqubatlarini ko'paytirmaslik uchun,
qadimiy va doimiy «Eng avvalo, bemorga zarar keltirma» maqoliga amal qilgan
holda muloqot qilganlari ma'qui.
O'ziga talabchan, o'ta intizomli, sarishta, va'dasining ustidan chiqadigan
talabagina bemor ko'ziga «issiq ko'rinadi» va undan buyurilgan kun tartibi hamda
davolash usullariga amal qilishini talab etishi mumkin, bemor o'zini ko'pincha
mushtoq bo'lib kutayotganini talaba esdan chiqarmasligi kerak.
O'zining imkoniyatlari darajasida talaba bemor ahvolini ba'zan shirin so'zi va
jilmayishi, ba'zan jismoniy yordam ko'rsatish bilan (bu kamtarona, lekin juda
foydali vositalardir) yengillatishi zarur. Albatta, talaba yosh, sog'lom insondir va
hech kimsa undan klinik mashg'ulotlarning boshlanishi bilan doimo va hamma
joyda jiddiy bo’lishni, kulmaslik hamda xursand bo'lmaslikni talab qilishga
botinmaydi.
Biroq talaba-shifokorning avvalo, tashqi qiyofasi va orastaligi bilan ajralib
turishi zarur. Tozalik va sarishtalik -gigiyena va kasalliklarning oldini olishning
birinchi shartidir. Shifokorlar kirlanganligi tez ko'zga tashlanishi sababli oq xalat
kiyadilar. Talaba shifokor bunday tartibga o'qishning birinchi kunlaridanoq
ko'nikishi lozim. Uning kiyimi orasta, toza va yaxshi dazmollangan bo’lishi kerak.
Agar talabaning xalati kirlangan, g'ijim bo'lsa, o'zi esa soch-soqoli o'sgan, orasta
bo'lmasa, shifoxonalardagi tartibsizlikka e'tibor bermasa, bunday odam bilan
ishlash noxush, davolanish esa mushkuldir. Talabaning sochi tartbga keltirilgan,
soqoli olingan bo’lishi darkor. Bo'lajak shifokorlar, ayniqsa talaba-qizlar o'ta yangi
rusumga ergashmasliklari, barcha narsalarda, shu jumladan, modada ham me'yorni
bilshlari kerak. Talaba-qizning (kalta yubka, ko'ylakda) bemor krovatiga o'tirishi,
ayniqsa bemor yosh yigit bo'lsa, juda noqulaydir. Shuningdek, o'ta bashang
turmaklangan soch ham noo'rindir. Yoyilgan sochlar, so'nggi rusumdagi modadagi
yubka (ko'ylak) va shimlar o'z egasining jiddiyligiga shubha tug'diradi. Shifokor-
talaba g'ayrioddiy ko'rinishda bo'lmasligi lozim. Tirnoqlar olingan bo'lishi shart,
negaki uzun tirnoqlar ostida kir to'planadi. Ikkinchi tomondan, uzun tirnoqlar
noqulay va hatto perkussiyada og'riqqa sabab bo'ladi. Chuqur palpatsiyani esa
umuman o'tkazib bo'lmaydi, chunki bunday tirnoqlar bemor tanasini tirnab, so'ngra
bu sohalarda yiring toplanishiga olib kelishi mumkin. Uzun tirnoqlar talaba va
shifokor uchun ortiqcha bezakdir. Ayol-qiz talabalar va shifokorlar tirnoqlarini
bo'yamasliklari (ayniqsa, yorqin rangli bo'yoqlar bilan) kerak. Bemorga chiroyli
qosh-ko'zlar, yoyilgan sochlar, bo'yalgan tirnoqlar emas, e'tibor va g'amxo'rlik
qimmatlidir.
Talaba ba'zan o'ta yoqimsiz muolajalardan voz kechishi mumkin emas. U zarur
bo'lganda, bemorning axlatini ko'zdan kechirishga, mikroskop ostida tekshirishga,
kezi kelganda, kirlangan bemorlarni ham diqqat bilan ko'rishga majbur. Gangrena
yoki abssessga duchor bo'lgan bemor to'shagi yonida badbo'y hidga chidashga
ko'nikish kerak. Bu hid bemor kiyimi, to'shak anjomlari va sochlarida uzoq vaqt
saqlanib qoladi. Tuberkulyoz, zahm, vabo yoki moxov bilan kasallangan
bemorlardan cho'chimaslik darkor. Tibbiyotga bo'lgan muhabbatni fizika,
matematika, tarixga bo'lgan sadoqat bilan taqqoslab bo'lmaydi. «Shifokorlar
iste'dodi» haqida bejiz gapirmaydilar, bu bemorlar, baxtsiz va uqubat chekayotgan
odamlarga nisbatan muhabbatni nazarda tutadi. «Yaxshi odamgina yaxshi vrach
bo'la oladi», - deb buyuk polyak shifokori va olim Vladislav Beganski qayta-qayta
uqtirgan. Shifokorlikdan bo'lak kasb yo'qki, mutaxassisga shunchalar yuqori
ma'naviy talablar qo'ygan bo'lsin. Shunga ko'ra, shifokorlik ta'limida boshqa fanlar
bilan bir qatorda, shifokorlik ma'naviyati yoki tibbiyot deontologiyasi muhim
ahamiyatga ega.
Tibbiyot institutida shifokorning jamiyatdagi o'rni va burchi haqida dastlabki
tasavvurlar beriladi. Shu sababli, birinchi kunlardanoq talabalarga shifokorlik
ma'naviyatining asosiy tamoyillarini o'rgatish zarur. Talaba-vrachlar shifokorlik
xususiyatlari, uning ruhiy-emotsional ta'siri bilan belgilangan tengi yo'q vazifaning
yuklatilganini anglashi darkor. Bemorlar bilimdan tashqari o'zlariga nisbatan
e'tibor, ziyraklik, xushmuomalani talab qiladilar. Oliy o'quv yurtida ta'lim olish
jarayonida buni talabalarga o'rgatish o'ta murakkab vazifa. Ichki kasalliklar
propedevtikasi kafedrasida talaba klinikaga qadam qo'ygan birinchi kundanoq
shifokor ma'naviyatining asosiy tamoyillari va shifokor-talaba qanday bo'lishi
mumkinligi haqida suhbatlar olib boriladi. Deontologiya masalalari va tibbiyot ilmi
allomalariga maxsus ma'ruzalar bag'ishlanadi. O'qituvchilar har kuni bevosita
shifoxonada shifokorlik ma'naviyati me'yorlarini namoyish qilgan holda
talabalarga shaxsiy namuna ko'rsatib, tarbiyalaydilar.Klinika muhitining o'zi ham
bo'lajak shifokorlarga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishi lozim.
Kasallikning ichki holatini o'rganish ikki shaxsning psixologik muloqoti
hosilasidir. Ulardan biri tibbiyot xodimi - shifokor, hamshira, ikkinchisi esa bemor.
Bu o'rinda shifokor, hamshiraning shaxsi bemor ruhiyatiga ta'siri shu qadar kattaki,
u hatto (ba'zi bir holatlarda) kasallikning kechishiga ta'sir qilishi ham mumkin.
Shifokorlar tomonidan o'tkaziladigan ruhiy muolaja bemorga katta foyda beradi,
bunda uning ishonchli so'zi juda katta ahamiyatga ega. Bu so'z shifokorning asosiy
qurolidir. Demak, shifokor va hamshiraning so'zi bemorga ham ijobiy, ham salbiy
ta'sir etishi mumkin. Shifokor yoki hamshiraning bir og'iz so'zi bemor tuzalishiga
yoki uning dardini og'irlashtirib yuborishi, boshqa ikkilamchi kasalliklarni keltirib
chiqarishi ham mumkin.
Dostları ilə paylaş: |