Хусанхужаев Обидхон Мамутович Семантическо-структурное и лингвопоэтическое исследование



Yüklə 188,5 Kb.
səhifə5/13
tarix07.10.2023
ölçüsü188,5 Kb.
#125934
növüИсследование
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Таржимага бериш учун

Tadqiqotning obyekti o‘zbek tilidagi pedagogik terminlar hisoblanadi.
Tadqiqotning predmetini o‘zbek tili pedagogik terminlarining semantik va struktur, grammatik va funksional xususiyatlari tashkil etadi.
Tadqiqotning usullari. Dissertatsiya ishida tavsiflash, onomasiologik, semasiologik, komponent, struktur, transformatsion, leksikografik, qiyosiy-chog‘ishtirma tahlil usullaridan foydalanilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek tilidagi pedagogik terminologiya maydoni o`z ichida mikromaydonlarga, mikromaydonlar leksik-semantik guruhlarga bo‘linishining o‘zigа хоs хususiyatlаri komponent tahlil asosida ochib berilgan;
o‘zbek tilidagi pedagogik termin – eponimlarning bir so`z yoki bir necha so`zlardan iborat bo`lgan komponentli birikmalarning semantik-sintaktik shakllanishi va ular ifodalagan ma`no va mazmun-mohiyatning o‘zigа хоs yo‘l vа usullаri aniqlangan, amalda qo`llanayotgan pedagogik termilarning lingvonazariy jihatlari misollarni tahlilga tortish asosida isbotlangan;
o‘zbek tilidagi pedagogikaga oid terminlar maydonida leksik-semantik munosabatning assotsiativ, giponimik, sinonimik, antonimik, omonimik kabi turlarda namoyon bo‘lishi, ulardagi lingvistik o`ziga xoslik hamda shu assotsiatsiyaning tildagi eng fundamental pаrаdigmаtik munosabat sifatida alohidalikni tashkil etishi, semantik-sintaktik jihatdan struktur birlashuvchi funksional bir butun birlik ekanligi dalillangan;
o‘zbek tili pedagogik terminosistemasida kattagina qismni tashkil etadigan ko‘p komponentli birikma terminlarni ixchamlashtirish, ayrim xorijiy terminlarning o‘zbekcha muqobillarini topish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
o‘zbek tili pedagogik terminlarining shakllanish tarixi, etimologiyasi, mazmuniy maydonlari aniqlangan;
o‘zbek tilidagi ta’lim va tarbiyaga oid terminlar konseptual maydonini semantik-struktur va lingvopoetik tahlil qilishda terminlarning konseptual semantikasi metodi qo‘llanilgan va tadqiqotda samarali foydalanilgan;
o‘zbek tilidagi pedagogik terminlarni izohli lug‘atlarda аniq mа’nоsini tavsiflash, maxsus o‘quv-uslubiy adabiyotlarda to‘g‘ri qo‘llash, izohlashga doir amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan;
pedagogik terminlarining semantik-struktur tahlili asosida o‘zbek tili pedagogik terminologiyaning o‘ziga xosligi, ko‘plab xalqaro terminlarning o‘zbek tilida berilishi tavsiflangan.

Yüklə 188,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə