Хусанхужаев Обидхон Мамутович Семантическо-структурное и лингвопоэтическое исследование


Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi



Yüklə 188,5 Kb.
səhifə7/13
tarix07.10.2023
ölçüsü188,5 Kb.
#125934
növüИсследование
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Таржимага бериш учун

Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Tadqiqot natijalari 4 ta xalqaro 3 ta respublika ilmiy-amaliy konferensiyada ma’ruza ko‘rinishida bayon etilgan va muhokamadan o‘tkazilgan.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha 12 ta ilmiy ish nashr etilgan, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan doktorlik dissertatsiyalarining asosiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 4 ta maqola, shundan 3 tasi respublika, 1 tasi xorijiy jurnallarda e’lon qilingan.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, uch bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Ishning umumiy hajmi 125 sahifani tashkil etadi.
DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI
Tadqiqotning kirish qismida mavzuning dolzarbligi va zarurati asoslangan, tadqiqotning o‘rganilganlik darajasi, maqsadi va vazifalari, obyekti va predmeti tavsiflangan, uning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishiga mosligi ko‘rsatilgan, tadqiqot usullari, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati ochib berilgan, tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy qilish, nashr etilgan ishlar va dissertatsiya tuzilishi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.
Dissertatsiyaning “Pedagogik terminologiyaning tizimli lingvistik tadqiqi” deb nomlangan birinchi bobi to‘rt paragrafdan iborat bo‘lib, uning birinchi paragrafida “Tilshunoslikda pedagogik terminlar tadqiqi” masalasi tahlil qilinadi. Jahon, rus va o‘zbek tilshunosligida pedagogik terminologiyaga oid amalga oshirilgan ilmiy izlanishlar umumlashtiriladi va ularga munosabat bildiriladi. Jumladan, rus tilshunoslaridan V.M.Leychik, I.V.Kichayeva, G.I.Saransev, ozarbayjon tilshunosi A.S.Orudjaliyeva, tojik tilshunosi Z.K.Samiyev, o‘zbek pedagogik terminologiyasi bo‘yicha izlanish olib borgan R.X.Djurayev, J.Hasanboyev, G.Ibragimova kabilar tomonidan tuzilgan lug‘atlar, N.O‘.Usmonov, E.M.Yusufaliyev va boshqa olimlar tоmonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar bilаn tаnishish оrqаli ulаr fikrlаrigа munоsаbаtlаr bildirilgаn. Bundаn tаshqаri, pаrаgrаfdа bugungi pеdаgоgik tеrminlаrning hоlаti hаqidаgi fikrlаr ifоdаlаngаn. Хususаn, o‘zbek tili pedagogik terminologiyasi leksikografik va ilmiy-monografik jihatdan ancha vaqtdan beri o‘rganilib kelinayotgan bo‘lsa-da, ta’lim sohasining bir necha marta isloh etilishi, ayniqsa, O‘zbekiston mustaqilligi yillarida “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi natijasida ta’lim, pedagogika sohasida, pedagogik sistemada tub o‘zgarishlar ro‘y berdi; pedagogika, psixologiya va boshqa yondosh fanlarda, ta’limning turli bosqichlarida ko‘plab yangi tushunchalar va ularni ifodalovchi yangi-yangi terminlar paydo bo‘ldi. Mustaqiligimizning dastlabki davrlarida N.O‘. Usmonov “O‘zbek tilining pedagogik terminologiyasi” mavzusidagi dissertatsiya ishini himoya qilgan bo‘lsa-da3, shu kunga qadar qayta pedagogik terminlarning yangilanishi va uning lingvistik nuqtayi nazardan tahliliga e’tibor qaratilmadi. To‘g‘ri, ba’zi holatlarda pedagogik terminlarning lingvistik jihatdan tahlilga tortildi. E.M. Yusufaliyevning “Ta’lim va tarbiyaga oid pedagogik terminlarning lingvistik tadqiqi (nemis va o‘zbek tillari materiallari asosida) ilmiy ishida nemis va o‘zbek tilidagi pedagogik terminlarni muqoyasa qiladi4. Biroq bu o‘rganilayotgan masalaning monografik planda ochib berilishini ta’minlay olmaydi.
Bobning ikkinchi paragrafida “Termin va so‘z birikmasi”ning lisoniy xususiyatlari muqoyasa qilinadi.
Ma’lumki, termin – ko‘p aspektli birlik bo‘lib, bir paytning o‘zida bir nechta fanning obyekti bo‘la oladi va har bir fan termin tushunchasiga o‘ziga xos belgi va xususiyatlarni kiritishga urinadi.
Termin gapdan tashqarida olinganda ham ma’lum bir aniq ma’no ifodalaydigan so‘z yoki turg‘un holatdagi so‘z birikmasidir5. Termin ham boshqa leksik birliklar singari atash funksiyasiga ega. So‘z ham, so‘z birikmalari ham tilda juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan birliklardir. So‘z va so‘z birikmasi o‘rtasida ko‘p jihatdan o‘xshashliklar mavjud. Til – so‘z tili, tilning asosini so‘zlar tashkil etadi. Lekin har bir so‘z konkret bir ma’no ifodalagani bilan, hali u til emas. So‘zlar bir-birlari bilan munosabatga kirishib gap bo‘lgandagina tugal ma’no ifodalaydi va til – til shakliga kiradi. Lekin so‘zlar gap tarkibida xuddi munchoqni ipga tergan kabi birikmaydi, ular gruppalashadi, so‘z birikmalari deb ataluvchi ma’lum qurilish xarakteriga ega bo‘lgan so‘z gruppalari o‘zaro birikadi6. Bu jihatdan so‘z birikmalari ham so‘zlarga juda yaqin turadi. Ular ham nutqda, gapda yashaydi7. So‘zlar tilda nominativ vosita bo‘lib, odatda, biror, predmet, voqea-hodisa, turli protsesslar, belgi va hokazolarni ifodalash uchun xizmat qiladi. So‘z birikmalari ham tilda shunday vazifalarni bajaruvchi nominativ vositalardir.8 Pedagogik terminlarning katta qismi birikmali tarkibga ega bo‘lgani uchun ham bu o‘rinda so‘z birikmasiga qiyoslandi.
Ma’lumki, termin yasalishi so‘z yasalishiga qiyosan o‘rganiladi. Hozirgi o‘zbek tili so‘z yasalishida sintaktik-leksik va kompozitsion usullar yordamida qo‘shma so‘zlar hosil qilinadi va bu faqat qo‘shma terminlar tabiatiga mos keladi. Lekin terminologiyada birikma terminlar ham mavjud. Termin so‘z sanaladi, lekin uning oddiy so‘zdan farqli tomonlari bor va buning bir qirrasini “so‘z va so‘z birikmasi” hamda “termin va birikma termin” tushunchalari o‘rtasidagi munosabatda ko‘rishimiz mumkin9.
Tilshunos N.O‘.Usmonov terminga keltirilgan ta’riflardan xulosa tarzida umumlashtirib: “Termin – strukturasi jihatidan turg‘un so‘z yoki so‘z birikmasi bo‘lib, semantikasi jihatidan aniq va barqaror, ma’lum bir tushunchani qat’iy ifodalovchi leksik-semantik birlikdir10,” - deydi.
Shuni qayd etish joizki, pedagogik terminlarni o‘rganish jarayonida turkiy tillarda affiksatsiya usuli bilan terminlar hosil bo‘lishi haqidagi fikrlar ilmiy tadqiqotlarda keng tarqalgan. Ammo, shuni ta’kidlash kerakki, pedagogik terminlarning yuzaga kelishida so‘zlarni semantik va grammatik jihatdan bog‘lash usulining ahamiyati katta. Bu to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘p komponentli terminlar munosabatini tashkil etadi.
Bobning uchinchi paragrafida “Pedagogik terminlarning hosil bo‘lish usullari va modellari” tahlil qilinadi. Jumlаdаn, til materiallari shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek tiliga xorijiy tildan o‘zlashgan va tarixan hozirgi kunda ham iste’molda bo‘lib kelayotgan pedagogik terminlar yasovchilik va kompozitsiya jihatdan faol terminlarni tashkil etadi. Ana shu jihatdan, tillardagi so‘z turkumlarining terminlar sistemasidagi ishtirokiga alohida e’tibor qaratilgan holda quyidagicha belgilashimiz mumkin.
Bir so‘z turkumi dоirаsidа mаvjud tаrkib-strukturаsigа ko‘ra bir so‘zdаn ibоrаt terminlar:
termin-ot: maktab, mashg‘ulot, slayd, keys-stadi, ta’lim, aspirantura, kollej va hokazo.
Termin-adyekvat (sifat): sirtqi, kasbiy, individual, muammoli, donishmand, iste’dodli, akademik.
Termin-fe’l: o‘qish, bilish, modellashtirish (mоdеlirоvаniе), kuzatish, birlashtirish, akseleratsiya va hokazo.
Termin-so‘z birikmalari: 1) ajratilgan: a) erkin: kasbiy texnika kolleji (professionalno-texnicheskiy kollej); tibbiyot maktabi (mеdisinskаya shkоlа); b)erkin bo‘lmagan: kitob javoni (knijnаya pоlkа); daftar hoshiyasi (liniya tеdrаdа); oq she’r (bеliy stiх) va boshq.
2) birikmali (ajratilmagan) – terminlar: so‘nggi qo‘ng‘iroq (pоslеdniy zvоnоk);
Pedagogik terminlarning ikki, uch va ko‘p komponentli tarkibli birikmalarining sintaktik usulda hosil bo‘lishi natijasida turli semantik-sintaktik guruhlarning tashkil topishi kuzatiladi. Bu guruhlanishning ikki tarkibli modelini quyidagicha belgilashimiz mumkin:


1-jadval

Yüklə 188,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə