Ta’limni tashkil etish shakli bu o‘qituvchi va o‘quvchining belgilangan tartibda, muayyan maqsadga muvofiq ma’lum rejimda tashkil etiladigan o‘quv-bilish faoliyatining tashqi ifodasidir



Yüklə 0,74 Mb.
tarix22.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#154322
Taʼlimning mazmuni va uning tashkil etish shakillari va usullari


Ta’limni tashkil etish shakli - bu o‘qituvchi va o‘quvchining belgilangan tartibda, muayyan maqsadga muvofiq ma’lum rejimda tashkil etiladigan o‘quv-bilish faoliyatining tashqi ifodasidir. Ayni vaqtda ta’limning quyidagi shakllari ajratib ko‘rsatiladi: in dividual, individual guruhli, sinf dars, leksiya seminar va sinfdan tashqari, auditoriyadan tashqari, maktabdan tashqari O‘quvchilarni qamrab olishi, o‘quvchilar faoliyatini tashkil etishi, jamoaviy va individual shakllarining nisbatlari, mustaqilligi darajasi va o‘qish jarayoniga rahbarlik qilish xususiyatlari kabi belgilariga ko‘ra quyidagi uch asosiy turga ajratiladi individual; sinf dars; ma’ruza seminar
Ta’limni tashkil etish shakllari: An’anaviy ta’lim shakli, noan’anaviy ta’lim shakli va yordamchi ta’lim shakli. Dars – (maktabdagi) o’quv ishining asosiy tashkiliy shakli bo’lib, unda o’qituvchi aniq belgilangan dars doirasida o’quvchilarning doimiy tarkibi bilan qat’iy jadval bo’yicha shug’ullanadi, jamoaviy bilish faoliyatiga rahbarlik qilib, o’quv dasturiga o’zi belgilaydigan didaktik va tarbiyaviy vazifalarga erishish uchun xilmaxil metodlardan foydalanadi MA’RUZA VA UNING O’ZIGA XOSLIKLARI 1) yo’naltiruvchi: talabalarni o’quv materialining asosiy jihatlariga e’tibor qaratishga imkon berish 2) axborot: o’qituvchi ma’ruza vaqtida muammoni, muammo bilan bog’liq asosiy dalil va xulosalar mohiyatini ochib beradi 3) metodologik: ma’ruza jarayonida muammoning falsafiy-nazariy asoslari namoyon etiladi 4) tarbiyalovchi: talabalarda tinglash, idrok etish, munozarada ishtirok etish madaniyatini shakllantirish 5) rivojlantiruvchi: talabalarda mantiqiy fikrlash, xulosalar chiqara olish qobiliyatini rivojlantirish

Ma’ruza turlari Kirish ma’ruzasi Ma’lumotli ma’ruza Anjuman ma’ruza Muammoli ma’ruza Ma’ruza munozara Vizual ma’ruza Konspektli ma’ruza Maslahatli ma’ruza Binar ma’ruza O’ziga xos xususiyatlari Talabalarda o’quv fani to’g’risidagi umumiy tasavvurlarni shakllantirish Talabalarda muammoga doir ma’lumotlarni axboriy retseptli tarzda taqdim etish Talabalar tomonidan o’quv materialini izlanishli tarzda o’zlashtirilishiga erishish Talabalarga muammoli savol, muammoli vaziyat va muammoli topshiriqlarni taqdim etish orqali o’quv birliklarini bayon etish Fikrlar almashinuvini tashkil etish asosida ma’ruza qismlarini o’zlashtirishga erishish Vizual materiallarni taqdim etish orqali talabalar tomonidan materialni o’zlashtirishga erishish Talabalar tomonidan o’quv materialini o’zlashtirishga erishish maqsadida tushuntirish bilan birga eng asosiy qismlarini yozdirib borish Savol va javoblar tarzida ma’ruza mashg’ulotini tashkil etish Muammo yuzasidan tadqiqot olib borgan mutaxassis olim bilan birgalikda ma’ruzani tashkil etish

SEMINAR VA UNING O’ZIGA XOSLIKLARI Seminar – bu o’qituvchini ta’lim oluvchilar bilan faol muloqotga kirishishiga yo’naltirilgan, nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda amalga oshirish uchun zaruriy shart-sharoitni ta’minlovchi ta’limni tashkil etish shaklidir Seminar mashg’ulotiga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish: Nima uchun? – Seminarni tashkil etishdan ko’zlangan maqsad. 2. Qanday tarzda? – Seminarni olib borish texnologiyasini ishlab chiqish. 3. Nimani muhokama qilish? – Seminarni olib borish vaqtida muhokama qilinadigan materiallar mazmuni. 4. Qanday omillarni hisobga olish zarur? – Seminarni tashkil etish jarayonida ma’lum omillarni hisobga olish

Darsning turlari va tuzilishi Darsning quyidagi turlari mavjud: 1. Aralash (kombinatsion dars). 2. Yangi bilimlarni bayon qilish darsi. 3. O’rganilganlarini takrorlash va mustahkamlash darsi. 4. O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish darsi. 5. Laboratoriya darslari. 6. Amaliy darslar.

1. Aralash darsning tuzilishi: a) tashkiliy qism; b) o’tilgan mavzuni takrorlash (uy tekshirish); v) yangi mavzuni bayon qilish; g) o’rganilgan materialni mustahkamlash; d) o’quvchilarni baholash; e) uy vazifasini berish. 2. Yangi bilimlarni bayon qilish darsining tuzilishi: a) tashkiliy qism; vazifasini b) yangi mavzuni bayon qilish; v) o’rganilgan materialni mustahkamlash; d) uy vazifasini berish. 3. O’rganilganlarni takrorlash va mustahkamlash darsining tuzilishi: a) tashkiliy qism; b) o’rganilgan mavzularga doir savol-javob o’tkazish; v) o’rganilgan mavzularga doir amaliy topshiriqlarni bajarish; g) o’quvchilarni baholash. 5. Laboratoriya darslarining tuzilishi: a) tashkiliy qism; b) nazariy materiallarni mustahkamlash; v) laboratoriya ishini o’tkazish; g) o’quvchilarni baholash; d) uy vazifasi. 4. O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish darsining tuzilishi: a) tashkiliy qism; b) o’rganilganlarni umumiy tarzda takrorlash (yodga tushirish); v) nazorat ishini o’tkazish; g) uy vazifasi (o’rganilganlarni qayta takrorlash maqsadida). 6. Amaliy darslarning tuzilishi: a) tashkiliy qism; b) nazariy materiallarni mustahkamlash; v) amaliy ish topshiriqlarini bajarish; g) o’quvchilarni baholash; d) uy vazifasi.

Amerikalik o’qituvchi va nashriyotchi William Chandler Bagley o’zining "Ta’lim jarayoni" (The educative process) kitobida dars turlarini quyidagicha bayon etadi. 1. Rivojlantirish darslari (The development lesson) 2. O’rganish darslari (Study lesson) 3. So’rov darslari (The recitation lesson) 4. Mashg’ulot darslari (The drill lesson) 5. Takrorlashya’niqaytako’ribchiqishdarslari (The review lesson) 6. Imtihon( tekshiruv ) darslari. (The examination) Hozirgi kunda bularda 3 tasi yani rivojlantirish darslari, mashg’ulot darslari va ya’ni qayta ko’rib chiqish darslari asosiy qilib ko’rsatilgan. The Educative Process - William Chandler Bagley. P/70

Darsga qo’yiladigan talablar Didaktik Tarbiyaviy Rivojlantiruvchi

Zamonaviy darslar quyidagi talablarga javob bera olishi lozim: -fanning ilg’or yutuqlari, pedagogik texnologiyalardan foydalanish, darsni o’quv-tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etish; -darsda barcha didaktik tamoyil va qoidalarning optimal nisbatlarini ta’minlash; o’quvchilarning qiziqishlari, layoqati va talablarini hisobga olish asosida ular tomonidan bilimlarning puxta o’zlashtirilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish; o’quvchilar anglab yetadigan fanlararo bog’liqliklarni o’rnatish; ilgari o’rganilgan bilim va malakalari, shuningdek, o’quvchilarning rivojlanish darajasiga tayanish; shaxsning har tomonlama rivojlantirishni motivatsiyalash va faollashtirish; o’quv-tarbiyaviy faoliyat barcha bosqichlarining mantiqiyligi va emotsionalligi; pedagogik vositalardan samarali foydalanish; ; zarur bilim, ko’nikma va malakalar, fikrlash va faoliyat ratsional usullarini shakllantirish; -mavjud bilimlarni doimo boyitib borish ehtiyojini yuzaga keltirish; har bir darsni puxta loyihalashtirish, rejalashtirish, tashhis va taxmin qilish.

O‘qituvchining darsga tayyorgarligi: tashxislash; bashoratlash; loyihalashtirish; rejalashtirish

Ta’limni tashkil etishning yordamchi shakllari fakultativ mashg’ulotlar sanaladi. Ular o’quvchilarning qiziqishlari asosida tashkil etiladi: -to’garaklar; -klublar; -olimpiadalar; -viktorinalar; -ko’rgazmalar; -ekspeditsiyalar va hokazolar.

NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Hozirgi vaqtda ta’limni tashkil etishning qanday shakllari keng tarqalgan? 2. Ta’limni tashkil etishning individual tizimiga izoh bering. 3. Sinf-dars tizimining afzalligi va kamchiliklari nimalarda namoyon bo‘ladi? 4. Ma’ruza-seminar tizimining o‘ziga xosligini izohlang. 5. Dars deb nimaga aytiladi? 6. Darsning qanday turlari mavjud? 7. Darsga qo‘yiladigan talablarni tushuntirib bering. 8. O‘qituvchining darsga tayyorgarlik ko‘rishi qanday bosqichlarni o‘z ichiga oladi? 9. Ta’limni tashkil etishning yordamchi shakllariga nimalar kiradi?
Dars rivojlanishining asosiy tendensiyalari darsga bulgan talablarda uzining anik ifodasini topadi.
Zamonaviy darslar kuyidagi talablarga javob bera olishi lozim:

  • fanning ilgor yutuklari, pedagogik texnologiyalardan foydalanish, darsni ukuv-tarbiyaviy jarayon konuniyatlari asosida tashkil etish;


  • darsda barcha didaktik tamoyil va koidalarning optimal nisbatlarini ta’minlash;


  • ukuvchilarning kizikishlari, layokati va talablarini xisobga olish asosida ular tomonidan bilimlarning puxta uzlashtirilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish;


  • ukuvchilar anglab yetadigan fanlararo boglikliklarni urnatish;


  • ilgari urganilgan bilim va malakalari, shuningdek, ukuvchilarning rivojlanish darajasiga tayanish;


  • shaxsning xar tomonlama rivojlantirishni motivasiyalash va faollashtirish;


  • ukuv-tarbiyaviy faoliyat barcha boskichlarining mantikiyligi va emosionalligi;


  • pedagogik vositalardan samarali foydalanish;


  • zarur bilim, kunikma va malakalar, fikrlash va faoliyat rasional usullarini shakllantirish;


  • mavjud bilimlarni doimo boyitib borish extiyojini yuzaga keltirish;


  • xar bir darsni puxta loyixalashtirish, rejalashtirish, tashxis va taxmin kilish.


Xar bir dars kuyidagi uchta asosiy maksadga erishishga yunaltiriladi: ukitish, tarbiyalash, rivojlantirish. Ana shularni xisobga olib darsga umumiy talablar didaktik, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi talablarda anik ifodalanadi.


Didaktik (yoki ta’lim)iy talablarga xar bir darsning ta’lim vazifalarini anik belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy extiyojlarni xisobga olish bilan mazmunini optimallashtirish, idrok etish eng yangi texnologiyalarini kiritish, turli xildagi shakli, metodlari va kurinishlaridan mos ravishda foydalanish, dars tuzilishini shakllantirishga ijodiy yondoshish, jamoaviy faoliyat usullari bilan birga ukuvchilar mustakil faoliyatlarini turli shakllaridan birga foydalanish, operativ kayta alokani ta’minlash, amaliy nazorat va boshkaruvni amalga oshirish, ilmiy muljal va darsni maxorat bilan utkazishni ta’minlash kabilar kiradi.
Darsga nisbatan kuyilavdigan tarbiyaviy talablar ukuv materialining tarbiyaviy imkoniyatlarini aniklash, darsdagi faoliyat, anik erishilishi mumkin bulgan tarbiyaviy maksadlarni shakllantirish va kuyish, fakat ukuv ishlari maksadlari va mazmunidan tabiiy ravishda kelib chikadigan tarbiyaviy masalalarni belgilash, ukuvchilarni umuminsoniy kadriyatlarda tarbiyalash, xayotiy muxim sifatlar (tirishkoklik, tartiblilik, mas’uliyatlilik, intizomlilik, mustakillik, ish bajarishga kobiliyatlilik, e’tiborlilik, xalollik va boshkalar)ni shakllantirish, ukuvchilarga dikkat-e’tiborli munosabatda bulib, pedagogik odob talablariga amal kilish, ukuvchilar bilan xamkorlik va ularning muvaffakiyat kozonishlaridan manfaatdor bulishdan iborat.
Barcha darslarda doim amalga oshirilib boriladigan rivojlantiruvchi talablarga ukuvchilarda ukuv-urganish faoliyati ijobiy sifatlari, kizikish, ijodiy tashabbuskorlik va faollik shakllantirish xamda rivojlantirish, ukuvchilarning idrok etish imkoniyatlari darajasini urganish, xisobga olish, “rivojlanishning yakin zonasini loyixalashtirish”, “uzib ketish” darajasidagi ukuv mashgulotlarini tashkil etish, rivojlanishidagi yangi uzgarishlarni ragbatlantirish, ukuvchilarning intellektual, emosional, ijtimoiy rivojlanishlaridagi «sakrash»larni oldindan kura bilish, boshlanayotgan uzgarishlarni xisobga olish asosida ukuv mashgulotlarini operativ kayta kurish kabilar kiradi.
Nostandart darslarXX asr 70-yillari urtalarida milliy maktablarda ukuvchilarning mashgulotlarga kizikishlarining pasayish xavfi aniklandi. Muammoni bartaraf etish maksadida nostandart darslarning tashkil etilishiga aloxida e’tibor karatildi. Nostandart dars an’anaviy tuzilishdagi improvizasion ukuv mashgulotidir.
Pedagogik adabiyotlarni taxlil kilish nostandart darslarning unlab turlari mavjudligini kursatdi. Ular orasida “berilish” darsi, amaliy uyinlar, matbuot konferensiyalari, ijodiy xisobotlar, musobakalar, KVN turidagi uyinlar, tanlov, teatrlashtirilgan darslar, binar, kompyuterli darslar, fantaziyalar, “sudlar”, xakikatni izlash, “paradokslar”, auksionlar, dialoglar va boshkalar kuzga tashlanadi.
Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə