Guliston davlat universiteti



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə9/53
tarix24.01.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#99096
növüУчебно-методическое пособие
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   53
portal.guldu.uz-O’ZBEK ADABIYOTI (POEZIYA)

Fanning maqsadi. O’zbek tili va adabiyoti ta’limi bakalavriat yo’nalishi bo’yicha tahsil olayotgan talabalarga XX asrning boshlarida butun Turkiston o’lkasida qudratli fikriy uyg’onishga tamal tosh qo’ygan jadidchilik va milliy uyg’onish davri adabiyotining uzviy qismini tashkil qilgan jadid adabiyoti haqida bilim va tushuncha berish. Talaba-yoshlarda bilim, ko’nikma va malakalar tizimini tarkib toptirish va shakllantirish.
Fanni o’qitishning vazifalari. Jadidchilikning shakllanishi, ijtimoiy harakatga aylanishi, savtiya maktabi, oliy ta’lim, teatr, matbuot, ma’rifatparvarlik va jadid adabiyotining asosiy xususiyatlari, yirik siymolar – Behbudiy, Fitrat, Qodiriy va Cho’lponning hayoti va ijodi bilan tanishtirishdir.
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. O’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshishga e’tibor qaratishni amalga oshiradi. Har bir talabaning shaxs sifatida kasbiy takomillashuvini ta’minlaydi. Ta’limning markaziga bilim oluvchi qo’yiladi.
Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi bilim olish va kasb egallashning mukammal bo’lishiga hissa qo’shadi.
Faoliyatga yo’naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatini jadallashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida barcha qobiliyat va imkoniyatlarni, tashabbuskorlikni ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi. Egallangan bilimlarning ko’nikma va malakaga aylanishi, amaliyotda tatbiq etilishiga sharoit yaratadi.
Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o’quv jarayoni ishtirokchilarining psixologik birligi va o’zaro munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’z-o’zini ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi. O’qituvchi va talabaning hamkorlikdagi ta’limiy faoliyat yuritishiga zamin yaratadi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə