Guliston davlat universiteti



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə12/53
tarix24.01.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#99096
növüУчебно-методическое пособие
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   53
portal.guldu.uz-O’ZBEK ADABIYOTI (POEZIYA)

Asosiy savollar:
1. H.Olimjon hayoti va faoliyati
2. Uning ijodiyoti haqida.


Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Qisqa va unumli hayot,bilim olish, she’riy to’plamlar, sarbast she’r, jangovor ruh, «yangi» insonni sharaflash, «Baxtlar vodiysi» balladasi, g’aroyib tashbehlar, ruh musavviri, harbiy lirika, ertaklar ta’siri, iste’dodli dramaturg.
Mavzuga oid muammolar:
1. Ma’lumki, Hamid Olimjon uzoq yillar mobaynida sho’ro davri o’zbek adabiyotining bayroqdori bo’lib keldi. Sizningcha, u bu davrdan mamnun edimi yoki bunga shaxsiy hayotidagi baxtli onlar sabab bo’lganmi?
2. H.Olimjon lirikasi shodlik va baxt tarannumida samimiylik kuchlimi yoki boshqa sabablar asos bo’lganmi?
Identiv o’quv maqsadlari :
1.1.1. H.Olimjon hayoti tafsilotlaridan xabardor bo’ladi.
1.1.2. H.Olimjon badiiy mahoratini so’zlay oladi.
1.1.3. Asarlari va she’rlarini tahlil qila oladi.
1-savol bayoni:
H.Olimjon 1909 yil 12 dekabrda Jizzax shahrida tug’ilgan. 4 yoshga etmasdan otadan etim qolg’an va Azim bobo qo’lida tarbiya ko’rgan. Shoir ilhomi manbaini Azim bobo xonadoniga Fozil Yo’ldosh o’g’li tashrifi va onasi Komila aya so’zlagan ertaklardan qidirish joiz. Shoir 1916 yilgi Jizzax qo’zg’oloni va uning bostirilishining guvohi bo’ldi.Oradan ikki yil o’tgach, u Jizzaxdagi Narimonov nomidagi to’liqsiz o’rta maktabga o’qishga kiradi. 1923 yil Samarqanddagi o’zbek bilim yurtida tahsil oladi. 1928 yil O’zbekiston Oliy pedogogika institutining iqtisod fakultetida o’qiydi. 1929 yil ilk she’riy to’plami «Ko’klam» bosilib chiqadi.U turli nashriyotlarda ishlaydi. Xususan, «Qurilish» jurnali, «Yosh leninchi» gazetasi shular jumlasidan. 1939 yili u O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga mas’ul kotib etib tayinlanadi.
H.Olimjon 1944 yil 3 iyul kuni baxtsiz tasodif tufayli halok bo’lgan.
Muhokama uchun savollar:
1.2. Hamid Olimjon hayotidagi qaysi tafsilotlar asarlaridan o’rin olgan?
1.2. Shoirning hayotdagi orzusi qanday bo’lgan deb o’ylaysiz?

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə