|
Mustaqil ta’lim mavzulari Talaba mustaqil ishi (tmi)
|
səhifə | 1/4 | tarix | 05.10.2023 | ölçüsü | 42,5 Kb. | | #125531 |
| mustaqil ish uchun
Mustaqil ta’lim mavzulari
Talaba mustaqil ishi (TMI) - muayyan fandan o`quv dasturida belgilangan bilim, ko`nikma va malakaning ma’lum bir qismini talaba tomonidan fan o`qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida o`zlashtirilishiga yo`naltirilgan tizimli faoliyatdir.
O`qishning boshlang`ich bosqichlarida TMIni tashkil etish bir qator vazifalar bilan bog`liq. Ayniqsa, birinchi kurs talabalarining ta’limning navbatdagi turi - oliy ta’lim talablarga ko`nikishi qiyin kechadi. CHunki ular ta’lim olish jarayonida o`z mustaqil faoliyatlarini tashkil qilishni deyarli bilishmaydi. Ma’lumotlarni qaysi manbadan, qanday qilib topish, ularni tahlil qilish va zarurlarini ajratib olib tartibga solish, konspektlashtirish, o`z fikrini aniq va yorqin ifodalash, o`z vaqtlarini to`g`ri taqsimlash, shuningdek, aqliy va jismoniy imkoniyatlarini to`g`ri baholash ular uchun katta muammo bo`ladi. Eng asosiysi, ular mustaqil ta’lim olishga ruhan tayyor bo`lishmaydi.
SHuning uchun har bir professor-o`qituvchi dastlab talabada o`z qobiliyati va aqliy imkoniyatlariga ishonch uyg`otishi, ularni sabr-toqat bilan, bosqichma-bosqich mustaqil bilim olishni to`g`ri tashkil qilishga o`rgatib borishi lozim bo`ladi. Talabalar tomonidan mustaqil ravishda o`zlashtiriladigan bilim va ko`nikmalarning kursdan-kursga murakkablashib, kengayib borishini hisobga olgan holda ularning tashabbuskorligi va rolini oshirib borish zarur. SHunda mustaqil ta’limga ko`nika boshlagan talaba faqat o`qituvchi tomonidan belgilab berilgan ishlarni bajaribgina qolmay, o`zining ehtiyoji, qiziqishi va qobiliyatiga qarab, o`zi zarur deb hisoblagan qo`shimcha bilimlarni ham mustaqil ravishda tanlab o`zlashtirishga o`rganib boradi.
Talabalar mustaqil ishlarining shakli va hajmini belgilashda quyidagi jihatlar ehtiborga olinishi lozim:
muayyan fanning o`ziga xos xususiyati va o`zlashtirishdagi qiyinchilik darajasi;
talabaning qobiliyati hamda nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasi (tayanch bilimi);
fanning axborot manbalari bilan ta’minlanganlik darajasi;
- talabaning axborot manbalari bilan ishlay olish darajasi.
Mustaqil ish uchun beriladigan topshiriqlarning shakli va xajmi, qiyinchilik darajasi semestrdan-semestrga ko`nikmalar hosil bo`lishiga muvofiq ravishda o`zgarib, oshib borishi lozim. Ya’ni, talabalarning topshiriqlarni bajarishdagi mustaqilligi darajasini asta-sekin oshirib, ularni topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondashishga o`rgatib borish kerak bo`ladi.
TMIni tashkil etishda talabaning akademik o`zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish mumkin:
fanning ayrim mavzularini o`quv adabiyotlari yordamida mustaqil o`zlashtirish, o`quv manbalari bilan ishlash;
amaliy, seminar va laboratoriya mashg`ulotlariga tayyorgarlik ko`rib kelish;
ma’lum mavzu bo`yicha referat tayyorlash;
kurs ishi (loyihalari)ni bajarish;
bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi uchun materiallar to`plash;
hisob-kitob va grafik ishlarini bajarish;
maket, model va badiiy asarlar ustida ishlash;
amaliyotdagi mavjud muammoning yechimini topish, test, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash;
ilmiy maqola, tezislar va mahruza tayyorlash;
• amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ishlash;
• uy vazifalarini bajarish va boshqalar;
Fan xususiyatidan kelib chiqqan holda talabalarga mustaqil ish uchun boshqa shakllardagi vazifalar ham topshirilishi mumkin. Talabalarga qaysi turdagi topshiriqlarni berish lozimligi kafedra tomonidan belgilanadi. Topshiriqlar puxta o`ylab ishlab chiqilgan va ma’lum maqsadga yo`naltirilgan bo`lib, talabalarning auditoriya mashg`ulotlarida olgan bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, kengaytirish va to`ldirishga xizmat qilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |
|
|