Geologiya uzb



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/38
tarix08.04.2018
ölçüsü1,01 Mb.
#36587
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38

 

 

71



71

darajaga  kutariladi.  Gigroskopik  suv,  suv  bugining  xavodan  yutilishi  natijasida  xosil  buladi. 

Ma`lumki  tog  jinslaridagi  (govak  muxitda)  gigroskopik  suvning  mikdori  atrofdagi  xavoning 

namligiga boglik. Xavo namligining ortishi natijasida suv bugining bir kismi jins zarralari atrofida 

suv  pardasini  xosil  kiladi.  Parda  kurinishidagi  suvlar  tuprokda,  jinslarda  zarra  yuzalarining  tortish 

kuchi ta`sirida ushlanib turadi va ogirlik kuchi ta`sirisiz kalinligi katta pardadan kichik parda tomon 

xarakat  kilishi  mumkin.  Jins  zarralari  yuzasida  parda  kurinishida  joylashgan  suvning  maksimal 

mikdorini  A.F.Lebedev  maksimal  molekulyar  namlik  sigimi  deb  ataydi.    Gruntning  kapillyar 

govaklari  va  oraliklarini  gravitatsion  suv  tuldiradi  va  ular  ogirlik  kuchi  va  gidrostatik  bosim 

ta`sirida xarakatlanadi. 

A.F.Lebedevning  fikricha,  er  pusti  bilan  atmosfera  oraligining  namlik  rejimida  ma`lum 

muvozanat  mavjud. Agar  atmosferadagi  suv  bugining  elastikligi  (kayishkokligi),  tog  jinsi 

govaklaridagi  xavo  namligining  elastikligidan  (kayishkokligidan)  ortik  bulsa,  suv  bugi 

atmosferadan  tog  jinslari  (aeratsiya)  ichiga  kirishi  va  kondensatsiyaga  uchrab  suyulishi  mumkin. 

Demak  Fol`ger  gipotezasi  bilan  A.F.Lebedev  nazariyasi  urtasida  katta  printsipial  fark  bor. 

Fol`gerning  fikricha  tog  jinslariga  xavo  kiradi  va  tsirkulyatsiya  buladi,  A.F.  Lebedev  fikriga  kura 

esa, tog jinslariga suv buglari elastiklikning farki xisobiga kiradi. 

Suv  bugining  elastikligi  xaroratning  kutarilishi  bilan  ortib  boradi.  Agar  jinslarning  namligi 

maksimal  gigroskopik  namlikdan  katta  bulsa,  suv  bugining  elastikligi  maksimumga  etadi  va 

xisoblab chikilishi mumkin. 

A.F.Lebedev  uz  tajribalariga  asoslanib  kondensatsiya  jarayoni  natijasida  kish  oylarida 

tuprok  katlami  Odessada  66  mm,  Rostov-Donda  67-80  mm  kalinlikdagi  suv  xisobiga  tuyinishini 

xisoblab chikdi. 

Kish  oylarida  suv  bugining  xarakati  pastdan  yukoriga,  yoz  oylarida  esa  yukoridan  pastga 

yunalgan  buladi. Suv  bugi  xarakati  xarorat  uzgarmas  (doimiy)  katlamchagacha  davom  etadi.  Bu 

katlamdan  chukurlashgan  sari  erning  xarorati  ortib  borib  va  unga  muvofik  ravishda  suv  bugining 

elastikligi ortib boradi va xarorat doimiy katlamga pastdan suv bugi okib keladi. Bu chukurlikdagi 

suv  bugining  kuyuklashuvi  A.F.Lebedevning  fikri  buyicha  chul  xududlarida  sizot  suvlarining 

birinchi gorizontini xosil kiladi. 

Shunday  kilib  geotermik  gradient  mintakasida  suv  buglarining  pastdan  yukoriga  xarakati 

kuzatilishi  kerak,  lekin  bu  jarayonning  jadalligi  xamma  katlamlarda  xar  xil  buladi.  Geotermik 

gradient  kichik  katlamlarda  jarayonning  tezligi  katta  va  gradient  katta  katlamlarda  jarayonning 

tezligi  kichik  buladi.  Agar  katlamning  geotermik  gradienti  kichik  va  pastda  joylashgan  xamda 

geotermik  gradient  katta  va  katlam  yukorida  joylashgan  bulsa,  shu  ikki  mintakaning  chegarasida 

kondensatsiya tufayli tomchi-kurinishidagi suv xosil buladi. 

Bu  fikrlar  bilan  bir  katorda  A.F.Lebedev  er  osti  suvlarini  infil`tratsiya  yuli  bilan  xosil 

bulishini  xam  inkor  kilmaydi. Ayrim  tabiiy  mintakalarda  kondensatsiya  jarayoni  er  osti  suvlarini 

ozukalantirishda  katta  axamiyatga  ega.  Masalan,  Sharkiy  Sibirda  (Buryatiya,  Markaziy  Yakutiya) 

kondensatsion suvlarning yillik mikdori 20-80 mm oraligida uzgarib turadi. V.N.Kuninning (1963) 

xisoblariga  kura  Korakum  sharoitida  kondensatsiya  jarayonida  turli  chukurliklarda  yiliga  kuyidagi 

mikdorlardagi kondensatsion suvlar xosil bulishi mumkin (8-jadval). 

2.  Infil`tratsiya  nazariyasi.  Infil`tratsiya  nazariyasiga  asosan  atmosfera  yoginlari  turt 

kismga  bulinadi.  Birinchi  kismi  er  usti  suvi  okimlarini  xosil  kiladi,  ikkinchi  bir  kismi-buglanadi, 

uchinchisi - usimliklar bilan iste`mol kilinadi va turtinchi kismi esa tog jinslariga shimiladi. Yogin 

suvlarining tog jinslariga sizib kirishi erning geologik tuzilishiga, jinslarning govakligiga, yorik va 

bushliklariga 

boglik. 


 

 

8-jadval 

Korakum sharoitida kondensatsiya jarayonida xosil buladigan suv mikdori, mm 

   


Chukurliklar, m 

Kondensatsion suvlar 




 

 

72



72

okimi, yil/mm 



1,5 

17,8 

2,0 

2,5 

3,0 

3,3 

6,0 

2,1 

2,5 

0,9 

13,0 

0,2 

19,5 

- 

27,0 

- 

 

A.F.  Lebedev  kondensatsiya  nazariyasini  ishlab  chikish  bilan  bir  katorda,  tabiatda  keng 



kulamda  atmosfera  yoginlarining  aeratsiya  mintakasiga  infil`tratsiya  bulishini  va  bu  suvlar  er  osti 

suvlarini  ozukalantirishga  sarf  bulishini  kursatdi.  Infil`tratsiya  tezligi  yoginning  mikdoriga  va  er 

pusti  yukori  katlamining  litologik  tuzilishiga  boglik.  Yoginning  mikdori  kanchalik  kup  bulsa, 

shunchalik  kup  suv  erkin  suv  kurinishida  tog  jinslariga  sizib  kiradi  va  er  osti  suvlarini 

ozukalantirishga ketadi. Boshkacha aytganda, tog jinslarining va tuproklarning suv utkazuvchanligi 

kanchalik yaxshi bulsa yogin suvlarining shunchalik kup mikdori er osti suvlariga etib boradi. 

Infil`tratsiya  jarayonida  atmosfera  yoginlari  suvlari  uz  yulida  suvni  yomon  utkazadigan 

jinslar:  ustida  yigiladi  va  natijada  er  osti  suvlarining  bir  necha  gorizontlarini  xosil 

kiladi. Infil`tratsiya  jarayoni  uzluksiz  davom  etmay,  davriy  ravishda  atmosfera  yoginlarining 

rejimiga,  xavoning  va  tog  jinslarining  xaroratiga  boglik  ravishda  davom  etadi. Atmosfera 

yoginlarining er ostiga sizib kirishi juda murakkab jarayondir va kator tabiiy omillar ta`siri ostida-

iklim  (yoginning  jadallik  mikdori,  xavoning  xarorati  va  boshkalar)  geologik  (tog  jinsi  govakligi, 

yoriklari,  suv  utkazuvchanligi),  geomorfologik  (rel`efning  tavsifi,  er  yuzining  kiyaligi)  usimliklar 

ta`sirida rivojlanadi. 

Rossiya Federatsiyasi evropa kismining shimoliy va markaziy xududlarida yoginning  yillik 

mikdori  450-700  mm  ni  tashkil  kiladi  va  bu  erlarda  ularning  infil`tratsiyasi  uchun  sharoit  kulay, 

janubiy  tumanlarda  esa  yoginning  mikdori  oz  va  infil`tratsiya  tezligi  2-3  barobar  sekin 

buladi. Markaziy Osiyo  sharoitida  yoginning mikdori juda oz bulgani uchun er osti suvlari deyarli 

infil`tratsiya xisobiga ozukalanmaydi. Fakat tog oldi va toglik xududlarda infil`tratsiya xisobiga er 

osti suvlari kupayishi mumkin. 

Turli  tabiiy  mintakalarda  yillik  atmosfera  yoginlarining  5-40%  infil`tratsiya  orkali  sizot 

suvlariga etib borishi mumkin.  

Arid iklimli mintakalarda atmosfera  yoginlarning mikdori juda oz va buglanuvchanlik juda 

katta  bulganligi  uchun  sizot  suvlari  infil`tratsiya  xisobiga  deyarli  ozuka  olmaydi.  V.N.Kunin 

ma`lumotlari  buyicha  Korakumda  sizot  suvlari  atmosfera  yoginlari  xisobiga  yiliga  25  mm  gacha 

ozuka olishi mumkin.  

D.M.Katsning  (1959y.)  ma`lumotiga  kura  Buxoro  viloyatida  sizot  suvlari  0,90  m 

chukurlikda  joylashgan  erlarda,  infil`tratsiya  xisobiga  30  mm  suv  kushilishi  mumkin  va 

infil`tratsiya 1,5 metr chukurlikda deyarli sodir bulmaydi. 

L. N. Poberejskiyning (1977y.) ma`lumotlariga kura arid iklimli sugoriladigan maydonlarda 

sizot  suvlarining  atmosfera  yoginlari  xisobiga  ozukalanishi  lyoss  jinslarida  sizot  suvlarining 

chukurligiga boglik ravishda kuyidagi mikdorlar bilan ifodalanadi (9-jadval). 

  

                                                                                                                        9-jadval 

Sizot suvlarining atmosfera yoginlari xisobiga ozukalanishi  

(yoginning yillik mikdoriga nisbatan % xisobiga) 

   



Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə