Geografiya kafedrasi gidrologiya va iqlimshunoslik fanidan mustaqil ishlarni tashkil


Talabalar mustaqil ishlarining shakli va hajmini belgilashda quyidagi jihatlar e`tiborga olinishi lozim



Yüklə 238 Kb.
səhifə3/19
tarix03.06.2022
ölçüsü238 Kb.
#88585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Gidrologiya va iqlimshunoslik fanidan mustaqil topshiriqlar ishlanmasi

5. Talabalar mustaqil ishlarining shakli va hajmini belgilashda quyidagi jihatlar e`tiborga olinishi lozim

  • o`qish bosqichi;

  • muayyan fanning o`ziga xos xususiyati va o`zlashtirishdagi qiyinchilik darajasi;

  • talabaning qobiliyati hamda nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasi (tayanch bilimi);

  • fanning axborot manbalari bilan ta`minlanganlik darajasi;

  • talabaning axborot manbalari bilan ishlay olish darajasi.



6. Talaba mustaqil ishni bajarish davomida quyidagi ko’nikmalarni hosil qilishi mumkin

  • yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o`zlashtirish ko`nikmalariga ega bo`lish;

  • kerakli ma`lumotlarni izlab topishning qulay usullari va vositalarini aniqlash;

  • axborot manbalari va manzillaridan samarali foydalanish;

  • an`anaviy o`quv va ilmiy adabiyotlar, me`yoriy hujjatlar bilan ishlash;

  • elektron o`quv adabiyotlari va ma`lumotlar banki bilan ishlash;

  • internet tarmog`idan maqsadli foydalanish;

  • berilgan topshiriqning ratsional yechimini belgilash;

  • ma`lumotlar bazasini belgilash;

  • topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondashish;

  • ishlab chiqilgan loyiha yoki g`oyani asoslash va himoya qilish;

  • fandan nazariy va amaliy mashg`ulotlar o`tish davomida ijodiy jarayonga yo`naltirish, muammolarni tahlil qilish, mustaqil ishlashga o`rganish, mashqlar bajarish;

  • fanga oid masalalarni, materiallarni tahlil qilish, mantiqiy mulohazalar ustida ishlash va h.k.

Mustaqil ish uchun beriladigan topshiriqlarning shakli va hajmi, qiyinchilik darajasi semestrdan-semestrga ko`nikmalar hosil bo`lishiga muvofiq ravishda o`zgarib, oshib boradi.
7. Mustaqil ta’limni amalga oshirish bo’yicha fan o’qituvchisining vazifalari
Mustaqil ish topshiriqlarini fan dasturidagi mustaqil ish topshiriqlaridan kelib chiqib talabaga tegishli maslahatlar berib boradi. Bir fanga tegishli mustaqil ish soatlarini aynan bir shaklda bajarishga yo’l qo’ymaydi. Fan uchun ajratilgan mustaqil ish soat hajmi har bir talaba tomonida bajarilishini ta’minlaydi. Talaba tomonidan mustaqil ta’limni belgilangan reja asosida bajarilishi ustidan nazorat olib borib, darsliklar, o’quv qo’llanmalar, ilmiy risolalar, ilmiy maqolalar bilan tanishib chiqish bo’yicha topshiriqlar beradi. Ishni bajartirish uchun, asosiy adabiyotlar, ma’lumotlar va mavzu bo’yicha boshqa manbalarni tavsiya etadi va talabalar bilan maslahatlar o’tkazadi.
Gidrologiya va iqlimshunoslik” fani bakalavrning: 60630400 - Geografiya yo`nalishi o`quv rejasiga muvofiq 1-kursning 1 va 2-semestrlari davomida o’tiladi. Fan xususiyatini inobatga olib, mazkur predmet bo`yicha talaba mustaqil ishi o`zlashtirish darajasiga qarab quyidagi shakllardan foydalanish ko`zda tutiladi:

  • fanning ayrim mavzularini o`quv adabiyotlari yordamida mavzuni mustaqil o`zlashtirish, o`quv manbalari bilan ishlash;

  • amaliy mashg`ulotlar uchun ma’lumotlar to’plash;

  • muayyan mavzu bo`yicha referat tayyorlash;

  • muayyan mavzu bo`yicha taqdimotlar tayyorlash;

  • hisob-kitob va grafik ishlarini bajarish;

  • amaliyotdagi mavjud muammoning yechimi yuzasidan loyihalar tayyorlash va boshqalar.

Mustaqil ish topshiriqlarini muvaffaqiyatli yakunlashlari uchun qo`yiladigan talablar:

  • maqsadning (bilimni mustahkamlash, yangi bilimlarni o`zlashtirish, ijodiy faollikni oshirish, amaliy ko`nikma va malakalarni shakllantirish) aniq asoslanishi;

  • vazifa va topshiriqlarning aniq-ravshan belgilanishi;

  • topshiriqlarni bajarish metodlaridan talabalarning etarli darajada xabardor bo`lishi;

  • maslahat va boshqa yordam turlarining to`g`ri belgilanishi;

  • topshirish shakli va baholash mezonini aniq belgilash;

  • nazorat vaqti, shakli va turlarini aniq belgilab olish.

Talabalar bilimini baholashda reyting tizimini qo`llash maqsadlaridan kelib chiqqan holda mustaqil ish soatlari, ma`ruza va amaliy mashg`ulotlar bo`yicha taqsimlanadi va mos ravishda baholanadi. Talabalar mustaqil ishlarini baholash ajratilgan soatlarga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.
Ma`ruza soatlari uchun ajratilgan mustaqil ta`lim soatlarida ma`ruzada berilgan o`quv materiallarini chuqurlashtirilgan tarzda mustaqil o`rganishni nazarda tutiladi.
Amaliy mashg`ulot soatlari uchun ajratilgan mustaqil ta`lim soatlarida uy vazifasi sifatida berilgan masala va savollarning bajarilishi hamda chizmalar tayyorlash, tayanch iboralariga javoblar tayyorlanishi nazarda tutiladi.
Gidrologiya va iqlimshunoslik” fani bo’yicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanni o’rganish jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to’la ta’minlangan bo’lishi lozim.
Gidrologiya va iqlimshunoslik” fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan va 19 ta mavzu ko’rinishida shakllantirilgan.



Yüklə 238 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə