Geofizika fanidan mustaqil ish


-Mavzu: Yerning seysmikligi. Litosfera va yerning mantiyasini seysmik usul bilan oʻrganish



Yüklə 73,21 Kb.
səhifə8/10
tarix28.11.2023
ölçüsü73,21 Kb.
#136570
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
geofizika mt Raxmtov.O

3-Mavzu: Yerning seysmikligi. Litosfera va yerning mantiyasini seysmik usul bilan oʻrganish.

              • Reja:
  • Yerning seysmikligi.
  • Litosferani seysmik usulda oʻrganish.
  • Yerning mantiyasini oʻrganish.

Yerning seysmikligi.

  • Seysmologiya (seysmo... va ...logiya) — zilzilalar, ularning sodir boʻlish sabablari va oqibatlarini oʻrganadigan geofizika boʻlimi. S. fizika va geologiya fanlari bilan uzviy bogʻliq. Zilzilalarni Yerning geologik tuzilishiga bogʻlab oʻrganadi. S. vazifasi va tadqiqot usullariga koʻra, xususiy, seysmometriya va amaliy S.ga boʻlinadi. Xususiy S. zilzila, uningsabablari, zilzilalar bilan bogʻliq qodisalarning fizik va geologik tomonlarini oʻrganadi. Seysmometriya tebranishlar nazariyasi, zilzila vaqtida yer yuzasidagi tebranishlarni oʻlchash usullari, zarur asboblar ishlab chiqish kabi masalalarni oʻz ichiga oladi. Amaliy S. zilzilabardosh inshootlar qurish masalasi bilan shugʻullanadi. Seysmologik tadqiqotlar seysmik styalardan olinadigan va ilmiy markazlarda umumlashtiriladigan maʼlumotlar asosida oʻtkaziladi. Yerning seysmik holatini oʻrganish natijasida har bir hududning seysmik haritasi tuziladi, kichik, maydonlar (qurilish obʼyeklari) uchun seysmik hududlashtirish amalga oshiriladi. S.ning seysmik zondlash, seysmik karotaj, seysmik razvedka kabi usullari maʼlum. Zilzila jarayonida vujudga kelgan seysmik toʻlqinlarni oʻrganish natijasida Yerning ichki tuzilishini bilish mumkin. S. kuchli zilzilalarning sabablarini aniqlash hamda zilzilabardosh binolar qurish (qarang Seysmobardosh qurilish) yoʻllarini qidirib topish bilan bogliq holda vujudga keldi.

S mustaqil fan sifatida 19-asr 2-yarmida geol. va fizika fanlari erishgan yutuklar natijasida rivojlana boshladi. 19-asr oxirlaridan boshlab S.da asboblar yordamida kuzatish hamda fizikmatematik tadqiqot usullari qoʻllanila boshladi. S.ning shakllanishida rus olimi B. B. Golitsin, nemis geofizigi E. Vixert (19-asr oxiri 20-asr boshi), B. Gutenberg, ingliz olimlari J. Miln (19-asr 2-yarmi), X. Jefris, yugoslaviyalik geofizik A. Moxorovichich, yaponiyalik F. Omori (20-asr boshi) va boshqa katta hissa qoʻshdilar. Rossiyada 1888-yil Rossiya Geografiya jamiyatining Seysmik komissiyasi tuzilgan. Sobiq SSSRda S.ga oid asosiy tadqiqotlar SSSR Fanlar akademiyasi Yer fizikasi institutida olib borilgan. Toshkentda birinchi seysmik stansiya 1901-yil ishga tushirildi va Oʻzbekistonda muntazam instrumental seysmologik kuzatishlar boshlandi.

  • S mustaqil fan sifatida 19-asr 2-yarmida geol. va fizika fanlari erishgan yutuklar natijasida rivojlana boshladi. 19-asr oxirlaridan boshlab S.da asboblar yordamida kuzatish hamda fizikmatematik tadqiqot usullari qoʻllanila boshladi. S.ning shakllanishida rus olimi B. B. Golitsin, nemis geofizigi E. Vixert (19-asr oxiri 20-asr boshi), B. Gutenberg, ingliz olimlari J. Miln (19-asr 2-yarmi), X. Jefris, yugoslaviyalik geofizik A. Moxorovichich, yaponiyalik F. Omori (20-asr boshi) va boshqa katta hissa qoʻshdilar. Rossiyada 1888-yil Rossiya Geografiya jamiyatining Seysmik komissiyasi tuzilgan. Sobiq SSSRda S.ga oid asosiy tadqiqotlar SSSR Fanlar akademiyasi Yer fizikasi institutida olib borilgan. Toshkentda birinchi seysmik stansiya 1901-yil ishga tushirildi va Oʻzbekistonda muntazam instrumental seysmologik kuzatishlar boshlandi.

Yüklə 73,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə