Geofizika fanidan mustaqil ish



Yüklə 73,21 Kb.
səhifə5/10
tarix28.11.2023
ölçüsü73,21 Kb.
#136570
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
geofizika mt Raxmtov.O

Atmosfera elektr energetika, metallurgiya, kimyo va boshqa sanoat tarmoqlari, transport vositalari, fazoga kosmik kemalarni uchirish yoki turli xil yong`inlar tufayli ifloslanmoqda. Buning natijasida har yili milliardlab tonna qattiq, gazsimon, aerozol chiqindilar atmosferaga chiqarib yuborilmoqda. Atmosferada, ayniqsa, is gazi (CO), oltingugurt gazlari (SO2) salmog`ining oshib borishi katta ekologik muammolarni keltirib chiqara boshladi. Yadroviy ilmiy tadqiqotchi, mashhur olim Y.B.Xaritondan: “Dahshatli termoyadro qurollarining ishlab chiqarilishi va uning tarqalishi insoniyatni yo`q qilib yuborish xavfini tug`dirmaydimi?” – deb so`raganlarida, u: “Sayyoramizga oxir-oqibat termoyadro qurollari emas, balki “issiqxona samarasi” katta xavf tug`diradi, ya`ni iqlimning global miqyosda isib borishi Yerdagi hayot uchun haqiqiy talafot xavfini keltiradi”, - deb javob bergandi.

  • Darhaqiqat, atmosferaning is gazi, oltingugurtli, azotli, ftor-xloridli, fosforli, qo`rg`oshin, simob, alyuminiy kabi metall birikmali turli aerozol gazlar bilan ifloslana borishi natijasida quyoshning isitish tartibi buzila boshladi. O`z navbatida, bu iqlimning o`zgarib borishiga, sayyoramiz qutblari va baland tog`lardagi abadiy muzliklarning sekin-asta tugab borishiga olib kelishi mumkin.

Atmosferaning ifloslana borishi insoniyat oldiga yana bir murakkab muammoni qo`ymoqda. Keyingi yillarda havoga ftor-xlorli birikmalarning tobora ko`p chiqarib yuborilishi natijasida Yerdagi hayotning qalqoni hisoblangan ozon qoplamining tobora yupqalashib borishi kuzatilmoqda. "Ozon tuynugi” deb nomlangan ana shu holat dastlab Janubiy Amerikaning Antarktidaga tutash hududlari, so`nggi yillarda esa Yevrosiyoning shimoliy kengliklari ustida ham kuzatila boshlandi. 

  • Atmosferaning ifloslana borishi insoniyat oldiga yana bir murakkab muammoni qo`ymoqda. Keyingi yillarda havoga ftor-xlorli birikmalarning tobora ko`p chiqarib yuborilishi natijasida Yerdagi hayotning qalqoni hisoblangan ozon qoplamining tobora yupqalashib borishi kuzatilmoqda. "Ozon tuynugi” deb nomlangan ana shu holat dastlab Janubiy Amerikaning Antarktidaga tutash hududlari, so`nggi yillarda esa Yevrosiyoning shimoliy kengliklari ustida ham kuzatila boshlandi. 
  • Bunday muammolarning kelib chiqishi, asosan, jamiyat bilan tabiat o`rtasidagi munosabatlarning buzila borishi va atrof-muhitning ifloslanishi bilan bog`liq. Demak, insoniyat oldida tabiatga "Siz” deb munosabatda bo`lish vazifasi turadi.

Yüklə 73,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə