|
Geliş Tarihi / ReceiveIstiqlol Davri O‘zbek Bolalar She'riyatining Ba'zi O‘ziga Xosliklariyaltay, 2.Rahmatulla Barakayev (2)
Istiqlol Davri O‘zbek Bolalar She'riyatining Ba'zi O‘ziga Xosliklari
‚Beşeri Bilimler ve Sanat Dergisi‛
‚International journal of Humanities and Art ‛
[trk dergisi/2021]
e-ISSN:2757-6388
Cilt/Volume:2
Sayı/Issue
:1
29
Bolalar Sheriyatining İjtimoiylashuvi
Bu o‘rinda shuni ham qayd etish kerakki, istiqlol davri yangi bolalar
adabiyotining maydonga kelishiga 80-yillarning ikkinchi yarmi adabiyoti
katta ta'sir ko‘rsatdi. Zero, ayni shu davrda bolalar adabiyotimiz tom
ma'nodagi haqiqatga tik boqadigan adabiyotga aylandi, yosh avlodni
erksevarlik tuyg‘ulari ruhida tarbiyalashda ilk qadamlarini qo‘ydi. Ana shu
nuqtai nazardan Istiqlol davri bolalar adabiyotimiz o‘sishda, ulg‘ayishda,
o‘zligini tanish yo‘lidagi izlanishda deyishga tamomila haqlimiz. Bugungi
bolalar adabiyotimizning yetakchi namoyandalaridan bo‘lmish Anvar
Obidjonning ‚Aka-uka‛ she'ri shu jihatdan e'tiborga sazovor. She'rda
mustaqil Vatan kelajagi bo‘lmish yosh avlod ramziy yo‘sinda kechagi
kunimizdagi qo‘li bog‘liq, ko‘zi bog‘liq, istibdoddan yurak oldirib qo‘ygan
katta avlodga qiyoslanadi. Akaning pastga, jarlikka ‚taka-puka‛ termilishi
bejiz emas, chunki jarlik aslida tubanlik ramzi, ikkinchidan esa akaning ko‘z
oldida xalqimizning istiqlol yo‘lida qurbon bo‘lgan minglab farzandlari
taqdiri turibdi:
Jar bo‘yida turishar
Aka-uka.
Aka pastga termilar
Taka-puka.
Yuksakdagi lochinga
Boqar uka,
Go‘yo ko‘kda jim qanot –
Qoqar uka (Obidjon, 2007: 72).
Shoirning she'rdagi har bir so‘zga ma'naviy yuk yuklashi ana shu satrlarda
namoyon
bo‘lgan
desak,
adashmaymiz.
Chunki,
aka
termiladi,
‚termilish‛da mahzunlik, zoriqish ma'nosi yetakchi, uka boqadi, ‚boqish‛da
esa dadillik, mardlik ma'nosi ustivor. Ukaning nigohi ko‘kda parvoz
qilayotgan lochinga tikilishi ham tabiiy, chunki ko‘k ham, unda parvoz
qilayotgan lochin ham aslida erk timsollari. Ukaning esa parvozi baland –
nigohi Istiqlolning yorishib kelayotgan porloq nurlariga – ko‘kka tikilgan.
Shu bois uka yosh kitobxon ko‘z o‘ngida Lochin yanglig‘ Erkin, erki uchun
kurashga tayyor Inson timsoli sifatida namoyon bo‘ladi.
‚Uchinchi polapon‛ she'rida shoir ‚Aka-uka‛dagi mavzuni davom ettiradi,
yanada rivojlantiradi. She'rda erkin qush – Lochin farzandlarining yovuzlik
timsoli bo‘lmish Oqilon bilan hayot-mamot jangi tasvirlanadi. Yovuz Oqilon
Rahmatulla Barakayev
Dostları ilə paylaş: |
|
|