|
Geliş Tarihi / Receive‚Beşeri Bilimler ve Sanat Dergisi‛yaltay, 2.Rahmatulla Barakayev (2)
‚Beşeri Bilimler ve Sanat Dergisi‛
‚International journal of Humanities and Art ‛
[trk dergisi/2021]
e-ISSN:2757-6388
Cilt/Volume:2
Sayı/Issue
:1
32
jafolarga bardosh berib, o‘zini qayta tiklay olgani xalqimizga qiyoslanishi
shu boisdan ham o‘zini to‘la oqlaydi.
Bolalar Sheriyatida Xalq Timsoli
Va nihoyat, istiqlol davri bolalar adabiyoti she'riyatiga ilk bora haqiqiy
o‘zbek qiyofasi kirib kela boshladiki, bu qadam yosh avlodni o‘zligini tanish
yo‘lida tarbiyalashdagi sifat jihatdan o‘zgarish tarzida baholanishi joiz.
Iste'dodli shoir Dilshod Rajabning ‚O‘zbek‛ she'ri ana shu Inson, xalq
tasviriga urg‘u berilgan she'r sifatida e'tiborga sazovordir. She'rning
dastlabki satrlaridanoq bag‘rikeng o‘zbek qiyofasiga chizgilar chizila
boshlaydi:
Sig‘masa ham o‘zi, do‘stga
Joyi bor uning.
Yo‘lovchiga ‚Bir piyola‛ ¬–
Choy‚i bor uning.
Darhaqiqat, o‘zbek qiyofasini belgilovchi qirralar, avvalo, uning
bag‘rikengligi bilan bog‘liqdir. Serfarzand, bolajon o‘zbek bola-baqralari
bilan o‘zi uyiga zo‘rg‘a sig‘ib turgan bo‘lsa-da, mehmonni ‚atoyi xudo‛ deb
biladi, uyining to‘rini mehmonga bo‘shatib beradi, qozoniga har kuni bir
parcha go‘sht solishga qiynalsa-da, mehmonning oyog‘i ostiga qo‘y so‘yadi.
Hatto ko‘chadan o‘tib ketayotgan yo‘lovchiga ham, albatta, bir piyola choy
taklif qilish o‘zbek xarakterini belgilovchi qirralardandir.
Egatlardan topgan qaddi –
Yoyi bor uning,
Har yil yozda imorati,
Loyi bor uning.
O‘zbek
qiyofasini
belgilovchi
yana
bir
xarakterli
qirra
uning
mehnatsevarligidir. O‘zbek erta bahordan kech kuzgacha tinim bilmay
dalada mehnat qiladi, bola-chaqasini peshana teri bilan topgan halol
daromadi hisobidan boqadi. Binobarin, o‘zbek uchun ‚halol mehnat‛
tushunchasi qanchalik xarakterli bo‘lsa, ‚halol daromad‚ tushunchasi ham u
bilan bab-baravardir. Shu sababli ham o‘zbekning qaddi og‘ir mehnatdan
egik bo‘lsa-da, qalbi pok, ko‘ngli ochiq.
Mehnatsevar o‘zbek dalada mehnat qilibgina qolmaydi. U o‘zining huzur-
halovatini emas, bola-chaqasining kelajagini o‘ylaydi. O‘g‘ilni sunnat qilish,
uylantirish, qiz chiqarish – xalq oldiga dasturxon yozib, oq fotihasini,
duosini olish o‘zbek uchun eng katta boylik. Shu boisdan ham u har yil
|
|
|