|
Geliş Tarihi / Receive‚Beşeri Bilimler ve Sanat Dergisi‛yaltay, 2.Rahmatulla Barakayev (2)
‚Beşeri Bilimler ve Sanat Dergisi‛
‚International journal of Humanities and Art ‛
[trk dergisi/2021]
e-ISSN:2757-6388
Cilt/Volume:2
Sayı/Issue
:1
38
Kosmonavt bo‘lib, osmonlarda uchish, ko‘klarni quchish, Oyu Marslarni
o‘zlashtirish, tunda uchgan yulduzni o‘z o‘rniga qaytarib qo‘yishdek ulkan
orzu-umidlar qurshovida yashayotgan bolalarning niyatlari pok: Nodir
Oyga kaptar rasmini o‘ymoqchi, kaptar esa tinchlik ramzi, demak,
bolakayning orzusi butun olamda tinchlik barqaror bo‘lishiga erishish; Nosir
Marsga handalak ekib, do‘stlari kelsa handalak so‘yib, ularni mehmon
qilmoqchi, demak, uning niyati ham ezgulik. Dialogik nutq uslubiga
asoslangan
ushbu
she'rda
bolalarning
o‘zbekona
bag‘rikenglik,
mehmondo‘stlik tabiati ishonarli, samimiy satrlarda tasvirlangan. She'r
xulosasi bolalar hali yoshliklari-dan ozgina afsuslansalar-da, beg‘ubor orzu-
istaklari niyatlari pokligiga, qat'iyligiga kitobxonni ishontira olishi bilan
e'tiborga loyiq.
«Mening savolim» she'rida esa barcha narsaga qiziquvchan, hamma
narsaning mohiyatini bilishga intiluvchi ana shunday bolakaylardan yana
birining jonli obrazi yaratilgan:
O‘ylab qoldim ko‘rpadan
Turib-turmay uyg‘onib.
Tun ne uchun qorong‘i?
Kunduz nega yop-yorug‘?
Onam, buvim qayoqdan –
Yaralganim so‘rasam,
Qotib-qotib kulishar,
O‘ylab hayron bo‘lasan.
Parvoz etar nega qush?
Bu savol ham qiynaydi.
Nechun uchmas qalpog‘im?
Meni ko‘zi qiymaydi?
Turib-turmay ko‘rpadan
Shuncha savol qoshimda.
To‘lib-toshgan jumboqlar
Yurar mening boshimda (Adashboyev. 2003: 36).
Darhaqiqat, hayotda duch kelayotgan har bir yangiligi yosh bola uchun
mo‘jiza. U tabiat va jamiyatdagi har bir narsa va hodisaning mohiyatini
tushunishga, anglashga harakat qiladi va «nima uchun?» degan yuzlab
savollari bilan bobo-buvisi, ota-onasi, aka-opalariga tinim bermaydi.
Rostdan ham, nega tun qorong‘u-yu, kunduz yop-yorug‘? Nega qush
|
|
|