Ota-onalarning o‘z farzandlari bilan bo‘ladigan o'zaro munosabatlarini aniqlash metodikasi



Yüklə 12,75 Kb.
tarix14.04.2023
ölçüsü12,75 Kb.
#105552
Ota test


Ota-onalarning o‘z farzandlari bilan bo‘ladigan o'zaro munosabatlarini aniqlash metodikasi
1. Oilangizda o'zaro bir-birini tushunish shakllanganmi?
2. Farzandingiz siz bilan ko'ngildan gaplasha oladimi?
3. Farzandingiz sizning ishlaringiz bilan qiziqadimi?
4. Farzandingizning do'stlarini taniysizmi?
5. Ular sizning uyingizda bo'lib turishadimi?
6. Farzandingiz uy yumushlariga qarashadimi?
7. Farzandingizning uy vazifalarini tekshirib turasizmi?
8. Farzandingiz bilan sizning mushtarak qiziqishingiz bormi?
9. Farzandingiz bayram tadbirlarida qatnashadimi?
10. Farzandingiz bayramlarda u bilan birga bo'lishingizni xohlaydimi?
11. O'qilgan kitoblarni farzandingiz bilan muhokama qilasizmi?
12. Farzandingiz bilan birgalikda teatr, kino, muzey, konsertlarga borasizmi
13. Televideniyeda beriladigan kinofilmlarni farzandingiz bilan muhokama qilasizmi?
14. Farzandingiz bilan sayr qilasizmi?
15. Ta’tilingizni farzandingiz bilan o'tkazish rejangizda bormi?
“ Ha” degan javoblar uchun-2 ball
«Ba’zan» degan javoblar uchun —1 ball,
«yo'q»— javoblari uchun 0 ball
Hamma ballar hisoblab chiqiladi.
Agar siz 20 balldan yuqori to'plasangiz, farzandingiz bilan munosabatlar me’yorida bo'ladi.
10— 20 ball to'plasangiz, qoniqarli,
10 balldan kam to'plasangiz farzandingiz bilan muloqotingiz yetarli darajada emas. Uni yaxshilash haqida o'ylang.
Yüklə 12,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə