|
Geliş Tarihi / Receive‚Beşeri Bilimler ve Sanat Dergisi‛yaltay, 2.Rahmatulla Barakayev (2)
‚Beşeri Bilimler ve Sanat Dergisi‛
‚International journal of Humanities and Art ‛
[trk dergisi/2021]
e-ISSN:2757-6388
Cilt/Volume:2
Sayı/Issue
:1
28
Kirish
Yer yuzida dastlabki ota-onaning birinchi farzandi dunyoga kelishi bilan
bolalar adabiyoti ham maydonga kelishi inkor qilib bo‘lmas haqiqatdir.
Chunki bolalar adabiyotining asosiy vazifasi o‘sib kelayotgan yosh avlodni
tarbiyalash manfaatlariga qaratilgandir. Binobarin, bolalar adabiyoti
namunasi yosh avlodni ilm-ma'rifat nuridan bahramand bo‘lishga
chorlaydimi, kasb-hunar o‘rganishga chaqiradimi, eng yaxshi insoniy
fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiladimi, bulardan qat'i nazar, uning
bosh
vazifasi
farzandlarimizni
ma'naviy-axloqiy
kamolot
ruhida
tarbiyalashdir. Demak uning asosiy o‘ziga xosliklaridan biri uning nafaqat
adabiy-estetik, balki ma'rifiy ahamiyat kasb etishi bilan ham belgilanadi.
Badiiy adabiyot realistik adabiyot deb nomlanadimi, romantik adabiyot deb
ataladimi, syurrealistik debmi, bundan qat'i nazar, dastavval, kitobxon
qalbiga ezgulik urug‘ini sepishi, uni eng yaxshi insoniy fazilatlar ruhida
tarbiyalashga xizmat qilishi kerak. Badiiy adabiyotning bosh vazifasi
bundan ming yillar oldin ham shundan iborat edi, bugun ham, bundan
ming yil keyin ham shundan iborat bo‘lib qolaveradi.
‚O‘zbek bolalar adabiyoti istiqlol davrida nimalarga erishdi?‛ degan
savolga javob izlar ekanmiz, avvalo, o‘tgan davr mobaynida bolalar
adabiyotimiz o‘z tabiiy o‘zanlariga qayta boshlaganini qoniqish bilan e'tirof
etish joiz. Birgina misol: bugungi maktablarimizning yangi dasturlariga
‚Odobnoma‛ fani kiritildi, yangi darslik va o‘quv qo‘llanmalarimizdan
Kaykovusning ‚Qobusnoma‛, Shayx Sa'diyning ‚Guliston‛ va ‚Bo‘ston‛,
Navoiyning ‚Hayrat ul-abror‛, Xojaning ‚Miftoh ul-adl‛ va ‚Gulzor‛,
Avloniyning ‚Turkiy Guliston yoxud Axloq‛ asarlaridan olingan parchalar
mustahkam o‘rin egalladi. Binobarin, bolalar adabiyotimiz o‘zining bevosita
ma'rifiy vazifasini bajarishga kirishdi.
Bundan tashqari, yangi darslik va o‘quv qo‘llanmalarini tuzishda bugungi
bolalar adabiyotimizning yetakchi namoyandalari asarlariga alohida e'tibor
berildi, inchunin, farzandlarimiz insoniylik saboqlarini o‘z milliy
zaminimizda yaratilgan milliy adabiyotimiz namunalari orqali egallay
boshladilar, xalqimizning ko‘p ming yillik ma'naviy, adabiy, diniy
qadriyatlarini qayta idrok eta boshladilar. Bularning barchasi yosh
avlodning ma'naviy komil insonlar sifatida shakllanishi, o‘z kindik qoni
to‘kilgan tuprog‘i – Ona Vatani, o‘z xalqi, o‘z millatining sodiq farzandi
bo‘lib yetishuvlarida ulkan ma'rifiy ahamiyat kasb etishi shubhasizdir.
Chunki o‘zini hurmat qila oladigan, o‘z tarixi, o‘z madaniyati, o‘z
adabiyotini e'tirof etadigan kishigina tom ma'nodagi vatanparvar bo‘la
oladi. Ikkinchidan esa, o‘z qadriga yetgan odam o‘zgalarni ham qadrlay
oladi, o‘z hurmatini bilgan odam o‘zgalarning ham hurmatini joyiga qo‘ya
oladi.
|
|
|