G. Q. Abdurahmanova


i.f.d., prof. Y.K.Qoriyeva



Yüklə 277,2 Kb.
səhifə8/21
tarix30.12.2023
ölçüsü277,2 Kb.
#167582
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Z.Usubjonov PKS bayoni1 (2)

i.f.d., prof. Y.K.Qoriyeva.
1-savol. Avtoreferatning 14-betida berilgan 1-jadvalda 2017-2022 yillarda Namangan viloyatida qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmi 4,1 marta o’sganligi keltirilgan. Bu nimani hisobiga o’sishi ta’minlangan?
2-savol. Avtoreferatning 13-betida mamlakatimiz qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bozorlarida mustahkam o’rin egallashi bo’yicha takliflar keltirilgan. O’zbekiston iqtisodiyoti uchun Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga integratsiya nima beradi?
Z.V.Usubjonov. Savolingiz uchun katta rahmat ustoz!
Z.V.Usubjonov.
1-savolga javob: Namangan viloyatida so’nggi yillarda qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik korxonalar ishga tushdi. Jumladan 3 ta yirik sement zavodi “Pop sement” MCHJ, “Namangan sement” MCHJ, “Factory sement” MCHJ ishga tushurildi. Yiliga 1.5 mln tonnadan ortiq sement ishlab chiqarish imkoniyati yaratildi. Oyna va shisha mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Oydin mega glass” MCHJ va “Eco bazalt” MCHJ tomonidan bazalt toshini qayta ishlash yo’lga qo’yildi. Ushbu korxonalar o’z faoliyatini boshlashi natijasida viloyatda qurilish materiallari ishlab chiqarish salohiyati oshdi.
2-savolga javob: Keyingi yillarda O’zbekistonni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo’lishi bo’yicha ko’plab tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Ilmiy tadqiqotlar natijalariga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Yevrooisyo iqtisodiy ittfoqiga a’zo bo’lishi natijasida investitsiya oqimi oshadi. O’zbekistonga investitsiyalarning hajmi yiliga 1-1,5 mlrd.dollarga baholanmoqda. O’zbekiston o’zining tabiiy va mehnat resurslari, ishlab chiqarish salohiyatiga ega ekanligi jihatidan jozibador davlat hisoblanadi. Shu sababli yildan yilga mamlakatimizga investitsiyalar oqimi oshib borishi kutilmoqda. Bundan tashqari O’zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi umumiy mehnat bozoriga kirishi natijasida yiliga 1.5-2 mlrd.dollar miqdorida qo’shimcha pul o’tkazmalari oqimini kelishi kutilmoqda.
Rais: Marhamat, savol berish navbati i.f.d., prof. M.A.Ikramovga beriladi.

Yüklə 277,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə